8.63M
Категория: ИсторияИстория

Arablar Bosqini

1.

ARABLAR BOSQINI

2.

Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi —
Arab xalifaligining Oʻrta Osiyoda (VII—VIII asrlar) islom
dinini yoyish, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi
(hozirgi Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston,
Qozogʻiston va Qirgʻiziston) yerlarni bosib olish
maqsadida olib borgan harbiy harakatlari.
Movarounnahr geografik, siyosiy va ijtimoiy jihatdan 4
ta hududga boʻlingan: Toxariston
(Baqtriya) Amudaryoning yuqori oqimida,
shimolda Hisor togʻlari, sharq va janubda Hindukush
togʻlari bilan oʻralgan; Soʻgʻd yoki Soʻgʻdiyona,
oʻrta Amudaryoning sharqida va Zarafshon daryosi
atrofida; Xorazm yoki Xorasmiya, Amudaryoning quyi
oqimidan to Orol dengiziga qadar; shimolda Hisor
togʻlaridan to Sirdaryo daryosi boʻyigacha,
jumladan, Yettisuv va Fargʻona vodiysini oʻz ichiga
olgan hududga[5]. Hozirgi kundagidek aholi ikki tilda
muloqot qiladigan guruhga mansub edi: VII asrda
oʻtroqlashishga moyil boʻlgan eron tillarida
soʻzlashuvchi xalqlar va oʻsha davrda asosan
koʻchmanchi boʻlgan turkiy xalqlar[3]. Movarounnahr
tarixida Markaziy Osiyodan koʻchmanchi xalqlarning
bosqinlari tez-tez sodir boʻlgan

3.

Miloddan avvalgi II asrda yuechjilar (toxarlar) YunonBaqtriya podsholigini tor-mor etib, Kushon
podsholigini tuzdilar, ularning
hukmronligida buddaviylik bu hududga kirib keldi. V asr
boshlarida kushonlar oʻrniga eftaliylar bilan hokimiyat
tepasiga kelishadi, ularning hukmronligi VI asr
oʻrtalarigacha, ya'ni Turk xoqonligi vujudga kelganga qadar
davom etgan. Xoqonlik ikki qismga boʻlingandan
soʻng Gʻarbiy turk xoqonligi Movarounnahrning turli
mahalliy hokimliklari ustidan hukmronligini saqlab qolgan,
baʼzan hatto Balxgacha bosqinchilik yurishlarini ham olib
borishgan. Tarixchi Hugh N. Kennedy ta'kidlaganidek,
Movarounnahr „imkoniyat va katta boylikka ega, oʻz
mustaqilligini yuksak qadrlaydigan jangovar xalq
tomonidan himoyalangan boy oʻlka edi“ va shu tufayli ilk
musulmon istilolarida uning boʻysundirilishi eng
shiddatli va uzoq davom etgan boʻlib chiqdi[

4.

Arab manbalarida Movarounnahrni arablar istilo qilishi 650-yillarda boshlagan, degan
taassurot uygʻotsa-da, aslida dastlabki harbiy harakatlar faqat oʻlja olish va oʻlpon
undirishga qaratilgan edi. Dastlab arablar Marvdagi kichik harbiy boʻlinma bilan
cheklanishgan, Iroqdagi voliylar har yili Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni talontaroj qilish uchun qoʻshin joʻnatib turishgan[16]. 652-yilda Axnaf ibn Qays boshchiligidagi
birinchi harbiy ekspeditsiyasi Quyi Toxaristonning birlashgan qoʻshinlari tomonidan
magʻlubiyatga uchrab, Marvirudga qaytib ketishadi. Ammo al-Aqra ibn Habis
boshchiligidagi ikkinchi harbiy ekspeditsiya Joʻzjon hokimini magʻlub etib, Joʻzjon, Foryob,
Taliqon va Balxni egallashga muvaffaq boʻladi. Arab qoʻshinlari Xorazmgacha boʻlgan
hududlarni talon-taroj qiladilar. 654-yilda Soʻgʻdiyonaning Maymurgʻ shahri arablar
bosqiniga uchradi[17]. Biroq oradan koʻp oʻtmay, Karin (ehtimol, Karin-pahlaviylar sulolasi
vakili) boshchiligidagi mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Natijada arablar Xuroson (hozirgi
Afgʻonistonning shimoli, Eonning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistonning
Amudaryogacha boʻlgan yerlari)ni tark etishadi. Xitoy manbalariga koʻra, Toxariston
hokimlari Yazdigard III ning oʻgʻli Peroʻzni bir muddat rasman Fors shohi etib taxtga
oʻtqazadilar. Bunga qarshi arablar hech qanday harakatni amalga oshira olmaydilar, chunki
ular Birinchi fitna (656-661) bilan mashgʻul boʻlib qolishgandi. Lekin 655-658-yillarda ham
talonchilik yurishlari davom etavergan

