Похожие презентации:
Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
1. Mavzu: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:1. Etnomadaniyat atamasining mazmuni va mohiyati
2. Fanning maqsad va vazifalari.
3. Etnomadaniyat fanining boshqa gumanitar fanlar
bilan aloqadorligi.
4. Milliy madaniyatimizning yanada rivojlantirishda
etnomadaniyat fanining о‘rni va ahamiyati.
2. Kalit so’zlar:
EtnomadaniyatEtnos,
madaniyat
Eetnografiya, etnograf
Etnologiya
Etnonim, etnonimika,
An’aniviy madaniyat
2
3. Foydalangan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlarEtnomadaniyat T.2003 yil Ukuv kullanma
A.Achurov / Etnologiya T.2014 yil Ukuv kullanma
Jabborov I. Jahon xalqlari “Etnologiya”si.T.,2005.
Ashirov A. «“O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari»”. T. 2007
Ma’navyat asoslari . T-2008 y.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.:О‘zbekiston, 200151-62-b.
Xorijiy adabiyotlar:
Belik A.A., Rezik Yu.V. Sotsiokulturnaya antropologiya. Istoriko- teoriticheskoe vvedenie. - M.,1998.
Kratkiy etnologicheskiy slovar. Moskva: fond “Sotsialniy monitoring”, 1995.
Kulturnaya antropologiya: Uchebnoe posobie/Pod.red. Yu.N.Emelyanova, N.G. Skvortsova.-SPb.,1996.
“Etnologiya”. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy. Pod red. A.P Sadoxina. - M., 2000.
J. B. Cole. Anthropology For the Nineties. N.Y, L.: The Free Press, 1988.
Its.R.F. Vvedenie v etnografiyu.-L.,Universitet, 1991..
Sadoxin A.P., Grushevitskaya T.G. “Etnologiya”. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy. –M., Academa, 2000.
Greenberg J.H. Language in the Americas. Stanford, 1987.
Ruhlen M. A guide to world' languages. Vol.1: Classification. London, 1987
Qo’shimcha adabiyotlar
Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. //Asarlar. 3-t. – T.:
О‘zbekiston, 1996. – 74-85-b.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. //Asarlar. 7-t. – T.: О‘zbekiston, 1999. – 136-b.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 4-b.
Internet saytlari
www. Ziyonet. uz
www. edu. uz
www. ma’naviyat. uz
www.bilim.uz.
3
4. Etnomadaniyat fani-
Etnomadaniyat biror xalqning (masalan, о‘zbek xalqining) kelib chiqishi,uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy
jarayon (davr)larda ravnaq topib, hozirgi kunimizgacha rivojlanib
kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini о‘rganadigan fandir.
5. Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan tashkil bо‘lib: etno va madaniyat sо‘zlari qо‘shilmasidir.
Etno – yunoncha – elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lumbir elat yoki xalqka bо‘lgan ishora, kо‘rsatuv. Bu ibora biror
xalqning kelib chiqishi (etnogenez)ni ifodalaydi. Bunday tarzda biz
о‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning etnonegizi (urug‘chilik, nasl)
ni tushunishimiz kerak.
Shu bilan bir vaqtda etnos sо‘zi kо‘pchilik ilmiy-nazariy
manbalarda qо‘llaniladi:
6. Etnografiya –
Xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatiniо‘rganadigan fan bо‘lib biror xalqning turmushi, madaniyati va urfodatlarini о‘rganadi.
Etnograf - etnografiya fani bо‘yicha faoliyat kо‘rsatadigan mutaxassis
7. Etnologiya atamasi –
Etnologiya atamasi –qadimgi yunoncha «etnos»(xalq, elat) va «logos» (so’z, ma'no) so’zlaridan
tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik»
deb tarjima qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar
«etnos» so’zini boshqa g’ayri xalq (elatlar)ga
nisbatan ishlatganlar.
Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi
bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial
antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi.
8. Etnologiya atamasi –
«Etnologiya» termini fanga ilk marotaba 1784-yil A.Shavanntomonidan olib kirilgan.
XIX asrlargacha «Etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim
etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan.
