Похожие презентации:
2
1.
Mavzu: Qadimgi davrdanArab xalifaligi davrigacha
O‘zbekiston tangalari
Tuzuvchi: t.f.f.d. (PhD S. Boymirzayev
2.
Reja1.
Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari
2.
Ilk o‘rta asr O‘zbekiston tangalari
3.
Arab xalifaligi tangalari
3.
Doro I tomonidan bir necha islohotlar amalga oshirilgan, buislohotlardan biri pul islohoti edi. Doro I saltanatni alohida viloyatsatrapliklarga bo‘lib idora qilgan. Har bir satraplik har yili davlat
xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to‘lagan. Soliq miqdori kumush
talantda belgilangan (bir talant 34 gr. oltin). Satrapliklardan soliq
olishning yagona tizimi ishlab chiqilib, unga ko‘ra Doro I oltin darik
tanga birligiga teng edi. Bir darik 8,4 gr oltinga, 20 kumush tangaga,
bir tanga 5,6 gr kumushga teng edi. Oltin darikni faqat shahanshoh,
kumush tangani esa viloyat hokimlari zarb etishi mumkin edi
4.
E.V.Rtveladze Markaziy Osiyo ilk tanga paydo bo‘lgan joylarsarasiga kirmaydi. Buning sababi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
sustligidir. Markaziy Osiyo hududida dastlabki tangalar Eron
Ahmoniylari davrida muomalaga kiritildi. Jumladan, saklar va
Kaspiy hududi 15–satraplik bo‘lib, ular Doro I xazinasiga yiliga
250 talant jarima to‘laganlar. Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Areya
(Eronning shimoli-sharqiy hududi) birga 16-satraplikni tashkil
etgan, har yili 300 talant o‘lpon to‘lagan. Markaziy Osiyo hududi
Ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo‘linib idora etilgan.
Baqtriya, Marg‘iyona bilan birgalikda 21-satraplikni tashkil
etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talant jarima to‘lagan. Bu
davlat tomonidan eramizdan avvalgi VI asrning 30-yillarigacha
oltin (darik) hamda kumush (tsikl) tangalar zarb etilgan
5.
Doro tangasi. Avers. Revers.6.
AleksandrMakedonskiy
tangalari.
Eramizdan avvalgi IV asrning uchinchi choragida
qudratli Ahamoniylar saltanati Aleksandr
Makedonskiy qo‘shinlari zarbasidan quladi.
Makedoniyada Aleksandrgacha otasi Filipp II (er. av.
359-336) pul islohotini o‘tkazib, oltin (oltin tangalar
shoh nomi bilan “Filippik” deb atalgan) va kumush
tangalar zarb etgan. Filipp II vafotidan so‘ng, Aleksandr
Makedonskiy o‘z tangalarini eramizdan avvalgi 334
yilda 22 yoshida zarb etgan.
7.
QADIMGI YUNON TANGALARIDidrahma, kumush, Filipp II, er. av. 356 yil
8.
Eramizdan avvalgi 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiytomonidan Markaziy Osiyo zabt etildi. Aleksandr Makedonskiy
yurishlari natijada uning bosib olgan hududlarida ellinizm davri
boshlangan - bu davr nafaqat madaniyatda balki tangalarda ham
o‘z aksini topgan.
Filipp II faqat o‘z nomi bilan tangalar zarb etgan bo‘lsa,
Aleksandr Makedonskiy “Vasilevs Aleksandr” - podshoh
Aleksandr nomi bilan zarb etgan tangalarda o‘zining yakka
hokimligini ta’kidlagan. “Vasilevs” - tituli Aleksandr
Makedonskiyning siyosatini bildirar edi. Aleksandrdan keyin
barcha shohlar bu nom bilan o‘zlarini ataganlar. Aleksandr
Makedonskiyning oltin tangalarida Aleksandrning va Afina
ma’budasining bo‘rtma portreti tasvirlangan, kumush tangalarida
esa Aleksandr tasvirining bo‘lishi uning xudo deb
ulug‘langanidan dalolatdir.
9.
10.
Aleksandr Makedonskiy tangalarida uning qudratini oshib borishijarayonini quyidagicha kuzatish mumkin:
hukmronlikning dastlabki davridagi tangalarda uning inson
qiyofasidagi tasviri kuzatiladi;
ulkan hududni zabt etgach, Aleksandr Makedonskiy sher terisini
yopingan ma’bud Gerakl tasvirida gavdalantirilgan;
keyinchalik esa o‘zining esa sher terisini yopingani tasvirlangan.
Tanganing aversida qiyofasi Aleksandrga o‘xshab ketadigan, sher
terisi yopingan Gerakl, reversda qo‘lida qush tutgan Zevsning
taxtda o‘tirgan qiyofasida Aleksandrning o‘zi tasvirlangan.
11.
12.
