328.05K
Категория: ИсторияИстория

etnos-madaniyat-va-til-tushunchalarining-uzviyligi

1.

JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
VI. NAZARIYA, METODOLOGIYA VA PEDAGOGIKA
ETNOS – MADANIYAT VA TIL TUSHUNCHALARINING UZVIYLIGI
Mardiyev T.K.
SamISI “Tillarni o’qitish”
kafedrasi mudiri, dotsent, PhD
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosiy fikrlar til, madaniyat va xalqning
bevosita bir-biri bilan uzviy bog’liqligi namoyon etiladi. Jumladan, tilsiz xalq ham
madaniyat ham bo’lmaydi va bu haqida maqolada qator tilshunos olimlarning fikrlari
asosli tarzda bayon etilgan.
Kalit so’lar: til, urug‘, qabila, elat, millat, etnos, madaniyat, ijtimoiy.
Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется тому, что
язык, культура и народ напрямую связаны друг с другом. В частности, без
языка нет ни нации, ни культуры, и в статье представлены мнения ряда
лингвистов.
Ключевые слова: язык, род, племя, народ, нация, этнос, культура,
социальная.
Abstract: This article focuses on the fact that language, culture and people are
directly related to each other. In particular, without language there is neither a nation
nor a culture, and the article presents the opinions of a number of linguists.
Key words: language, clan, tribe, people, nation, ethnic group, culture, social.
Kirish. Ma‘lumki, etnosda eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan til urug‘, qabila,
elat, millat ko‘rinishidagi kishilarning ijtimoiy guruhi orasida paydo bo‘lgan
jamoaning birlashgan shakli bo‘lib xizmat qiladi. Etnos – bu insonlarni ichki
tomondan, madaniy-ma’naviy jihatdan birlashtiradi. Ijtimoiy guruhlar lisoniy guruh
sifatida shakllanadi, chunki ularni bir-birisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqacha
qilib aytganda, xalq va tilni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham,
etnos va tilni ko‘p hollarda bir tushuncha atrofida tushuniladi. Etnos quyidagi
tushunchalar bilan chambarchas bog‘liqdir:
1. Etnik;
2. Madaniy;
3. Diniy;
4. Lisoniy;
5. Ong kabilar.
Ayonki, ijtimoiy fanlarda “etnos” tushunchasini xalq ma’nosida ham
qo‘llaydilar. Bu tushuncha madaniyat, til tushunchalari bilan bevosita bog‘langan.
Shuning uchun ham ruscha – o‘zbekcha lug‘atda etnik yoki etnos tushunchasi biror
bir xalqqa va uning madaniyatiga oid tushuncha deb qaraladi. Etnogenez esa biror
xalqning kelib chiqishi deb tushunilgan. Etnos insonlar yoki insonlarga xos
tushunchalar majmuidir, inson tabiatan ijtimoiy mavjudotdir [3, 30].
www.jmbm.uz
VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 1

2.

JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
Darvoqe, madaniyat ana shu etnos (xalq)ning ijtimoiy va tarixiy jarayonida
vujudga kelgan, jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan, sivilizatsiya bosqichini
xarakterlaydigan moddiy va ma’naviy xususiyatlarning majmuidir. Chunonchi,
falsafa lug‘atida madaniyat haqida shunday ta’rif beriladi. Madaniyat (lotincha
cultura – parvarish qilish, ishlov berish) – ijtimoiy tarixiy, praktika protsessida
insoniyat yaratgan va yaratayotgan hamda jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan
bosqichni xarakterlaydigan moddiy va ma’naviy qiymat majmuidir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ma‘lumki, til etnos va madaniyat bilan
bog‘liq bo‘lgan va ularni yuzaga chiqaruvchi, vujudga keltiruvchi vosita sanaladi.
Bular ichida til hukmron hisoblanadi. Bunda, tilning noyobligi shundaki, u boshqalari
bilan uzviy bog‘langan, uni operatsion tizim, boshqa dasturlar uchun o‘ziga xos qobiq
bilan qiyoslash mumkin. Bularning hammasi birinchisining sodir bo‘lishi bilan
amalga oshishi mumkin.
Tildagi etnik xarakterning yaqqol misoli ona tilini his qilishdir. Barcha
xalqlarda til milliy his-tuyg‘u va ong bilan uzviy bog‘langan.Garchi madaniy
lingvistikaning kurtaklari V.Gumbolt davri bilan o‘lchansa-da, uning alahida fan
sifatida tez sur’atlar bilan rivojlanishi, o‘zinig terminologik apparati va tadqiqot
metodlari shakilllanishiga ko‘ra, XX asrning ohirlariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun
ham madaniy lingvistika, ya’ni lingvokulturologiya hazirgi
kunda
etnolingvistikaning eng yosh tarmog‘i hisoblanadi [2,47].
Xususan, S.Askoldov, N.Arutyunova,
S.Vorkachev,
A.Vorobev,
A.Vejbitskaya, E.Kubryakova,
D.Lixachev,
V.Maslova,
Z.Popova,
Yu.Stepanov, I.Sternin va boshqalar. O’zbek tilshunos olimlaridan D.Ashurova,
N.To’xtaxo’jayeva, Sh.Safarov, O‘.Yusupov, M.Yusupov, A.Abduazizov,
J.Yoqubov, G.Mahkamova kabi olimlar lingvomadaniyatshunoslikning tayanch
tushunchalari
to‘g‘risidagi qator muammolariga qaratilgan tadqiqotlari bilan
lingvomadaniyatshunoslik sohasiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
Insonning o‘z ona tiliga yaqinlik tuyg‘usi har bir tilda obrazli tafak-kurning
takrorlanmas assotsiatsiyalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ular har bir
so‘zning o‘ziga xos semantik to‘liqligiga madaniy mazmunga ega bo‘lishi kerak. Ular
til tizimida mustahkamlanadi va uning milliy o‘ziga xosligini tashkil etadi.
Zero, tilsiz etnos (xalq) ham madaniyat ham bo‘lmaydi. Falsafa lug‘atida til
haqida shunday yaxshi ta’rif berilgan [1,438]. Chunonchi, til – har qanday fizik
tabiatning belgi sistemasi, bu sistema inson faoliyati protsessida biluvchilik va
kommunikativ (aloqa) funksiyalarini bajaradi. Til tabiiy ham, sun’iy ham bo‘lishi
mumkin. Tabiiy til deganda fikrlarni ifodalash formasi va kishilar o‘rtasida aloqa
vositasi bo‘lib xizmat qiladigan kundalik hayotdagi til tushuniladi. Sun’iy til –
kishilar tomonidan biron tor ehtiyojlar uchun yaratilgan tildir. Til ijtimoiy hodisadir.
U ijtimoiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladi va uning zarur tomonidan
kishilarning va alohida har bir odamning faoliyatini koordinatsiyalashtirish
vositasidan iboratdir. Til ayni vaqtda ongni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Til
qobig‘idan tashqari ong mavjud bo‘lmaydi. O‘z fizik tabiatiga ko‘ra o‘zi bildiradigan narsaga nisbatan shartli bo‘lgan til belgisi, shunday bo‘lishiga qaramay,
www.jmbm.uz
VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 2

3.

JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
pirovard hisobda real voqelikni bilish protsessi bilan bog‘liqdir. Til jamg‘arilgan
bilimlarni qayd etish va saqlash hamda ularni avloddan avlodga berish vositasidir.
Yu.Ismoilovning fikricha: “Til ham ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy ravishda mentalitet
bilan munosabatga kirishadi va bir qaraganda uzviy va tabiiy ravishdagi bog‘liqlikni
ko‘rish mumkinday tuyuladi. Lekin til bilan mentalitet o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rish
oson emas. Buning asosiy sababi, mentalitetning serqirraligi va uni o‘rganishda
o‘ziga xos metodik muammolarning mavjudligidir.
Tahlil va natijalar. Jamiyatning tilga, tilning esa o‘z navbatida jamiyatga
ta’sir qilishi haqidagi fikrlardan kelib chiqilsa, mentalitet tilga, til esa mentalitetga
ta’sir qilishini nazarda tutish lozim. Bunday chigal holatni mentalitet ta’riflashga
urinishlarida ham kuzatish mumkin. Mentalitet tadqiqotiga bag‘ishlangan maxsus
adabiyotlarda ushbu tushunchaga ko‘plab ta’riflar berib o‘tilgan. Ulardan quyidagi
ta’rifga to‘xtalish mumkin: mentalitet tarixan shakllangan, nisbatan barqaror va
o‘ziga xos jamoaviy dunyoqarashlar majmuasi bo‘lib, u kishilarning til va harakatlarida beixtiyor namoyon bo‘ladi. Ushbu ta’rifning o‘zidayoq mentalitet va til
o‘rtasidagi munosabat mavjudligini ko‘rsatuvchi bir qancha holatlarni kuzatish
mumkin. Unga ko‘ra mentalitet ikki asosiy tarkibiy xususiyat: bir tomondan
dunyoqarash bo‘lsa, ikkinchi tomondan ushbu dunyoqarashdan kelib chiqadigan
harakat aks etadi. Ayrim ta’riflarda til harakatning shakllaridan biri deb qaralsa, ba’zi
mualliflar tilni harakat, xulq bilan bir qatorga qo‘yib alohida ta’kidlab, ajratib
ko‘rsatishadi. Sh.Safarovning yozishicha: Kontsepning lisoniy moddiylashuv
jarayoni yana bir muhim mental bosqichni bosib o‘tishidir.
Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in’ikosi – obrazning mantiqiy “qayta
ishlanish” natijasida hosil bo‘lgan konsept lisoniy “libos” olishidan oldin ushbu
“libos”ning tasavvurdagi aks modeli yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo
bo‘lgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda “so‘zsiz” model
nolisoniy yoki “botiniy nutq” jarayonida yuzaga keladi. Botiniy nutqning yuzaga
kelish muammosi bilan shug‘illangan psixolog va psixolingvistlar ushbu hodisani
turlicha talqin qilib kelishmoqda, ulardan ayrimlari botiniy nutqni oddiygina qilib,
o‘z-o‘ziga gapirish bilan tenglashtirsalar, bosh-qalari uni alohida tashqi (zohiriy)
nutqdan butunlay farq qiluvchi hodisa sifatida ta’riflaydilar.
[5,9-43]. Umuman,
mental tuzilma – konseptining lisoniy belgiga o‘tish jarayoni qanday kechish
masalasi bahsli mavzudir.
Manbalarda xalqning mentaliteti va an’analarini, madaniyatini ifodalovchi
tilning xizmat doirasi turlicha ta’riflanadi. Masalan, o‘zbek xalqi maqollarida va
hikmatlarida quyidagicha iboralarni uchratish mumkin:
a) til – milliy madaniyat oynasi, uni saqlovchi xazinasi. Bu iborada leksik
boylik, grammatik birliklar, idiomatik so‘zlar, maqollar, umuman, folklor badiiy va
ilmiy adabiyotning boyliklari aks etadi.
b) til – madaniyat tarqatuvchisi yoki aloqa vosita quroli, ya’ni insonning
insoniyligini shakllantiruvchi yoki bildiruvchi omildir. Xususan, fikrni boshqalarga
yetkazuvchi quroldir.
www.jmbm.uz
VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 3

4.

JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
v) til – qudratli ijtimoiy – siyosiy qurol, ya’ni til orqali ijtimoiy-siyosiy,
madaniy qarashlar uzoq vaqt saqlanadi va u orqali inson, millat shakllantiriladi. Xalq
tili hamisha milliy ruh bilan chambarchas bog‘-langan [7,15- 184].
Darvoqe, til madaniyatni yoki madaniy boylikni kelgusi avlodlarga
yetkazuvchi nihoyatda muhim va qudratli kuchga ega bo‘lgan vositadir. Zero, hozirgi
zamon fanida til va madaniyatning o‘zaro munosabatiga alohida e’tibor beriladi. Til
insonning eng yuksak darajadagi madaniy mulkidir. U insonning etnosning
(xalqning) xarakterini yorqin ifodalaydi, dunyoviy madaniyat bilan aloqasini
belgilaydi.
Xullas qilib aytganda, inson tili xalq, millat tafakkurining oynasidir va har bir
millatning aqliy tuzilishi o‘z tilida stereotip sifatida shakllangan bo‘ladi. Buni biz
yuqorida qayd etgan manbalarda aytilgan fikrlar orqali tasdiqlashimiz mumkin.
Bunda biz insonni u yashayotgan va harakatda bo‘lgan jamiyat orqali bilsak, uning
so‘zlashayotgan tiliga qarab qaysi millatga xosligi va madaniylik darajasi haqida fikr
yuritishimiz mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Абдураҳимов Р. Философия луғати. – Т.: Ўзбекистон, 1976.- 639 б.
2. Гумбольдт В. фон. Язык и философия культуры – М.: Прогресс, 1985.- 450
с.
3. Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси. – Т.: Ўқитувчи, 1994. - 312 б.
4. Попова З.Д., Стернин И.А. Язык и национальное сознание. Вопросы
теории и методологии. – Воронеж.: ВГУ. 2002.- 314 с.
5. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006.-91б.
6. Тер-Минасова С.Г. Язык и межкультурная коммуникация.-М.: Слово,
2008.-264 с.
7. Ўзбек халқ мақоллари. – Т.: Шарқ, 2005.- 512 б.
www.jmbm.uz
VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000
Page 4
English     Русский Правила