Похожие презентации:
Dinshunoslik
1.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGITOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DINSHUNOSLIK
HSM
2
Milliy Dinlar
MAVZU
KARIMOVA GULCHEHRA
ABDUKARIMOVNA
DINSHUNOSLIK
Gumanitar fanlar kafedrasi
katta o’qituvchisi
1
2.
REJA:1. Yahudiylik dini
2. Hindiston dinlari: vedizm, braxmanlik, hinduiylik,
jaynizm va sikxizm
3. Xitoy va Yapon dinlari: Konfutsiylik. Daochilik.
Sintoiylik
DINSHUNOSLIK
2
3.
Milliy dinlar uzoq evolyutsiono’zgarishni
boshidan
kechirgan
bo‘lib, ibtidoiy tuzumdagi totemizm,
animizm, fetishizm, shomonizm,
sehrgarlik, avlodlar ruhiga sig’inish
dinlariga hamda politeizmning
qorishmasi asosida vujudga kelgan.
Shu boisdan ayrim milliy dinlarda
ko’p xudolarga, ayrim milliy dinlarda
esa
yakka
xudoga
sig’inish
shakllangan.
DINSHUNOSLIK
3
4.
YahudiylikYahudiylik dunyoda keng
monoteistik dinlardan biridir.
tarqalgan
Yahudiylik miloddan avvalgi II ming
yillikning oxirlarida Falastinda vujudga
kelgan yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan
dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib,
faqatgina yahudiy xalqiga xos.
Eng yirik yahudiy jamoalari Isroilda 5,6 mln.,
AQShda 5,6 mln., Kanadada 350 ming, G‘arbiy
Evropa davlatlaridan Frantsiyada 310 ming,
Germaniyada 230 ming kishini tashkil qiladi.
DINSHUNOSLIK
4
5.
Yahudiylik ta'limoti toʻrt narsaga asoslanadi:1. Olamni yaratuvchi yagona xudo Yahvega imon keltirish
2. Yahudiylar er yuzidagi xalqlarning “eng mumtozi” va u
dunyoda berilajak in'omlarning eng haqlisi ekanligi haqidagi
ta'limot
3. Messiya-xaloskorning kelib chiqishi haqidagi ta'limot
4. Oxirat kuniga ishonish ta'limoti
DINSHUNOSLIK
5
6.
Yahudiylikda Muso paygʻambar Tur togʻida Yahve bilanuchrashganda Yahve tomonidan 10 ta lavha tushirilgan degan
ta'limot mavjud. Unda 10 ta nasihat bor edi. Bular:
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
But va sanamlarga sigʻinmaslik;
Zaruratsiz Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun
bagʻishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam oʻldirmaslik;
Zino qilmaslik;
Oʻgʻirlik qilmaslik;
Yolgʻon guvohlik bermaslik;
NSHUNOSLIK
D IYaqinlarning
narsalariga koʻz olaytirmaslik.
6
7.
Yahudiylik manbalariTavrot (Tora)
Musoga tegishli
boʻlgan besh kitobni
oʻz ichiga oladi.Bular:
• “Borliq” yoki “Ibtido”
• “Chiqish”
• “Levit”
• “Sonlar”
• “Ikkinchi qonun”
Talmud (Lameyd)
yozma manba bolib,
unda:
•yahudiylik marosimlari tizimi bayon
etilgan. Unda yahudiylar amal qilib,
bajarishi lozim boʻlgan 248 ta buyruq,
365 ta taqiq mavjud.
DINSHUNOSLIK
7
8.
ShabuotRoshAshona
Peysax
(Pasxa)
Yom-Kipur
Xatna
marosimi
Shanba
kunini
nishonlash
DINSHUNOSLIK
Roʻza
Purim
Yahudiylarning
bayram va
marosimlari
Nikoh
marosimi
8
9.
Markaziy Osiyoda yahudiylarMiloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, miloddan
avvalgi 586 yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining
bir qismi o‘lkadan haydab chiqarildi.