Salavkiylar tangalari.Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‘ng eramizdan avvalgi 323
yili saltanatda sarkarda Diodot taxt uchun shafqatsiz kurash
boshlab yubordi. Makedoniya davlatining o‘rnida bir necha yirik
ellin davlatlari barpo etiladi. Markaziy Osiyoning janubiy
hududlari eramizdan avvalgi 312 yili Salavka I Nikator tashkil
etgan Salavkiylar saltanatning bir qismiga aylandi.
13.
Baqtriyada (Shimoliy Afg‘oniston hozirgi Balx) zarb etilgan birinchitangalarning paydo bo‘lishi Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatidagi
satrapi keyinchalik, uning podshohi Salavkaning o‘g‘li Antiox I Soter
(Salavka va mahalliy vatanparvar Spitamenning qizi Apama nikohidan
tug‘ilgan farzand) nomi bilan bog‘liq. Eramizdan avvalgi 293 yilda
Salavka I ning o‘g‘li Antioxni sharqiy viloyatlar hukmdori etib
tayinlaydi. Dastlab Salavka I va Antiox I Soterning mushtarak
emissiyasida kumush tangalar, keyinchalik esa yagona hukmdor
sifatida Antiox I Soter tangalari zarb etildi. Baqtriyada birinchi
tangalarni Salavkaning o‘g‘li Antiox (er. av. 293-280) zarb qildirgani
yoritilgan. Ya’ni, o‘lkamizda Salavka I ning o‘g‘li Antiox (er. av. 281261) birinchi zarbxona Baqtriyada ochildi. Ularning orasida g‘oyat
qimmatbaho tangalar: stater, tetradrahma va drahmalar bor edi. Antiox I
drahmasining aversida shoh, reversida muguzli ot tasviri tushirilgan.
14.
15.
Bir qancha vaqtdan keyin, Salavkiylar davrida Antiox I Soterningtangalariga taqlidan So‘g‘dda zarbxona ochilgan. Tangalarning
aversiida qisqichbaqa, reversida tomonida asalari ifodalangan,
yunon tilida “Hukmron Antiox” deb yozilgan.
Ellinizm davri tangalarida hukmdor va xudolar tasvirlangan.
Ellinizm davri shohlari o‘zini Aleksandrning vorislari deb
hisoblaganlar. Misr shohi Ptolomey Soter (er. av. 305-283)
tangalarida Aleksandr nomi yozilgan. Kichik Osiyodagi Pont
davlati shohi Mitridat Yevpator (er. av. 132-63) o‘z tangalarida u
ham o‘zini yarim xudo darajasiga ko‘targan.
16.
Yunon-Baqtriya davlati tangalari.Eramizdan avvalgi 280 yilda satrapliklarning markaziy hokimiyatga
nisbatan muholifat harakatlari boshlanib, eramizdan avvalgi III asr
o‘rtalari (250-yillarda) salavkiylar o‘rtasidagi nizolarning kuchayishi
oqibatida Baqtriya noibi Diodot mustaqil hukmronlikka erishib,
Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyonadan iborat mustaqil Baqtriya
davlatini tuzdi. Salavkiylardan ajralib chiqqach, shu davrdan boshlab
tarixda Yunon-Baqtriya podsholigi davri boshlandi. Baqtriya
davlati tarkibiga Baqtriya, Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi ham
kirgan. Poytaxti – Baqtra, shimoliy Afg‘onistondagi Balx shahri o‘rnida
bo‘lgan. Ko‘plab tangalarni zarb etish Yunon-Baqtriya podsholigi
davriga to‘g‘ri keladi. Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari asosan
kumush va misdan, ba’zan tilladan zarb etilgan.
17.
Antiox I tangalariga taqlidan xilma-xil so‘g‘d tangalari paydobo‘ldi.
Davlatning birinchi hukmdori Diodotning I kumush tanga zarb
etib, tangalarda “Shoh Antiox” deb yozdirilgan portreti
tasvirlangan. U umrining oxirigacha o‘z nomini yozdirmagan.
Tanganing reversida qo‘lida chaqmoq va burgut ushlagan Zevs
tasvirlangan.
Diodot II ham huddi shunday tasvirli tangalarni zarb etdi.
Diodotni taxtdan tushirgach, Yevtidem o‘z tangalarida Geraklni
aks ettirdi. Demetriy tangalarida ham Gerakl tasvirlangan, ammo
Geraklning boshida gulchambar bo‘lib, bu Mitraning tasviri bilan
qo‘shilgan edi.
18.
Ellinizm davrida yunon madaniyati bilan mahalliy ya’ni, gibridtangrilar tasvirlangan.
