19.91M
Категория: ГеографияГеография

7-sinf. Geografiya. Hind okeani

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2.

5.9. Hind okeani

3.

4.

Asosiy xususiyatlari.
Himolay tog‘I
Gang deltasi
Eng sho‘r okean,
eng issiq ko‘rfazi
mavjud (Fors
qo‘ltig‘i), eng
katta suvosti
deltasi bor,
cho‘kindi jinslar
eng qalin (5,5
km, Gang
deltasi),

5.

asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng
kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor (Mozamik bo‘g‘izi),

6.

neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha
birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi
hisoblanadi.

7.

Geografik o‘rni.
“Hind” so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni anglatadi.
Bu okean sayyoramizda o‘ziga xos joylashgani bilan ajralib turadi.

8.

Okeanning katta qismi janubiy yarimshardadir. Shimoldan Yevrosiyo
bilan tutashgan, Tinch okeandan Katta Zond orollari va Avstraliya orqali
ajralgan. Maydoni 76 mln km2. Okean qirg‘oqlari unchalik
parchalanmagan.

9.

Shimolda Bengaliya va Fors qo‘ltiqlari, Arabiston dengizi quruqlikka
kirib borgan. Orollar nisbatan kam. Yirik orollar okeanning
chekkalarida joylashgan. Vulqon va marjon orollari bor.
Marjon
Vulqon oroli

10.

O‘rganilishi.
Hind okeani sohillari qadimda taraqqiy etgan hududlar hisoblanadi.
Taxminlarga ko‘ra, bundan 6 ming yil oldin odamlar Hind okeani va
uning dengizlarida suzish boshlangan.

11.

Dastlab arablar, shumerliklar Fors qo‘ltig‘i, Qizil dengizda suzishgan
(mil. av. IV–V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (mil. av. VI asrda) Hind
okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.
Finikiyaliklar
Shumerliklar
Arablar

12.

Yevropaliklardan Vasko da Gama (1497–1499) davridan boshlab
okean haqidagi ma’lumotlar to‘plana boshlashgan.

13.

A. Tasman (1642–1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga)
suzib
o‘tgan bo‘lsa, J. Kuk (1771–1775) okean chuqurligini aniqladi.

14.

Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi.
“Chellenjer”
kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960–1965- yillarda tashkil
etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida
mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.

15.

Okean tubi relyefi.
Okeanning o‘rtacha chuqurligi 3700
metr, eng chuqur joyi Yava (Zond)
cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7 729 m
ga teng.

16.

Okeanda materik
sayozligi katta
maydonni
egallamagan. Okean
tagi boshqa
okeanlardagiga
qaraganda katta. Uni
ko‘plab qirlar kesib
o‘tgan.

17.

G‘arbiy qismida Afrikadan janubda Atlantika tog‘ tizmalari bilan tutashgan suvosti
tog‘lari cho‘zilgan. Tog‘ tizmasining o‘rta qismida chuqur yoriqlar, vulqonlar otilib,
zilzilalar bo‘lib turadigan joylar bor. Bu yer po‘sti yoriqlari Qizil dengizda davom
etadi.

18.

1
4
6
5
2
3
Okeanning Bulardan tashqari,
Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind
tog‘lari va Avstraliya- Antarktida
ko‘tarilmalari bor. Okeanning sharqiy
qismida Markaziy va G‘arbiy
Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni
bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi
ajratib turadi. Tog‘ tizmalarining
kengligi 400–800 km, balandligi 2–3
km.

19.

Suvining harorati va sho‘rligi, oqimlari.
Okeanning shimoliy qismida suv
yuzasining harorati yuqori +25…+28 °C,
janubida esa ancha past.

20.

Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori.
Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42‰), sho‘rligi eng pasti Bengaliya qo‘ltig‘i
(30–34‰) suvlaridir.
1
2
Bengaliya
Qizil dengiz
qo‘ltig‘i

21.

Okeanning shimoliy qismida oqimlarning hosil bo‘lishiga mavsumiy
shamollarning almashinishi ta’sir ko‘rsatadi. Musson shamollari suv
harakati
yo‘nalishi harakatini o‘zgartiradi.

22.

Okeanda Musson, Janubiy passat, Mozambik, Igna burni iliq oqimlari,
G‘arbiy shamollar, G‘arbiy Avstraliya, Somali sovuq oqimlari bor.

23.

Organik dunyosi.
OqqonliSkumbriya
baliq
Sardinella
Akula(Muzbaliq)
Hind okeani organik
dunyoga boy. Uning
shimoliy qismida
baliqlardan
sardinella,
skumbriya, akulalar,
janubiy qismida
oqqonli baliqlar,
masalan, muzbaliq
va boshqalar
uchraydi.

24.