Bu esa yahudiylarning Osiyo o‘lkalari bo‘ylab tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi.
Yahudiylar O‘rta Osiyoda So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II
asrda paydo bo‘ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so‘ng u erdan Buxoro,
Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar.
DINSHUNOSLIK
9
10.
Hindiston dinlari: VedalarHind adabiyoti boy boʻlib, uning anchagina qismi yoʻqolib ketgan. Uning
boshlanishi Vedalardir. Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar
kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan.
Vedalar toʻrt yirik toʻplamdan iborat:
1.
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);
2.
Samaveda (“Qoʻshiqlar vedasi”);
3.
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);
4.
Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);
DINSHUNOSLIK
10
11.
Hindiston dinlari: BraxmanlikBraxmanlik – veda dinlarining bir
tarmogʻidir. Oʻz hayotlarini ibodat qilish,
ilohiyot ilmini oʻrganish, murakkab
marosimlarni oʻtkazish va xalq ruhoniy
hayotini
boshqarishga
bagʻishlagan
braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga
keldi. Dinda ilohiy tilni oʻzgartirib
boʻlmasligi, sanskritning muqaddas tilga
aylanib qolishi brahmanlikning kelib
chiqishiga sabab boʻlgan.
DINSHUNOSLIK
11
12.
Braxmanlikning asosiyelementlari braxmanlar va
vedalarga tegishli sutralardir.
Sutralar san'atning alohida
koʻrinishi boʻlib, sanskrit tilida
yozilgan. Unda ma'lum tabaqaga
yuqori oʻrin berilgan.
DINSHUNOSLIK
Braxmanlar oʻzlarini kelib
chiqishlarini yetti ruhoniy
oilaning boshliqlari boʻlgan
kishidan deb hisoblaydilar.
Ulardan diniy – ruhiy jihatdan
ta'siri kuchliroq boʻlgan tabaqa –
braxmanlarning nufuzi
yuqoridir.
12
13.
HinduiylikBu murakkab din boʻlib, u
ijtimoiy
tashkilot,
turli
dinlar
qorishmasidir. U kastachilik asosiga
qurilgan.
Braxmanlik
bilan
buddaviylik oʻrtasida kasta ta'limoti
boʻyicha
kurashni
ifodalovchi
hinduiylik dini shakllandi.
Bu dinga Hindiston aholisining
83% e'tiqod qilib uning asosiy sharti
Hindistondagi kasta tuzumini qabul
qilishdir.
DINSHUNOSLIK
13
14.
Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olinadi:Vedalarning muqaddasligi
Guru (pir, ustoz)ning tan
olinishi
Muqaddas joylarga ziyoratga
borish
Sanskrit muqaddas til
ekanligi
Sigirning muqaddas
ekanligi
DINSHUNOSLIK
14
15.
Hinduiylikda trimurta (uchlik) xudolariga e’tiqod qilinadi.Bular:
Brahma
Vishnu
DINSHUNOSLIK
Hinduiylik ikki asosiy
Shiva
15
16.
JaynizmJaynizm (sanskritcha “jina” - “muzaffar” soʻzidan olingan).
Jaynizmning kelib chiqishi haqida koʻplab afsonaviy rivoyatlar
mavjud. Rigveda kitobida jaynizmning ikki tirtxakarlari (yoʻl
tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va Arishtanem haqidagi
rivoyat keltirilgan.
Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm ta'limotining asoschisi
hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot Naroyana,
ya'ni Vishnu mujassam boʻlgan. Bu ma'lumotlar jaynizmning veda
dinlaridan ham qadimiyroq ekanligini koʻrsatadi.
DINSHUNOSLIK
16
17.
Jaynizm dini vakillarining e'tiqod qilishicha, buta'limotga 24 tirtxakar (paygʻambar yoki avliyo)
asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar
xonadonidan boʻlgan. Ushbu tirtxakarlarning 22
tasi haqida ma'lumot deyarli yoʻq, 23-si –
Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan.