5.

Faqatgina Ziyod ibn Abu Sufyon Iroq va xalifalikning sharqiy
qismiga voliy etib tayinlangach, arablar Xurosonni egallash
uchun toʻlaqonli yurishlarni boshlaydilar. Ziyod ibn Abu
Sufyonning Xurosondagi noibi al-Hakam ibn Amr al-Gʻafriy
667-yildan 670-yilgacha, ya'ni vafotiga qadar Toxaristonga bir
qator yurishlar uyushtiradi, bu yurishlar davomida arab
qoʻshinlari Amudaryodan oʻtib, Chagʻoniyonga kirib boradilar.
Peroʻz taxtdan agʻdarilib, Xitoyga qochib ketadi. Al-Hakamning
oʻlimidan keyin hududda keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar avj olib
ketadi, ammo uning vorisi Rabi ibn Ziyod al-Horisiy Balxni
egallab, Amudaryoni kechib oʻtib, Chagʻoniyonga bostirib
kirishdan avval Koʻhistondagi isyonchilarni magʻlub qiladi.
Arab manbalarida shu yillarning oʻzida Xorazmning bosib
olinishi, arablarning gʻarb tomonda joylashgan Zam va Amulni
muhofaza qilganliklari qayd etilgan[20]. Kelajakda oʻlkada
musulmonlarning oʻrni oshirish uchun 671- yilda Ziyod ibn
Abu Sufyon Basra va Kufada 50 ming jangchini oilalari bilan
Marvga joylashtiradi. Bu harakati tufayli Xurosondagi
musulmonlarning rolini mustahkamlabgina qolmay, balki
kelajakda Movarounnahrga yurish qilish uchun zarur boʻlgan
kuchlarni ta'minlashga zamin yaratadi

6.

Ziyod vafot etgach, uning ishini oʻgʻli Ubaydulloh
ibn Ziyod davom ettirdi, u Xuroson noibi etib
tayinlanadi va 673-yil kuzida Marvga keladi. Keyingi
yil bahorida Ubaydulloh Amudaryodan kechib oʻtib,
Buxoro muzofotiga kiradi, bu paytda shahzoda
goʻdakligi tufayli uning nomidan onasi Buxoro
malikasi Xotun (turkiycha aslzoda ayol) hukmdorlik
qilayotgandi. Arablar Buxoroni egallashdan avval
Poykand va Romitanni bosib oladilar. Mahalliy
yozma manbalarda arablarning Buxoroni qamal
qilgani, turklar esa yordamga kelganligi qayd
etilsada, bu arab manbalarida uchramaydi, akisncha,
ularda arablar buxoroliklar ustidan katta gʻalaba
qozongani keltiriladi. Oʻlja sifatida Ubaydulloh
oʻziga shaxsiy qoʻriqchisi sifatida barchasi „mohir
kamonchilar“ boʻlgan 2000 nafar asirni qoʻlga
kiritadi. Harbiy yurishdan soʻng Buxoroning keyingi
taqdiri noaniqligicha qolgan, ammo xalifalikning
markaziy hokimiyatini tan olib, unga oʻlpon toʻlovchi
boʻlgani aniq

7.

