Похожие презентации:
Psixosomatika tibbiyot psixologiyasining yetakchi sohasi sifatida
1.
4 – mavzu:Psixosomatika tibbiyot
psixologiyasining yetakchi sohasi sifatida
Rеjа:
1. Psixosomatika tushunchasi
2. Psixosomatik o‘zgarishlar
Kalit so‘zlar: isteriya, psixoanalitika,
nevroz, mayillar
2.
"Psixosomatika" atamasi birinchi boʻlib 1818-yilda nemisshifokori Iogann-Kristian Geynrot tomonidan kiritilgan. 1822-yilda
Nemis psixiatri Karl Yakobi "somatopsixik" tushunchasini kiritdi, bu
"psixosomatik" munosabatga qarama-qarshi va ayni paytda
to'ldiruvchidir. Doych ba’zi psixosomatik kasalliklarni ajratib ko‘rsatdi.
To‘g‘ri, u psixoanalist sifatida asosan nevroz va isteriyaga (ruhiyat,
harakat, sezuvchanlik va ichki a’zolar faoliyatining funksional buzilish)
e’tibor qaratgan. Shuningdek, u buzilishlar sifatida bemor ongsiz
ravishda ba’zi ijtimoiy ziddiyatlarni tugatish uchun mavjud bo‘lmagan
kasallikning alomatlarini ko‘rsatgan vaziyatlarnigina tahlil qilgan.
Biroq psixosomatika isteriyadan ham chuqurroq tushuncha
bo‘lib chiqdi. 1968 yilda ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik
qo‘llanmasi (DSM-II) psixosomatik kasalliklarni “psixo-emosional
omillar ta’sirida yuzaga kelgan aniq fiziologik alomatlar” deb
ta’riflagan. 1980 yilga kelib, bu alomatlar qayerdan kelib chiqqanligi
aniq bo‘ldi.
3.
Psixosomatik muammo psixika va tana o'rtasidagimunosabatlar fanning asosiy muammosi bo'lib, uning markazida
insonning biopsixosostial tabiati masalasi yotadi.
Psixosomatik birlik - bu ong va tananing o'zaro bog'liqligidan
kelib chiqadigan inson tanasining birligidir. Psixosomatik birlik
kontsepsiyasi, inson mavjudligining yaxlitligi haqidagi yanada
murakkab kontsepsiyaning tarkibiy qismidir..
• Bugungi kunda psixosomatik birlikni tushunish uchun 3 yondashuv
mavjud:
• Inson-mashina- insonning mohiyati uning jismoniy (tanaviy)
borligidir;
• Insonning ikki tomonlama mohiyati (R. Dekart) - tana va ruh boshqa
tabiatga ega, lekin ayni paytda bir-biri bilan o'zaro ta'sir qilishadi;
• Inson tanasi ruhning quroli sifatida (N. LEKIN. Berdyaev) - tana
ruhga bo'ysunadi va uning organi hisoblanadi.
4.
Psixosomatik kasalliklar - bu ichki organlar kasalliklariga o'xshashbelgilar bilan bemorning asab tizimidagi nosozliklar natijasida yuzaga
keladigan kasalliklar guruhidi. Bular funktsional oshqozon dispepsiyasi,
irritabiy ichak sindromi va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari, fibromiyaljiya,
giperventiliya sindromi va boshqalar.
Gipoxondriya, dismorfofobiya (o'z tanasini rad etish), psixogen
qichishish, psixogen bel og'rig'i, psixogen bosh og'rig'i, diareyaning ayrim
shakllari, kekirık va boshqa ba'zi kasalliklar somatoform kasalliklarga
tegishlidir. Bunday kassaliklarda instrumental tekshiruvlar tananing ishidagi
buzilishlarni tashxis qila olmaydi.
2005-yilda psixolog Dransart quyidagi mumkin bo'lgan sabablarni
ham qo'shdi :
• Norozilik - alomat biror narsa yoki kimgadir rozi bo'lishdan bosh tortishni
bildiradi.
• Bostirilgan tuyg'u (qo'rquv, qayg'u, g'azab).
• Amalga oshirilmagan istak yoki inson o'z qadriyatlar tizimiga muvofiq
yashay olmaydigan vaziyat.
• Xavfsiz bog'lanish hissi yo'qligi.
• Haqiqiy yoki xayoliy xavfdan psixologik himoya.
5.
Psixologlar Cheek va Lecorn 1968-yilda psixosomatik kasallikning mumkin bo'lgansabablarining quyidagi ro'yxatini taklif qilishdi :
• Konflikt - shaxsning turli qismlari o'rtasidagi ichki ziddiyat psixosomatik
simptomning shakllanishiga olib kelishini mumkin.
• Tana tili xabari - Alomat hal etilmagan psixologik muammo
haqidagi metaforik xabardir (masalan: "Men buni hazm qila olmayman").
