Похожие презентации:
Abdulla Qodiriy Xayoti va Ijodi
1.
AbdullaQodiriy
Xayoti va Ijodi
2.
REJA:1. Hayot va ijod yo`li.
2. Qodiriyning ijodiy
faoliyati
3. Qodiriyning “O`tgan
kunlar” asari haqida.
3.
Hayot va ijod yo`li.1894- yil 10- aprelida Toshkent
shahrida bobon oilasida dunyoga
kelgan Abdulla Qodiriy o`z davrining
maktab va madrasalarida o`qiganligi,
ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi
tufayli zamonasining eng bilimdon
kishilaridan biriga aylandi.
Oiladagi yo`qchilik tufayli mahalladagi
maktabga kechikibroq borgan
Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina
savodxon bo`ldi.
4.
Bo`lajak yozuvchi rus-tuzum maktabinitugatib, tirikchilik ko`yida yurgan
kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar
boy qo`lida ishboshqaruvchilik qildi.
Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin
kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi.
Abdulla uning do`konlarida ishlab yurib,
zamonasining bir qator ilor fikrli kishilari
bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda
boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib.
Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud
kabi farzandlar ko`rdi.
5.
Qodiriyning ijodiy faoliyati"Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadiron
gazetalarni o`qib, dunyoda gazeta degan gap borliiga imon
keltirdim. 1913- yilda o`zbckcha "Sadoyi Turkiston",
"Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlagach, menda
shularga gap yozib yurish fikri uyondi" — deb yozadi adib
keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1aprcl sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi
masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy
yozuvchilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda
qo`ygan. Oradan ko`p o`tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz"
she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi
chiqdi. Jadidchilik oyalari bilan suorilib, jamiyat azolarini
dan puxta bo`Imasa-da, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh
yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini
kowtaradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil
istashini ko`rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning
orasida haligancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida
fikrlarini ochiq aytish, oyani yalanoch ifodalash yo`lidan
bordi.
6.
Har qanday ishda bo`lgani singari asarlarini yozishgaham oyat puxta tayyorgarlik ko`radigan yozuvchi 1917 —
1918- yillardan boshlab asosiy asari bo`lmish "O`tkan
kunlar" romani uchun material yiishga kirishdi. U xalqning
hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash
zaruriyatini his etardi. o`zbekning qanday xalq ekanligini
ko`rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj
borligini sezardi. Adib rornanni 1919- yildan yoza
boshladi. 1922-yilda birinchi o`zbek romanining dastlabki
boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda
romanning bo`limlari alohida-alohida uch kitob tarzida,
1926- yilda esa "o`tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib
chiqdi. 1928- yilda adibning ikkinchi romani "Mehrobdan
chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli
o`zbeklar hayotida ro`y bergan o`zgarishlarni aks
ettiradigan ‘‘Obid ketmon" qissasini yozdi.
7.
Bulardan tashqari, adib necha o`nlabpublitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland
hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir
Umarxonning kanizagi" “Namoz o`ri”
"Dahshat" singari romanlar yozmoqchi bo`lib,
materiallar to`plagani haqida ma’lumotlar bor.
Ammo qonsiragan sho`rolar tuzumi adibning
bu rejalari amalga oshuviga qoy’madi.
8.
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o`zinitanitayotgan, uning ururini uyotayotgan yozuvchi
o`lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning
mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois
qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor
chovut solishdi. 1926- yildayoq "Mushtum" jurnalining
uchinchi sonida bosilgan "Yiindi gaplar" maqolasi
uchun adib aksil inqilobiy maqsadda sho`ro rahbarlarini
matbuot orqali obro`sizlantirdi" degan ayb bilan
qamoqqa olindi. Qodiriy o`ziga qo`yilayotgan ayblar
asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid
va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan
isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e'lon
qildi. Uzoq cho`zilgan tergovda ham, sud jarayonida
ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til
tekkizganligi bilan cho`chitmoqchi bo`lgan yuzsiz
kimsalarni ayamay fosh etdi.
9.