Ubaydullohning muvaffaqiyatlarini
uning davomchilari Aslam ibn Zura va
Abdurahmon ibn Ziyodlar takrorlay
olmadilar. Faqat 676-yilda Said ibn
Usmonning qisqa hukmronligi davrida
arablar Soʻgʻdiyonaga katta harbiy
yurish qiladilar. Al-Balozuriy va
Narshaxiyning yozishicha, Said Kesh,
Nasaf, Buxoro va turkiylarning
shaharlaridan tuzilgan mahalliy
harbiy ittifoq kuchlarini tor-mor etib,
Buxoroni xalifalikka boʻysunishiga
Xotunni majbur qiladi va shundan
keyin Samarqandni qamal qiladi.
Shaharni egallab, 50 nafar yosh
aslzodalarni garovga oladi,
keyinchalik ularni Madinada qatl
ettiradi. Yoʻl-yoʻlakay Termiz egallab,
Xuttalon hokimini ham taslim qiladi.

8.

Arablarning Shosh va Xorazmga Amudaryo orqali
dastlabki hujumlari Ikkinchi fitna (683-692) davrida
Xurosonda boshlangan oʻzaro qabilaviy urushlar
sababli toʻxtab qoladi. Keyingi Xuroson noiblari,
jumladan al-Muhallab ibn Abu Sufra Movarounnahrni
egallab olishga urinadi, biroq muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi[25]. Mahalliy hokimlar oʻz navbatida arablar
oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, 689-yilda Termizni
egallab olgan arab qochqini Muso ibn Abdulloh ibn
Xozim yordamida arablarni oʻlkadan quvib
chiqarishga erishadilar[26]. Biroq Movarounnahrdagi
mahalliy hokimlar arablar istilosiga qarshi kurashda
toʻliq birlasha olmadilar, bundan esa 705-yildan soʻng
Qutayba ibn Muslim oʻrinli foydalanadi.

9.

Umaviylar va Turkashlar oʻrtasidagi urushlar
Iroqga voliy al-Hajjoj boʻlgan paytdan, ya'ni 705-yildan boshlab, har yili
Qutayba ibn Muslim sharqqa bosqinchilik yurishlarini amalga oshirilib, yangi
hududlarni xalifalikka qoʻshib olish bilan yakunlaydi. 705-yilda Qutayba
Xuroson bilan chegaradosh Bodgʻisni oʻziga boʻysundiradi, 706-yilda Poykand
xalifalikka qoʻshib olinadi, 707-yilda Buxoro vohasini zabt etish boshlandi, uni
egallash keyingi yilda nihoyasiga yetadi. Buxoro shahrining oʻzi yana bir yil
709-yilgacha uch-toʻrtta hujumga bardosh berib turdi. Arablarning oʻlkada
hokimiyati mustahkamlangan soʻng, sharqqa yurish davom ettiriladi. 711yilda Qutayba qoʻshinlari Seyistonni boʻysundirib, Sind hududiga kirishdi.
Shunday qilib, 705-711-yillarda toʻrtta davlat vassal sifatida xalifalik tarkibiga
kiradi, ikkitasi yoʻq qilinadi. Bosib olingan hududlarning maydoni 600 kvadrat
kilometrga yaqin, aholisi esa 1 million kishiga yaqin edi. 712-713-yillarda
Qutaybaning Fargʻona va Shosh hududlariga yurishi al-Hajjojning oʻlimi
tufayli oʻz nihoyasiga yetmay qoladi, natijada xalifalikning harbiy istilosi olgʻa
siljishi toʻxtaydi.

10.

