Похожие презентации:
4_mavzu_taqdimoti
1.
SINFDAGI SOGʻLOMMUNOSABATLAR UCHUN
IJTIMOIY-HISSIY
(EMOTSIONAL) TA’LIM
Oʻquvchilarda ta’limga ragʻbatni
oshirisn va ularni darslarda markazga
qoʻyish usullari
2.
1-amaliy mashg‘ulot: “Kim?” o‘yiniBu mashg‘ulotimizda sizga 10 ta qiziqarli savol beriladi. Har bir savolga “men” deya javobingiz bo‘lsa,
bir qadam oldinga chiqing (yoki qo‘lingizni ko‘taring) va do‘stlaringizga tabassum ila qo‘l silkiting. Bu
orqali o‘xshashliklaringizni topasiz va bir-biringizga yaqinlikni yanada kuchliroq his qilasiz.
Kim so‘nggi 48 soat ichida sport yoki jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan?
Kim yaqin orada sanatoriy yoki kurortga borgan?
Shu yerdagilardan kim har qanday kuyga raqsga tushib bera oladi?
Kim har qanday sharoitda har kim bilan suhbat qura oladi?
Kim qancha urinsa ham, hecham ishga (o‘qishga) o‘z vaqtida kela olmaydi?
Kim maktabda o‘qigan davrida yozma ishdan “2” baho olgan?
Bahsli vaziyatlardan keyin kim o‘zini hamisha yolg‘iz his qilgan?
Kim nohaq munosabat yo kamsitishni ko‘rib, shu vaziyatlarga aralashgan?
Kim ko‘proq badiiy kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi?
Kim begonalar bilan tezda til topishib keta oladi?
3.
Miyaning kognitiv va hissiy (emotsional)qismlari o‘zaro bog‘liq
Bizni birlashtiradigan sifatlar biz o‘ylaganimizdan-da ko‘proq. Shuning uchun, biz birinchi bor kim
bilandir tanishganimizda, unga samimiy boqishimiz
va unga qiziqishimiz muhim. Chunki shunday
qilganimizda, barcha farqlarimizga qaramay, bizda
juda ko‘p o‘xshashliklar borligini bilib olamiz. Bu
esa boshqalar bilan yanada chuqurroq munosabatlar
o‘rnatish imkonini yaratadi.
O‘qish, bu – ijtimoiy va emotsional jarayondir.
Ijobiy emotsiyalar quvonch holatini yuzaga keltiradi va o‘quvchining o‘rganishga
tayyorligini oshiradi, shu bilan birga akademik muvaffaqiyatni yaxshilaydi. Inson
miyasi moslashuvchan (o‘zgaruvchan) xususiyatga ega – u mashq va o‘qitish orqali
butun hayot davomida o‘zgarish imkoniyatiga ega.
4.
IJTIMOIY-HISSIY TA’LIM (SEL) VA UNING BESH ASOSIY KOMPETENSIYASIIjtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) — bu barcha yoshdagi o‘quvchilarga o‘z histuyg‘ularini yaxshiroq anglash, ularni to‘liq his qilish va boshqalarga nisbatan
hamdardlik ko‘rsatishni o‘rgatadigan metodikadir. O‘quvchilar o‘zlashtirgan
ushbu ko‘nikmalar ularga ijobiy va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish,
maqsadlariga erishish uchun aniq reja tuzish hamda boshqalar bilan ijobiy
munosabatlar o‘rnatishda yordam beradi.
1. O‘zini anglash - O‘z his-tuyg‘ularini tanish va ularning
xatti-harakatlarga ta’sirini anglash. Kuchli va zaif
tomonlarini tan olish, o‘z qobiliyatlariga ishonch hosil
qilish.
2. O‘zini boshqarish - Turli vaziyatlarda o‘z fikr, his-tuyg‘u
va xatti-harakatlarini nazorat qilish. Maqsad qo‘yish va
unga erishish uchun izchil harakat qilish.