Sh.Pidayevning “Qadimgi Termiz” nomli kitobida yoritilishicha,
Yunon-Baqtriya shohlari tangalaridagi rasmlar zo‘r mahorat bilan
aks ettirilgan, medal’erlar shohlarning faqatgina tashqi qiyofasini
real tasvir qilibgina qolmay, ularning fe’l-atvorlarini ham ochib
berishga muyassar bo‘lganlar. Bu tangalar medal’erlik san’atining
eng yorqin namunalaridir. Shoh Yevtidemning tangasida bu holat
kuchli namoyon bo‘lgan. Tanganing aversida yunonlarning
afsonaviy pahlavoni Geraklning boshi tasvirlangan. Reversida
chopayotgan ot tasviri tushirilgan va yunon tilida “Shoh
Yevtidem hukmdor” so‘zlari bitilgan.
Diodot I, Diodot II, Yeftidem II, Yevkradit I davrlarida ko‘plab
tilla tangalar zarb etilgan.
19.
Yunon-Baqtriya podsholigi tangalarining nomlari yunonchabo‘lgan:
- tanga- stater;
- kumush tangalar – tetradrahma, drahma, obol deb atalgan.
Tangalarning og‘irligi yunon tangalarining og‘irligiga teng
bo‘lgan. Aniqrog‘i, oltin tanga 8,6 gramm, tetradrahma 16
grammga, 1 stater – 5 tetradrahma yoki 20 drahmaga teng
bo‘lgan.
20.
Ular orasida Yevkraditning 20 staterli (160 gr.) tangasi antikdunyoning eng yirigidir. Yunon-Baqtriya kumush tangalari asosan
bir andozada bo‘lib, aversida hukmdor, reversida ma’budlar Zevs,
Gerakl, Poseydon, Germes, Apollon, Dionis, Gelios, Artemida,
Afina, Nika, sakrayotgan tulporda Dioskur rasmi ifodalangaan.
21.
Yunon-Baqtriya tangalarida andozaga tushib qolgan tasvirlardanchekinish hollari ham uchrab turadi. Masalan, podsho Yevkradit
davrida zarb etilgan tangalardan, aversida “Ulug‘ shoh Yevkradit”
yozuvi, reversida peshonasiga tillaqosh taqqan ayolning yon
tomonidan olingan sur’ati aks etgan. Sur’atning tagida - Geliokl
va Laodika deb yozilgan.
Aleksandr, Antiox, Diodot va Yevtidem sharafiga bag‘ishlangan
tangalar ham diqqatga sazovor. Bunday metall tangalardan biri
Yevtidem sharafiga Antiox tomonidan Panjikentda, Diodot va
Yevkratid sharafiga Agafokl tomonidan zarb etilgan 3 ta tanga
Buxorodan dafina ichidan topilgan.
22.
Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriya saltanati tarkibigaqo‘shilgandan keyin, zarb etilgan tangalarda Xaroshtx yozuvi,
shuningdek fil, zebra, buqa, qora qoplon tasvirlangan, mis
tangalarida turli hayvonlar tasvirlangan. Tangalar to‘rtburchak
shaklini olgan. Tangalarda aks etgan Yunon-Baqtriya
podsholarining tasvirlari podshoning o‘z chinakam sur’atidir.
Yunon-Baqtriya qudratini saqlab qola olmadi, uning katta
hududini Parfiya bosib oldi, shimoldan yuechji qabilalari
yopirilib kela boshlaydi. Eramizdan avvalgi 141-128 yillarda
Baqtriya davlatining taqdiri uzil-kesil hal bo‘ladi. Bu haqda
E.V.Rtveladzening “So‘g‘d va Baqtriya podsholiklarida Yevtidem
hamda Geliokl tetradrahmalari va Yevkradit obollariga o‘xshab
zarb etilgan tangalar keng rasm bo‘lgan edi” - degan fikrini
keltirish mumkin.
23.
So‘g‘diyona, Choch, Xorazm tangalarining sifati va tayyorlanishtexnikasi bo‘yicha Baqtriyanikiga tenglasha olmagan. Baqtriyada
kandakorlik san’ati yuksak taraqqiy etgan edi. Yunon-Baqtriya
podsholigi nodir san’atining namunalari bo‘lgan tangalar
yordamida podsholikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy hayoti
haqida ma’lumotlar olish mumkin.
Baqtriya davlatida iqtisodiy xo‘jalik, hunarmandchilik,
madaniyat, shahar hayoti, savdo bitimlari uchun kumush
tatradrahmalar va drahma qatorida, kichik savdo aloqalari bilan
bog‘liq bo‘lgan mis tangalar ham zarb etilgan.
24.
25.
Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qo‘rg‘onida o‘tkazilganarxeologik qazilmalar natijasida E.V.Rtveladze va S.A.Savchuk
tomonidan yunon – baqtr tangalari ham topilgan:
1. Diodot (250-230 er.av.) - Aversda hukmdorning o‘ng tomonidan
olingan tasviri. Sochlari diadema bilan o‘ralgan hukmdor qiyofasi
profilda tasvirlangan, Reversda ilon surati. Misdan yasalgan, 4gr.
2. Yevtidem (er. av. 235 – 200) - Aversda soqolli Gerakl tasviri,
Reversda yugurib ketayotgan ot tasvirlangan. Ot tasviri ustida legenda
mavjud bo‘lgan. 8 gr og‘irlikda.
