19.01M

10-sinf. Geografiya. Germaniya Federativ Respublikasi

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
26-§. Germaniya Federativ
Respublikasi

2.

Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi, Kil kanali,
parlamentar respublika, federal kansler,
federal yerlar, tashqi migratsiya, lyuteran
cherkovi.

3.

Maydoni – 357,4 ming km².
Aholisi (2018-y) – 82,8 mln.
Poytaxti – Berlin.

4.

Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlati
Germaniya Federativ Respublikasi qit’aning markazida
joylashgan. Germaniya maydoni bo‘yicha qit’a
mamlakatlari orasida 6-o‘rinda turadi.

5.

Qirg‘oqlari shimoli-g‘arbda Shimoliy dengiz, shimolisharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan chegaralangan.
1
2
Shimoliy dengiz
Boltiq dengizi

6.

Germaniya hududidan eng muhim xalqaro kanallardan
biri – Shimoliy va Boltiq dengizlarini tutashtiradigan
Kil kanali o‘tadi.

7.

Quruqlikda 9 ta davlat bilan chegaradosh.
1. Daniya
2. Polsha
3. Chexiya
4. Avstriya
5. Shveysariya
6. Fransiya
7. Lyuksemburg
8. Belgiya
9. Niderlandiya

8.

Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi Yevropaning
turli qismlaridagi davlatlarni tutashtiruvchi yirik
avtomobil, temir va suv (daryo va kanallar) yo‘llarining
o‘tganligi bilan belgilanadi.

9.

Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. Davlat
rahbari – prezident, ammo ijro hokimiyatining rahbari
va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi,
ya’ni federal kansler hisoblanadi.
Germaniya parlamenti –
Reyxstag
Prezident –
Frank-Valter Shtaynmayer
Federal kansler –
Olaf Sholts

10.

Siyosiy-hududiy tuzilishi jihatidan Germaniya federativ
davlat bo‘lib, 16 ta federal yerga bo‘linadi. Mamlakat
poytaxti – Berlin – GFRning sharqiy qismda joylashgan.
16 ta federal yer (budesländer) ning 13 tasi davlatviloyat, 3 tasi shahar-davlat.

11.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Germaniya hududining
relyefi shimoldan janubga tomon ko‘tarilib boradi
(22-rasm).

12.

Mamlakatning shimoliy qismini Shimoliy Germaniya
pasttekisligi egallagan, markaziy hududlari past va o‘rta
tog‘lardan iborat, janubida esa balandligi deyarli 3 000
metrga boradigan Alp tog‘lari joylashgan.
Deyarli 3 000 metrga boradigan Alp
tog‘lari

13.

GFRda tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudasi, osh va
kaliy tuzlarining konlari mavjud.
tosh ko‘mir
qo‘ng‘ir ko‘mir
osh tuzi
temir rudasi
kaliy tuzi

14.

Mamlakat hududi mo‘tadil iqlim mintaqasida
joylashgan. Ob-havo tez-tez o‘zgaradi, yog‘inlar ko‘p
yog‘adi.

15.

Qish odatda yumshoq, qattiq sovuqlar kam sodir
bo‘ladi. Dengizbo‘yi hududlarida kuchli shamollar
doimo kuzatiladi va bu energetika sohasida qo‘l keladi.

16.

Germaniyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng yirik
daryolar Reyn, Dunay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi.
Elba
Reyn
Oder
Dunay
Vezer

17.

GFRdagi barcha yirik daryolar kanallar bilan o‘zaro
bog‘langanligi tufayli uning ichki suv transport yo‘llari
Dunay orqali Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini
Qora dengiz portlari bilan bog‘laydi.
Shimoliy dengiz
Boltiq dengiz
Qora dengiz

18.

Aholisi. Germaniya deyarli 83 mln. kishilik aholisi
(2018-yil ma’lumotlari bo‘yicha) bilan Yevropada
Rossiyadan keyingi 2-o‘rinni egallaydi.

19.

Tug‘ilishning pastligi sababli Germaniyada aholining
tabiiy ko‘payishi 1972-yildan buyon manfiy qoldiqqa
ega. Germaniyada aholi ko‘payishining manbayi tashqi
migratsiya hisoblanadi.

20.

Germaniya xorijiy migrantlar soni (12 millionga yaqin
kishi) bo‘yicha jahonda AQSHdan so‘ng 2-o‘rindagi
davlat.

21.

Xorijiy migrantlar tarkibida Turkiya, Italiya, Gretsiya,
sobiq Yugoslaviya davlatlari, Polsha hamda ayrim arab
mamlakatlaridan ko‘chib kelganlar son jihatdan ajralib
turadi.
Turkiyalik
Polshalik

22.