5.
3. Ijtimoiy anglash - O‘zidan boshqa madaniyat yoki muhitda ulg‘ayganinson o‘rniga qo‘ya bilish. Boshqalarga hamdardlik bilan yondashish va uy,
maktab hamda jamoada axloqiy xatti-harakat ko‘rsatish.
4. Munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalari - Turli muhit va kelib chiqishga ega
insonlar bilan sog‘lom munosabatlar qurish va ularni saqlab qolish.
Boshqalarni tinglash, samarali muloqot qilish, mojaroni tinch yo‘l bilan hal
etish, yordam so‘rash yoki yordam berishni bilish.
5. Mas’uliyatli qaror qabul qilish - Axloq, xavfsizlik, oqibatlarni hisobga
olish va boshqalarning hamda o‘zining farovonligini e‘tiborga olib, to‘g‘ri
yo‘l tutishni tanlash.
6.
Kompetensiyani shakllantirish yo'llari1. O'zini anglash
• Hissiyotlarni ifoda etish mashqlari (“Bugun kayfiyatшm...”)
• Kayfiyat kartalari va emotsional termometr
• Kuchli va zaif tomonlarini aniqlash
• Refleksiya va “Men haqimda 3 ijobiy fikr" topshiriqlari
2. O'zini boshqarish
• Stressni kamaytirish mashqlari (chuqur nafas olish, neyrogimnastika)
• Maqsad qo'yish va unga erishish rejasi
• Vaqtni boshqarish topshiriqlari
• "Xotirjamlik burchagi" tashkil etish
3. Ijtimoiy anglash
• Rol o'ynash (role-play) mashqlari
• Qahramonlarning hissiyotlarini muhokama qilish
• Madaniy xilma-xillikni qadrlash topshiriqlari
• Empatiya mashqlari (tinglash va qayta ifodalash)
7.
4. Munosabat o‘rnatishJuftlik va guruhli ishlarda hamkorlik
"Buddy system" (katta va kichik sinf o'quvchilari)
"Do‘stona muloqot doirasi" (circle time)
Ziddiyatlarni konstruktiv hal qilish
5. Mas’uliyatli qaror qabul qilish
"Agar sen bo‘lsang nima qilarding?" muhokamasi
Qoidalar va oqibatlarni birgalikda ishlab chiqish
"Tanlov va oqibat" jadvali
O‘quvchilarga kichik mas’uliyatlar berish
8.
Qaror qabul qilishda “Dekart maydoni”dan foydalanishAgar buni qilsam,
nimaga
erishaman?
Agar buni qilsam,
nimani
yoʻqotaman?
Agar qilmasam,
nimaga
erishaman?
Agar qilmasam,
nimani
yoʻqotaman?
9.
2-amaliy mashg‘ulot: “Hissiyot” termometriBu mashq o‘quvchilarda o‘zini
anglash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki
ko‘pincha bolalar qanday kayfiyatda yoki qaysi hissiy holatda
ekanini aniqlab bera olmaydi. Natijada ular o‘z xatti-harakatlarini
ham nazorat qilishda qiynaladi.
10.
“Hissiyot” termometriHissiyot termometri ‒ o‘quvchilarga o‘z hissiy holatlarini vizual ravishda
ifodalashga yordam beradigan vosita. Masalan, 1 dan 5 gacha shkala orqali o‘z
kayfiyatini belgilash, “juda xursandman”dan “xafaman”gacha bo‘lgan hissiyotlarni
aniqlash. Buning uchun oʻquvchilarga ushbu “termometr” tarqatiladi. Ular oʻz hissiy
holatlarini ifodalash uchun tegishli hisbelgi va raqamlar ustidagi aylanani
boʻyaydilar.
Bundan sinfning umumiy hissiy holati aniqlanib, kayfiyatni me’yorlashtiruvchi
qisqa mashqlar bajariladi.
11.