O`z qarashlaridan qaytmay, ijodkorlik vainsonlik shaYiini mardona himoya qildi. Uning:
‘‘Men to`rilik orqasida bosh ketsa, "ih"
deydirgan yigit emasman",— degan gapi adib
shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to`liq aks
ettiradi. Respublika Oliy sudi yetarli asos
bo`lmasa ham Abdulla Qodiriyni jkki yil
ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi.
Lekin dalillarning uydirmaligi ko`rinib turgani
uchun ham o`zbekning eng mashhur adibini
qamoqqa tiqishga jur'at ctishmadi. Bu sud orqali
sho`rolar yozuvchini o`ziga xos yo`sinda
"ogohlantirdi" Lekin adib bu
ogohlantirishdan"to`ri" xulosa chiqarmadi, ya'ni
haqiqatga xiyonat qilmadi.
10.
O`z asarlari bilan nafaqat O`zbekiston, balkibutun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga
hissa qo`shgan adibni 1937-yilning 31dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib
ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan
qataon mashinasi shitob bilan ishlar va uning
yaxshi yurmoi uchun yangidan-yangi qurbonlar
zarur edi. Adolatning ko`chasidan ham
o`tmagan hukumatning uchlik sudi 1938- yilning
5- oktabrida XX asr o`zbek nasrining eng yirik
vakilini, asrimizdagi o`zbeklarning eng
fidoyilaridan birini o`limga hukm qildi. Dahshatli
jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm
chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar
o`zbekning chin iste'dodlarini yo`qotishga
shoshilishgandi.
11.
Qodiriy asarlarini zamonaviy o‘qish• "O‘tkan kunlar": Sevgi, sadoqat va
hayotiy sinovlar mavzulari hozir ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmagan.
• "Mehrobdan chayon": O‘zbek
jamiyatidagi qadriyatlar va urf-odatlar haqida
chuqur tahlil.
• Hozirgi jamiyat bilan bog‘lanish:
Yoshlarni milliy tarix va madaniyatga
qiziqtiruvchi asarlar.
12.
Abdulla Qodiriy va hozirgi zamontexnologiyalari
•Raqamli adabiyot: Qodiriy
asarlarini elektron formatlarda
nashr qilish.
•Multimediali loyihalar: Uning
asarlari asosida filmlar, spektakllar,
audiokitoblar yaratish.
•Ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot:
Yoshlar orasida adabiyotni
mashhur qilish uchun kontent
yaratish.
13.
ABDULLA QODIRIYDAN QOLDIRGANSABOQLAR
Abdulla Qodiriydan qoldirgan saboqlar haqida gapirganda, uning asarlarida va
shaxsiyatida o‘z ifodasini topgan quyidagi ma'naviy, ijtimoiy va milliy qadriyatlarni
ko‘rsatish mumkin:
1. Milliy o‘zlikni anglash saboqlari
•Tarixga hurmat: Abdulla Qodiriy o‘z
asarlarida xalqimizning boy tarixini aks
ettirgan. "O‘tkan kunlar" orqali milliy o‘zlik
va tarixni unutmaslik kerakligini uqtiradi.
•Milliy qadriyatlarni saqlash: Uning
qahramonlari orqali an’anaviy o‘zbek
madaniyati va urf-odatlarning ahamiyatini
tushuntiradi.
2. Adolat va insoflilik saboqlari
•Hayotda adolatli bo‘lish: "Mehrobdan
chayon" asarida fitna va zulmning oxiri
qanday fojiaga olib kelishini ko‘rsatadi,
adolat tarafdori bo‘lishni targ‘ib qiladi.
•Halollik va sadoqat: Qodiriy asarlarida
sadoqatli, halol va samimiy qahramonlar
timsolida insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.
14.
XulosaAbdulla Qodiriy ijodi insoniylik, adolat, sadoqat va milliy qadriyatlarni
ulug‘laydi. Uning asarlari bugungi kunda ham o‘qilmoqda, tahlil
qilinmoqda va yosh avlodni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat
qilmoqda. U bizga tariximizni bilish, tilimizni sevish va jamiyatimizni
rivojlantirish saboqlarini qoldirgan.
Agar bu mavzuni yanada kengaytirish yoki ko‘rgazmali materiallar
tayyorlashni istasangiz, qo‘shimcha yordam bera olaman.