3. Demetriy (er. av. 200 - 185)- Aversda filning boshiga o‘xshash bosh
kiyim kiygan shoh tasvirlangan. Nuqtali obodok. Reversida legenda.
Mis, og‘ir 7,8 gr, diametri - 2,7 sm.
4. Yevkratid (er. av. 171-155) - Aversda shohning jingalak sochlari
diadema bilan o‘rab olingan, Reversda otliqlar (Dioskur) tasvirlangan.
5. Geliokl (er. av. 155-140) - Aversda qo‘sh diadema bilan sochlari
o‘rab olingan. Refersda xiton kiyib olgan Zevs, bir qo‘lida perun
(hokimyat ramzi), yana bir qo‘lida nayza tasvirlangan.
26.
Yunon - Baqtriya podsholigi tangalarida Selevka an’analarinidavom ettirgan. Tangalarning aversida podsho rasmi, reversida
esa yunon xudolari (Apollon, Artemida, Afina, Gerakl, Zevs,
Poseydon va boshq.) birining rasmi ifodalangan. Ammo mahalliy
ta’sir ham pul zarb etish ishlarida sezilarli bo‘lgan. Jumladan,
yunon xudolarining ba’zi bir xususiyatlari Sharq xudolarining
ba’zi jihatlariga o‘xshash holda aks ettirilgan. Yunon-Baqtriya
tangalari medal yasash san’atining go‘zal namunalari hisoblanadi.
Qichkinagina yumaloq doiraga tushirilgan podsholarning rasmi
bizning davrgacha еtib
kelgan o‘sha hukmronlarning yakkayu-yagona asl, rasmlari
hisoblanadi. Bu rasmlar tarixiy shaxslarning qo‘lyozma
manbalarda ifoda etilmagan qiyofalari va his-hayajonlarini aks
ettiradi
27.
Eramizdan avvalgi 293-280 yillar mobaynida Baqtriyadavlatining sharqiy viloyatlari noibi Salavkaning o‘g‘li Antiox
tomonidan birinchi marta yunon namunasi bo‘yicha o‘lkamizda
tanga zarb etdilar. Bu tangalarning nomlari turlicha edi,
oltindan qilingan pullar stater,
kumush-pullar – tetradraxma, draxma, yarim draxma deb atalgan.
Hatto pullarni og‘irligi yunon o‘lchov birligi bo‘yicha, ya’ni
tetradraxmalar 16 gr, draxmalar 4 grammni tashkil etgan.
Kundalik savdoda foydalanish uchun mo‘ljallangan mis tangalar
ham chiqarilgan.
28.
Kushon tangalariBosh hukmdor Kudzula Kadfiz shohlar-shohi – “Yabg‘u”
unvoniga sazovor bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy asarida
izohlangan “Yabg‘u” atamasi Kushon tangalari orqali bizgacha
еtib kelgan. Bu muhim dalil Kushonlar asosan turkiy xalqlar
birlashmasidan iborat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kudzula
Kadfizning siyosiy-iqtisodiy islohotlari tufayli taraqqiy etgan bu
quldorlik davlati O‘zbekiston hududida yuksak darajaga
ko‘tarilgan
29.
Baqtriyada Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga nisbatan anchaertaroq tangalar zarb qilingan, tovar pul muomalasi esa yuqori darajaga
ko‘tarilgan. Baqtriya Kushon davlati tarkibiga kirgan. O‘rta Osiyoda
kushonlargacha kumush tanga zarb qilingan, Kushon podshosi Vima
Kadfiz islohot o‘tkazib, oltin tanga zarb qilishga asos soldi.
Mamlakatda dinor, qo‘sh dinor, yarim dinor, chorak dinorlar
muomalada bo‘lgan. Bir dinor 8 gr oltinga teng bo‘lgan bo‘lsa, qo‘sh
dinor 16 gr, yarim dinor 4 gr, chorak dinor 2 gr.ga teng bo‘lgan.
Mazkur tangalar xalqaro savdoda muhim o‘rin egallagan Rim
oltinlariga yaqin turardi. Kushonlar davrida mis tangalar ham ko‘plab
zarb qilingan. Surxondaryoda Kushonlarning yuzlab mis tangalari
topilgan. O‘rta Osiyoda bunday hol oldin bo‘lmagan. Bu kundalik
mayda savdoning xalq orasida qanchalik rivojlanganligidan dalolat
beradi.
30.
O‘rta Osiyo qabilalari otni ulug‘laganlar. Ot tasvirining tangadajoylashtirilishi bu еrda qudratli davlatning paydo bo‘layotganidan
dalolat beradi. Ot tasviri bo‘lgan tangalar asosan Surxondaryoda
Dalvarzintepa, Xolchayon atrofidan topilgan. Yangi davlatning
taraqqiyotini tangalar aversidagi tasvir ham o‘zgardi. Unda
shohning haykali tasvirlangan. Uning yuz qiyofasi Xolchayonda
topilgan haykallarga o‘xshaydi. Tangalarning reversida otliq kishi
tasvirlangan va yunon harflari bilan bitilgan so‘zlar mavjud.
