2.33M
Категория: ОбразованиеОбразование

Mustaqil Ish

1.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUT
“5340400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji”
fakulteti
“Qurulish materiallari va buyumlari ”
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi:
83- guruh
Talabasi
Solijonov Azimjon
Qabul qildi:
S.No`monova
Namangan-2022

2.

Mavzu: O‘zbekistonda havoiy ohak ishlab chiqarish.
Reja:
1.
Havoiy ohak. Xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Gidravlik ohak. Xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi
3.
ohak tasnifi.

3.

Havoyi ohak.
Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddalar. Uning bizning eramizdan qadar
bir necha ming yillar burun qo‘llaganlar. havoda qotuvchi ohak kalsiyli - magniyli
karbonat tog‘ jinslarini mo‘‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan maxsulot. Xom ashyo
sifatida: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq tuproq
bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa kuydirilgan
maxsulot suvda qotishi xususiyatiga ega bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik ohak deb ataladi.
Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki sun’iy xosil bo‘lgan nordon (kislotali)
qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va boshqalar kiritiladi.
Havoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan maxsulot xususiyatiga bog‘liq xolda
so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va ohakli
xamiri)ga bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim xollarda qaynama ohak ham deb
yuritiladi. U kalsiy oksidi CaO, so‘ndirilgan ohak Ca(OH)2 dan iborat. Ohak xamiri
Ca(OH)2 bilan bir qator tarkibida birmuncha miqdorda mexanik aralashgan suv ham
bo‘ladi. So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak — kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda etadi. U asosan
tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i kullari aralashmalaridan iborat bo‘ladi.
So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish bilan olingan kukunsimon
maxsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon maxsulot uni bo‘lakli yoki
maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak xamiri tuyilgan yoki
bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan xamirsimon maxsuloti. Tarkibi Mg(OH)2, Ca(OH)2 - 50-55%
dan ortiq mexanik bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish paytida ajralib
chiqayotgan ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 700S past) va yuqori termik
(harorati 700S dan yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak tez sinuvchan (8
minutgacha) sekin so‘nuvchi (15 minutdan ko‘p) o‘rtacha so‘nuvchi 15 minutdan ko‘p
bo‘lmaganlariga bo‘linadi. Ohakning eng muhim sifat belgilari: aktivlik -so‘ndirilishiga
moyil bo‘lgan CaO, Mg oksidlarning foiz miQdori; so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori,
(o‘ta kuygan, chala kuygan) so‘nish vaqti.
Havoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past.
Havoda qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada havoda qotgandan keyin siqilishga bo‘lgan
mustahkamligi: so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan ohakniki 5MPa.
SHuning uchun havoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga qarab emas, balki uning
tarkibi xususiyati bo‘yicha aniqlanadi.
Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, ohakning
aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak xamiri ko‘p xosil bo‘ladi. Quruq
moddaga hisoblanganda aktiv (CaO-MgO) ning miqdori foiz hisobida:
I - nav II - nav III - nav
90 80 70
Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarralar miqdori % miqdorda:
7% 11% 14%
Xom ashyo maxsulotlari olinishi
Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaCO3 bo’lgan hamma
tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% CO2
dan iborat. Ko’pincha zich ohaktosh va bo’r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko’pchilik
hududlarida uchraganligi uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.

4.

