Похожие презентации:
8-sinf. Geografiya. YOG`OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI (2)
1. YOG`OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI
2.
• O‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash va yog‘ochniqayta ishlash tarmoqlariga bo‘linadi. Yog‘ochni
qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida
qadimdan ma’lum. Hunarmandlar yog‘ochga
ishlov berib, undan arava, egar, panjara, sandiq,
eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar
qurishgan. Yog‘ochsozlik yillar davomida
takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat
tarmoqlari vujudga keldi (47-rasm). Ayniqsa,
yog‘ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli
yog‘ochsozlikda tub (inqilobiy) o‘zgarish yasaldi.
3.
4.
5.
6.
• Mamlakatning yog‘och-taxta xom ashyosigabo‘lgan yillik ehtiyoj 10 mln kub metrdan
ortmoqda. Ammo yog‘och xom ashyosi
bo‘ladigan tabiiy o‘rmonlar bizda nihoyatda
cheklangan. Shu bois, har yili millionlab
nihol ekiladi, «ko‘kalamzorlashtirish oyligi»
o‘tkaziladi. O‘rmonlar barpo etish va
yog‘och boyliklaridan oqilona foydalanish
bilan maxsus o‘rmon xo‘jaliklari
shug‘ullanadi. Respublikamizda 100 ga
yaqin o‘rmon xo‘jaligi korxonalari,
qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar bor
7.
8.
9.
10.
• O‘rmon sanoati mahsulotlaridanmashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat,
transport va qurilishda foydalaniladi. O‘z
navbatida o‘rmon sanoati ham boshqa
tarmoqlardan loklar, bo‘yoqlar (mebel ishlab
chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi
ximikatlar (qog‘oz tayyorlash uchun),
avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog‘och
tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi.
Boshqacha qilib aytganda, o‘rmon sanoati
bilan boshqa tarmoqlar orasida keng
tarmoqlararo aloqalar mavjuddir.
11.
12.
13.
• Mustaqqilik yillarida Toshkent vaAsakada duradgorlik buyumlari
zavodlari, Toshkentdagi quyoshdan
himoya uskunalari zavodida esa
plastmassadan deraza romlari ishlab
chiqaradigan sex ishga tushirildi.
Toshkentda O‘zbekkston – Gretsiya
qo‘shma korxonasi «O‘z Ellas» gugurt
zavodi mahsulot bera boshladi.
14.
15.
• Yog‘och xomashyosi tanqisllgi sanoatga jiddiyqiyinchilik tug‘dirmoqda. Yog‘ochlardan
tejamkorllk bilan foydalanish maqsadida
selluloza sanoati ham rivojlanmoqda.
• Selluloza – maydalangan va kimyoviy yo‘l
bilan ishlangan yog‘och massasi, u sun’iy tola
va qog‘oz ishlash uchun xom ashyo bo‘ladi
16.
17.
• Mamlakatimizning turli burchaklaridaselluloza va qog‘oz ishlab chiqaradigan kichik
korxonalar ishga tushmoqda. Jumladan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli
tumanida mahalliy xomashyo qamish,
bug‘doy, sholi somoni, paxta g‘o‘zapoyasidan
selluloza va qog‘oz mahsulotlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya
ishtirokidagi korxona tashkil etiladi.
18.
• Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi«Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa
tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtzorlarni barpo
etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
maxsus Qarori o‘rmon sanoatida keskin
o‘zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar
maydoni har yili 10 ming gektarga
kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln
metr kub sanoatbop yog‘och tayyorlanadi.
19.
• Yog‘och tayyorlash korxonalari taxta tilishzavodlariga g‘o‘la yog‘och yetkazib beradi.
Tilingan yog‘och, ya’ni taxta mebel sanoati uchun
xom ashyodir. Yog‘och tayyorlash va
yog‘ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq,
payraha, po‘stloq)dan o‘rmon-kimyo sanoatida
siprt, moylar, bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Shu
sababli o‘rmon-kimyo kombinatlari qurish o‘ta
samaralidir. Yog‘och xomashyosi taqchil
O‘zbekistonda chiqindilarni to‘la qayta
ishlaydigan yog‘ochsozlik kombinatlari, ayniqsa,
o‘ta muhim hisoblanadi.
20.
21. Topshiriqlar
• 1. Mavzuni o`qib kelish• 2. Yozuvsiz xaritadan O`rmon
sanoatini bo`yab kelish (shartli
belgilari birga)
• 3. 47-rasmni chizib kelish
• 4. savol-javob