146.45K

Buxoro yahudiylarning diniy marosimlari

1.

BUXORO YAHUDIYLARNING DINIY MAROSIMLARI
Yahudiylar O‘rta Osiyoda. Ma’lumki, yahudiylar O‘rta Osiyoga qadim
zamonlardan ko‘chib kelganlar. Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar
mavjud. Ularning ichida umum e’tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu
mintaqaga Eron orqali kirib kelganlar. Bu xalqning O‘rta Osiyoga hijrati ko‘p
asrlar mobaynida davom etdi. Taxminlarga ko‘ra, ular Assuriya quvg‘inlari paytida
– er. av. VII-VI asrlarda Eronga ko‘chib kela boshlaganlar. Hatto e.r. av. VIII
asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalarda boshpana
topganliklari haqida ham xabarlar bor. Fors davlati ma’lum muddat O‘rta Osiyoni
o‘z hukmlari ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‘chib
kelishi amalga oshgan. Bu fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida
gaplashishlari ham quvvatlaydi. Ularning hayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy
yahudiy, fors va mahalliy - O‘rta Osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat.
Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi
yoki aksincha susayishi kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz
bergan siyosiy jarayonlar tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va
Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Rossiya
tomonidan O‘rta Osiyoning ma’lum bir qismining bosib olinishi yana
yahudiylarning Turkiston Muxtoriyati va Buxoro Amirligi jamoalariga bo‘linib
ketishiga olib keldi. Yahudiylik millat dini bo‘lganligi uchun yahudiylar qaerda
bo‘lmasin, biri-ikkinchisidan qancha uzoq bo‘lmasin, o‘qiydigan kitobi – Tavrot,
e’tiqod qiladigan dini yagona bo‘lib qolaverdi. XVIII asrda O‘rta Osiyo
yahudiylari tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili o‘zi G‘arbiy
Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon Mag‘ribiy o‘z
shahri yahudiylar uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida Buxoroga keladi. U
bu erlik yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha boshlaganliklarini ko‘rib, shu
erda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim berishga ahd qiladi. Yahudiylar
doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal ko‘rganlar. Agarchi O‘rta
Osiyolik yahudiylarni Buxoro yahudiylari deyilsa ham, ular ko‘proq Samarqandda
yashaganlar. XVIII asrning o‘rtalarida Nodir-shoh Samarqandni bosib olganida
uning lashkarlari orasida turklar, lazginlar, afg‘onlar, eroniylar, shuningdek,
yahudiylar bo‘lganlar. Ular Samarqandning Shoh-Kash, Chor-Raga, Novadon,
Qo‘shhovuz kabi guzarlarida yashab qolganlar. Buxoro hukumati Nodir-shoh
davrida yahudiylarga nisbatan yumshoq muomalada bo‘lgan.
Son jihatdan ko‘paygan yahudiylarning barchalari bir mavzega jam bo‘lib
yashashni xohlashardi. Biroq, Buxoroda ham, uning SHahrisabz, Kattaqo‘rg‘on,
Karmana kabi viloyatlarida ham yahudiylarni musulmonlardan ajralgan holda
alohida yashashga majbur edilar. 1843 yilning bahorida mahalliy yahudiylarga
Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar joyni 10000 kumush tangaga sotish
haqidagi shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudilardan 32 kishi imzoladi, davlat
uning haqiqiyligini to‘rt muhr bilan tasdiqladi. SHunday qilib, yahudiylar
o‘zlarining birinchi mahallalariga ega bo‘ldilar.
Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini "isroel", "bane
iyeroel", "yahudiy-tojik" deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida

2.