Ohak ishlab chiqarish texnologik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo
qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so’ndirishdan iborat.
Ohaktosh kuydirish
Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog’ jinslarini 900-12000C da kuydirish yo’li bilan
CO2 ni mumkin qadar to’liq ajralib chiqishi CaCO ^ CaO - CO2 reaksiyasi asosida va
keyinchalik bo’lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni shaxta
pechlarida (bo’laklar o’lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek
«qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. CaCO3 ning termik parchalanish 900 0C da
boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pech
konstruksiyasiga bog’liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 1200 0C ga
teng.
Kuydirish natijasida hosil bo’lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan
ohaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u hammasi bo’lib 10-12% ga kamayadi, bu
hosil bo’lgan qaynama o’ta g’ovakligini ko’rsatadi.
Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo’linish vaqti ohakning
g’ovakliligiga, hajm birligidagi og’irligiga, katta ta’sir qiladi. Harorat oshishi bilan
kuydirish tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi.
Ko’pincha ohaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson,
yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi
bilan fazilatlanadi. Xar qanday qattiq, suyuq va gaz holatidagi yonilg’ida ishlashi mumkin.
Shaxtali pechlar - bu vertikal shaxta ko’rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi
kesimli ish bajarish joyi bo’lgan pech shaxtali pech deb ataladi (3.1-rasm). Shaxtali
pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun qo’llaniladi. Shaxtali
pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg’ilarda ishlaydi.
Qattiq yonilg’i xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va
gazsimon yonilg’ilar pechning pastki qismidan pechga kiritiladi.
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi.
Yukni ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali
amalga oshiriladi.
Xom ashyo va qattiq yonilg’i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon
yonilg’ini uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o’rnatiladi.
3.1 - rasm. Shaxta pechining umumiy ko’rinishi
a) qattiq yonilgida ishlaydigan shaxta pechi

5.

b) gazsimon yonilgida ishlaydigan shaxta pechi
Xom ashyo yuqoridan pastga tushish mobaynida quyib, tayyor maxsulotga aylanadi
va pechning pastki qismidan tushirib olinadi.
Pechning ishlash jarayonida xom-ashyo bunker 5-dan cho’michli ko’targich 6 ga
uzatiladi va chir (lebedka) yordamida pechning yuqori qismigacha ko’tariladi, u erdan yuk
ortish qurilmasi 3-ga tushadi. Shaxtaning yuqori qismida yuk ortuvchi qurilmaning ramasi
joylashgan.
Yuk ortuvchi qurilma pechning germetikligini va pechning hamma kesimi bo’ylab
materialni teng taqsimlanishini ta’minlashi kerak.
Shaxta pechiga yuqoridan ohaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg’i
solinadi. Pech bo’y baravariga shartli uch zonaga bo’linadi: isitish, kuydirish, sovutish.
Pechning pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan ohak to’kiladi. Pastdan berilgan
havo ohak bo’laklarining issig’i hisobiga qiziydi va tepaga ko’tarilib kuydirish zonasiga
uchraydi. Ushbu zonaning harorati 1200 0C ga boradi. Bu erda yonilg’i yonishi natijasida
kalsiy karbonat parchalanib CaO va CO2 hosil bo’ladi. Issiq gazlar ventilyator orqali
yuqoriga surilib modda va yonilg’ining yuqori qavatlari isitiladi. Isitish zonasida ohaktosh
quritiladi va tarkibidagi organik aralashmalar kuyadi. Tayyor bo’lgan maxsulotlar
saqlanadigan omborga jo’natiladi.
3.2-rasmda Soyuzgazprom tomonidan yaratilgan gazsimon yonilg’ida ishlovchi
sutkasiga 200 tonna ohak etishtiruvchi shaxtali pech tasvirlangan.
Aylanma pechlarda o’ta yuqori navli kuydirilgan ohak olinadi, bunda mayda
bo’lakchalar hamda oqimga qarshi prinsipidan foydalaniladi, lekin yonilg’i ko’p sarf
bo’ladi. Shaxtali va aylanma pechlardan tashqari ohakni “Qaynayotgan qatlam” kuydirish
uchun unumdorligi yuqori bo’lgan asboblar ishlatiladi. “Qaynayotgan qatlam” issiqlik
rejimi bo’yicha kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o’xshaydi. Tuyilgan ohaktosh
yuklaydigan moslama orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo’lingan havo o’tkazuvchi
teshiklari bor. Ventilyator bilan yuqori zona orqali surilgan havo ohaktosh qavatini havoga
to’yintiradi. To’yingan ohaktosh to’kuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga
o’tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va parchalanadi. Bo’lakli ohak ishlatilishidan
oldin tuyilishi yoki so’ndirilishi kerak. Ohakni quvurli tegirmonlarda yopiq siklda
maydalanadi. Uni aktiv mineral qo’shimchalar bilan birga (domna, yoqilgi shlaklari, kul va
h.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500 sm2.g gacha maydalanadi.

