Похожие презентации:
xavfsizlik mustaqilbbb
1.
NAVOIY KON - METALLURGIYA KOMBINATINAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
“ENERGO-MEXANIKA” FAKULTETI
XAVFSIZLIK QOIDALARI fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 7a-18 MSM guruh talabasi Sobirova Nigora
Tekshirdi: Boboyev A.
2.
Mavzu: Ishlab chiqarish muhitining xavfsizliginioshirish usullari.
Reja
• 1. Mehnat faoliyatiga ob-bavo mubitining ta'siri
• 2. lshlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari
• 3. Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararli
ta'siri
• 4. Ishlab chiqarisbdagi zaharli moddalarning inson organizmiga
ta'siri va ularga qarshi chora-tadbirlar.
3.
Mehnat faoliyatiga ob-bavo mubitining ta'siriSanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfera) havo muhiti
quyidagi ko'rsatkichlar orqali helgilanadi:
• - havo harorati, °C;
• - havoning nisbiy namligi, %;
• - havo bosimi mm. simob ust. yoki Pa;
• - havo harorati yo'nalishi, m/s bilan aniqlanadi.
Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta'sir etuvchi ishlab chiqarish omillari
ham mavjud bo'lib, ulardan ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilmauskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan
issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Aynan mana shu omillar
ish joylaridagi mikroiqlimni tashkil etadi.
4.
Mikroiqlim omillari insonning mehnat taoliyatiga, sog'lig'iga judakatta ta'sir ko'rsatadi. Chunki, mikroiqlim omillari bir vaqtda hammasi
deyarli ta'sir qiladi. Masalan, sovuq sharoitda isituvchi omillar hamda shu
bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan bug' va parlar
hisobiga nisbiy namlik ortib ketganida, uni normallashtiruvchi omil
bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda bu omillarning bir-biriga qo'shilib ketishi
natijasida zararli ta'sirlar ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va
haroratning ortib ketishi inson uchun og'ir sharoitni vujudga keltiradi. .
Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat yuqori
bo'igan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo'lgan vaqtda esa salbiy,
natijaga olib keladi. Inson organizmining issiqlashi va sovushi mehanat
faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin.
5.
Tashqi muhitga moslashuv ikki xiI: fizik va kimyoviy bo'ladi.Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv, organizmning issiqlash davrida modda
almashinuvini kamaytirishi va sovushida esa modda almashuvini oshirishi
mumkin.
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo'l bilan o'tishi mumkin:
- odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo
almashinuvi;
- tanani o'rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya);
- terining terlab, bug'lunishi va nafas olish yo'llari orqali suyuqliklarning
bug'lanishi natijasida.
Normal sharoitda harakatsiz odam organizmi infraqizil nurlanishi orqali
organizm ishlab chiqargan issiqlikning 45%, konveksiya orqali 30% va terlash
orqali 25% ni yo'qotishi mumkin.
6.
lshlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlariIshlab chiqarish mikroiqlimi me'yorlari, mehnat xavfsizligi
standartlari tizimiga, «ish zonasi mikroiqlimi»ga asosan belgilangan.
Ish toifalari quydagicha belgilanadi:
Yengil jismoniy ishlar (I toifa) - o'tirib, tik turib yoki yurish bilan
bog'liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy zo'riqish yoki
yuk ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150
kkalni tashkil etadi. Bularga tikuvchilik, asbobsozlik, soatsozlik va
shu kabi korxonalar kiradi.
7.
• O'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa) - soatiga (150-250kkal) yoki (172-293 j) energiya talab etiladigan faoliyat turlari
kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir bo' lmagan (10 kg gacha)
yuklarni tashish bilan bog'liq bo'igan ishlar kiradi. Jumladan, ip
yigiruv, to'qish ishlari, mexanik o'quv, payvandlash sexlardagi ishlar
va boshqalar.
• Og'ir jismoniy ishlar (III toifa) - muntazam jismoniy zo'riqish,
xususan, og'ir yuklarni ( 10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan
ikkinchi joyga ko'chirish va ko'tarish bilan bog'liq ishlar kiradi.
Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 j) dan yuqori bo'ladi.
Bunday ishlarga temirchilik va boshqa og' ir ishlar kiradi.
8.
9.
Ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changlar, ularning zararlita'siri
Sanoatda, qishloq xo'jaligida bajariladigan ishlarning hammasida, transport
vositalarining ishlatilishida changlar hosil bo' ladi va ajraladi. Bunday changlar
kelib chiqish manbaiariga ko'ra: tabiiy va sun' iy chang-larga bo'linadi.