Parshvanadxa – Banoras podshohi Ashvasanning oʻgʻli
boʻlgan. Biroq rohiblik yoʻlini ixtiyor etib, otasining
saroyini tark etgan. U oʻzidan keyin juda ham chiroyli
nizomga
solingan
diniy
koʻrsatmalar
qoldirgan.
Vardxamananing ota-onasi, oila a'zolari Parshvanadxaning
dinida boʻlganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm
ta'limotiga kuchli qiziqish paydo boʻlgan. Shunday qilib,
Vardxamananing oʻzi jaynizmning navbatdagi va soʻnggi
tirtxakari boʻlib yetishgan.
DINSHUNOSLIK
17
18.
Vardxamana mil. av. VI asrda HindistonningBixar shtatida boy kshatriy oilasida tugʻildi.
Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlogʻining
kshatriylar sulolasi boshligʻi edi.
Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan boʻlgan
mashhur
podshoh
Vayshali
hukmdori
Chetakining singlisi edi.
Magadxi podshohi Bimbisara Chetakining qizi
Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli
Magatxi sulolasi bilan qarindosh boʻldi.
Buning natijasida uning oldida oliy darajada
ta'lim olish, ilm va san'atning barcha sohalari
bilan tanishish imkoni paydo boʻldi.
DINSHUNOSLIK
18
19.
SikxizmXV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida
boshlangan sikxizm harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga
kelib oʻz e'tiqod qiluvchilarini faol harbiy an'analar bilan
sugʻorilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday oʻziga
xos taraqqiyotning natijasi shu boʻldiki, XVI asr boshlarida
kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos solgan
kuchli davlatga aylandi.
Sikxizm diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539)
tomonidan asos solinib, unga ergashganlar oʻzlarini sikxlar,
ya'ni shogirdlar deb atashgan. “Sikxizm” atamasi ham shu
soʻzdan olingan.
DINSHUNOSLIK
19
20.
Nanakning vafotidan keyin uning ta'limotini 9 ta gururivojlantirgan. Xususan, toʻqqizinchi guru Govind
Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol oʻynagan. Ular
yagona ta'limotni targʻib qilgan yagona guruni 10
qiyofada namoyon boʻladi deb hisoblaganlar.
Sikxizm talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu,
Shiva va islomdagi Alloh bir ilohiyotda mujassam
boʻladi. U nirgun (“sifatlardan xoli”) va sagun
(“sifatlar egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy
holati nirgun boʻlib, bu holat har qanday sifatlardan
xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali
tanishi uchun u oʻz xohishi bilan sagun holatiga
oʻtadi.
DINSHUNOSLIK
20
21.
Sikxizm ta'limotiga koʻra:Ilohiyot – Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi
(Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni oʻzida mujassam
qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan
yaratilgan dunyo esa oʻzgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa
– abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham
mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida
boʻlish, tugʻilmaganlik, oʻlmaslik kabi unga berilgan
sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga boʻlgan
muhabbat, ishonch, sadoqat yoʻlini tutgan har bir inson
Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.
DINSHUNOSLIK
21
22.
KonfutsiylikKonfutsiylik falsafiy gʻoya
sifatida
maydonga
Uning
asoschisi
kelgan.
Konfutsiy
(Kun Szi) mil. av. 551-yilda
tugʻilib mil. av. 479-yili vafot
etgan
DINSHUNOSLIK
22
23.
Konfutsiyning “komil inson” (Szyun-szu) haqidagi gʻoyasi:Szyun-szi yuksak ma'naviyatli inson - ikki
asosiy xususiyatga ega boʻlishi kerak:
insoniylik va mas'uliyat (ajdodlar oldidagi
qarzni)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo,
ishonchli va fidoiy boʻlishi kerak. U oʻzini
ayamasdan oʻz ishonchiga, oʻz hukmdoriga,
oʻz otasi va barcha oʻzidan kattalarga xizmat
qilishi kerak. Bunday inson doimo kamolot
sari intilishi zarur.
DINSHUNOSLIK
23
24.