6.

A-A
6-6
34600
6-B
31000
T 28140
msoo
$5600
8000
Sutkasiga 200 tonna ohak etishtiruvchi shaxtali pech (Soyuzgiprostrom).
1-tushirish qurilmasi; 2- shamot g'ishtli
devor; 3-asosiy futerovka; 4,25- ot
yoqish trubalari;(gorelka); 5-birlamchi
havo uzatish tuynugi; 6,19-balkasimon
gorelkalar; 7-harorat o'lchovchi datchik
lar uchun tuynuk; 8-issiqlik lzzolyasiyasi
qatlami; 9-qobiq; 10,18,20- pech ichiga
kirish uchun pazlar; 11-obechayka;
14-skip ko’targich; 15-sath o’lchagichlar
uchun tuynuklar; 16- gaz so’ruvchi mos
lama; 17,21- ko rish teshiklari; 22- plita;
23-shlyuzli to skich; 24- ohak bunkeri.
±000
Gidratli ohak va ohak xamiri
Ohakni bu turlarini olishda asosiy jarayon - so‘ndirishdir.
Havoda qotuvchi ohakning so‘ndirishi kalsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan
(ya’ni suv bilan birikishdan) iborat:
CaO+H2O^Ca(OH)2-g

7.

Ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko‘tarilib suv qaynab
ketadi. Agar ohak sifatli bo‘lsa, unda so‘nish boshlanib tez o‘tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl,
SaSl va boshqalar CaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiriladi. So‘nish
haroratining ko‘tarilishi CaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so‘nish tezligi
kalsiy oksidi kristallarining kattaligiga bog‘liq. Xajmi 2 barobardan ko‘proq keskin ortishi
bilan ham so‘nish reaksiyasi borishi mumkin. Xosil qilingan ohak kukun-ohak va ohak
xamiriga bo‘linadi. Kukun ohak katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan nihoyatda mayda
kukun. U suvga o‘ta moyil birikma. Ohak xamiri asosan Ca(OH)2 dan iborat bo‘lib,
qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - ohak tayyorlashda suv ohakka nisbatan 2-3
marotaba ko‘p qo‘shiladi, chunki bunda suv tez bug‘lanib ketadi. Suvning miqdori juda
ko‘p bo‘lganda ohak xamiri olinadi.
Kukun-ohak Ca(OH)2, CaO ning gidratlanish jarayoni CaO ni eritish hamda uning
nisbatan to‘yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik sxema bo‘yicha
o‘tadi . CaO ning gidratlanishi qaytar reaksiya bo‘lib, uning yo‘nalishi haroratiga,
shuningdek, suv bug‘ining bosimiga bog‘liq. Suv etishmasligi natijasida so‘ndirilgan
ohakning kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)2 parda hosil
bo‘ladi. Bu shunday tushuntiriladi: suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni
gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning xamir xolidagi
qavat xosil bo‘ladi. Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib
Qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi.
Ohakdagi ortiqcha begona narsalar maxsulotning so‘nishini kechikishiga,
sekinlashishiga, shuningdek natijada xajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar xosil
bo‘lishi buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi
kerak.
Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslama so‘ndiriladi: uzlukli barabanli
so‘ndirgich - so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm
kattalikdagi ohak bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug‘
beriladi va baraban 15-20 min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy
sikl 30-40 minutga boradi.
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli etti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak
oldindan 3-6 mm gacha kattalikda maydalanib etti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi.
Xar qaysi barabanda parrakli val bo‘lib, massani siqib chiqaradi.
O‘rada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. YUz tipidagi
so‘ndirgich ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi maydalash uchun
chopqichlar o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina
yordamida so‘ndirgich ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi.
Ohak xamiri elak orqali tindirgichga quyiladi. Ohak xamiri qo‘shimcha saqlab turmasdan
ham ishlatish mumkin.
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak
so‘ndirgichning termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak
so‘ndirilishida chiqqan issiqlik hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan
iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtirgich

8.

vazifasini o‘taydi. Silindming 1 kamerasi so‘nish ro‘y beradi, ikkinchi kamerada po‘lat
sharlar yordamida so‘ndirilmagan zarrachalar maydalanadi.
Chexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab
chiqarish o‘zlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta
pechlarida ishlab chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida maxalliy
ochiq konlardagi 7-8 sm o‘lchamdagi maydalangan ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm
dan kichik bo‘laklar qayta bolg‘ali maydalagichda maydalanib keyin havoli separotorlarda
2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning (0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi.
Ohak xamiri
Ohak xamirini quyidagi texnologik sxema bo‘yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli
va uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik
ohak so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat: elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban
2, baraban bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan ohak sutini tushirish uchun lotok 7,
rama 9. Baraban ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan silindrdan iborat.
Ohakni so‘ndirganda ichki silindrda suv 45-500S isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan
bo‘lingan so‘ndirish kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka
6 va 7 lotok orqali tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka
2-3 qismi suv tavsiya etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli
massaga aylanadi. Yaxshi tindirilgan ohak xamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og‘irligi
1400 kg/m3 oraliqda bo‘ladi.
Ohakni ishlab chiqarishda mexnatni muxofaza qilish
Ohak ishlab chiqarish korxonalarida avvalo hamma sexlarda havo tozalovchi
moslamalar doimiy ravishda ishlab turishi kerak. Sexlarda CO2 konsentratsiyasi 0,03 m2m3 dan ohak changi 0,04 m2-m3 dan oshmasligi lozim. Kuydirish asbob uskunalar olovdan
issiqlikdan himoya qiluvchi moslama bilan ta’minlanishi kerak. ohak tasnifi.
Qurilish ohaklari qattiqlashuv sharoitlariga qarab, ohak va betonlarning
qattiqlashishini ta'minlaydigan va havo-quruq sharoitlarda mustahkamligini
saqlaydigan havoga va ohak va betonlarning qattiqlashishini ta'minlaydigan va
havoda ham mustahkamligini ta'minlaydigan gidravlikaga bo'linadi. va suvda.
Havo so'nmas ohak, tarkibidagi kaltsiy va magniy oksidlari tarkibiga qarab, kaltsiy,
magniy va dolomitga bo'linadi.
Havo ohaklari kaltsiy, magniy va dolomit ohaklarini so'ndirish natijasida olinadigan
so'nmas va gidratlangan (sondurulmu§) ga bo'linadi.
Shlangi ohak past gidravlik va yuqori gidravliklarga bo'linadi.
Fraksiyonel tarkibiga ko'ra, ohak bo'laklarga bo'linadi, shu jumladan maydalangan
va chang.
Tuzli ohakni maydalash yoki so'ndirish (gidratlash) natijasida olingan kukunli ohak
qo'shimchalarsiz va qo'shimchali ohaklarga bo'linadi.

9.