Umuman, ellin, kushon, (mahalliy, turk) hind qo‘shma
madaniyati rivojlanib, buyuk san’at namunalari yaratilgan.
Kadfiz II pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etib, tashqi
savdoni yo‘lga qo‘yadi. Kanishka tangalarida yunoncha so‘zlar
o‘rniga baqtr tilida yozilgan so‘zlar paydo bo‘lgan.
31.
Kushon mis chaqalarida hukmdorning ismi yo‘q, faqat mansabi valaqabini anglatuvchi “Shohlar shohi buyuk haloskor” degan yunon
yozuvi mavjud. Ilmda “Soter Megas” (noma’lum shoh) tangalari
M.E.Masson fikricha, Kudzula Kadfiz tomonidan zarb etilgan.
O‘zbekiston va Tojikiston janubida olib borilgan arxeologik
qazishmalarda ko‘p uchraydi. Bu borada akademik A.Asqarov
quyidagilarni keltirib o‘tadi: “Xitoy 46
manbalari va arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, Kudzula Kadfiz 80
yil yashab, eramizning birinchi yarmida podsholik qilgan. Uning o‘g‘li
Vima Takto “Soter Megas” (noma’lum shoh) nomi ostida podsholik
qiladi. U uzoq vaqt hukmronlik qilmagan ko‘rinadi. Chunki 51 - yilda
hokimiyatga Kudzula Kadfizning boshqa o‘g‘li Vima Kadfiz (51-78)
kelib, Hindistonning Banorasga qadar hududini bosib oladi”. “Soter
Megas” tangalarining aversida qo‘lida kalta va еngil nayza ushlagan
shoh aks etgan. Ba’zi tadqiqotchilar bu shoh siymosi emas, balki
ma’bud Mitra deb taxmin qilishadi. Tanganing reversida qo‘lida jang
boltasi – tabar-zagnul tutgan otliq shoh tasvirlangan
32.
Kadfiz II pul islohotini o‘tkazib, yangi tanga tizimi asosiy stateri8,03 gr. keladigan turli sifatdagi tillalar zarb etishga asoslangan
bo‘lib, ikki xil tanga joriy etilgan:
- biri 16,07 gr.
- ikkinchisi 2,01 gr.
Shuning bilan bir qatorda 16-17 gr. vaznli mis tangalar ham
muomalaga chiqarilgan. Tangalar aversida yuzi yon tomonidan
aks etgan shoh mehrob oldida tik turganicha diniy ibodat
etmoqda. Bu tipdagi kohin-shoh tasviri Kanishka, Vasudeva,
Kanishka III tangalari reversida homiy ma’budalar tasviri bor.
Kadfiz II va Vasudeva tangalarida homiy ma’buda buqa Nanda
yonida turgan hind ma’budasi Shiva namoyon bo‘ladi.
33.
Eftaliylar tangalari.O‘rta Osiyoda eftaliylar davlati eramizning V
asr oxiri — VI asr boshlarida ravnaq topib,
uning hududi hozirgi Afg‘oniston, O‘rta Osiyo
va Sharqiy Turkiston viloyatlarini o‘z ichiga
olgan. Uning asosiy negizini Baqtriya,
Tohariston tashkil etgan va poytaxti Balx
shahridir.
34.
O‘rta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarimmustaqil mulklar konfederatsiyasidan iborat bo‘lib,
ularni Eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar
boshqargan. Bu еrda markazlashgan tartibda zarb
qilinmagan, aksincha deyarli har bir mulk mustaqil
o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb qilgan.
35.
Saltanatda bir necha turdagi yozuvlar (sug‘d, baqtriy, braxmi vaboshq.) mavjud bo‘lgan, lekin baqtriy davlat yozuvi hisoblangan.
Eftaliylarning o‘zi dastlab ko‘chmanchi bo‘lib, keyinchalik
shaharlarni bosib olishlari bilan, o‘troq hayotga o‘tganlar. Shu
tufayli Vizantiya tarixchilari (Menandr) Eftaliylarning shahar
qabilasi sifatida ta’riflaydi.
Eftaliylar o‘t va quyoshga sig‘inishgan, O‘rta Osiyodagi esa —
buddaviylik, manixeylik, xristianlik, zardushtiylikka e’tiqod
qilishgan.
36.
Eftaliylar dastlab ichki va tashqi savdoda Sosoniy hukmdorlarVaraxran V va Peruzning kumush tangalaridan foydalanardilar.