yashaydigan etnik guruh. Buxoro yahudiylari atamasi birinchi boʻlib 16-asrda
paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq
maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri
(1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini
roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926 yilda Oʻzbekistonda 18172, 1989 yilda
esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan.
Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xatirchi,
Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent shahri lari da yashaydilar. Buxoro
yahudiylari tili yahudiy-tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi.
Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali.
Baʼzi olimlar (M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi
6-asrda paydo boʻlganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi
Bibliyadagi Xabar bilan, iyeroilliklarning oʻn pushti surgun qilingan joylardan biri
sifatida tenglashtirilgan (miloddan avvalgi 722). Arxeologax tadqiqotlarga koʻra,
yahudiylar Oʻrta Osiyo (Marv, Samarqand)ga 2—4—5-asr va 8-asrlarda kelganlar.
Yozma manbalarga koʻra esa miloddan avvalgi 1-asr—milodiy 1-asrda Marvga,
6— 80-asrlarda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozishicha, 10-asrda
Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan.
Tudellik sayyoh Veniamin (12-asr)ning maʼlumoticha, Samarqand shahrida 30
ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda boʻlishlari toʻgʻrisida ilk
maʼlumot 13-asrga toʻgʻri keladi. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga
koʻra, 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur
tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular
keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bilan aralashib ketishgan. 16-asrda Buxoro
yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar
mahallasi — "Mahallai koʻhna" tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga
eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda
sinagogalar boʻlgan.
20-asrning 30- yillari boshlaridagi stalincha qatagon davrida 1000 ga yaqin
Buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, muzey
va gaz.lar yopilgan. Buxoro yahudiylaridan adabiy esdaliklarning mashhur
mualliflaridan biri Solomon ben Samuel boʻlgan. U 1338 yil Urganchda yahudiy
tili lugʻatini tuzgan, Moshe ben Dovud forsiyda poemalar bitgan. 17-asr oxiri —
18-asr 1-yarmida shoir Yusuf Yagudi (Mollax Iosif ben Isaak)ning "Yetti akauka"
asari Buxoroda mashhur boʻlgan. Buxoro yahudiylarining asosiy mashgulotlari
savdo, musiqashunoslik, artistlik, xunarmandchilik boʻlib, keyinchalik maishiy
xizmat, pedagoglik sohalari, muhandis, vrachlik kasblarini egallashgan. Buxoro
yahudiylari orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan: fan
doktorlari — prof. Yu. I. Ishoqov, I. A. Kalantarov, B. I. Pinxasov, N. M.
Mallayev; kompozitorlar — M. Leviyev, S. Yudakov; rassomlar — Yu. M.
Yelizarov; Oʻzbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov,
M. Yoqubova, M. Shamayeva shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan (1991)dan keyin Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urfodati,

3.

anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oʻqitiladigan
maktab va bolalar bogchasi faoliyat koʻrsatadi. Samarqandda "Shofar" gaz. nashr
qilinadi (1998). Turli diniy marosimlar erkin oʻtkaziladi.
E'tiqod bilan bog'liq bo'lgan bir nechta yahudiy e'tiqodlari bor, ularni boshqa
xalqlar uchun qabul qilish doim ham oson emas.
1. Monoteizm - bitta xudoga sajda qilishni cheklash deyarli noma'lum. Sababi
oddiy: tabiiy hodisalar shu qadar bo'linganki, ular muqarrar ravishda turli xil
xudolarga tegishli bo'ladi, keyin bu xudolarning har biri topshirilishi kerak yoki
ularning nazorati ostidagi tabiiy kuchlar jamiyatga zarar etkazadi.
2. Eksklyuzivlik. Har bir qadimgi xalqda o'z xudolari panteoni bo'lgan.
Ammo hamma o'z panteoniga sajda qiladigan boshqa xalqlarning mohiyatini tan
oldi. Qadimgi dinlarda universallik va izchil eksklyuzivlik yo'q. Shunday qilib,
Antioxning yahudiylikni yo'q qilishga urinishidan tashqari, qadimgi dunyoda diniy
urushlar yo'q! Bir mamlakat boshqasini mag'lubiyatga uchratganda, ikkinchi
mamlakat odatda g'olibning asosiy xudosini tan olish uchun talab qilinadi va g'olib
bo'lganlar odatda bu marosimdan mamnun bo'lishadi: urushda mag'lubiyatga
uchraganliklari boshqalarning asosiy xudosi juda kuchli ekanligini isbotlashdi.
Fath qilingan millat dinining qolgan qismi saqlanib qoldi. Faqat yahudiylar
umumiy va yagona ilohiy kontseptsiyani e'lon qilishdi: bizning Xudoyimiz yagona,
hamma boshqalar xayoldir.
3. Ma'naviyat. Qadimgi dinlar xudolarni jismoniy narsalar yoki hodisalar
bilan uzviy bog'lashgan. Masalan, bular: quyosh, oy, dengiz, unumdorlik, o'lim
xudolari. Ko'pincha xudolarga insoniy shakl beriladi. Xudo jismoniy timsolga,
shaklga yoki o'xshashlikka ega emasligini da'vo qiladigan yagona qadimiy din - bu
iudaizm.
4. Axloqiy. Qadimgi dunyo xudolari o'zlarining haddan tashqari insoniy
istaklarini erkaklar bilan va bir-biriga zid ravishda ko'rsatadigan mayda zolimlar
sifatida tasvirlangan. Mutlaq axloqiy barkamollikning hech qanday sharti bu
xudolarga taalluqli emas. Faqatgina yahudiy xudosi ushbu tavsifga javob beradi.
Qadimgi madaniyatlarda bu yahudiylarning e'tiqodlari bema'ni bo'lib
tuyulgan. Ular butun insoniyatning umumiy tajribasi va e'tiqodlariga zid edi.
Shuning uchun yahudiylar ko'pincha chet elda hisoblanar edilar.
Qadimgi iudaizmning bitta yakuniy xususiyatini ta'kidlash kerak. Qadimgi
davr mobaynida yahudiylar diniy e'tiqod va marosimlarning boshqa shakllari bilan
tajriba o'tkazishgan. Payg'ambarlar yahudiylarning butlarga sig'inishlari haqida
guvohlik berishadi.
Bobil asirligida, yahudiylarning ko'p qismi nikohga kirishgan va o'z
e'tiqodlarini Bobil davriga moslashtirishgan. Yaqin Sharqda yunon madaniyati
hukmronlik qilganda, ko'plab yahudiylar elitaga aylandilar.
1989 yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra O‘zbekistonda 28369 O‘rta Osiyo
yahudiylari bo‘lib, ulardan 4220 tasi Buxoro shahrida, 5427 kishi esa Butun
Buxoro viloyatida istiqomat qiladi.

