Похожие презентации:
Elektr toki
1.
ELEKTR TOKI8-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu:
2.
Zaryadli zarralarning tartibli harakatiElektr
tokini
hosil
qilishda
zaryadli
zarralarni
harakatga keltirishning eng oddiy holini qarab
chiqamiz, buning uchun elektrometr sharchasini mo'ynaga
ishqalangan ebonit tayoqcha yordamida zaryadlaylik.
Bunda
elektrometr
ma'lum burchakka buriladi (28-a rasm).
ko'rsatkichi
3.
Agarbir
o'tkazgichning
uchi
yerga
ikkinchi
ulangan
uchini
elektrometr sharchasiga tekkizsak, shu zahoti
elektrometr ko'rsatkichi nolga tushib qoladi.
Bu
hodisaning
o'tkazgichning
sababi
shuki,
ikkinchi
uchi sharchaga tekkizilgan zahoti undagi
zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab bir
tomonga harakatlanadi va yerga o'tib ketadi
(28-b rasm).
4.
Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni oqimi elektrtoki deb ataladi.
«Tok» ruscha «IIOTOK» so'zidan olingan bo'lib,
«oqim» ma'nosini bildiradi.
Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil
bo'lganligini
bilish
uchun
yerga
ulangan
o'tkazgichning o'rtasiga neon lampochka o'rnataylik.
5.
Agaro'tkazgichning
clcktromctrning
ikkinchi
zaryadlangan
uchini
sharchasiga
tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga
tushishi bilan bir vaqtda neon lampochka ham
bir zumda yonib-o'chadi (29-rasm).
Demak,
haqiqatan
ham,
o'tkazgichda
zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat
qiladi, ya'ni oqadi va o'tkazgichda elektr toki
hosil bo'ladi.
6.
Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rniZaryadli zarralarning harakat qilishiga sabab,
o'tkazgichda elektr maydonning mavjudhgidir. 29rasmda
tasvirlangan
tajribada
elektrometrning
sharchasi manfiy zaryadlangan.
O'tkazgich
uchi
sharchaga
tekkizjlmasdarr
avval yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral
bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng
miqdorda bo'ladi.
7.
O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiyzaryadlarning ta'sirida yerning shu neytral joyida musbat
zaryadlar yig'iladi.
Natijada sharcha va yer orasida elektr maydon
vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi
elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va
o'tkazgichda qisqa muddatli tok hosil bo'ladi.
8.
O'tkazgichda elektr toki vujudga kelishi uchun elektrmaydon mavjud bo'lishi kerak.
O'tkazgichda qanday qilib uzoqroq vaqt davom etadigan
elektr tokini hosil qilish mumkin?
Bu
savolga
dagi tajriba o'tkazilgan.
javob
berish
uchun
quyi-
9.
Elektroformashinasining
sharchalari
metall
o'tkazgichlar orqali ular izolatsiyalangan shtativga mahkamlangan sharlarga ulangan.
Neon lampochkasi metall
busharlarga ulangan (30-rasm).
o'tkazgichlar
orqali
10.
Elektroformashinasining
disklari
aylantirilganda
sharlarning biri musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanadi.
Natijada qarama-qarshi ishorali zaryadlangan sharlar
orasida, shuningdek, ularga ulangan o'tkazgichlarda elektr
maydon vujudga keladi.
Maydon ta'sirida zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab tartibli
harakat qiladi, ya'ni unda tok hosil bo'ladi.
11.
Bu tok tufayli neon lampochkayonadi.
Disklar to'xtovsiz aylantirib turilsa,
sharlarning
davom
zaryadlanishi
etadi
saqlanib,
turaveradi.
va
elektr
lampochka
uzluksiz
maydoni
ham
yonib
12.
Elektr tokining ta'sirlariO'tkazgichdan o'tayotgan elektr
tokini
yoki
zaryadli
zarralarning
tartibli harakatini bevosita kuzata
olmaymiz.
Ammo elektr tokining mavjudligi
tufayli yuz beradigan ta'sirlarni ko'rish
va sezish mumkin.
13.
Bular:1. O'tkazgichdan elektr toki o'tganda o'tkazgich qiziydi
(ammo o'tao'tkaz-gichlar qizimaydi).
2. Elektrolitdan elektr toki o'tganda uning kimyoviy
tarkibi o'zgaradi.
3. O'tkazgichdan elektr toki o'tganda o'tkazgichning
atrofida magnit may-donni hosil qiladi.
14.
Elektr tokiaing ta'sirlari to'g'risida keyingi mavzulardabatafsil to'xtalamiz.
1. Elektr toki deb nimaga aytiladi?
2. O'tkazgichda zaryadli zarralar tartibli harakat qilishining
sababi nimada?
3. 29-rasmda keltirilgan tajribada nima sababdan neon lampasi
bir zumda yonib-o'chadi?
4. Elektrofor mashina yordamida tokni qanday hosil qilish
mumkin? Tok hosil bo'lish sababini tushuntirib bering.
5. Elektr tokining qanday ta'sirlari kuzatiladi?
Физика