Sondurme vaqti bo'yicha qurilish ohaklari tez o'chadigan - 8 minutdan ko'p
bo'lmagan, o'rtacha o'chiruvchi - 25 minutdan ortiq bo'lmagan, sekin o'chiruvchi 25 minutdan ortiq bo'linadi.
So'ndurulmas ohakdan foydalanish.
Qurilishda asosiy hajmlar ohak tsementi sifatida ishlatiladi, suv bilan
aralashtirilganda kaltsiy oksidi gidroksidga aylanadi, keyinchalik u havodan
karbonat angidridni o'ziga singdirib, kuchli qattiqlashadi va kaltsiy karbonatiga
aylanadi. Biroq, hozirgi vaqtda ular turar-joy binolarini qurishda ohak tsementidan
foydalanmaslikka harakat qilishadi, chunki hosil bo'lgan tuzilmalar namlikni yutish
va to'plash qobiliyatiga ega.
Termik parchalanish va havoga asfiksiyalangan karbonat angidridni chiqarish
tufayli pechlarni yotqizishda ohak tsementidan foydalanish qat'iyan qabul qilinishi
mumkin emas.
Bundan tashqari, u arzon va arzon o'tga chidamli material sifatida foydalanishni
topadi - eritilgan kaltsiy oksidi, suvga bir oz qarshilik ko'rsatadi, bu esa undan
qimmatroq materiallardan foydalanish amaliy bo'lmagan joyda refrakter sifatida
foydalanishga imkon beradi.
Kichik miqdordagi kaltsiy oksidi laboratoriya amaliyotida u bilan reaksiyaga
kirishmaydigan moddalarni quritish uchun ham qo'llaniladi.
Oziq-ovqat sanoatida u E-529 oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida ro'yxatga olingan.
So'ndirulmas ohakning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari GOST 9179-77
Ohak uchun norma, og'irlik bo'yicha%
Ko'rsatkich nomi
kaltsiy
magnesiya va dolomit
1darajali
2
daraja
3sinf
1darajali
2
daraja
3-sinf
Faol CaO + MgO, kamida:
qo'shimchalarsiz
qo'shimchalar bilan
90
65
80
55
70
3/4
85
60
75
50
65
3/4
Faol MgO, endi yo'q
5
5
5
20 (40)
20 (40)
20
(40)
CO 2, ko'p emas:
qo'shimchalarsiz
qo'shimchalar bilan
3
4
5
5
6
7
3/4
6
8
9
11
3/4
7
11
14
10
15
20
Sondurulmemi§ donalar, endi
y°'q

10.

Eslatma:
1. Dolomit ohak uchun MgO ning tarkibi qavs ichida ko'rsatilgan.
2. Qo'shimchalar bilan ohakdagi CO 2 gaz hajmi usuli bilan aniqlanadi.
3. Texnologik maqsadlarda ishlatiladigan 3-navdagi kaltsiy ohaklari uchun
iste'molchilar bilan kelishilgan holda 20% dan ko'p bo'lmagan miqdorda so'nmagan
donalarning tarkibiga ruxsat beriladi.
Qadoqlash, tashish va saqlash.
Bo‘lakli ohak quyma, kukunli ohak quyma yoki qog‘oz qoplarda jo‘natiladi. To'rt
qavatli qog'oz qoplardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ohak ushbu turdagi transport uchun amaldagi yuklarni tashish qoidalariga muvofiq
barcha turdagi yopiq transportda tashiladi. Iste'molchining roziligi bilan butun
metalldan yasalgan gondol vagonlarida va ochiq vagonlarda bir bo'lak ohak
yetkazib berishga, agar uning sifati saqlanib qolsa va purkash va yog'ingarchilik
ta'sirini oldini olish uchun zarur choralar ko'rilgan bo'lsa, ruxsat etiladi.
Tashish va saqlash vaqtida ohak namlik va begona aralashmalar bilan
ifloslanishdan himoyalangan bo'lishi kerak.
Ohak turi va navi bo'yicha alohida saqlanishi va tashilishi kerak.
Mahsulotning kafolatlangan yaroqlilik muddati - iste'molchiga jo'natilgan kundan
boshlab 30 kun.
“FASTEKH” MCHJ kimyo mahsulotlarini Belgorod shahridagi ombordan o‘z
vaqtida va hamyonbop narxlarda, siz uchun qulay shartlarda yetkazib beradi.
Ohak qurilish materiallari ishlab chiqarishda va ma'lum sirtlarni qayta ishlash
uchun xom ashyo sifatida keng qo'llaniladi. Ohak maxsus jihozlangan pechlarda
1000 dan 1200 darajagacha bo'lgan karbonat jinslarini yoqish orqali ishlab
chiqariladi. Issiqlik bilan ishlangan ohak keyingi foydalanish jarayonida turli xil
qayta ishlashga duchor bo'lgan tartibsiz shakldagi bo'laklar shaklini oladi.
Ohakning kimyoviy formulasi va tarkibi
Ohak ishlab chiqarish uchun kimyoviy katalizatorlar ishlatilmaydi, uni ishlab
chiqarishning asosiy sharti faqat tegishli termal rejimdir. Buning yordamida ishlab
chiqarish jarayonida butunlay tabiiy material tayyorlanadi, ohak tarkibidagi mayda
loy aralashmalarining tarkibiga ruxsat beriladi.
Ohaktosh CaCO3 formulasiga ega, chunki u asosan kaltsiydan iborat. Haroratga
ta'sir qilish jarayonida karbonat angidrid chiqariladi va ishlab chiqarilgan xom
ashyo CaO formulasiga ega.
Bo'lak ohakning suv bilan aloqa qilish jarayoni quyidagicha ko'rinadi - CaO +
H2O? Ca (OH) 2, bu reaktsiya uchun ohak so'ndirish deb ataladigan o'ziga xos
atama mavjud.