Etnologiya
atamasi – xalqlarni va madaniyatlarni
o’rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz
olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik»,
ya’ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab
chiqqan va shu tizimga «“Etnologiya» so’zini kiritgan.Rasmiy
ravishda “Etnologiya” mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij
“Etnologiya” jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan
olingan
9. Etnonim-
Хalq nomi yoki xalq nomini ifodalovchi sо‘z sifatidagi atamadir. Bu sо‘zniyanada mukammallashtirish maksadida etnonimika sо‘zi ham ishlatilib
leksikologiyaning xalq, qabila hamda urug‘chilik nomlarini о‘rganishga
qaratilgan bо‘limini bildiradi.
10. Madaniyat -
arabcha Madina (shahar, kent) sо‘zidan kelib chiqqandeyiladi. (Vatan tuyg‘usi. Toshkent, О‘zbekiston 1996- y. 114-115-b.b.)
Shahar ma’nosida kelgan madaniyat sо‘zining talqini kishilar hayotini ikki
turdagi kо‘rinishi, ya’ni kо‘chmanchi-dashtu-sahrolarda yashovchi xalqlar
hamda shaharda yashab, shaharga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga
nisbatan ishlatilib kelingan.
11. Madaniyat-
Madaniyat tushunchasi keng ma’noni anglatib, jamiyat vainson tarixiy tarqqiyotining muayyan bir darajasi, kishilar
hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida, shuningdek, ular
yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
12. Madaniyat –
Madaniyat umuminsoniy hodisabo’lib, barchaga teng
va barobardir.
Etnomadaniyat
tushunchasi esa tarixiy
jarayonda urug‘, elat,
millat madaniyatining
shakllanishi va
rivojlanishi aks
ettiradi.
13. An’aniviy madaniyat -
Aynan etnik madaniyatning tarixiy jarayoni shakllangan, sinalgan vaan’anaga aylangan avloddan avlodga meros bо‘lib о‘tayotgan muhim qismi
sifatida namoyon bо‘ladi. Demak, a’nanaviy xalq madaniyatni yaxlit va
kо‘p qirrali xodisa sifatida о‘rganish, uning tuzilishi, asosiy kо‘rinishlari,
shakllarini aniqlash muxim ahamiyatga ega. Shu bois, madaniyat tasnifidan
kelib chiqib, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan an’aniviy xalq
madaniyati tizimining tarkibiy qismidir:
14. An’aniviy xalq madaniyati tarkibiy qismlari-
An’anaviy xalq madaniyati tarkibiy qismlari-Xalq donishmandligini,falsafasini, e’tiqodini, pedagogikasini, odatlari, ozaki ijodi, xalk о‘yinlari,
dam olish madaniyati, pazandaligi, milliy liboslari, me’morchiligi xaklq
san’ati,
xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi kо‘plab sоhalarda kо‘rishimiz
mumkin.
15. Etnomadaniyat quyidagi tamoyil va sifatlarni yoritishni o’zida aks ettiradi:
- etnomadaniyat tarixiy jarayon sifatida tarkib topib davrlar mobaynidama’lum bir yutuq va kamchiliklarni o’zida namoyon bo’lganligini;
- etnomologik sifat masalasida jamiyat ma’anaviy-madaniy hayotini
avloddan-avlodga etkazib, uning kelajagi uchun zamin yarata olganligini;
- o’tmish madaniyatni ongli ravishda o’rganish, uni o’rganib olmasdan
turib madaniy merosni yangi jamiyat farovonligi yo’lida qo’llashga asos
bo’lmasligini;
- diniy, Islomiy merosni chuqur o’rganish, uning milliy ma’naviyat va
madaniyatning oliy sifati ekanligini;
- Markaziy Osiyo hududi moddiy-ma’naviy madaniyatning shakllanish va
taraqqiyot markazi ekanligini;
- Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining tarixiy taraqqiyoti va uning
mohiyatini to’g’ri tushunishni;
- Sharqiy xalqlari ma’naviy madaniyatining asosiy tub negizlarini
to’laligicha (tadqiqotlar asosida) o’rganish kabilarga e’tibor qaratadi.
16. Etnomadaniyat sifat va tamoyillarni har tomonlama o’rganish va kundalik faoliyatga tadbiq etish maqsadida
Birinchidan - ajdodlarimizning tarixiy evolutsiyadavrlarida qo’lga kiritgan yutuqlarini;
Ikkinchidan - xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi,
milliy qadriyatlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini;
Uchinchidan - xalqimizning axloq-odob saboqlaridan
namunalarni mukammal o’zlashtirishdir.