Keyinchalik Eftaliylar Varahran V tangalariga taqlidan aversida
qulog‘iga xalqa taqqan tojdor podshoh, reversida markazda
otashkada va ikki atrabon tasvirlangan kumush tanga zarb
qiladilar. Bu davrda Buxoro, Poykand, Naqshab, Samarqand va
Xorazmda mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqalar
mamlakat ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan.
VI asrning 60-yillar oxirida Eron sosoniylari bilan sulh
shartnomasi tuzgan turk hoqonlari tomonidan zarbaga uchragach,
eftaliylar davlatiga nuqta qo‘yildi.
37.
G‘arbiy Turk xoqonligi tangalari.G‘aybulla Boboyorov arxeologik ma’lumotlarga tayanib, O‘rta Osiyoda
mustaqil tangalarni zarb etishning hududiy ketma-ketlikda, tarixiy
davrlari bilan yoritib, Turon hududidagi tangalardagi yozuvlar asosida
o‘sha davr tarixini yoritib bergan. Jumladan, So‘g‘d va Xorazmda tanga
zarb etish miloddan avvalgi I asrlarda boshlangan bo‘lsa, uning shimoliy
hududlarida bu jarayon keyinroq boshlangan. Demak, Chochda
(Toshkent vohasi) tanga zarb etilishi II—III asrlarga to‘g‘ri keladi.
Sirdaryo (Tarband, O‘tror), Farg‘ona, Ustrushon va Jetisuda ham
keyinroq VII—VIII asrlarda zarb etilgan
38.
Tarixshunoslikda “G‘arbiy turk xoqonligi” xoqonliginingg‘arbiy qismi: Oltoy tog‘lari g‘arbidan to shimoliy qora
dengizgacha, Volga–Ural bo‘ylaridan to shimoliy
Hindistongacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan saltanatdir.
Toshkent vohasidan topilgan mis tangalardagi so‘g‘diy
yozuvlarda trbw y’y’n – “Tardu hoqon”, cpyw y’y’n pny –
“jabg‘u xoqon tangasi” va twn cpuw y’y’n pny – “Tun
jabg‘u xoqon tangasi” shaklida o‘qib chiqilishi ilk bor
g‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlari o‘z nomidan tanga zarb
qildirganlar, degan fikrga asos bo‘ladi. Ushbu tangalarning
aversida o‘ng tomonga yo‘nalgan otliq tasviri, reversida esa
o‘ziga xos tamg‘a bo‘lib, uning atrofida so‘g‘diy yozuvda
cpyw y’y’n pny – “jabg‘u xoqon tangasi” deb yozilgan.
39.
Ushbu tangada “jabg‘u xoqon” deb yozilishi uning g‘arbiy Turk xoqonligibilan aloqasini ko‘rsatadi. Mazkur tangalarning Toshkent vohasidan ko‘plab
topilishi ularning Choch hududida zarb qilinganini bildiradi. Biroq,
tangalarning aynan qaysi hukmdorga mansubligi masalasini еchish birmuncha
mushkul. Chunki manbalardan ayon bo‘lishicha, xoqonlaridan bir nechtasi
yabg‘u xoqon unvoni bilan hukmdorlik qilgan. Istemidan to Ishbara (640-641)
xoqongacha bo‘lgan hukmdorlar “yabg‘u xoqon” tarzida tilga olingan. Bu esa
ushbu tangalarning Istemi davridan boshlab chiqarilganmi yoki uning
avlodlaridan biri davridami masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Shunga qaramay,
yabg‘u/jabg‘u xoqon unvonining tangalarda uchrashi, ularning aynan g‘arbiy
Turk xoqonligiga talluqli ekanidan darak beradi.
40.
Toshkent vohasidan topilgan numizmatik materiallar orasidatwn cpyw y’y’n pny - “tun jabg‘u hoqonning tangasi” so‘zlari
va “jabg‘u xoqon…” unvonli tangalar bilan bir xil tamg‘a aks
etgan tangalar uchraydi. Jumladan, ushbu turdagi tangalarning
uchta asosiy tipi zarb qilingan:
1) Chordana qurib o‘tirgan hukmdor
2) Qo‘shaloq portretli xoqon va xotun
3) Ustida yarim Oy va yulduz (yoki Quyosh) ramzi aks etgan
ot tasvirli tangalar.
41.
G‘arbiy Turk xoqonlariga xos tangalar sarasiga Farg‘ona vodiysi (Quva)dantopilgan tangalar ham kiradi. Toshkent vohasidan topilgan tangalardan farqli
o‘laroq, Quva tangalarida turkiy-run yozuvida –aversida “xoqon”, reversida sug‘d
yozuvida y’y’n pny - “xoqon puli” so‘zlari bitilganidir.
Tangalardagi tamg‘alar - “tog‘ echkisi, Arxar” tasviri VII-VIII asrlarga mansub
Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon va boshqa O‘rxun-Enasoy obidalarida ham aks
etgan. Buyuk Turk xoqonligining xonlik tamg‘asidir. Ulardagi hukmdorlar tasviri
esa qadimgi turkiylarga xos qiyofada - elkagacha tushgan uzun soch, soqolsiz, keng
yumaloq yuz, bir oz qisiq ko‘zli aks etgan
42.