Tabiiy changlar - inson faoliyatiga bog'lig bo'lmagan holda hosil bo'ladigan
changlar. Bunday changlar shamol va kuchli bo'ronlar ta'sirida qum va tuproq
yemirilgan qatlamlarining uchishi, o' simlik va hayvonot olamida paydo
bo'ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladigan changlar kiradi.
Sun'iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki
bilvosita ta'siri natijasida hosil bo' ladigan changlar kiradi.
10.
Changning zararli ta'siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi asab kasalligiga olibkeladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda bo'lishi mumkin.
Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta'siridan pnevmokiniozning ko' p
uchraydigan va xarakterli shakli. Silikoz juda changli sharoitda odatda ko'p yil,
ko'pincha og'ir jismoniy ish bajarilganda rivojlanadi.
Chang kasalligining oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar qo' llaniladi:
- qonuniy tartibdagi choralar;
- changning hosil bo' lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;
- shaxsiy muhofaza tadbirlari.
11.
Ma'lumotlarga qaraganda hozirgi kunda dunyoda 5 mIn. dan ortiqkimyoviy moddalar ma'lum bo'lib, shulardan 600 mingga yagini ishlab
chigarishlarda qo'llaniladi. Bu mahsulotlar bir qator korxonalarda
xomashyo sifatida foydalanilsa, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida
yarim mahsulot, tayyor mahsulot, chigindi aralash mahsulotlar va boshga
ko'rinishda qo'llaniladi. Zaharli moddalar organizmga umumiy yoki
mahalliy ta'sir qiJishi mumkin. Umumiy zaharlanishda zaharli moddalar
qonga so'rilib ayrim organlar - asab, nafas olish, yurak-qon tizimlarini
ishdan chiqaradi. Mahalliy zaharlanishda ayrim to'gimalar - terining
yallig'lanishi, kuyishi va boshqa salbiy oqibatlar yuz beradi.
Zaharlanishning ikki shakli mavjud: a) o'tkir zaharlanish; b) surunkali
zaharlanish.
12.
Zaharli moddalar quyidagi salbiy ogibatlarga sabab bo'ladi :- yuqori nafas yo'llarining izdan chigishi;
- sil, buyrak yetishmovchiligi, yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarining avj olishi;
- allergik (astma, ekzema) kasalliklarning yuzaga keltirishi;
- mayib-majruhlikka olib kelishi;
- o'sma kasalligining rivojJanishi va boshqalar.
Zaharli moddalaming organizmga ta'sir ko'rsatish darajasiga qarab 4 sinfga
bo'linadi: o'ta xavfli, yuqori xavfli, o'rtacha xavfli va kam xavfli moddalar (GOST
12.01.2007-76 ga asosan). Zaharli moddalarning ish zonasidagi miqdori quyidagi
usullar yordamida aniqlanadi:
• - laboratoriya usulida;
• - ekspres-tahlil uslubi;
• - avtomatik gaz tahIiI qilish uslubi.
13.
Ishlab chiqarish binonalarini shamollatish• Ishlab chiqarish binolarini normadagi ob-havo va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan
ta'minlashda, ish jarayonida zararli va zaharli moddalar miqdorining chegaralangan
darajada bo'lishida, mehnat unumdorligi va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish
muhim ahamiyatga ega. Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi iftoslangan
o'ta qizigan, yoki sovigan havo toza, sovutilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan to'xtovsiz
almashtiriladi.
• Binolami shamollatish 2 usulda: tabiiy va sun'iy (mexanik) amalga oshiriladi.
• Tabiiy shamollatish tashqaridagi va bino ichidagi havo haroratining farqiga qarab sodir
bo' ladi.
• Sun'iy shamollatish mexanik qurilmalar - shamollatgichlar va boshqa mosiamalar
yordamida amalga oshiriladi.
• Xonalarni shamollatish GOST 12.026-84 talablariga asosan amalga oshitiladi.
14.
Foydalanilgan adabiyotlar.• Tojiyev M.X, Nigmatov I, Ilhomov M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro
muhofazasi. O’quv qo’llanma. – T.: M.Ch. “Ta’lim manbai”, 2002. – 224 b.
• Nigmatov L, Tojiyev M.X. Favqulodda vaziyatlar va fuqoro muho-fazasi.
Darslik. Toshkent, 2011. - 260 b.
• Azimov X.A. Bino inshootlarda yong’in xavfsizligi. O’quv qo’llanma. –T.:
2005.- 97 b.
• Rahimov I. Vahobov O’.V, Yoqubov H. Favqulodda holatlarda
shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. –T,: “Fan”, 2005. – 62b
• O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Mehnat muhofazasi to’g’risida”
06.05.1993.