Kasallikdan foyda olish - bu toifaga o'z egasiga yoki unga yaqin kishiga qandaydir
shartli foyda keltiradigan sog'liq muammolari kiradi.
• Yara - kasallikning sababi o'tmishdagi travmatik tajriba (xiyonat, rad etish, tashlab
ketish, tahqirlash, adolatsizlik) bo'lishi mumkin.
• Identifikatsiya - jismoniy alomat shaxsga o'xshash bo'lishni xohlaydigan shaxs
(qahramon, ota-ona, murabbiy) bilan identifikatsiya qilish natijasida shakllanishi
mumkin (lekin ba'zida aksincha, ongli darajada o'xshash bo'lishni istamaslik
kuchli.).
• O'z -o'zini jazolash - ba'zi hollarda psixosomatik simptom haqiqiy yoki xayoliy
ayb uchun ongsiz ravishda o'zini o'zi jazolash rolini o'ynaydi. Bundan tashqari,
ongsiz ravishda boshqa odamni azob-uqubatlari bilan jazolashga urinish, uni aybdor
his qilishiga olib kelishi mumkin.
• Taklif - Alomatlar obro'li shaxs (masalan, ota-ona, doktor, professor) tomonidan
salbiy e'tiqod taklifi bilan qo'zg'alishi mumkin.
6.
Ba'zan shunday gaplarni eshitib qolamiz: tomoq stressnatijasida og‘riydi, saraton birovni kechira olmaslik va adovat saqlash
tufayli rivojlanadi, allergiya esa ichda yutilgan g‘azab natijasida
"tashqariga chiqadi" - psixosomatikaga doir ilmiy ishlarda shunday
izohlarni ko‘p uchratish mumkin. Qisqasi, bizning kasalliklarimizda
g‘am-tashvishlarimiz aybdor.Bu psixosomatika deyiladi.
Psixosomatik kasalliklarni davolash-psixoterapiya hisoblanadi.
1920 yilda sil bilan kasallangan Frants Kafka o‘zining holatiga
shunday ta'rif bergan: "Mening ongim kasal, o‘pkamdagi kasallik esa
shunchaki ruhiy kasalligimning aksidir".
Yozuvchi Ketrin Mensfild ham shu kasallikka chalinib,
o‘zining kundaligida shunday yozadi: "Rasvo kun... Azobli og‘riq va
hokazo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Sog‘ayib ketish uchun men
o‘zimning "men"imni tuzatishim kerak. Shifo topmayotganimning asl
sababi ham shunda. Mening ongim menga bo‘ysunmayapti".
7.
Shifokorlar depressiya va stressga chidamlilikning pastdarajasini xavf omili deb hisoblashadi: ular immunitetni tushiradi,
buning natijasida esa sil kasalligi faol shaklga o‘tishi mumkin.
Olimlar shuningdek uzoq cho‘zilgan stressning yurak kasalliklari,
astma, diabet, Altsgeymer kasalligi va hatto saraton bilan
aloqasini tasdiqlashmoqda. Gap shundaki, stress - bu yomon
fikrlar va boshdagi hissiyotlar to‘plami emas, balki aniq
fiziologik jarayon. U organizm faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmay
qo‘ymaydi.
Psixosomatika hatto eng og‘ir kasalliklarni ham
psixologik holat bilan izohlaydi va ularni psixologik
muammolarni hal qilish bilan davolashni taklif qiladi. Bunday
davolash muolajalari o‘z-o‘zidan bezarar (hatto ba'zan foydali
ham), biroq an'anaviy tibbiyot usullaridan voz kechilganda u
katta muammolar bilan xavf soladi.
8.
Odam o‘ziga o‘zi kasallikni "to‘qib chiqarsa" ham,bu psixosomatikaga taalluqli bo‘ladi. Ba'zan bu haqiqiy kasallikka
olib keladi. Nevropatolog Syuzan O’Sallivan o‘zining kitobida bir
bemor boshida shishni aniqlab, bu saraton ekanligiga qaror
qilgan holatini tasvirlaydi. Shundan so‘ng uning o‘ng qo‘li va
oyog‘i falaj bo‘ladi - erkak o‘ng yarim shar tananing chap tomoni
uchun mas'ul ekanini bilmagan.
Ba'zi kishilarda alohida belgilar muayyan hissiyotlarga
yoki ma'lum bir vaziyatlarga reaksiya sifatida yuzaga keladi.
Masalan, eri tashlab ketmoqchi bo‘lgan ayolda ko‘pincha havo
yetishmasligi kuzatiladi. Har safar ayriliq mavzusi ko‘tarilganida
uning ahvoli yomonlasha boshlaydi. Bu simulyatsiya emas, ayol
haqiqatda havo yetishmasligini his qilmoqda. Biroq jismoniy
jihatdan u soppa-sog‘.
