255.03K
Категория: ИнформатикаИнформатика

5-Mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti

1.

5-Mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari
fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti
O`quv-metodik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi o’z oldiga
o’quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o’quv qo’llanmalarini, o’qituvchilar uchun
esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo’yadi.
O`quv-metodik ta’minot o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy
qo’llanmalarni o’z ichiga oladi. Bunda asosiy o’rin darslik va o’quv qo’llanmalariga
ajratilgan. Qolgan o’quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan
bo’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
O`quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o’rta maxsus
ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy
hujjatlarni kiritish mumkin.
O`quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo’lagi bu, elektron
o’quv- metodik materiallardir.
O`zbekiston Respublikasi o’quv jarayonida elektron darsliklar keng
qo’llanilmoqda. O`quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish
kontseptsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron
o’quv- metodik materiallarni ishlab chiqishni nazarda tutadi:
elektron ma’lumotnomalar;
elektron o’quv qo’llanmalar;
elektron darsliklar;
elektron entsiklopediyalar;
elektron plakatlar
elektron laboratoriya ishlari
va hokazo.
Tashkiliy ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasi pedagogik
dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o’qitishda samarali qo’llash
maqsadida, ma’lum o’quv muassasalar xodimlarining faoliyatini faollashtirishni
ko’zda tutadi. Texnik ta’minot sohasida informatika o’qitish metodikasining
maqsadi quyidagilardan iborat:
o’quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni
iqtisodiy asoslash;
kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika
xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash.
Bir tomondan esa integratsiyalashgan ta’minot hisoblash tizimlarining
murakkab funktsional imkoniyatlarni ta’minlab berishi kerak1:
1
Wayne Wolf. Computers as Components, Second Edition: Principles of Embedded Computing System Design 2rd
Edition, Morgan Kaufmann, USA, 2008

2.

ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР
• Т-схема
T-sxema dars davomida universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
T-sxema
texnologiyasi
juda
sodda.
Muammoning
mavzu
doirasi
aniqlangandan so’ng quyidagi ko’rinishdagi T-sxemani tuzish kerak.
3-jadval.
T-sxema texnologiyasining jadvali
Tarafdor
Muammo
Qarshi
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda
o’quvchilar belgilangan vaqt davomida mavzuga oid qancha firlar o’ylab topishgan
bo’lsa, shuncha firlar ko’rsatiladi. Keyingi belgilangan vaqt davomida o’quvchilar
sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana shuncha vaqt mobaynida
o’quvchilar o’zlarining T–sxemalarini boshqa juftlikning T–sxemasi bilan
taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.
ВАЗИФА
Ўқувчиларга информатика фанидан дарсликдан ташқари
адабётлар керакми? Ушбу муаммони Т-схема кўринишида беринг.
1.
Nazorat savollari
«Informatika» kursining o’quv-uslubiy ta’minoti nimadan tashkil
topadi?
2. «Informatika» fani bo’yicha qanday darsliklar va o’quv qo’llanmalarini
bilasiz?
3. O`zbekiston Respublikasida informatikaga oid qanday jurnallar chop
etiladi?
4. «Informatika» fanidan dasturiy ta’minot nimadan tashkil topgan?
Ularni ta’riflang.
English     Русский Правила