4.

Keyingi yillarda yahudiylar hayotida anchagina ijobiy o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. 1987 yilning noyabr oyida O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi qoshida Buxoro
yahudiy yozuvchilarining sho‘basi qayta tiklanadi. 1989 yil iyunda esa Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyida ularning asarlari ekspozitsiyasi
ochiladi. 1989 yil oktyabrda Toshkentda O‘zbekiston Madaniyat ministrligi
qoshida Buxoro yahudiylarining “Nekqadam” eksperemental teatr studiyasi
ochiladi. 1990 yilda Toshkentda Buxoro yahudiy madaniy markazi tashkil qilinadi.
Bunday madaniy markazlar Dushanbe, Samarqandda ham ochilgan edi[6]. Buxoro
yahudiylarining Samarqand madaniy markazi 1992 yil yanvardan “Shofir” deb
nomlangan oylik gazetasini chiqara boshlaydi.
Buxoroning o‘zida yahudiylar madaniy markazi “Shalom” 1990 yil bahorida
tashkil topadi. Shu yilning 5 aprelida ta’sis konferensiyasi bo‘ladi, 24 aprelda
markaz shahar ijroiya qo‘mitasi tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 1992 yil
sentyabrda O‘zbekiston “Jamoat birlash-malari to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq
markaz viloyat hokimligi yustitsiya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadi va tegishli
guvohnoma oladi.
Buxoroda madaniy markazning tashabbuskori va faol tashkilotchisi Avkun
Ashurovich Yoqubov. Bu insonning mehnat yo‘li juda qiziqarli. U Toshkent Xalq
xo‘jaligi institutini tugatib, 30 yillardan buyon moliya organlarida ishlamoqda. O‘z
ishining tajribali mutaxassisi. U Respublika Davlat sug‘urtasi boshlig‘i o‘rinbosari,
viloyat ijtimoiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 20 yildan oshiqroq
O‘zbeksiton Moliya vazirligining viloyat taftish boshqarmasida rahbarlik qilgan.
A. A. Yoqubov Buxoro yahudiy markazi raisi etib saylanganidan so‘ng,
markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar deb hisoblandi:
- Buxoro yahudiylari tarixi va madaniyatini o‘rganish va keng tashviq etish;
- milliy san’atni, bayramlar, an’analar, urf-odatlar, maro-simlarni tiklash;
- milliy va jahon madaniyati boyliklaridan bahramand bo‘lish;
- yoshlarga axloqiy tarbiya berish, ularni barcha xalqlar va ularning
madaniyatini hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
- yoshlarda fuqarolik javobgarligini shakllantirish;
Bu jamoat tashkiloti qisqa muddatda Buxoro yahudiy jamoasini yagona
markaz ostida birlashtira oldi. 1992 yil may oyida A. A. Yoqubov markaz faoliyati
haqida axborot berdi. Bunda ikki yil ichida tashkilotning moddiy bazasi
mustahkamlanganligini ma’lum qiladi. Ivrit tilini o‘rganish, bayramlar va
marosimlarni o‘tkazish uchun 30 stol, 50 ta parta, 100 ta stul, o‘quv doskalari sotib
olingan. Yahudiy yozuvchilarining rus va ivrit tilida yaratgan asarlari kutubxonasi

5.