713-714-yillarda Qutayba tomonidan amalga oshirilgan oʻlka aholisini
islomlashtirishga urinish oxirigacha amalga oshmadi. 715-yilda xalifa Volid I
vafot etgach, Qutayba isyon koʻtarib, xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi.
Bu urinish Qutayba tarafdorlari tomonidan toʻliqligicha qoʻllab-quvvatlanmadi,
oʻsha yili Marv yaqinida arablar oʻrtasida oʻzaro harbiy toʻqnashuv boʻlib oʻtdi,
unda xalifaga sodiq harbiylar gʻalaba qozonib, Qutayba qatl qilindi. Arablar
tomonidan bosib olingan hududlar esa umaviylar hukmronligi ostida uzoq
qolmadi.
Xalifa Sulaymon hukmronligida xalifalikning sharqiy hududlarida ta'siri juda past
edi, 717-yilda hokimiyat tepasiga Umar ibn Abdulaziz keldi. Xalifa Umar ibn
Abdulazizning paygʻambar va dastlabki ikki xalifalar tomonidan oʻrnatilgan ilk
islom qoidalariga qaytish siyosati hatto Arabistonda ham jiddiy qiyinchiliklarga
uchradi va oʻn yil oldin xalifalik tarkibiga zoʻrgʻa kiritilgan oʻlkada bunday
siyosatni amalga oshirish yanada murakkab edi. Ayniqsa, cholgʻu asboblarini
chalish (jumladan, toʻylarda), marhumlar uchun yigʻlash kabi taqiqlar aholi
tomonidan keskin norozilik bilan qabul qilindi[28]. Kelajakda Somoniylar
davlatining asosini tashkil etgan xalifalikning sharqiy hududlari keyingi yillari
xalifalarga (ham umaviylar, ham abbosiylar) qarshi boʻlib, markaziy hokimiyatga
qarshi tashkil qilingan barcha qoʻzgʻolonlarni qoʻllab-quvvatladilar.

11.

Markaziy hokimiyatga
Movarounnahrning tub aholisi
boʻlgan turkiylar va forslarning
sodiqligi haqiqiy emasligini, 719yilda ular tomonidan ochiqchasiga
xitoyliklar va turkashliklardan
xalifalikka qarshi harbiy yordam
soʻrab yuborgan nomasidan bilsa
boʻladi.
Sharqiy hududlardagi inqiroz 720yilda keskin kuchaydi, bunga bir
vaqtning oʻzida sodir boʻlgan
holatlar sabab boʻldi.

12.

Birinchidan, shu yilning aprel oyida Iroqda Yazid ibn alMuhallab qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi va bu qoʻzgʻolon sharqiy
hududlarga yetarlicha ta'sir qiladi, garchi al-Muhallabning
da'vatlari toʻgʻridan-toʻgʻri Xurosonga yetib bormagan boʻlsa
ham[30]. Ikkinchidan, Iroq voliysi Maslama ibn Abdul-Malik
noiblar tayinlashda xato qarorlar qabul qilib, ukasi Said ibn
Abdulazizni Xurosonga noib etib tayinladi. Bu qarorning
xatoligi shundaki ediki, Said maishatparast boʻlib, ustiga
yostiqlar qoʻyilgan ikki oʻrkachli tuyada kelgani bilan
xurosonliklarni oʻziga qarshi qilib qoʻygan edi[31]. Noib
hukmronligini birinchi kunlaridanoq mahalliy zodagonlar
uchun ayolsifat boʻlib koʻringan. Yangi noib haqida uning
qabulida boʻlgan Abrogʻ (Samarqand janubidagi kichik
hokimlik) hokimidan soʻrashganida, u „xuzayna“ („xonim“)
deb javob bergan. Tarixda bu noib haligacha Said Xuzayna
nomi bilan ataladi. Uchinchidan, 720-yilda soʻgʻdlar
tomonidan qoʻllab-quvvatlangan turkiylar Amudaryo va
Sirdaryo oraligʻidagi yerlarga bostirib kirib, Buxorodan
Samarqandgacha joylashgan qalʼalarni oʻz nazoratiga
oladilar. So'g'diyona aholisining katta qismi islomdan
chiqib, zardushtiylikka qaytadi. Bu esa Islomdagi eng
dahshatli jinoyat edi.

13.

