Похожие презентации:
10-sinf. Geografiya. Jahon qishloq xo`jaligi 2-qism
1. 10-sinf. Geografiya. Jahon qishloq xo`jaligi 2-qism
2.
3.
4.
• Jahondagi jami go‘sht va sutning asosiyqismini qoramolchilik yetkazib beradi.
Mo‘tadil mintaqaning o‘rmon va dasht
zonalarida intensiv, jahonning
qurg‘oqchil hududlarida esa
ko‘chmanchi ekstensiv qoramolchilik
rivojlangan (35-rasm). Jahonda
qoramollarning umumiy soni 1,48
milliard boshdan ortiq bo‘lib, ularning
soniga ko‘ra, Hindiston (299 mln bosh),
Braziliya (215 mln bosh), AQSH (94,3
mln bosh), Xitoy (90,5 mln bosh) va
Pokiston (84,9 mln bosh) mamlakatlari
alohida ajralib turadi (2018-y).
5.
6.
• Qo‘ychilik asosan tog‘li hududlar, dasht vachalacho‘l zonalarida rivojlangan. Mayin va
yarimmayin junli qo‘ychilik iqlimi yumshoq,
namroq bo‘lgan dasht, chalacho‘l zonalarida,
go‘sht va teri yetkazib beruvchi qo‘ychilik,
jumladan, qorako‘l qo‘ychiligi esa qurg‘oqchil
chalacho‘l va cho‘l zonalarida rivojlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha 1,2
milliard boshga yaqin qo‘y mavjud (2018-y.).
Qo‘ylar bosh soni bo‘yicha jahonda yetakchi
o‘rinlarni Xitoy, Avstraliya, Hindiston,
Nigeriya va Sudan egallaydi
7.
8.
9.
• Cho‘chqachilik asosan donchilik vakartoshkachilik rivojlangan hududlarda
hamda yirik shaharlar va oziq-ovqat
sanoati markazlari yaqinida
rivojlantiriladi.
• Cho‘chqalarning umumiy soni 1 milliard
boshga yaqin bo‘lib, ularning salkam
yarmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi (442
mln bosh). AQSH (74,6 mln bosh),
Braziliya (41,4 mln bosh), Ispaniya (30,8
mln bosh), Vetnam (28,2 mln bosh) kabi
davlatlar ham bu borada yetakchilardan
hisoblanadi.
10.
11.
• Parrandachilik aholi iste’moli uchun go‘sht vatuxum yetkazib beruvchi tarmoq hisoblanib
asosan donchilik hududlarida rivojlangan. Xitoy
(6,3 milliard bosh), Indoneziya (2,4 milliard
bosh), AQSH (2,2 milliard bosh), Braziliya (1,5
milliard bosh), Eron (1,1 milliard bosh) kabi
davlatlar parranda soniga ko‘ra jahonda
yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Parranda go‘shtini
eksporti bo‘yicha AQSH va Braziliya
peshqadamlik qiladi..
12.
13.
• chorvachilikning asosan mo‘tadilmintaqa davlatlariga xos bo‘lgan
pillachilik (Xitoy, Yaponiya,
O‘zbekiston, Ispaniya, Italiya va
boshq.), cho‘l va chalacho‘l
mintaqasi davlatlari uchun
ixtisoslashuv sohasi hisoblangan
tuyachilik (Somali, Sudan,
Mavritaniya va boshq.), jahonning
ko‘plab. mintaqalarida rivojlangan
yilqichilik (Xitoy, Braziliya, Meksika
va boshq.), shimoliy mintaqalardagi
bug‘uchilik (Rossiya, Kanada, AQSH
va boshq.), shimoliy kengliklar
hamda daryo qayirlarida
shakllangan darrandachilik (Rossiya,
Kanada, Skandinaviya davlatlari)
kabi sohalari ham jahon qishloq
xo‘jaligida o‘z o‘rniga ega
14.
15.
16.
17.
• Baliqchilik eng qadimiy xo‘jalik tarmoqlaridanbiri hisoblanadi. Baliqchilik bo‘yicha okeanlar
orasida Tinch okean (okeanlarda ovlanadigan
baliqning 66% i), dengizlar orasida esa Bering,
Yapon, Norveg dengizlari peshqadamlik qiladi.
Davlatlar orasida esa Xitoy (jahon baliq ovlash
hajmining ⅓ qismi to‘g‘ri keladi), Indoneziya,
Hindiston yetakchi..
18.
19. Topshiriqlar
•1. mavzuni o`qish•2. Kitobdan 4
topshiriqni bajarish
•3. Jadval to`ldirish
20.
Chorvachiliktarmog`i
qoramolchilik
Qo‘ychilik
Cho‘chqachilik
Parrandachilik
Pillachilik
Tuyachilik
Yilqichilik
Bug‘uchilik
Darrandachilik
Baliqchilik
Soni
Yetakchi
davlatlar
География