Barkamollik uchun hissiy to‘siqlarFarzandining erkin
yashashiga yo‘l
bermaydi, chunki
“ Bolam mensiz
q i y n a l i b q o l a d i ”, - d e b
o‘ylaydi.
Bolasiga ishinmaydi.
Natijada farzandi xato
qilsa ham, tajriba
orttira olmaydi.
12.
Barkamollik uchun hissiy to‘siqlarO‘z qadriyatlari
y o ‘q , h a y o t d a n
zavqlanishni
unutgan. Shuning
uchun uning
o‘rnini ovqat bilan
to‘ldirishga intiladi.
13.
Barkamollik uchun hissiy to‘siqlarMiyasi doim
yomon o‘yfikrlar bilan
band. Fikrlashni
nazorat qila
olmaydi. Irodasiz,
tez-tez stressga
tushadi,
depressiyaga moyil.
14.
Barkamollik uchun hissiy to‘siqlarMuammolarini
qo‘yib yubora
olmaydi. O‘tmish
xotiralariga suyanib
qolgan. Ulardan voz
kechishni istamaydi.
Natijada kelajak
haqidagi orzulariga
yetisha olmaydi.
15.
Barkamollik uchun hissiy to‘siqlarHammaning
mas’uliyatini
bo‘yniga olib olgan.
Oilada, ishxonada
boshqalarning
o‘rniga qaror
qabul qiladi va
ularning vazifalarini
o‘zi bajarib
yashaydi.
16.
3-amaliy mashg‘ulot: “Agar sen bo‘lsang, nima qilarding?” muhokamalariIjtimoiy-hissiy (emotsional) ta’lim (SEL) doirasida ushbu mashq o‘quvchilarni mas’uliyatli qaror qabul
qilish, empatiya va ijtimoiy anglash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi samarali usul hisoblanadi.
1. Sinfdoshing darsga kitobini olib kelmagan.
U sendan kitobingni birga o‘qishni so‘radi.
Agar sen bo‘lsang, nima qilarding?
2. Kimdir seni dars vaqtida masxara qildi.
Sen nima qilding?
3. Do‘stlaring ko‘chada daraxtga chiqib, qush
inini buzishmoqchi.
Sen qanday munosabat bildirarding?
4. Sinfda loyiha ishlari bo‘lyapti, bir o‘quvchi
hech narsa qilmayapti.
Agar u sen bo‘lsang, nima qilgan bolarding?
5. Ko‘chada yiqilgan kichkina bolani ko‘rding.
Sen nima qilasan?
17.
4-amaliy mashg‘ulot: “Maqtovlar halqasi” mashqiO‘quvchilarning bilim olishga ishtiyoqi (motivatsiyasi) ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli
kechishi uchun eng muhim omillardan biridir. Shu sababli o‘qituvchilar dars jarayonida
o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ichki rag‘batini oshirishga qaratilgan turli usullardan
foydalanishlari lozim. Ishtiyoq(motivatsiya)ni oshirishning samarali yo‘llaridan biri
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi va bir-birlarini rag‘batlantirishidir.
Maqtovlar halqasi, bu – o‘quvchilarni birbiriga iliq so‘zlar aytishga, ijobiy sifatlarni
ko‘rishga va qadrlashga o‘rgatadigan interfaol
mashg‘ulotdir.
Unda barcha ishtirokchilar dumaloq shaklda
joylashadilar va har bir o‘quvchi yonidagi
do‘stiga samimiy lutf (maqtov) aytadi. Oxirgi
o‘quvchi esa birinchi o‘quvchiga maqtov
bildirishi bilan “halqa” yopiladi.
18.
NEYROGIMNASTIKA VA TA’LIMIY ROLIKLARSEL doirasida neyrogimnastika – miyani faollashtiruvchi, e’tibor, xotira,
tafakkur va hissiy muvozanatni yaxshilashga yordam beradigan maxsus
mashqlar majmuasidir. Neyrogimnastika mashqlari ko‘pincha ikki miya
yarimsharini uyg‘un ishlashiga yordam beradigan jismoniy harakatlar, ko‘z
va qo‘l koordinatsiyasi, nafas mashqlari va oddiy motorik topshiriqlardan
iborat bo‘ladi.