Xorijiy migrantlar ko‘proq g‘arbiy va shimoliy federal
yerlaridagi yirik shaharlarda mujassamlashgan.

23.

Germaniyaliklarning 75 % dan ko‘prog‘i shaharlarda
istiqomat qilishadi.

24.

GFRning eng yirik shaharlari – Berlin, Gamburg,
Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Bremen.
Berlin
Gamburg
Myunxen
Kyoln
Frankfurt-Mayn
Bremen

25.

Mamlakat aholisining milliy tarkibida 90% dan ko‘proq
qismi nemis millatiga to‘g‘ri keladi.

26.

GFRning shimoliy, markaziy va sharqiy hududlarida
yashovchi nemislar orasida protestantlar (lyuteranlar)
ko‘pchilikni tashkil etsa, mamlakatning janubida
ko‘proq katoliklar istiqomat qilishadi.
protestantlik
katolik

27.

Germaniya aholisi yirik daryolarning vodiylarida juda
zich holda joylashgan. Bu borada, ayniqsa Reyn vodiysi
alohida ajralib turadi.
Daryo vodiysi
Reyn daryosi

28.

Aholi eng yuqori darajada mujassamlashgan hudud –
Rur sanoat rayoni – aynan shu daryo havzasida
joylashgan. Tog‘li hududlarida hamda mamlakatning
shimoli-sharqida esa aholi nisbatan siyrak joylashgan.
Rur
Rur sanoat rayoni

29.

Iqtisodiyoti. Germaniya iqtisodiy salohiyati va
aholining turmush darajasi jihatidan jahondagi yetakchi
davlatlardan biri, «Katta yettilik» guruhiga a’zo davlat.

30.

Yevropada Germaniya YIM va sanoat ishlab chiqarishi
hajmi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. GFR turli sanoat
mahsulotlarining yuqori sifati bilan butun dunyoga
mashhur.

31.

Germaniya sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga
mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, ko‘mir, qora
metallurgiya, oziq-ovqat sanoati kiradi.

32.

Mashinasozlik tarmoqlaridan esa stanoksozlik,
avtomobilsozlik, elektrotexnika, mikroelektronika,
kemasozlik, aviakosmik mashinasozlik kabi tarmoqlari
juda yuqori darajada rivojlangan.

33.

Germaniya qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari sutg‘osht qoramolchiligi va cho‘chqachilik hisoblanadi.

34.

Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida asosiy
qishloq xo‘jalik ekinlari bug‘doy, arpa, makkajo‘xori,
kartoshka, qandlavlagi hisoblanadi.
bug‘doy
arpa
makkajo‘xori
kartoshka
qandlavlagi

35.

Janubdagi tog‘ yonbag‘irlari va tog‘ oralig‘idagi vodiylarida uzum, tamaki hamda pivo ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan xmelni yetishtirish rivojlangan.

36.

Germaniya iqtisodiyotida transport, bank-moliya
sektori, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari
ham muhim ahamiyatga ega.

37.

Jumladan, Yevropadagi eng yirik aeroportga ega
Frankfurt-Mayn shahri qit’adagi asosiy bank-moliya
markazlaridan biri hisoblanadi (23-rasm).

38.

Germaniyaning sharqiy yerlari (sobiq GDR)
mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning pastroq ko‘rsatkichlari bilan
ajralib turadi.
sobiq GDR hududi

39.

1. Germaniya iqtisodiy geografik o‘rnining
qulayligini izohlang.
2. Germaniya aholisining tabiiy va migratsion harakatiga qanday xususiyatlar xos?
3. Mamlakatning qishloq xo‘jaligi qaysi tarmoqlarga
ixtisoslashgan?
4. Frankfurt-Mayn shahrining iqtisodiy geografik
salohiyati qanday omillar bilan belgilanadi?

40.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V.
Fedorko – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent –
“O‘zbekiston” – 2019
• Atlas (Materik va Okeanlar geografiyasi), 6-sinf,
O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri qo‘mitasi, Toshkent 2020

41.

© Internet manbalari:
• www.wikipedia.org
• www.britannica.com
• www.kids.nationalgeographic.com
• www.tourism.de
• www.ec.europe.eu
• www.yaklass.ru
• www.obrazovaka.ru
• www.travelask.ru
• www.orangesmile.com

42.

© Internet manbalari:
www.1zoom.me
www.camper-s.ru
www.germanculture.com.ua
www.immigration-residency.com
www.сезоны-года.рф
www.pikabu.ru
www.dw.com
www.fertiglobal.com
www.mms-germany-de
www.dandc.com.ua

43.

© Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi. Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method
English     Русский Правила