Qadimgi turkiy davlatchilik an’analariga ko‘ra, hukmdorning boshayoli “xotun” unvoniga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol
ishtirok etgan va saroyda xoqondan keyingi o‘rinda turgan. Aytish
mumkinki, hoqon bilan yonma-yon turgan uch muguzli bosh
kiyimdagi xotun tasvirli tangalarning topilishi turkiy davlatchilik
tizimida ayollarning mavqei yuqori darajada bo‘lganligini
ko‘rsatadi.
Choch tangalari orasida biri o‘ng tomonga qarab, biri to‘g‘riga
yuzlangan hukmdor va malika tasvirlari mavjud. Tangalarning
reversida yuqoridagi tangalarga o‘xshash tamg‘a va so‘g‘dcha pny
cpyw yrcrbnk – “yabg‘u El –Chirdanakning tangasi” so‘zlari
yozilgan.
43.
G‘arbiy Turk xoqonligi tomonidan Choch vohasidabostirilgan tangalarda boshqaruvchilar quyidagi unvonlar
ierarxiyasiga amal qilingan holda tanga zarb
qildirishgan:
- G‘arbiy xoqonlik Yabg‘ulik statusida ekan, faqat
jabg‘u/yabg‘u (Yabgulik - VI asr 60 yillari oxirgi
choragi);
Yabg‘u-xoqonlik pallasida jabg‘u/yabg‘u xoqon (Yabgu
xoqonlik -VI asr oxiri – VII asr 30 yy.)
- Sharqiy Turk xoqonligi davlat sifatida barham topgach‚
G‘arbiy G‘arbiy Turk xoqonligi mustaqil davlat
xoqonlikka aylangachi xoqon (xoqonlik – 630 - 740 yy.).
44.
G‘arbiy xoqonlikni 657 yildan to 740 yilgacha boshqargan 10ga yaqin xoqon Xitoyga tobe o‘laroq hukm suradi. G‘arbiy
Turk xoqonligining qarorgohlaridan biri Choch vohasida
joylashgan, xoqonlikning ilk tanga-pullari, asosan, aynan
ushbu vohada, qisman esa Farg‘ona vodiysida zarb qildirilgan.
45.
VI-asr oxiri - VII-asr boshlarida Chochdazarb qilingan tanga
46.
VII-VIII asrlarda mahalliy sulola va turkiy tudunlar sulolalarboshqarganlar. Choch hukmdorlari tangalarini 3 guruhga
ajratish mumkin:
- vohaning bosh hukmdor sulolasi bo‘lmish Choch teginlar
tangalari;
- ikkinchi darajali sulola mavqeidagi Choch tudunlari
tangalari;
- mahalliy sulola tangalaridir.
E.V. Rtveladze ilk o‘rta asrlarga oid Choch tangalarida 6 xil
tamg‘a uchrashi, bu esa vohada shuncha kichik hokimliklar
mavjud bo‘lganidan darak berishini yozadi.
47.
III – IV asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Aversida chaptomonga qaragan hukmdor boshi tasvirlangan. Reversida esa mil. av.
III – eramizning III asrlarida hukm surgan va markaziy boshqaruvi
Choch vohasida joylashgan Qang‘ davlatiga xos tamg‘a mavjud bo‘lib,
uning atrofida sug‘diy yozuvda s’s’n n’ps wnwn γwβ - “Choch
jamoasining muzaffar hukmdori” jumlalari o‘rin olgan. Tanganing
hajmi 2,13 sm, og‘irligi 3,7 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.
48.
So‘g‘d tangalari.So‘g‘diyona O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‘lib,
uning hududida ilk o‘rta asrlarda 3 ta mustaqil yirik viloyat
hokimliklari bo‘lgan:
- Panjikentdan to Karmanagacha bo‘lgan tumanlar So‘g‘dni tashkil etib,
uning markazi Samarqand hisoblangan.
- Zarafshon vohasining Karmanadan g‘arbda joylashgan tumanlari
g‘arbiy So‘g‘dni tashkil etgan. Markazi Buxoro bo‘lgan.
- Qashqadaryo havzasida tarkib topgan tumanlar janubiy So‘g‘d еrlarini
tashkil etgan.
49.
E.Rtveladzening “Древние монеты Средней Азии” nomlikitobida so‘g‘d tangalari bir necha turkumga tasniflangan:
Antiox I Salavkiylar tangalariga taqlidan zarb etgan, reversida otning
boshi tasvirlangan kumush va mis tangalar (eramizdan avvalgi II-I
asrlar va eramizning I asri)
2. Aleksandr Makedonskiy drahmasiga borib taqaluvchi, Gerakl va
Zevs tasviri tushirilgan, ammo so‘g‘d yozuvi bor kumush tangalar.