9.
• Odamda kuchli his-hayajonlar, iztiroblar yurakurishi bilan birga o‘tadi, bunda yuz qizaradi yoki
oqaradi (tomirlarning qisilishi yoki kengayishiga
qarab). Bu alomatlarning tabiati va nechogli
yuzaga chiqishi shaxs va organizmning o‘ziga xos
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Psixik ta’sirlar bosh
og’rigini yoki organizmdagi boshqa funksional
buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Psixogen
omillar ta’siri ostida somatik sohada quyidagi
buzilishlar: kungil bexuzur bo‘lishi, qusish, ich
ketishi, qabziyat, ishtaxa yuqolishi, nafas qisishi,
yutal, arterial bosimning ko‘tarilishi, tomir urishi
tezlashishi (taxikardiya), uning sekinlashuvi
(bradikardiya), yurak ishi zaiflashuvi kabilar
vujudga kelishi extimol.
10.
Somatogen jihatdan kelib chiqqan ruhiy buzilishlarko‘pincha xavotili-vahimali bemorlarda paydo bo‘ladi,
ularning holatida ipoxondrik alomatlar ham seziladi. Ular
asosiy kasallik natijasida paydo bo‘lgan nevrozlar, zaiflik,
tezda charchab qolish, bosh og’rigi, upka rejimining
buzilishi, o‘z ahvolidan cho’chish, xaddan tashqari terlash,
yurak urishining tezlashuvi va hokazo holatlardan shikoyat
qiladilar. Alkogolizm va giyoxvandlik dardiga yo‘liqqan
shaxsda kasallik aniq ko‘zga tashlanadigan bosqichga
yetganda odatda ichki a’zolarining turli xastaliklari: jigar,
yurak, buyrak, me’da osti bezlari va boshqa xastaliklar
aniqlanadi, shu sababli ular somatik kasalxonaning terapiya
bo’limida davolanish uchun keladilar.
11.
Klassik isteriya yoki konversion nevrozda mayllaristerik simptomlarga aylantiriladi, psixoanalitik til bilan
aytganda konvertatsiya qilinadi. Ko‘plab isterik
simptomlarni quyidagicha taqsimlash mumkin:
— Bosh og‘riqlari — susaymaydigan jinsiy ko‘zgalishlar
“boshga uradi”;
— Oshqozon sanchiqlari—oshqozondagi “jahldorlik”
bo‘shashmaydi;
— Isterik qayt qilish — jinsiy ko‘zgalish bilan bog‘liq
nafrat hissi qayt qilish orqali namoyon bo‘ladi: “bundan
mening ko’nglim ayniydi”;
— Ko‘rish va eshitishdagi buzilishlar ta’qiqlangan
instinktiv istaklarni ko‘rmaslik, payqamaslik, ular bilan
12.
Nevrozlarning kelib chiqishi zaminida har qandayjinsiy va agressiv impulslar va ota-onalar bilan emotsional
munosabatlar yo‘qligi sharoitida kuchli siqib chiqarilishi
yotadi.
Turlari:
• eritrofobiya — qizarishdan qo‘rqish,
• yurak fobiyasi — yurak xastaligi bilan kasallanishdan
qo‘rqish,
• SPIDofobiya — SPID yuqishidan qo‘rqish
• radiofobiya — radiofaol nurlanishdan qo‘rqish.
13.
Nevrozning belgilari: tushkunlik — tushkin kayfiyat, biron-birtashabbus namoyon qilishning yo‘qligi va tashqi olamdan uzoqlashish
xususiyati.Bu nevroz sabablari undan aziyat chekadiganlar tomonidan
anglanmaydi.Analizda to‘rtta psixodinamik xususiyat aniqlanishi mumkin:
• 1. Yaqin odamni yo‘qotish kechinmasi.
• 2. Aybdorlik hissi
• 3. Agressivlik.
• 4. O‘zini-o‘zi baholash muammosi.
Nevrozning ayrim turida narsissizm (boshqalarga nisbatan har qanday
muhabbat hissini yo‘qqa chiqaradigan haddan tashqari o‘zini yaxshi ko‘rish,
o‘zi bilan ortiqcha band bo‘lish)ning uchta turini ajratish mumkin:
• 1. Obektga muhabbat hisobiga paydo bo‘ladigan o‘z-o‘ziga muhabbatning
patologik holati.
• 2. Bolalik taraqqiyoti davridagi bolaning o‘z-o‘zi bilan ortiqcha band
bo‘lishi, xudbinligining o‘tish davri.
• 3. O‘zini ishonchliroq va qoyilmaqomroq his qiladigan affektiv holat yoki
sub’ektiv moyillik.
14.
15.
