2.75M
Категория: ИсторияИстория

Zardushtiylik haqida

1.

«zardushtiylik»
haqida.
Miloddan avvalgi VI—VII
asrlarda qadimgi
Xorazm diyorida ezgulik
dini – zardushtiylik
vujudga keldi.

2.

Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht
nomidan olingan.

3.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb
ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand»,
«yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e’tirof
etiladi.

4.

Eron ahamoniylari
podshosi Doro III
davrida «Avesto» 12
ming qoramol terisiga
tilla bilan yozildi va
xazinada saqlandi.

5.

Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning
bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta
qismi yoqib yuborildi.

6.

«Avesto» – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba.
Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy
marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas
bo‘lgan bir kitobga jamlandi. «Avesto»ning ilk qismi mil.avv. IX–VIII
asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht diniga amal qiluvchilarning
muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan
boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan
adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy
nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo
sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani
Xorazmdir degan qarash mavjud. Zardusht va’zlari matnlarining
hammasi mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar
«Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa
«Zand» deb yuritiladi. Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda
biz zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» matnlari bilan
tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk
marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilgan.

7.

Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari
esa yunon tiliga tarjima qilindi.

8.

Oradan bir necha asrlar
o‘tib, yurtimizda
islom dini keng tarqalgach,
«Avesto» unutildi.

9.

«Avesto» O‘rta Osiyo,
birinchi navbatda,
O‘zbekistonning o‘tmish
tarixi, shuningdek,
ajdodlarimizning
e’tiqodi, urf-odatlari
haqidagi eng qadimgi
yozma manba sifatida
o‘rganiladi.

10.

“Avesto»ning
mazmuni”
«Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo
ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik
(yomonlik) asosiga qurilgan.
Ezgulik
Yovuzlik

11.

Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda,
Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va
donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va
yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik
va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita
zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan.
Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik
haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va
ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng
avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan. Zardushtiylar
e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga
vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi.

12.

Barcha yovuzliklarni
(o‘lim, qahraton qish,
zararkunanda
hasharotlar va shu
kabilar) yovuzlik
homiysi Axriman
yuboradi.
Axriman

13.

Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni,
yorug‘likni va adolatni himoya qiladi.
Ezgulik va yovuzlik
o‘rtasidagi kurashda
oxir-oqibat ezgulik
g‘alaba qozonadi.
Ahuramazda

14.

Biroq, buning uchun
kishilar – yolg‘on
gapirmasliklari,
bergan va’dalarining
ustidan chiqishlari
va insonlarga faqat
yaxshilik qilishlari
lozim.

15.

«Avesto»ning 2700 yilligi.
«Avesto» nafaqat
bizning, balki
jahon
madaniyatining
ham nodir merosi
hisoblanadi.

16.

Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti
O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash
to‘g‘risida qaror qabul qildi.
English     Русский Правила