tashkil qilingan. Markaz ivrit tilini o‘rganish bo‘yicha katta sondagi o‘quv
qo‘llanmalari bilan ta’minlangan. Xalq demokratik partiyasi nomi bilan markaz
uchun ajratilgan turar joy binosi ta’mirlangan va uy jihozlari bilan ta’minlangan.
Haftada 5 kun 130 – 150 bolalardan iborat 6 ta guruhda ivrit tili bepul
o‘rgatilishi tashkil etilgan. Bundan tashqari katta yoshlilar uchun ivrit va ingliz
tilini o‘rganishning kechki kurslarida 40 – 60 kishi o‘qimoqda.
Milliy urf-odat, an’ana, bayram va marosimlarni tiklash hamda turmushga
tadbiq etish sohasida katta ishlar qilingan. Masalan, 1991 yil 15 sentyabrda 32
o‘smir 13 yoshni qarshilagani munosabati bilan marosim o‘tkazildi. Bu marosimga
Ierusalim bosh ravvini David Nisanov va Izroil diniy jamoalari arboblari Avraam
Badiev va Benyamin Gulkarovlar taklif etilgan.
1991 yil 8 dekabrda Xanuko bayrami o‘tkaziladi[8]. Bu bayram ikki ming yil
ilgari sodir bo‘lgan voqealar, ya’ni makavsevlar jasoratiga bag‘ishlangan bo‘lib,
bunda vijdon erkinligi va e’tiqod, diniy marosimlarni o‘tkazishga erishilgani
haqidagi mulohazalar bildirilgan. Bayramda To‘hfa Tinxasova rahbarligidagi
“Nozanin” folklor ansambli konserti bilan qatnashadi.
Madaniy markaz tashabbusi bilan Purim bayrami arafasida viloyat va shahar
ijroiya qo‘mitasi sa’y-harakati bilan Buxoroda yangi ikkinchi sinagoga ochiladi.
Bu sinagoga birinchi, ilgarigi sinagoga o‘rnida tashkil etilgan edi. Purim bayrami
sharafiga Nyu-Yorkdagi “Djayn” jamiyati 17 ta kam ta’minlangan shaxslarga
moddiy yordam beradi va 11 ta o‘quvchi a’lo o‘qishi uchun pul mukofoti bilan
taqdirlangan.
1992 yil 18 – 20 fevralda Buxoroga Izroil elchisi Are Levin tashrifi muhim
voqeaga aylangan edi. Elchi Buxoro yahudiylari hayoti va turmushi bilan tanishib,
markazga ham mehmon bo‘lgan.
Yahudiy xalqining asosiy bayrami Pesax ( Paxsa) bo‘lib, 1992 yil 22 aprelda
bu markazda nishonlangan. Bu bayramda Izroil mamlakatidan ham mehmonlar
taklif qilingan. 1992 yil madaniy markaz uchun juda mazmunli yil bo‘lgan. Shu
yili Toshkentdagi “Soxnut” xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda tadbirlar
o‘tkazilgan. Masalan: Toshkent shahrida buxorolik talabalar bilan uchrashuv va
hokazolar.
Oq-tosh dam olish uyiga kam ta’minlangan oilalar bolalari markaz mablag‘i
hisobidan yuborilgan. 1992 yil mayda madaniy markaz Izroil davlati
mustaqilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazdi. Yuqorida o‘tkazilgan ko‘pgina
tadbirlar Shveysariyaning syurix shahridagi “Veshikentam” jamiyati moddiy
yordami hisobiga o‘tkazilganini A. A. Yoqubov alohida ta’kidlaydi.

6.

Yahudiy markazi boshqa milliy-madaniy markazlar bilan birgalikda tadbirlar
o‘tkazishni rejalashtirgan. O‘zbekiston Mustaqillik bayramida tojik markazi bilan
birgalikda dastur tuzib chiqishi bunga misol bo‘la oladi.
O‘rta Osiyoning tub aholisi bo‘lgan yahudiylar tarixida o‘z tadqiqotchilarini
kutib turgan “Oq dog‘lar” talaygina. Milliy-madaniy markaz faoliyatiga tayanib,
bir yarim ming yil avval O‘rta Osiyoga kelib qolgan yahudiylarning shu kunga
qadar yashab, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga o‘zlarining umumiy ulushlarini
faol qo‘shib kelayot-ganligini, ularsiz O‘rta Osiyo tarixini tasavvur qilish
qiyinligini aniqlash mumkin. Buxoro yahudiylari haqidagi ma’lumotlarni ob’ektiv
o‘rganish, yozish va nashr etish ishlari mustaqil O‘zbekiston sharoitida amalga
oshirila boshlandi.
Foydalanilgan manbalar
Yahudiylarning tashqi o'ziga xos xususiyatlari. Erkak va ayollarda
yahudiylarning paydo bo'lishining belgilari. http://migurban.ru/uz/s-chegonachat/vneshnie-otlichitelnye-cherty-evreev-priznaki-evreiskoi-vneshnosti-umuzhchin-i.html
http://e-tarix.uz/vatan-tarixi/715-maqola.html
English     Русский Правила