2-3-laboratoriya ishi. Gidroelektrostansiyalar (GES) jihozlarini va qurilishini o‘rganish.
18.16M

1759493039

1. 2-3-laboratoriya ishi. Gidroelektrostansiyalar (GES) jihozlarini va qurilishini o‘rganish.

I.
Ishdan maqsad:
Gidroelektrostansiyalardagi
jihozlar ularning vazifalari.
asosiy
va
yordamchi
Asosiy va yordamchi jihozlariga qo’yiladigan talablar.
Gidroelektrostansiyalarning qurilishini o’rganish.

2.

Tekislik daryolaridagi GESlarda asosiy inshoot bo‘lib, to‘g;on va stansiya
binosi xizmat qiladi. GESlarda to‘g‘on daryoga ko‘ndalang ravishda qurilib,
suv sathini ko‘tarishga va katta bosim (napor) hosil qilishga yordam beradi.
Stansiya binosida esa gidravlik turbina, elektr toki generatori, mexanik va
elektr jixozlari joylashadi. Zarur hollarda GESlar suv transporti shlyuzlari,
sug‘orishga suv olish inshootlari, suv ta’minoti, baliq o‘tkazuvchi inshootlar
va boshqalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
GESda suv og‘irlik kuchi ta’sirida yuqori byefdan quyi byefga harakat
qiladi va gidravlik turbinani aylantirib, u bilan bitta valda joylashgan
generator rotorini harakatga keltiradi.
Ayrim hollarda, unchalik katta quvvatga ega bo‘lmagan generatorlarda
qo‘shimcha uzatmalar (reduktor yoki multiplikator) aylanish tezligini
oshirishga va generator massasini kamaytirishga qo‘llaniladi.
Turbina bilan generator birgalikda gidroagregat deyiladi. GESIari orasida
eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng quvvatli GES hisoblanadi.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

O’lchash ishlarini bajarishdan maqsad, daryo, ko’l, suv havzalari chuqurligini va suv tagi
relefi xarakterini aniqlashdir. O’lchash natijalari suv transportiga, gidravlik inshootlar
loyihasini tuzishga, gidrouzel quyi beflaridan suv yuvib ketadigan zonalarni aniqlashga,
suv tagi uzunlik va ko’ndalang profillarini aniqlashga va boshqalarga kerak bo’ladi.
Gidrometrik stvorlarda esa o’lchash ishlari daryodagi suvning ko’ndalang kesim yusasini
va marfometrik xarakteristikalarini aniqlash uchun bajariladi. Suv chuqurligi tik chiziq
bo’yicha suv yuzasidan to tagigacha o’lchanadi. Chuqurlik o’lchanadigan joy, o’lchash
vertikallari deyiladi.
Har xil vaqtda o’lchangan chuqurlik bir xil bo’lishi uchun, vaqt davomida suv sathi
o’zgarishini kuzatish zarur. O’lchash ishlarini bajarishda gidrometrik stvorda bir necha
o’lchash vertikallari olinadi. Agar daryo uncha keng bo’lmasa, o’lchash har bir metr
oralig’ida bajariladi. Masofani o’zgarmas nuqtadan tros yoki o’lchash lentasi orqali
olinadi. Agar daryo keng bo’lsa, o’lchash vertikallari kamroq olinadi, bunda o’zgarmas
nuqtadan masofani uglomer orqali topiladi. Daryoda ko’ndalang harakatlanish uchun
gidrometrik ko’priklar, parom yoki qayiqli o’tishdan foydalaniladi. Daryo o’zani
mustahkam bo’lmasa, o’lchash ishlarini to’g’risiga va orqasiga harakatlanib har bir
o’lchash vertikali uchun bajarish kerak. CHuqurlik uchun o’rtacha qiymat olinib, uning
aniqligi talab darajasida qabul qilinadi. CHuqurlik o’lchash qo’lda, mexanik ravishda va
exo-tovush bo’yicha o’lchanishi mumkin.

11.

Ultratovush usulida suv chuqurligini o’lchash.

12.

