87.11K

5-maruza_2

1.

Multimedia texnologiyalari: Grafik va animatsion
axborotlarni qayta ishlash.
• Reja:
1. Multimedia va distant tizimlari asoslari
2. Windows Movie Maker dasturi va unda ishlash
3. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi.
4. Kompyuter grafikasi turlari.
5. Photoshop dasturi imkoniyatlari.
6. Photoshop dasturida bannerlar uchun yangi fayl yaratish.

2.

Multimedia va distant tizimlari asoslari. Ularning xolati va rivojlanish istiqbollari.
• Multimedia– gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma– xil turlari: an’anaviy (matn, musiqa, jadvallar, bezaklar va
boshqalar), original (nutq, musiqa videofilmlardan parchalar, telekadrlar,
animastiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integrastiyalaydi.
Bunday integrastiya axborotni ro`yxatdan o`tkazish va aks ettirishning turli
qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, videokamera,elektron musiqiy asboblardan
foydalanilgan xolda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
muayyan vaqtdagi ish, o`z tabiatiga ko`ra statik bo`lgan matn va grafikadan
farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig`ida ko`rib
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish
uchun markaziy prostessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining
o`tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira, katta sig`imli tashqi xotira
(ommoviy xotira) , xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo`yicha almashuvi
tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
• «inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki,
mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon
beradi

3.

• Multimedia vositalari asosida o`quvchilarga ta’lim
berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo`lga qo`yish
hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridandir.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga
kirib keldi. Uning o`zi nima degan savol tug`iladi?
Ko`pkina mutaxasisslar bu atamani turlicha taxlal
qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia– bu
informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida
audio, video,matn,grafika va animastiya (ob’ektlarining
fazodagi harakati) effektlari asosida o`quv materiallarini
o`quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan
holdagi ko`rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda
o`qitishning bu usuli,hozirgi kunda ta’lim sohasi
yo`nalishlari bo`yicha tatbiq qilinmoqda.

4.

• Multimedia vositalari asosida o`quvchilarni
o`qitish quyidagi afzalliklarga ega:
• a) berilayotagan materiallarni chuqurroq va
mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor;
• b) ta’lim olishing yangi sohalari bilan yaqindan
aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
• v) ta’lim olish vaqtinig qisqarish natijasida, vaqtni
tejash imkoniyatiga erishish;
• g) olingan biilmlar kishi xotirasida uzoq muddat
saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llash
imkoniyatiga erishiladi.

5.

DISTANT USLUBI
• Distant uslubi asosida o`quvchilarni o`qitish
hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan
yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan o`quvchilar
ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish
tizimidir. O`qituvchi va o`quvchining ma’lum bir
masofada
joylashganligi,
o`qituvchini
dars
jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel
televideniyasi kabi vositalar asosida o`quv ishlarni
tashkil qilishni talab qiladi.

6.

Distant uslubi asosida o`qitish quyidagi texnologiyalarni o`z ichiga
oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
audiokonferenstiyalar (audioconferencing) ;
videokonferenstiyalar (videoconferencing) ;
ish stolidagi videokonferenstiyalar (desktor videoconferencing) ;
elektron konferenstiyalar (e-mail, on-line services) ;
ovoz kommunikastiyalar (voice mail) ;
ikki tomonlama sputnik aloqa;
virtual borliq (virtual reality) ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
bosib chiqarilgan materiallar;
audiokassetalar;
videokassetalar;
bir tomonlama sputnik aloqa;
televizion va radio ko`rsatuvlari;
disketa va SD-ROM lar.

7.

Kompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi
• Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda
ham to‘laqonli grafik tizimlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda kompyuter
grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi.
Kopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha
ko‘rinishlari o‘z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o‘zgaruvchi
tasvirlar Bilan ishlaydi.
• Kompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish,
chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
• Kompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”,
kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
• Kompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiyapparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta
ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi.
• Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha
uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir
yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.

8.