Oʻz navbatida Said javob harakatlarini boshlashga
shoshilmadi, arablar noibni qoʻshin toʻplash va yurish
qilishga majbur qilishdi. Noibning kofirlarga nisbatan
yumshoq munosabati ham norozilik uygʻotdi: u
qoʻzgʻolonchilar yerlarini vayron qilishga (ularning
xalifaga tegishli ekanligini bildirgan holda), ularning
oilalarini kaltaklash va qul qilishlariga yoʻl qoʻymadi,
hattoki bu ishlarni qilgan arablarni jazoladi ham. Said
ibn Abdulaziz olib borgan siyosatning eng yomoni
shunda ediki, uning qilgan yurish yorqin gʻalabalarga
ega emasdi[32]. 721-yilda turkashlar shahzodasi
Kursul boshchiligidagi qoʻshin Samarqand yaqinida
Said ibn Abdulaziz qoʻmondonligidagi xalifalik
qoʻshinini magʻlub etadi. Xalifa noibni lavozimidan
chetlatishga majbur boʻldi. Uning oʻrniga 721-yilda
Said ibn Amr al-Xarashiy Xurosonga noib qilib
tayinlanadi. U Iroqda al-Muhallab qoʻzgʻolonini
bostirishda shafqatsizligi bilan tanilgan edi. 720-yil
oxiridan boshlab xalifalikning sharqiy hududlarida
uzluksiz qoʻzgʻolonlar boshlanib ketdi va 30 yil
davomida, ya'ni umaviylar sulolasi barham topgunicha
toʻxtamadi.

14.

Umaviylar va Tan davlati orasidagi nizolar
Arab manbalarida Qutayba ibn Muslim Xitoydan qisqa muddatga Qashqarni tortib
olgani va uni kelishuv asosida qaytarib bergani qayd etiladi, ammo hozirgi zamon
tarixchilar bu ma'lumotni butunlay rad etadilar.
715-yilda xalifalik Xitoy bilan chegaradosh Fargʻona vodiysi ixshidini taxtdan
agʻdarib, taxtga Alutarni oʻtqazadilar. Taxtdan agʻdarilgan ixshid Kuchar (Sharqiy
Turkiston)ga qochib, Xitoydan yordam soʻradi. Xitoyliklar Fargʻonaga Chjan
Syaosun boshchiligida 10 minglik qoʻshin yubordilar. Xitoy sarkardasi
Namanganda Alutar va arablarning birlashgan qoʻshini yengib, ixshidni qayta
taxtga oʻtqazadi.
717-yilda Oqsuv jangida Tan davlati harbiy qoʻmondoni Szyaxuey xitoyliklarni arab
va tibetliklarning navbatdagi harbiy yurishini toʻxtatishga da'vat etadi. Oqsuv
shahriga qiligan harbiy yurishda arablarga turkashlar xoqoni Suluk ham
qoʻshiladi. 717-yil 15-avgustda Uchturfon va Oqsuvga turkash, arab va
tibetliklarning birlashgan qoʻshinlari hujum qiladi. Tan davlati harbiy qoʻmondoni
Szyaxuey xizmatida boʻlgan Gʻarbiy turk xoqoni Arslonxon (xitoycha Arsila Xian)
boshchiligidagi qarluqlar arablar sarkardasi Al-Yashkuriy yetakchiligidagi
qoʻshinni magʻlubiyatga uchratadi. Magʻlub boʻlgan arablar Toshkentga chekinadi

15.