Qo’lda bajariladigan o’lchash qurilmalari soddaroq bo’lib, ularga gidrometrik shtanga, tayoq va
lotlar kiradi. CHuqurlik o’lchaydigan tayoq dumaloq qirqimli, 4÷5 sm diametrli 5÷7 m
uzunlikka ega asbobdir. Bu tayoq almashib keladigan bo’yoqqa bo’yalgan. O’lchash xatoligi -5
sm. Gidrometrik shtanga - ikkita seksiyadan iborat bo’lib, 28 mm diametrli po’lat trubadan
yasalib, har biri1,5 m dandir. SHtanganing pastki qismi uchliroq qilib yasaladi, sirtida esa xar
10 sm belgilar qilingan, nol belgisi esa shtanganing uchiga to’g’ri keladi. SHtangalar
yordamida 3 m gacha chuqurlik o’lchash mumkin, xatoligi esa 5 sm atrofida.
Lot - shnurga 2÷5 kg li yuk bog’langan qilib yasaladi. Lotni belgilash: 10 m uzunlikdagi
detsimetrlarda, 5 m uzunlikdagi 20 sm dan, keyingi uzunlikda esa 0,5 m dan tayorlanadi.
Standart lot - 4,5 kg og’irlikka ega va 25 m chuqurlik o’lchashga mo’ljallangan. Oqimsiz suv
havzalarida esa 100 m gacha chuqurlikni o’lchash mumkin. O’lchash xatoligi - 10 sm ni tashkil
etadi. Mexanik qurilmaga - mexanik lot kiradi. Bu lot lebedkadan, trosdan, chuqurlik
hisoblagichidan, so’ri shakldagi yukdan iborat. Neva va Luga lebedkalari bir xil detallardan
tayyorlanadi. Tros uzunligi - 22 m ni tashkil etadi. Tros ichida elektr uzatgich joylashtirilgan.
Neva lebedkasi 50 kg gacha, Luga lebedkasi 30 kg gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega.

13.

Gidroelektrstansiya (GES)-suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida
elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari
majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga
boʻlinadi. O‘zbekistonda elektrlashtirish ishlari XX asrning ikkinchi choragidan
boshlangan. Hozirda Chirchiq, Chorvoq, Farhod, Bosuv, Solor, Samarqand, To‘palang
GES kabi bir qancha elektr stansiyalari bor. MDH Elektr energetika kengashi
maʼlumotlariga koʻra, 2017-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonda elektr stansiyalarining
umumiy oʻrnatilgan quvvati 14140 MVtni, jumladan issiqlik elektr stansiyalari 12129
MVtni, GES 1878,7 MVtni, boshqalarniki 132,9 MVtni tashkil etdi. 2017-yilda
O‘zbekistondagi elektr stansiyalari jami 60,7 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab
chiqardi.
GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik
zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES
qurilishi nisbatan ko‘p mablag‘ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan
yagona ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan,
issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (ko‘mir, yoqilg‘i) bir kun kelib tugashi mumkin.
Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta to‘planadi.

14.

15.

16.

Gidravlik turbinalarning tasnifi Gidravlik turbinalarda suv oqimining energiyasidan foydalanish
usuli ulardagi ishchi g‘ildirakdan suvning oqib o'tish turi va ishchi organlar konstruksiyalari
bo‘yichatasniflash mumkin (3.1-jadval). Aktiv turbinalar suvdan tashqarida joylashgan bo‘lib faqat
oqimning kinetik energiyasi hisobiga aylanadi. Eng yirik cho‘michli turbinalardan biri
Norvegiyada Si-Sima GESida o ‘rnatilgan. Ularning napori 250 - 1770 m ni tashkil qiladi. Uning
quw ati 350 Mvt, napori 885 m, turbina suv sarfi 40,5 m3/s. Cho‘michli turbinalar napori
qiymatlari katta bo‘lgan turbinalardan hisoblanadi. Reaktiv turbinalarda suv oqimining ham
potensial, ham kinetik energiyasidan foydalaniladi. Bunday turbinalar suv ichida joylashadi va
ularning ishchi g‘ildiraklaridagi energiya o‘zgarishi ko‘p jihatdan potensial energiya oshishi
hisobiga amalga oshiriladi
Agar oqim parraklar tizimidan ishchi g‘ildirak o‘qiga parallel holda oqib o‘tsa, bunday turbinalar
о‘qiy turbinalar deb ataladi. Oqim meridianal tezligining radial yo‘nalishidan o ‘qiy yo‘nalishga
burilgan joyida parraklari o‘matilgan turbinalar radial-o ‘qiy turbinalar deb ataladi. Agar oqim
meridianal tezliklari g‘ildirak o ‘qiga nisbatan burchak ostida yo‘naltirilgan bo‘lsa bunday
turbinalar diagonal turbinalar deyiladi. Reaktiv turbinalar parraklari o ‘z o ‘qi atrofida ma’lum
burchakka burilishi mumkin, bunday turbinalar parraklari buriluvchi turbinalar deyiladi. Agar
turbinalarning parraklari burilmasa unda ular propeller turbinalar deyiladi.

17.

O‘qiy turbinalar 80 - 90 metrgacha, diagonal turbinalar 135 metrgacha, radial o ‘qiy turbinalar 700
metrgacha bo‘lgan napor qiymatlarida ishlatilishi mumkin. Bu turbinalar ishchi g‘ildiraklari diametrlari
1 0 - 1 2 metrgacha bo‘lishi mumkin
English     Русский Правила