11.

So'ndurulmas ohak bir nechta holatda bo'lishi mumkin:
• Paxmoq yoki mayda kukun ohak bo'laklarini suv bilan aralashtirish orqali
olinadi va namlik ulushi 60 dan 70% gacha bo'lishi kerak.
• Ohak xamiri - bu boshlang'ich materialning suv bilan birikmasi bo'lib, u
taxminan 3,5 baravar ko'proq vaqt talab etadi. Bunday sondurme natijasida
turli sohalarda qo'llaniladigan zich massa hosil bo'ladi.
• Agar siz ohak bo'laklarini suv bilan 1:10 nisbatda suyultirsangiz, ohak sutini
olishingiz mumkin. Bunday o'chirilgan ohak binolarning ichki qismini,
jabhalarini, qo'shimcha binolarni oqlash uchun ishlatiladi.
• Agar o'chirilgan ohak uzoq vaqt davomida ishlatilmasa, unda teskari jarayon
sodir bo'ladi, ya'ni eritma karbonat angidridni o'zlashtiradi va qattiqlashadi.
Sotuvda siz ko'pincha ohakni topishingiz mumkin - paxmoq yoki bo'lak.
Texnik xususiyatlari
Davlat standarti (GOST 9179-77) bilan tartibga solingan o'chirilgan va so'nmagan ohak
ishlab chiqarish uchun maxsus talablar mavjud:
1. Ohak ishlab chiqarishda faqat karbonatli jinslar va ma'lum miqdorda mineral
qo'shimchalar qo'llaniladi. Qo'shimchalar miqdori ohakning ma'lum bir navi uchun
standartlarda ko'rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
2. Sondurme ohak uch navga bo'linadi va unda qo'shimchalar bo'lmasligi kerak,
qo'shimchali kukunli ohak ikki navda ishlab chiqariladi, o'chirilgan ohak qo'shimchalar
bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi mumkin va ikki navga bo'linadi.
3.
Kaltsiy ohakida asosiy komponent kaltsiy bo'lib, MgO ning ulushi 5 dan oshmasligi
kerak.
4. Dolomitlangan ohak 20% gacha MgO ni o'z ichiga oladi.
5. Dolomitik 40% gacha MgO.
6. Shlangi silika, temir oksidi, oz miqdorda loyni o'z ichiga olishi mumkin.

12.