Ayniqsa, materik sayozligida hayot qaynaydi. Suvo‘tlar suvosti
o‘tloqlarini hosil qiladi.

25.

Afrika, Osiyo va Avstraliya qirg‘oqlarida qisqichbaqasimonlar, iliq
suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, mollyuskalar
(kalmarlar) yashaydi. (65-rasm)
Dengiz
Qisqichbaqa
toshbaqasi
Mollyuska
Dengiz
(kalmar)
iloni

26.

Tabiat mintaqalari.
2 000–
°C
320–28
000 mm
Okeanning ekvatorial mintaqasida iqlim sharoiti yil
davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv harorati 20–
28 °C. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 2 000–3 000 mm
ni tashkil etadi. Shunga mos tabiat kompleksi
shakllangan.

27.

1 Iliq
000
mm
5 00
Sovuq
mm
Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik
kompleksni — iliq va sovuq suv
massalaridan tashkil topgan tabiat
komplekslarini ko‘ramiz. Mintaqaning
g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p (1 000
mm), iliq oqimlar ta’sirida bo‘lganidan yil
davomida suvi iliq, harorati ancha yuqori
bo‘ladi. Sharqiy qismida esa sovuq oqimlar
ta’sirida yil davomida suvning harorati past
bo‘ladi, yog‘in kam (500 mm) yog‘adi.

28.

Okeanning janubida mo‘tadil va
subantarktika tabiat mintaqalari
joylashgan. Ular tabiatining
shakllanishida g‘arbiy shamollar va
muzli Antarktida materigining ta’siri
kuchli. Mintaqalar yuza suvi nisbatan
sovuq bo‘lgani uchun shunga mos
organizmlar yashaydi.

29.

Ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish.
Hind okeanining
tabiiy boyliklari
hozircha yetarli
darajada
o‘rganilmagan va
o‘zlashtirilmagan.
Okean shelfi
foydali
qazilmalarga boy.
Ayniqsa, Fors
qo‘ltig‘ida neft va
gaz konlari ko‘p.

30.

Neft qazib olish va tashish suvning ifloslanishiga olib keladi. Natijada
ko‘plab organizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.

31.

Okeanning shimoli-g‘arbiy sohilidagi chuchuk suvlari deyarli yo‘q
bo‘lgan mamlakatlarda sho‘r suv chuchitilmoqda.

32.

Hind okeani orqali ko‘plab kemalar qatnaydigan yo‘llar o‘tgan.
Okeanning shimoliy qismida dengiz yo‘llari ko‘p. Bu joyda shu vaqtga
qadar kichik yelkanli kemalardan foydalaniladi.

33.

Hind okeani neft bilan ifloslanganlik darajasiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda
turadi. Shuning uchun okean suvini ifloslanishdan saqlash, tabiiy
boyliklarini asrash talab etiladi.

34.

Topshiriqlar
• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Kitobdan 2-,3-,4-topshiriqlarni bajarib kelish
• 3. Asosiy xususiyatlari, Geografik o‘rni, Okean
tubi relyefi, Organik dunyosi, Suvining harorati
va sho‘rligi, oqimlarini yozib kelish
• 4. Yozuvsiz xaritadan Hind okeanini bo`yab kelish
(yozilgan barcha narsalar)

35.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T.
HOJIYEVA , umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi.
• @edutrm_uz
• A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/ www.eduportal.uz

36.

© Internet manbalari:
www.wikipedia.org
www.сезоны-года.рф
www.blog.tutoronline.ru
www.neftok.ru
www.ubr.ua
www.dw.com
www.tenor.com
www.dailymail.co.uk
www.bigenc.ru
www.yaklass.ru
www.wikitravel.org
www.indiadivine.org
www.discovermagazine.com
www.interestingengineering.com
www.pinterest.com
www.unep.org
www.mir-znaniy.com
www.discover-history.com

37.

© Internet manbalari:
www.eadaily.com
www.ppt-online.org
www.myshared.ru
www.divediscover.whoi.edu
www.eos.org
www.orangesmile.com
www.geogeo2013.blogspot.com
www.masterok.livejournal.com
www.youtube.com
www.oceantoday.noaa.gov
www.shutterstock.com
www.karatu.ru
www.geo-magellan.online
www.mandria.ua
www.externat.foxford.ru
www.geomap.com.ua
www.theweek.in
www.guwsmedical.info

38.

© Internet manbalari:
www.ecomagazine.com
www.seaturtlesofindia.org
www.funart.pro
www.cemicvet.mediasole.ru
www.natworld.info
www.facts-about.info
www.urok.1sept.ru
www.ecoportal.info
www.cawaterinfo.net
www.obrazovaka.ru
www.pv-magazine.com
www.pv-magazine.com
www.reader.lecta.rosuchebnik.ru
www.downtoearth.org.in

39.

© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
English     Русский Правила