Kompyuter grafikasi turlari.
• Tuzilishiga ko‘ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo‘lishi mumkin.
Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko‘pgina mayda elementlar
(piksellar)ga bo‘lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
• Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo‘lib, uning
rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida
kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo‘yicha
(800) va vertikal bo‘yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar
soni qanchalik ko‘p bo‘lsa tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop
etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo‘ladi.
• Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va
bo‘yalish rangini ko‘rsatish orqali xosil qilinadi. Maslan oq fondagi
qizil ellips bor yo‘g‘i ikki formula – to‘g‘ri to‘rtburchak va ellipsning
ranglari, o‘lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali
tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli
rasmdan ko‘ra kamroq joy egallaydi.

9.

• Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning
sifatini yo‘qotmagan xolda kattalashtirish yoki
kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash
matematik
formulalardagi
mos
koeffitsientlarni
kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga
oshiriladi.
• SHunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash
tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib
chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni uzatishning
fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan
foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni
tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga
muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli
tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop
etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida uzatiladi

10.

• Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
• Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi
vositalari kirib bormagan soxani topish kiyin.
• Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini kullanish
soxasiga kura kuyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
poligrafiya ishlari uchun muljallangan kompyuter grafikasi
dasturlari;
ikki ulchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
takdimot ishlari uchun muljallangan dasturlar;
ikki ulchamli animatsiya dasturlari;
uch ulchamli animatsiya dasturlari;
ikki ulchamli animatsiya dasturlari;
ikki ulchamli va uch ulchamli animatsiya dasturlari;
videotasvirlarni kayta ishlovchi komplekslar;
ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

11.

Kompyuter grafikasida rang tushunchasi Rang modellari
• Kompyuter grafikasida rang juda muxim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish
va tasvirni axborotga boyitish rolini o‘ynaydi. Biz ko‘rayotgan yoritilgan
buyumdan qaytgan yorug‘lik ko‘z qorachig‘i orqali ko‘zimizga o‘tadi va ko‘z
ichidagi asab xo‘jayralarini qo‘zg‘atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya
bilan bog‘langanligi tufayli ko‘z yorug‘ligi miyaga o‘tadi va ongimizda buyumni
ko‘rish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Biz buyumni ko‘ramiz. Atrof muhitni bunday
ko‘rish qobiliyati ko‘rish deb, ko‘rish a’zosi esa ko‘z deb ataladi.
• Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko‘p ma’lumot olamiz.
Bu ma’lumotlarning 90% ni ko‘rish orqali qabul qilamiz. YOrug‘lik oqimi bu
ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
• Bizning ko‘zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali
bog‘langan. Agar ko‘zning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va
televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan
taqqoslasak ular orasida o‘xshashlik borlig‘ini sezishimiz mumkin.
• Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo‘lmagan ranglar asosiy
ranglar deyiladi. Qizil, yashil va ko‘k ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi.
Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil bo‘ladi.

12.

RANG MODELLARI.
• RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko‘k
birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo‘lib, ushbu
ranglarning turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko‘rinuvchi
spektrning turli xil boshka ranglarini olish mumkin. Birlamchi
ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta)
va sariq (yelow) ranglar xosil bo‘ladi.
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul
qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo‘lganda oq rang, R=0,
G=0, B=0 bo‘lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin.

13.

• CMYK modeli bo‘yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga
asoslangan. Oq rangning nur o‘tuvchi bo‘yoqdan o‘tishida
spektrning bir qismi yutiladi. YUtilmagan nur qaytadi va
odam ko‘ziga tushadi.
Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq
(Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo‘ladi. Ularning
to‘liq aralashmasidan qora (blacK) rang xosil bo‘ladi.
Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat
qabul qilishlari mumkin.

14.

• HSB(HSV) modeli. Model nomi unga asos bo‘lgan uch
komponentning bosh xarflaridan olingan: Hue - rang toni;
Saturation - to‘yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model
odam ko‘zining rangni xis qilish qobiliyatiga asoslangan.
• Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapszondagi burchak
kattaligi Bilan tavsiflanadi.
• To‘yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik
darajasidir. U kul rangning boshqa rangga nisbati bilan
aniqlanadi (0% – kul rang, 100% – to‘la to‘yingan rang).
• Rangning yorqinligi 0 dan 100 gacha o‘zgarishi
mumkin.
English     Русский Правила