7.66M

A6IzUokvbJ8FtmOsMvzneFMqcRl0xwmc4TzXjGU6

1.

MAVZU: XRISTIANLIK

2.

Reja:
1. Xristianlik tarixi, ta'limoti va marosimlari
2. Xristianlikda ilk bo‘linishlarning yuzaga kelishi
3. Xristianlikdagi oqimlar
4. O‘zbekistonda xristianlik tarixiga oid
ma'lumotlar

3.

Xristianlik dini - jahon dinlaridan biri hisoblanadi;
Xristianlikka e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd.
600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli
uchdan biriga to‘g‘ri keladi;
Xristianlik hozirgi kunda ko‘proq Yevropa,
Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida
hamda qisman Afrika va Osiyo qit'alarida
tarqalgan.

4.

Xristianlik tarixi
Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining
sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga kelgan;
Iso Masih Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili
Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz
Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi;
Yangi eraning boshlanishi Iso Masihning dunyoga
kelishi bilan bog‘liq.

5.

Xristianlik dinining asoschisi Iso Masih:
Xalq kutayotgan haloskor;
Yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan
tozalash g‘oyasi bilan chiqqan;
Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan
quvg‘in qilganlar;
Iso 33 yoshida fitnachilikda ayblanib, qatl etishga
hukm qilingan.

6.

7.

Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy
tili - ivritdagi “moshiax” so‘zidan olingan bo‘lib,
“silangan”
yoki
“siylangan”
ma'nolarini
beradi.
Grekchada bu so‘z “xristos” (“christos”) shakliga ega.
Bu dinning “xristianlik” yoki “masihiylik” deb atalishi
ham shu so‘zlar bilan bog‘liq.

8.

Bibliya
Yahudiylik va xristianlik dinlari ta'limotiga ko‘ra, Xudo
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va ahloq
qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar
majmuasidir.
Bibliya tarkibiga kirgan:
Yahudiy diniga taalluqli kitoblar «Qadimiy ahd»,
Xristian ta'limotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd»
deb nomlanadi.

9.

Bibliya (biblia) - so‘zi grek tilida “kitob”, “o‘ram”
ma'nolarini anglatadi;
Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan,
protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat;
Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning
xabar berishicha, Qadimiy ahdda 24 ta kitob;
Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha,
22 ta kitobdan iborat.
Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin
(1545-1563), katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta
kitob kirgizadilar.

10.

Injil
“Injil” - so‘zi yunoncha “evangelion” so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, hushxabar ma'nosini anglatadi;
Unda
odamzodni qutqaruvchi yagona Najotkor
hisoblanmish Iso Masihning yer yuziga yuborilganligi
haqida hikoya qilinadi;
Injil milodning birinchi asrida yozilgan, 27 bo‘limdan
iborat

11.

Xristianlik ta'limoti
Xristianlik Ota-Xudo, O‘g‘il-Xudo va Muqaddas ruh
-Uch qiyofali Xudo (Troitsa - Trinity) ko‘rinishga ega
xudo to‘g‘risidagi ta'limotni,
jannat va do‘zax,
oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa
aqidalarni o‘z ichiga oladi.

12.

milodning IV asri boshlarida 324 yili xristianlik Rim
imperiyasida davlat dini deb e'lon qilingan;
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya
Nikeya shahrida I Butun Olam Xristian Soborini
chaqirdi(pasxani bayram qilish vaqti belgilangan);
381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian
Sobori bo‘lib o‘tdi(“troitsa” haqidagi qoidani ishlab
chiqqan va “e'tiqod timsoli”ni qonunlashtirgan).

13.

“E'tiqod timsoli” 12 qismda ifodalandi:
1. Olamni yaratgan Xudo;
2. Nasroniylikda Xudoning o‘g‘li hisoblangan Iisus Xristosga
imon keltirish;
3. Ilohiy mujassamlashuv;
4. Isoning azob-uqubatlari va o‘limi;
5. Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta
tirilganligi;
6. Isoning meroji;
7. Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba yerga qaytishi);
8. Muqaddas Ruhga imon keltirish;
9. Cherkovga munosabat;
10. Cho‘qintirishning gunohlardan forig‘ qilishi;
11. O‘lganlarning ommaviy tirilishi;
12. Abadiy hayot

14.

Xristianlik marosimlari
Rojdestvo
Cho‘qintirish
Pasxa

15.

16.

Xristianlikdagi oqimlar:
Pravoslav oqimi(240 million kishi) asosan:
Sharqiy Yevropa,
Yaqin Sharq,
Bolqon mamlakatlarida tarqalgan.
Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan
olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida
uchraydi.

17.

Xristianlikdagi oqimlar:
Katolik oqimi (taxminan 800 mln. Kishini) asosan :
Yevropa,
Osiyo,
Afrika
Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan.
Katolitsizm
umumiy, dunyoviy degan
ma'nolarni ifodalaydi. Uning birinchi Yepiskopi
apostol Petr bo‘lgan. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash
huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular
uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar.

18.

19.

Xristianlikdagi oqimlar:
Protestantlik (protestantizm)(taxminan 647 million
kishini tashkil etadi ) - (lotincha - norozi bo‘lish,
kelishmaslik) - XVI asrda katoliklik yo‘nalishidan
ajralib
chiqqan
yo‘nalishlardan biri
xristianlikdagi
uch
asosiy

20.

Protestantizmning ilk shakllari:
lyuteranlik:;
Svinglichilik;
Kalvinizm;
Unitarizm va sotsinchilik;
Anabaptizm;
Mennonitlik;
Anglikanchilik

21.

Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha
qit'alarida keng tarqalgan. Uning jahon markazi
AQSHda, bu yerda:
baptist;
adventist;
Iyegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari
joylashgan.

22.

23.

O‘rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini:
Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar O‘rta
Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida
kirib kelganlar.
280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan;
Samarqandda (310 yildan);
Marvda (334 yildan);
Hirotda (430 yildan);
Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa
shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan;
X
asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent
viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan.

24.

1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda
Turkiston yeparxiyasini ochishga qaror qilindi;
1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o‘zining
yangi ibodatxonalari sonini ko‘paytirishga harakat qildi;
1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug‘i bilan Turkiston
kafedral sobori Almatidan Toshkent shahriga ko‘chirildi;
2011 yil 27 iyul kunidan e'tiboran sobiq Toshkent va O‘rta
Osiyo yeparxiyasi o‘rniga to‘rt mustaqil yeparxiya tashkil
etildi.
Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila
boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan;
Vatikan davlati O‘zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1
fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr kuni ikki taraflama
diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

25.

E’tiboringiz uchun rahmat!
English     Русский Правила