Ohakning muvofiqlik sertifikatida uning darajasi, aralashmalar foizi, holati
to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak. Sertifikat ushbu qurilish materialini ishlab
chiqarish uchun GOSTga mos keladigan ayrim tashkilotlarga beriladi.
Ohak allergik nafas olish kasalliklari bilan og'rigan odamlar tomonidan yaxshi
muhosaba qilinadi. Ammo shu bilan birga, materialni o'chirishda kuyish mumkin
va bu vaqtda chiqarilgan bug'lar nafas olish yo'llari va ko'zlarning shilliq pardalari
uchun xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Ohak bilan ishlashda xavfsizlik
choralariga rioya qilgan holda, u butunlay xavfsiz va sog'liq uchun zararli emas.
U so'nmagan ohakni suv bilan aralashtirish orqali olinadi, ikkinchisining nomi
kaltsiy oksidi. Kimyoviy sondurme jarayoni haroratning oshishi bilan birga keladi.
Yumshoq ohak quyidagi xususiyatlar tufayli qurilishda juda mashhur:
o'chirish jarayoni tez, taxminan 3 daqiqa;
bunday material kichik o'lchamli va past zichlikka ega.
Ohak past xavfli sinfga tegishli, ammo tashish va saqlash vaqtida xavfsizlik
choralariga rioya qilish kerak. Sondurulmu§ ohak suv bilan kuchli reaksiyaga
kirishganligi sababli, namlik materialga tushmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ohakning tarkibi ko'pincha materialning xususiyatlarini yaxshilaydigan turli xil
mineral qo'shimchalarni o'z ichiga oladi: granullangan yuqori o'choq curufu, kvarts
qumi va boshqa moddalar.
3Ayi±IHafl M3BeCTb
% Tecro
KOMOBafl
H0faLiJ©H aw
A
sc
raweHue -7f%
iHK
raee
nyuK
ooxnr
900-1300 c
aCO
geo
-'A
noMon
CaO + CO
MgO + C02
Manora
Meraiue

13.

Qo’llash doirasi
Ohak ko’p sohalarda qo'llaniladi.
Qishloq xo'jaligida ohak zararkunandalarga qarshi kurashish, tuproqning
kislotaliligini kamaytirish, qo'ziqorin paydo bo'lishining oldini olish, hayvonlarning
oziqlanishini to'ldirish, erlarni ishlov berishni yaxshilash, kaltsiy va fosforni
to'ldirish uchun ishlatiladi. Og'ir tuproqni ohak bilan davolash yaxshidir. Ohak
daraxtlarni oqlash va o'simliklarni qayta ishlash uchun material sifatida keng
qo'llaniladi.
Qurilish. U tsementning qattiqlashishini tezlashtirish va kompozitsiyaga plastisiya
berish uchun ishlatiladi, issiqlik izolyatsiyalash materiallari va quruq qurilish
aralashmalarini ishlab chiqarishda ishtirok etadi va qurilish konstruksiyalarida
bo'g'in bo'lib xizmat qiladi.
Qora metallurgiya - temir va polimetall rudalarini boyitadi.
Kimyo sanoati - lak-bo'yoq, parfyumeriya va farmatsevtika sanoatida qo'llaniladi.
U reaktiv sifatida va kislota smolalarini neytrallashtiruvchi sifatida ishlatiladi.
Sellyuloza va qog'oz sanoati.
To'qimachilik sanoati.
Xlorli ohak jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va yuvish uchun ishlatiladi. chunki u
dezinfektsiyalash xususiyatiga ega. Sondurme ohak hatto oziq-ovqat sanoatida
moddalarni aralashtirish uchun ishlatiladi va ohak suti shakar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Sodali ohak tibbiyotda (o'pkaning sun'iy shamollatilishi yoki behushlik uchun) va nafas
olish tizimlarida (skuba jihozlari, respiratorlar va boshqa qurilmalar) ishlatiladi.
Yog'och yuzalarni ohak ohak bilan qoplash ularni chirish jarayonlari va yong'inlardan
himoya qiladi.

14.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://optolov.ru/uz/potolok-v-vannojj-komnate/izveststroitelnava-negashenava-harakteristiki-tehnicheskie-harakteristiki-isvoistva-izvesti-oblast.html
fayllar.org
turli xil internet saytlardan foydalanildi.
English     Русский Правила