3. Chopib ketayotgan ot va tik turgan tangri tasviri tushirilgan kumush
tangalar.
4. Tirandoz tasviri hamda so‘g‘d yozuvlari tushirilgan tangalar.
5. Yunon tilidagi so‘g‘d yozuvli Yevtidem tetradrahmalariga taqlidan
zarb etilgan tangalar.
50.
Hozirgi paytgacha So‘g‘d mis tangalari kam uchraganidan, so‘g‘dtanga tizimi monometallik, ya’ni bir turdagi ma’dan – kumushning
ishlatilishiga asoslangan bo‘lishi mumkin. So‘g‘d tangalarining
aversida hukmdorning yon tomonidan berilgan sur’ati va reversida
tirandoz, nayza ushlab turgan ma’bud, chopib ketayotgan ot yoki
shohli ot boshining sur’ati berilgan.
Dastlabki tangalar reversida o‘ng qo‘lida nayza tutgan, kiftlari uzra
olov yolqinlanuvchi, nigohi to‘g‘riga qaragan tangri tasvirlangan.
Keyinchalik chopib borayotgan ot sur’ati paydo bo‘ladi.
51.
Farg‘ona tudunlari tangalari.Farg‘ona vodiysida tanga zarb qilish an’anasi eramizning VII asrda
yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. Mamlakatimizning boshqa
hududlariga nisbatan Farg‘ona vodiysining islomgacha bo‘lgan
tangalari o‘z turi va miqdoriga ko‘ra nisbatan kamchilikni tashkil etadi.
52.
Xorazm tangalari.Xorazmda uzoq muddatli mustaqillik mobaynida tangani
mustaqil zarb etishdagi qadamlar eramizning I asriga borib
taqaladi. Bu tangalarni Yevkradit tetradrahmalariga taqlidan
yirik kumush tangalar zarb etilgan bo‘lib, ularda “Xorazmiy”
deb ataluvchi o‘ziga xos tamg‘a paydo bo‘lgan. Tanganing
reversida an’anaviy tarzda tulpordagi Dioskur o‘rniga - o‘ngga
qaragan chavandoz tasvirlangan.
53.
Arab xalifaligi tangalari.Arablar xalifaligining pul tizimi ham Vizantiya va Eron
ta’sirida rivojlandi. Islomgacha Arabistonda 4 gramm
og‘irligidagi Eron kumush drahmasi va 4,45 grammli
Vizantiya oltin nomismasi muomalada bo‘lgan.
Birinchisi arab kumush dirhamisi va ikkinchisi arab oltin
dinorining prototipiga aylandi.
54.
Ilk arab tangalari dastlabki tadqiqotchilaridan biri taniqli russharqshunosi, arxeologi va numizmati Vladimir Gustavovich
Tizenxauzen (1825-1902)ning 1873-yilda nashr etilgan o‘rta
asr arab pul tizimi tarixiga oid “Sharqiy xalifalik tangalari”
nomli fundamental ilmiy asari hozirgacha o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Kitobda Arab xalifaligining butun tarixi
davomidagi tangalar haqida deyarli to‘liq tasavvur berilgan va
o‘rta asr arab tangalari, jumladan, oltin dinorning katalogdeterminanti hisoblangani haqidagi qimmatli ma’lumotni
beradi.
55.
Vizantiya solid tangalari va Eron sosoniylari tangalari muomadabo‘lgan va shu tangalarga taqlidan xalifalik ham o‘z tangalarini zarb
qilgan va ularni shu tangalarga taqlidan dinor va dirhamlar deb
atashgan.
56.
Xalifalikning dastlabki yillarida ham uning savdosi Vizantiyaoltinlari va Eron Sosoniylari kumush tangalarida olib borilar edi.
Keyinchalik Arab-Vizantiya va Arab-Sosoniy tangalari paydo bo‘ldi.
Arab-Vizantiya tangalarida imperator xoch va shar bilan
tasvirlangan. Ikkala tomonda yunon va arab afsonalari
joylashtirilgan. Keyin imperator o‘rniga qilichli xalifa keladi va
yunon afsonalari Qur’ondan arabcha so‘zlar bilan almashtiriladi.
57.
58.
VII asr oxirida Abdumalik Ummaviy pul islohotini o‘tkazib, musulmon tangasinizarb qilgan. Shundan e’tiboran tangalar sof epigrafik, ularda suratlar yo‘qotilib,
faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo‘ldi. Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar ikki
tomonida ham tasvirlarning yo‘qligi bilan oldingi tangalardan ajralib turadi. Astasekin yozuvlar bir tartibda yozila boshladi.
Tanganing aversiga “La iloha illolloh”, reversiga esa “Muhammad Rasul Olloh”
degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar suralardan iborat bo‘lgan. Tanganing
aversida zarbxona nomi, hijriy hisob bo‘yicha zarb etilgan yil keltirilgan.