3.49M
Категория: ОбразованиеОбразование

«Temurbeklar maktabi» da o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar

1.

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” Harbiy akademik litseyiga
o‘quvchilar 9-sinfni tamomlab “Aniq fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha test
topshriqlaridan o‘tganlaridan so‘ng o‘qishga qabul qilinadi. 2 yil
davomida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari davlat tomonidan
to‘liq kiyim-kechak, 4 mahal issiq oziq-ovqat va yotoqxona bilan
ta’minlanadi. O‘quvchilarni tahsil olishlari uchun barcha shartsharoitlar mavjud. Jumladan, ma’naviyat xonalari, kutubxonalar,
maishiy xizmat xonalari, o‘quvchilarni dam olish xonalari tashkil
etilgan.
Xonalar yorug‘ va shinam. Yotoqxona issiqlik manbai bilan
to‘liq ta’minlangan. Yuvinish xonalari va hojatxonalar davlat
standartlariga javob beradi. O‘quvchilar uchun yotoqxonada dars
qilishlari uchun alohida xonalar ajratilgan.
«TEMURBEKLAR MAKTABI»DA O‘QUVCHILARGA
BERILADIGAN IMTIYOZLAR
«TEMURBEKLAR MAKTABI»DAGI
SHART SHAROITLAR
Temurbeklar
maktabi»
bitiruvchilariga
O‘zbekiston
Respublikasi
oliy
harbiy
va
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi
miqdoridagi, Respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning
15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz
FARG‘ONA
«TEMURBEKLAR MAKTABI»
HARBIY AKADEMIK LITSEYI
O‘quvchilarni to‘g‘ri va rejimli ovqatlanishlari uchun
barcha sharoitlar yaratilgan. Tajribali tibbiyot xodimlari doimiy
sanitariya – gigienik nazoratni olib boradilar.
2019 yil 6-may kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich
Mirziyoyevning
O‘zbekiston
Respublikasi
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona «Temurbeklar maktabi»
harbiy akademik litseyiga amaliy tashriflari davomida mazkur
harbiy ta’lim muassasasini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizimni
belgilab berdi. Unga ko‘ra, bu maktablarga yoshlar cheklangan
miqdorda tanlab olinadi, o‘quvchilar zamonaviy axborot
texnologiyalari va xorijiy tillarni puxta o‘rganadi, jismoniy
tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, har tomonlama barkamol,
yoshlar orasida yetakchi bo‘lib shakllanadi. O’quvchilar 1 oy
sinov muddatidan o’tganlaridan so’ng “tantanali va’da berish”
marosimi o’tkaziladi.
beriladi.
«Temurbeklar maktabi»ni bitirgan o‘quvchilarga “B” va “C”
toifasidagi haydovchilik kursini tugatganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma beriladi. Amaliy mashg’ulotlar elektron avtotrenajorlarda va avtomobillarda olib boriladi.
«Temurbeklar
maktabi»ni
tamomlagandan
keyin
bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Temurbeklar maktabi»ni imtiyozli diplom bilan tugatgan
bitiruvchilarga, tarkibida «Temurbeklar maktabi» bo‘lgan vazirlik
va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki
ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga TEST SINOVLARSIZ, harbiykasbiy saralash tadbirlarini muvafaqqiyatli o‘tish natijasida kirish
huquqi beriladi.
«Temurbeklar maktabi»ni tamomlaganlik to‘g‘risida ko‘krak
nishoni beriladi.
«Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyida darslar davlat
ta’lim standarlari asosida, zamonaviy jihozlangan sinf xonalarida olib
boriladi. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘quvchilarga mutlaqo bepul
chuqurlashtirigan holda qo‘shimcha mashg‘ulotlar (repetitorlik) o‘tiladi.
Shuningdek har oyda belgilangan jadval asosida DTM talablari
asosida o‘quvchilardan monitoring nazorat test olib boriladi.
Bundan tashqari o‘quvchilar bilan muntazam ravishda yuqori tajribaga
ega malakali psixologlar amaliy mashg‘ulotlar olib borib,
o‘quvchilarning ruhiyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni
o‘z vaqtida aniqlab ularga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinadi.
Har bir guruhlarda o‘quvchilarning soni 25-26 nafarni tashkil etib,
«Temurbeklar maktabi»ning har bir o‘quv xonasi zamonaviy elektron
doskalar bilan jihozlangan, va shu o‘rinda “WI FI” orqali internet
tarmog‘iga ulangan.
Litseyda “aviamodel”, “o’q otish”, “sharq dastasi” va “sharq
yakka kurashlari” to’garaklari faoliyat olib boradi. O‘quv mashg‘ulotlari
barcha turlarining davomiyligi 80 daqiqadan iborat. Chuqurlashtirib
o’qitiladigan fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida
o‘quvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga bo‘linadi.

2.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MUDOFAA VAZIRLIGI
“Kompyuter” sinf xonasi
“Aviamodel” to‘garagi xonasi
Tadbirlar o‘tkazish zali
Temurbeklar maktabi muzeyi
Manzil:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri,
Guliston ko‘chasi 7-uy
Tel: (73)-245-18-43, (73)-245-19-43
mudofaa-temurbeklar.uz
FARG‘ONA
«TEMURBEKLAR MAKTABI»
HARBIY AKADEMIK LITSEYI
English     Русский Правила