Oxirgi janglar
740-yillarning boshlariga kelib, xalifalikdagi fuqarolar urushi umaviylar bosh mulki
Suriyada boʻlib oʻtdi, xususan sharqiy hududlar ham asosiy diqqat markazida edi.
Ana shunday vaziyatda ikkinchi fitna davridan beri tinmay kelayotgan banu Qalb
va banu Qays oʻrtasidagi toʻqnashuvlar kuchayib ketadi. 744-yilda shaxsiy mojaro
sifatida boshlangan (Nasr ibn Sayyor va Judi al-Kermoniy oʻrtasidagi) bu
toʻqnashuv tezda ommaviy tus oladi, 730-yillarda turkashlar bilan hamkorlikda
musulmonlarga qarshi kurashgan va markaziy hokimiyat tomonidan toʻliq afv
etilmagan al-Horis ibn Surayjning xorijiylari tezda unga qoʻshilishadi. 745-yilda
xorijiylarning boshqa guruhlari ham toʻqnashuvga qoʻshildi, 747-yildan esa Marvda
abbosiylar tarafdorlar faollasha boshladi. Uchinchi fitna deb nomlanuvchi koʻp
tomonlama urush paytida xalifalikda umaviylar sulolasining hokimiyati agʻdarildi
va Abbosiylar sulolasi hukmronligi oʻrnatildi, ammo bu sulola ham chekka
hududlarda tinchlik oʻrnata olmadilar. Buning asosiy sababi shunda ediki, xalifalik
bosh siyosati doimiy tashqi harbiy yurishlarga asoslanganligida edi, yurishlarning
sharqiy yoʻnalishi esa xalifa Volid I davrida toʻxtab qolgan edi. 751-yil iyul oyida
bo'lib oʻtgan Talas jangida xalifalikning sharqqa yurishi nihoyat toʻxtadi, bu esa
davlat yaxlitligiga putur yetkazdi. Tibet imperiyasi arablarning Xitoydagi Tan
davlatiga qarshi bu jangida yaqin ittifoqchisi boʻlgan. Arablar Shinjonga daʼvo
qilmaganliklari sababli ushbu jang muhim strategik ahamiyatga ega emasdi

16.

Istilo natijalari
Istilo qilingan hududlarda arab va mahalliy
xalqlar (fors, turkiy, soʻgʻd va boshqalar)
madaniyatlarining oʻzaro aralashuvi sodir
boʻldi.
Arablar tomonidan bosib olingan xalqlar
uchun islom (mahalliy e'tiqodlar qoʻshiluvi
bilan) asosiy hukmron dinga aylandi. Islom
dini targʻibotini shayxlar, darveshlar, soʻfiylar
olib borishdi. Mahalliy aholi orasidan diniy
vakillar (mullalar, imomlar, eshonlar, qozilar)
paydo boʻldi. Shahar aholisi orasida dindorlar
soni ortib, namoz va boshqa diniy marosimlar
uchun moʻljallangan masjid va xonaqohlar
barpo etila boshlandi. Keyinchalik masjidlar
qoshida madrasalar ochilib, ularda arabcha
savod oʻrgatilgan. Muqaddas kitob „Qur’on“ni
oʻqishning oʻrgatilishi turkiy xalqlarning
birligini mustahkamladi. Markaziy Osiyoning
islomlashuvi turkiy xalqlar jamiyati,
iqtisodiyoti, siyosati va madaniyatining jadal
rivojlanishining bosh omili boʻldi.

17.

Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy-madaniy hayotida katta oʻzgarishlar roʻy berdi: shaharlar
yanada rivojlandi, Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Sharq va Gʻarbning koʻplab mamlakatlari bilan
savdo-sotiq rivojlandi. VIII asrdan Oʻrta Osiyo va Janubiy Qozogʻistonda istehkomlar – rabotlar
qurildi, ularning koʻpchiligi keyinchalik shaharlarga aylandi.
Pahlaviy tili bir asrdan kamroq vaqt ichida fors tiliga aylandi. Fors va turkiy lugʻatga koʻplab
arabcha soʻzlar kirib keldi. Adabiyot rivojlandi. Islomiy taqvim qabul qilindi. Diniy bayramlar
kundalik hayotda paydo boʻldi. Dafn marosimlari musulmon urf-odatlari asosida amalga
oshirila boshlandi. Sharq adbiyotining mumtoz asarlari, diniy rivoyatlar va islom aqidalarini
targʻib qiluvchi sheʼrlar (Qur'oni Karim qissalari, „Salsal“, „Zarkum“, „Yusuf va Zulayho“, „Ming
bir kecha“ va boshqalar).

18.

E’tiboringiz uchun rahmat!
English     Русский Правила