17. Fanning maqsadi
Fanning maqsadi: Yoshlarga xalqimizningtarixiy
shakllanishi, uning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot
bosqichlari, milliy madaniyatimizning o‘tmishda
qo‘lga kiritgan yutuqlari, elat, qavm, millat
tushunchalarining
mazmun
va
mohiyatini
tushuntirish, o‘tmishda va hozirgi kunda muayyan
darajada shakllanib va taraqqiy etib kelayotgan milliy
madaniyatimizning tadrijiy - tarixiy jarayonini
o‘rgatishdan iborat.
18. Fanning vazifasi:
Etnomadaniyat faniga oidtushuncha va tamoillar tо‘g‘risida talabalarga
zamoniviy talab asosida xar taraflama chuqur bilim
berish
bilan
birga
ularning
umuminsoniy
dunyoqarashlarini shakillantirish, ma’niviy ma’rifiy
faoliyatini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy
jixatdan tadbiq etib, talaba yoshlarga vatanni sevish
va ardoqlash, milliy qadriyat va an’analarni e’zozlash
tuyg‘ularini shakillantirishdir.
19. Etnomadaniyat faning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Etnomadaniyat fani О‘zbekiston tarixi, falsafa,ma’naviyat asoslari, dinshunoslik, madaniyatshunoslik, milliy
g‘oya: asosiy tushuncha va tamoillari, falsafaning
umumnazariy masalalari, о‘zbek adabiyoti, dunyo dinlar tarixi
kabi gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy, matematika va tabiiy
fanlar bilan о‘zaro bog‘liq.
20. Milliy madaniyatimizning yanada rivojlantirishda etnomadaniyat о‘rni .
Mustaqillikka erishgan xar bir davlatning ma’naviy poydevorimustaxkam bо‘lgandagina, u baquvvat bо‘lib, keng kо‘lamda rivojlana
oladi. Buning uchun esa ajdodlarining ming yillar davomida yaratgan
bebaxo merosi: xalq madaniyati an’analarini tiklashi, taraqqiy ettirishi va
va undan aql idrok bilan foydalanishi lozim bо‘ladi.
21. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning….
«Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilikmarkazi faoliyatini yanada
iakomillashnrish va samaradorligini
oshirish tо‘g‘risida»gi PF-451
Farmonida kо‘rsatilganidek,..
“ …odamlarning о‘zliklarini chuqur
anglashini, mustaqillik qadrini tobora
teran tushunishni, milliy tafakkurning
kengayishi va takomillashuvini,
tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining
uyg‘onishini ta’minlash ma’naviyat
sohasidagi siyosatimizning asosiy
maqsadiga aylanishi lozim.
22. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning….
«Vatan sajdagoh kabimuqaddasdir» risolasida
quyidagilarni qayd etadilar:
…..Vatan tarixi va
madaniyati, jug‘rofiyasi va
iqtisodini, qadimiy urfodatlarimizni har tomonlama
о‘rganish dolzarb
ahamiyatga ega.
Bog‘chalardan tortib oliy
о‘quv yurtlarigacha bо‘lgan
ta’lim-tarbiya tizimlarida
mazkur fan va bilimlarni
о‘qitish muhim siyosiy vazifa
sifatida qaralmog‘i lozim.
23.
Shunday ekan, buyuk davlat, buyuk kelajagimizgaerishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda, о‘zining
о‘tmishini, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan
faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan komil
insonlarni tarbiyalash vaqti keldi. Bunday insonni
tarbiyalash esa barcha oliygohlarda о‘tiladigan ijtimoiygumanitar fanlarning nazariy asosini tashkil etadi va
ularni kundalik turmush tarzimiz bilan bog‘liq ravishda
olib borish barchamizning burchimizdir.
24. Nazorat uchun savollar.
1.Etnomadaniyatfani- qanday fan?
2.Etnomadaniyat atamasi qanday ma’no anglatadi?
3.Etnonim qanday atama?
4.“Madaniyat” deganda nimani tushunasiz?
5.An’anaviy madaniyat haqida tushunchangiz?
6.Etnomadaniyat fanining maqsadi nima?
7.Etnomadaniyat fanining vazifasi nima?
8.Milliy madaniyatimizning yanada rivojlantirishda
etnomadaniyat о‘rni qanday deb o’ylaysiz?
24
25.
E’tiboringiz uchun rahmat25