Psixoanalizda alkogolga tobelik oral-so‘rishxulqining kechki shakli sifatida qaraladi. Shisha yoki
stakan ona ko‘kragiga qaraganda ustunlikka ega, chunki
u har doim topsa bo‘ladigan narsalardir.
Ichkilik iste’mol qilishga moyillik alkogolning
yengil qo‘zg‘ovchi va ayni paytda tinchlantiruvchi
ta’siridan kelib chiqadi. Ana shundan keyin kuchli
xavotir hissini yoki ruhiy ma’nosizlik hissini tuyayotgan
ichkilikboz asta-sekin ichimlik ta’siriga odatlanadi va
bora-bora ichimlik dozasining ortib borishi va bosh
og‘rig‘i sindromi alkogolga tobelikni orttiradi.
16.
Ichimlik ichkilikbozni chidab bo‘lmas ichki ruhiyholatlardan himoya qiluvchi mexanizm rolini o‘ynaydi.
Bunday ruhiy holatlar qo‘rquv, aybdorlik, uyat hissi
bo‘lishi mumkin. Psixoz yoki psixomatik buzilishlarda
bunday holatlar himoya mexanizmi yordamida
qaytariladi, ichkilikboz esa ularni oddiygina qilib
ichkilikka “cho‘ktirib” yuboradi. Shu bilan birga, ta’qiq
va ma’n qiluvchi qoidalar o‘chiriladi, “Yuqori-Men”
alkogolda erib ketadi. Odam alkogol yordamida o‘zining
depressiv hissini yengadi, o‘zini qiynayotgan
tashvishlarni unutadi.
17.
Narkotik tobelikning ikkita turi ajratiladi.-Ruhiy tobelik, bunda giyohvand modda iste’mol qilish
darajasi nazorat qilib bo‘lmaydigan intilish, maniya, bartaraf qilib
bo‘lmaydigan xohish, ochko‘zlik, ochofatlikka aylanadi.
-Jismoniy tobelikda giyohvand modda iste’mol qilish natijasida
organizmda modda almashinuvi jarayoni shunday buziladiki, natijada
uni iste’mol qilish hayotiy ehtiyojga aylanadi.
Giyohvand moddaning organizmga, asosan markaziy nerv
tizimiga toksin-zaharlovchi ta’sirini unutmaslik kerak. Bu yerda gap
o‘z-o‘zidan kokain, benzedrin, ritalin ta’sirida paydo bo‘ladigan
tetiklik, o‘z-o‘ziga ishonch hissi haqida bormoqda.
Bezovtalik vaqtida geroin, morfin, valium, barbi-turat va
boshqa sedativ preparatlar bemorni tinchlantiradi, hissiyotni bug‘adi va
umuman har qanday hissiyotni yo‘q qilishi mumkin. Gashish va
marixuana “yumshoq norozilik narkotigi” hisoblanadi. Geroin va
kokain “qattiq” yoki “kuchli” narkotik sanalib, ular tafakkurni, hissiyot
va harakatlarni keng ko‘lamda o‘zgartiradi.
18.
Narkotiklarbirinchi
navbatda
affektlarga, qo‘rquv, aybdorlik va uyat hissiga
ta’sir qiladi. Shu bilan birga giyohvandlar
ta’siri himoya mexanizmlariga o‘xshaydi.
Nevrozda himoya mexanizmi qiladigan ishni
narkotikka tobelikda giyohvand modda amalga
oshiradi: noxush tasavvur va hissiyotlar idrok
qilinmay qo‘yiladi.
Oddiy nevrotiklardan farqli o‘laroq,
narkotikka tobe odamlarda qo‘shimcha
farmokologik effekt bor — bu yo qo‘zgalish
yoki tinchlanish. Narkotikka tobe odamlarning
ongli ravishda o‘zlariga zarar keltirishlarini
suitsidga
mayl,
atrofdagilarni
ayblash
funksiyasi deyish mumkin.
19.
• Freyd o‘zining 1905 yilda yozgan “Seksuallilik nazariyasidanuch ocherk” asarida hamma odamlar avvalboshdan “polimorf
perversivlardir”, chunki har bir inson quyidagi harakatlarga
ehtiyoj sezadi deydi:
• —
o‘zini
yalang‘och
ko‘rsatish,
yalang‘ochligidan
lazzatlanish, eksgibitsionizm;
• — o‘zi xohlab turgan odamning o‘rniga intim predmetlardan
foydalanish, fetishizm;
• — uning kiyimini kiyib, qarama-qarshi jinsning holatiga
kirish, transvestizm;
• — o‘zini qarama-qarshi jinsga mansub deb anglash,
transseksualizm;
• — boshqalarni azoblash, jismoniy yoki ruhiy kamsitish,
sadizm;
• — azoblanishni, jafo ko‘rishni xohash, mazoxizm.