5-amaliy mashg‘ulot: “Sakkizlik chizish” mashqi
“Sakkizlik chizish” o‘quvchilarda diqqatni jamlash, ko‘z va qo‘l
koordinatsiyasini rivojlantirish, stressni kamaytirish uchun ishlatiladi. Bu
mashq miya yarimsharlari o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi va
o‘rganish samaradorligini oshiradi.
19.
6-amaliy mashg‘ulot: Ta’limiy roliklarTa’limiy roliklar — zamonaviy o‘quv jarayonida muhim o‘rin
tutadi. Ular ko‘rish va eshitish orqali bilimni tezroq
o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘quvchilar qiziqishini oshiradi,
dars jarayonini jonli va qiziqarli qiladi. Murakkab
tushunchalarni grafik va animatsiyalar yordamida sodda qilib
tushuntirish imkonini beradi.
https ://www.youtube.com/watch? v=UhWeK HVzvr4
https ://www.youtube.com/watch? v=TvR hfaouB Hs
https ://www.youtube.com/watch? v=d1FjiE0fHDw
https ://www.youtube.com/watch? v=Fbb9ORcL HpI
20.
EnerjayzerlarEnerjayzer —ta’lim jarayonida o‘quvchilarning e‘tiborini qayta tiklash, charchoqni
bartaraf etish va ijobiy kayfiyat yaratish uchun mo‘ljallangan qisqa, qiziqarli mashq yoki
o‘yin. Ular dars davomida o‘quvchilarni faol va serg‘ayrat bo‘lishlariga yordam beradi.
“Shamol esmoqda…”
O‘qituvchi “Shamol esmoqda… kimda ko'zoynak bor” deydi. Ko‘zoynak taqqanlar joyini
almashtiradi. O‘yin davomida turli belgilar aytiladi.
“Sehrli raqam”
O‘qituvchi bir raqamni tanlaydi (masalan, 5). O‘quvchilar 1 dan boshlab sonlarni aytadi.
Lekin tanlangan raqam o‘rniga “BUM” deyish kerak.
“Kim tezroq?”
O‘qituvchi buyruq beradi: “Ko‘k rangdagi narsa top!” O‘quvchilar sinfdagi narsadan ko‘k
rangni tezda ko‘rsatishlari kerak.
21.
“Qarsak kodlari”O'qituvchi qoidani belgilaydi: 1 marta qarsak → "Chap qo'lni ko'tarish", 2 marta
qarsak → "O'ng qo'lni ko'tarish", 3 marta qarsak → "Sakrash". Bolalar tezkor javob
qaytaradilar.
“Shakl bo‘yicha yig‘ilish”
O‘qituvchi “uchburchak bo‘ling”, “doira bo‘ling” yoki “chiziqqa tiziling” deb aytadi.
Bolalar tezda jismoniy shakl hosil qilishlari kerak.
“O‘xshashlik top”
Bolalar yonidagi do‘sti bilan umumiy jihat topishlari kerak (masalan, “ikkimiz ham
futbolni yaxshi ko‘ramiz”).
22.
Ijtimoiy-hissiy (emotsional) ta’lim — o‘quvchilardao‘zini anglash, boshqarish, boshqalar bilan sog‘lom
munosabat o‘rnatish, mas’uliyatli qaror qabul qilish
va
empatiya
kabi
hayotiy
ko‘nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan ta’limiy jarayondir.
Bu jarayon bolalarni hayotga tayyorlaydi, ularni
aqlli, mehribon va masuliyatli shaxs sifatida
shakllantiradi.
23.
CHIQISHCHIPTASI
E’TIBORINGIZ
UCHUN TASHAKKUR!