Похожие презентации:
Avstraliya Ittifoqi
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм54-§. Avstraliya Ittifoqi
2.
Maydoni – 7692,0 ming km².Aholisi (2018-y) – 24,5 mln.
Poytaxti – Kanberra
3.
Materik, Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi,avstraliyalik inglizlar, avstraliyalik aborigenlar,
Sidney, Melburn, tog‘-kon sanoati.
4.
Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to‘liq egallaganjahondagi yagona davlat. Tarkibiga Avstraliya
materigidan tashqari Tasmaniya va boshqa orollar
kiradi.
5.
Qirg‘oqlari shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani,uning dengiz va qo‘ltiqlari, sharqiy tomondan esa Tinch
okean dengizlari suvlari bilan yuviladi.
6.
Maydoni jihatidan jahonda 6-o‘rinda turadi.Iqtisodiy-geografik o‘rni Janubiy yarim sharda, boshqa
mintaqalardan ancha olisda joylashganligi bilan
tavsiflanadi.
7.
Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transportimamlakatni jahonning barcha mintaqalari bilan doimiy
aloqada bo‘lishini ta’minlaydi.
8.
Avstraliya Ittifoqi Britaniya Hamdo‘stligi qirolligihisoblanib, uning rasmiy davlat rahbari Buyuk Britaniya
hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy boshqaruv
tizimida yetakchi rol bosh vazirga tegishli.
Avstraliya
parlamenti
binosi
Qirolicha
Yelizaveta II
Bosh vazir Skott
Morrison
9.
Avstraliya 6 ta shtat va 2 ta hududdan tashkil topganfederativ davlat.
Avstraliya poytaxti –
Kanberra shahri
10.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Avstraliyaning relyefi,asosan, tekislik va kuchli parchalangan platolardan
iborat.
11.
Faqat sharqda o‘rtacha balandlikdagi Katta Suvayirg‘ichtizmasi mavjud. Unda Avstraliyaning eng baland
nuqtasi Kossyushko cho‘qqisi (2 228 m) joylashgan.
12.
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Mamlakattemir, mis, nikel, uran, boksit rudalari, ko‘mir, oltin,
olmos zaxiralari bilan jahon miqyosida alohida ajralib
turadi.
temir
mis
nikel
uran
boksit
ko‘mir
olitn
olmos
13.
Avstraliya hududi, asosan, subekvatorial, tropik vasubtropik iqlim mintaqalarida joylashgan bo‘lib,
iqlimining eng muhim xususiyati uning
qurg‘oqchilligidan iborat.
14.
Mamlakat hududining juda katta qismini cho‘l,chalacho‘l va savannalar egallaydi (86-rasm).
1
2
15.
Avstraliya tabiatining eng katta kamchiligi suvresurslarining taqchilligidir. Asosiy daryosi Murrey va
uning irmog‘i Darlingning suvi mavsumlar bo‘yicha
keskin o‘zgarib turadi.
16.
Aholisi. Avstraliya aholi zichligi eng past bo‘lgan jahondavlatlaridan biridir. Bu yerda 1 km² hududga o‘rta
hisobda 3 kishi to‘g‘ri keladi.
Avstraliyada aholi, asosan, janubi-sharqiy va sharqiy
hududlarida mujassamlashgan, ichki hududlarida esa
juda siyrak joylashgan.
17.
Avstraliyada aholining tabiiy ko‘payishi past, yiliga 0,5–0,6 % ga teng.
18.
Aholi sonining ortib borishiga tashqi migratsiya ko‘proqta’sir ko‘rsatadi. Aholining migratsion ko‘payishi yillik
hisobda 0,8–1,0 % ni tashkil etadi.
19.
Umuman olganda, Avstraliyaning aholisi migratsiyahisobiga shakllangan.
20.
Materikning tub aholisi – avstraliyalik aborigenlar –davlat aholisining atigi 1 % ini tashkil etadi.
21.
Asosiy millat – avstraliyalik inglizlar.22.
Avstraliya Ittifoqi yuqori urbanizatsiyalashgan davlatlarqatoriga mansub. Unda shahar aholisining ulushi
90 % ga teng.
23.
Eng yirik shaharlari – Sidney (87-rasm), Melburn,Brisben, Pert, Adelaida.
Sidney
Brisben
Pert
Melburn
Adelaida
24.
Iqtisodiyoti.Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan
davlat hisoblanadi.
YIMning hajmi bo‘yicha
Avstraliya jahonning
yetakchi 20 ta davlatlari
tarkibiga kiradi, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan
YIM miqdori esa unda
aksariyat Yevropa
davlatlaridan ham yuqori.
Avstraliya dollari
25.
Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini, ko‘pjihatdan, tog‘-kon va yoqilg‘i sanoati belgilaydi.
26.
U ko‘mir, uran, temir, boksit, oltin, nikel, rux qazib olishbo‘yicha jahondagi yetakchi 3 ta davlat qatoriga kiradi.
ko‘mir
boksit
uran
oltin
temir
nikel
rux
27.
Ko‘mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va ranglimetallarning katta qismi Osiyo davlatlari, birinchi
navbatda, Xitoyga eksport qilinadi.
28.
Qishloq xo‘jaligi ham Avstraliya iqtisodiyotining muhimsohasi.
29.
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qo‘ychilik vaqoramolchilikdir.
30.
Avstraliya jahonda qo‘ylar soni va jun ishlab chiqarishbo‘yicha 2-o‘rinda, jun hamda mol go‘shti eksporti
bo‘yicha esa 1-o‘rinda turadi.
31.
Dehqonchiligi donchilik, bog‘dorchilik va uzumchilikkaixtisoslashgan.
32.
Avstraliyaning asosiy iqtisodiy rayoni uning janubisharqi hisoblanadi. Bu yerda mamlakat aholisining70% i istiqomat qiladi hamda uning 2 ta eng yirik
shahri – Sidney va Melburn joylashgan.
33.
1. Avtraliya Ittifoqi geografik joylashuviningbetakror xususiyati nimadan iborat? Iqtisodiy
geografik o‘rnining ijobiy va salbiy jihatlarini
izohlang.
2. Avstraliyaning hozirgi aholisi qanday shakllangan?
3. Nima uchun Avstraliyaning janubi-sharqiy hududlari
aholi zichligining nisbatan yuqori darajasi bilan
ajralib turadi?
4. Avstraliyaning iqtisodiyoti qanday tarmoqlarga
ixtisoslashgan va bunga qanday omillar ta’sir
ko‘rsatgan?
34.
© Foydalanilgan adabiyotlar:• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V.
Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent –
“O‘zbekiston” – 2019
• Atlas, 9-sinf Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), nusxasi telegram kanaldan olindi.
35.
© Internet manbalari:www.wikipedia.org
www.yaklass.ru
www.cameralabs.org
www.gg.gov.au
www.australianmining.com.au
www.geographyofrussia.com
www.natworld.info
www.сезоны-года.рф
www.goodstart.org.au
www.thewest.com.au
www.vu.edu.au
www.іkvb.by
36.
© Internet manbalari:www.immigrant.today
www.alamy.com
www.gettyimages.com
www.goturist.ru
www.pinterest.com
www.en.numista.com
www.statista.com
www.currencytransfer.com
www.uzedu.online
@edurtm_uz
37.
© Qambarov AlimbekRossiya o‘qituvchilari tajribasidan qisman foydalanildi.
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi.
• Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
https://t.me/geography_method