Похожие презентации:
1
1.
*Tuzuvchi: S. Boymirzayev
2.
*• Numizmatika fani predmeti, fan
sifatida shakllanishi
• Numizmatika terminologiyasi
• Tangalar tarixi.
• Dastlabki tangalar
3.
1Tanga - turkiy "tamg‘a" so‘zidan olingan bo‘lib,
maxsus ramzlar tushirilgan, ma’lum og‘irlik, qiymat va
belgilangan meyorga ega metall quymasidir. U o‘zining
og‘irligi, qiymati, sifat tarkibiga ega bo‘lgan, pul, qiymat
o‘lchovi, qonuniy muomala va to‘lov vositasi, xazina
to‘plash, jahon puli vazifalarini bajaradi. Ma’dan yoki
metall (oltin, kumush, mis) dan yasalgan pul birligidir.
Tangalar o‘z tarixiga ko‘ra dumaloq doira bo‘lgan.
“Nomisma” yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib,
tanga, pul degan ma’noni anglatadi. Numizmatika –
tangalar haqidagi fan bo‘lib, arxeologiya fani bilan
aloqadorlikda rivojlanadi.
4.
Tangashunoslikningalohida yo’nalishlari
qog‘oz pullarni bonistika, orden,
medallarni faleristika fani
o‘rganadi
“Numizmatika” termini o‘rta
asrlarda paydo bo‘lgan,
bugungi kunda “numizmatika”
tushunchasi tanga va
medallarni kolleksiyalash
hamda ularni o‘rganuvchi
fanni o‘z ichiga oladi.
Numizmatlar – tangalardagi
rasmlar (tip), yozuvlar
(izoh), belgilarni, tanganing
og‘irligini, o‘lchamini,
metall sifatini, kim
tomonidan, qachon va
qayerda zarb etilganligini, u
muomalada bo‘lgan
hududlarni, qiymati qanday
bo‘lganligi kabilarni
o‘rganadilar.
5.
Dastlabkikolleksionerlar
1. italyan shoiri F.Petrarka
2. florensiyalik Kozimo Medichi
3. paduyalik Djovanni Kavini (xronologik
ketma-ketlikda joylashtirgan. )
4. Yevropada mamlakatlarida saroy
huzurida tangalar kolleksiyalaridan
“myunskameralar” tashkil etganlar. XVI
asr o‘rtalarida mansabdorlarning saroy
va qasrlarida 950 ta maxsus
Myunskabinet bo‘lgan.
6.
Imperator Pyotr I XVIII asrda Peterburgda asos solganKunstkamera deb atalgan muzeyda tangalardan tashqari
medallarning katta kolleksiyasi jamlangan. Keyin bu
kolleksiyalar Ermitajga berildi. Hozirgi kunda Ermitaj
tangalar kolleksiyasi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda
turadi. Yevropaning beshta - Parij, London, Peterburg,
Vena va Berlin shaharlarida qadimgi tangalarning yirik
kolleksiyalari jamlangan.
7.
Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti professori, arxeolog Y.Ekkel (17371798) asos soldi. U 1792-1798 yillarda yozilgan sakkiz jilddan iborat“Qadimgi tangalar ilmi” (“Наука о древних монетах”) kitobida 70
mingdan ziyod tangalarni jamlandi. Y.Ekkel bu to‘plami uchun u tarixchi va
tadqiqotchilar orasida antik davr tangashunosligi otasi nomini olgan.
8.
*9.
2*
10.
*11.
3Tangalar tarixi.
Tanga nomlarning kelib chiqishi ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Jumladan, tanga, tenge, rus tilidagi dengi so‘zi ham “tanga” so‘zidan
olingan. Ba’zi tadqiqotchilar rus tilidagi “kopeyka” (tiyin) so‘zi
Chig‘atoy xoni Kepakxon zarb etgan “kepaki” so‘zi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin .
Ruscha “moneta”, inglizcha “money” so‘zi aslida lotinchadan olingan.
Mo‘g‘ullar mis tangalarini “pulo‘” (pul) deb ataganlar.
Nemislar golden (oltin) so‘zidan-gulden, italyancha “gross” (yo‘g‘on)
so‘zidan chexlarning groshi, ukrainlarning groshisi kelib chiqqan.
G‘arbiy Yevropaning “taler” so‘zidan “dollar” kelib chiqqan.