Daolik (Daoizm)Xitoyda mil. av. bir ming yillikning oʻrtalarida
konfusiylik bilan deyarli bir vaqtda paydo boʻlgan. Bu
ta'limot, diniy tasavvurlar bilan hech qanday aloqasi
boʻlmagan. Daolik targʻibotchilari ham podshohlar orasidagi
tinimsiz urushlarni qoralar edilar.
Daolik bir jihatdan bu shamanizm, folbinlik va
davolash bilan bogʻliq edi, chunki qadimgi davolash uslublari
falsafa bilan, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas bogʻliq
boʻlgan. Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi
jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta'siri bilan
bogʻlab, jodugarlik va sehrdan keng foydalanganlar.
DINSHUNOSLIK
24
25.
Dao nazariyasi mil. av. IV-III asrlarga kelib rivojlanaboshladi. Ijtimoiy siyosiy masalalar va axloq daolik uchun
unchalik muhim emas edi. Biroq daolik vakillari birinchi boʻlib
borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa
boshladilar. Xitoydagi faylasuflar akademisida daolik
nazariyotchilari Tyan Pen, Sun Szyan, In Ven, Shen Dao, Xuan
Yuan va boshqalar toʻplangan boʻlib, u erda oʻz fikrlarini olgʻa
surib, betoʻxtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar.
Ularning yozgan asarlari hozirgi kungacha saqlanmagan boʻlsada, ularning fikrlari daolikning asosiy manbasi sanaladigan
"Dao de szin" risolasida oʻz aksini topgan. Mazkur risola
muallifi, an'anaga koʻra, Lao-Szi hisoblanadi.
Lao-Szi mil.av. III asr oʻrtalarida yashagan deb taxmin
qilinadi.
DINSHUNOSLIK
25
26.
SintoiylikSintoiylik (Sintoizm) dini qadimgi
Yaponiyada vujudga kelgan. Uning
nomlanishi xitoycha “sinto” (xudolar
yoʻli) soʻzidan olingan.
Sintoiylik ta'limotiga koʻra, Mikado
(imperator)
osmon ruhlarining
davomchisidir. Har bir yapon kishisi
ikkinchi darajali ruhlar (kami)ning
vorisidir.
Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi
mavjud emas. U ajdodlar ruhi va
tabiatga sigʻinishga oʻrgatadi
DINSHUNOSLIK
26
27.
“Kodziki” – bu sintoiylikning muqaddas kitobi bo‘lib,Yaponiya va u yerda yashovchi xalqlarni tushunishning
kaliti hisoblanadi. Unda ikkita asosiy mazmun mujassam:
qon-qabilaviy
birlik
DINSHUNOSLIK
siyosiy hokimiyat
gʼoyasi
27
28.
Sintoiylik yaponlarga mavjudot olami, tabiat oʻzaro munosabatga oʻzigaqarashni singdirgan va quyidagi besh tamoyilda namoyon boʻladi:
1-tamoyil. Butun borliq dunyoning oʻz-oʻzicha rivojlanishi natijasidir. Dunyo oʻzoʻzicha vujudga kelgan boʻlib, u yaxshi va mukammaldir. Olamni boshqaruvchi
kuch olamning oʻzida mujassamdir.
2-tamoyil. Hayot kuchini ta'kidlaydi. Hayotdagi har bir tabiiy holat hurmat
qilinadi. Faqatgina “nopok” boʻlgan narsagina hurmat qilinmaydi. Biroq har
qanday “nopok”lik tozalanishi mumkin.
3-tamoyil. Tabiat bilan tarixni yagona deb tushuntiradi. Sintoiylik ta'limoti
dunyoni jonli va jonsizga ajratmaydi.
4-tamoyil. Koʻpxudolik bilan bogʻliq.
5-tamoyil. Milliy ruhiy asos bilan bogʻliq
DINSHUNOSLIK
28
29.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGITOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
KARIMOVA GULCHRA
ABDUKARIMOVNA
DINSHUNOSLIK
Gumanitar fanlar kafedrasi katta
o’qituvchisi
29
Религия