12.
Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.Arxeologlar fikricha, tovar ayirboshlash, dastlabki savdo muomalasi
ibtidoiy jamoa tuzumining tosh asridan boshlaboq paydo bo‘lgan. Odamlar o‘z
buyumlarini ayirboshlashi jarayonida dastlabki savdoning sodda turi vujudga
kelgan. Turli o‘lkalardagi noyob buyumlar pul vazifasini bajara boshlagan.
Jumladan, dengiz chiqanoqlari pul vazifasini o‘tagan.
Osiyo, Afrika Yaponiya, Xitoy va Hindistonda uzoq vaqt mobaynida
“kauri” chig‘anoqlari pul funktsiyasini bajargan. “Kauri” chig‘anoqlari bu
hududlarda eramizning XX asrigacha savdo vositasi bo‘lib kelgan. Ular eramizning
VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada ishlatilganligi, Gvineyada
ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bo‘lganligi aniqlangan.
Hindistonda asosan dur pul sifatida ishlatilgan. Bundan tashqari – qoramol,
harsang, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qo‘llanilgan.
13.
* Novgorod shahrida XIII asrda ham qadimgi udumga ko‘ra narxnavoni belgilashda lasos balig‘idan,
Islandiyada o‘rtacha kattalikdagi tresko balig‘idan,
O‘rta asrlarda Peru va Boliviyada murchdan,
Meksikada to XVI asrlargacha loviya hamda kakao doni
Mo‘g‘ulistonda o‘rta asrlarda bir bo‘lak taxta choyga
Afrikaning tuz tanqis joylarida bir hovuch tuzga bir hovuch tilla
almashtirishgan.
Arab sahrolarida ko‘chmanchilar uchun xurmo mevasi ayirboshlash
vazifasini o‘tagan.
Alyaskani kashf qilish davrida pul vazifasini qattiq non
o‘tayotganligi ko‘rilgan,
Butan mamlakatida pishloq pul vazifasini bajargan.
Sparta, Rim Karfagen kabi qadimiy davlatlarda ham teri muomalada
bo‘lgan.
4
14.
*15.
*16.
17.
Dastlabki tangalar.Qadimgi yunon tarixchilari
Gerodot va Ksenofont
asarlaridagi ma’lumotlarga
ko‘ra, ilk tangalar Kichik
Osiyodagi Lidiya davlatida
eramizdan avvalgi VIII - VII
asrlarda paydo bo‘lgan.
18.
Qadimgi tanga pullar ikki xil usul bilan tayyorlangan: quyma(quyilgan) va zarb qilingan.
1. Metallni eritib qolipga qo‘yish orqali. (Quyma tangalar
maxsus shakl va tasvir o‘yilgan qolip – idishlarga ma’dan
quyilgan) Bu dastlabki sodda texnik usul bo‘lib, unda tanga
sathidagi tasvirlar tezda o‘chib ketgan.
2. Metallni ikki shtempel (temir yoki bronzadan ishlangan muhr
– maxsus asbob) orasiga qo‘yib qisilgan. Shtempellar qisqich
shaklida bo‘lgan. Yuqorigi shtempelda aversi sur’ati, quyi
shtempelda reversidagi hayvon sur’ati o‘yilgan. Natijada
metallga kerakli yozuv va sur’atlar aks ettirilgan.
19.
Yunon tangalari. Qadimgi yunon tangalarida ma’budalar bilan birgamuqaddas hayvonlar tasvirlangan. Masalan, Afina tangasida Afina
ma’budasinng bosh qismi yoki boyo‘g‘li, Olimpiya tangalarida esa
afsonaviy bosh xudo Zevsning bosh qismitasvirlangan. Qora dengizning
shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri tangalarida
delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan.
Talant ko‘p miqdordagi tangalarni og‘irlik sifatida o‘lchash uchun ishlatilgan.
Yunonistonda asosiy savdo-sotiq asosan Afina drahmasida (4,25 gr)
yuritilgan. Drahmalardan tashqaridan didrahma, tetradrahma, dekadrahmalar
ishlatilgan.
Moneta so'zining o'zi Rim ma'budasi Yupiter xudosining rafiqasi Juno
(Juno Moneta) nomidan kelib chiqqan va lotincha "ogohlantirish"
degan ma'noni anglatadi.