10.21M
Категория: ПромышленностьПромышленность

Mashinasozlik va uning tarmoqlari

1.

Mashinasozlik va uning tarmoqlari.

2.

Mashinasozlik majmuasi - iqtisodiyotning barcha sohalari
uchun mashina va asboblar ishlab chiqaruvchi, aholini
televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste'mol buyumlari
bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari uyg‘unligidir.

3.

4.

Mashinasozlik
mamlakat iqtisodiyotining ustuvor
majmuasi hisoblanadi. Chunki iqtisodiyotning hech bir
tarmog‘i mashinalar bilan ta’minlanmay turib rivojlana
olmaydi. Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko‘p
miqdorda metall, plastmassa, bo‘yoqlar, rezina, gazlama,
yog‘och-taxta kerak bo‘ladi.
Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar
xilma-xil detallarni bittagina zavodda yasash noqulay va
samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda detallar yasashga
ixtisoslashish, ya’ni tayyor mahsulotning ayrim detallari va
qismlarini yasash keng rivojlangan.

5.

6.

Binobarin, mashinalar uchun ayrim detallarni ishlab chiqaruvchi
ko‘pdan ko‘p mashinasozlik zavodlari bir-biri bilan, shuningdek,
metall, plastmassa, rezina va hokazolarni yetkazib beruvchi
(boshqa tarmoq) korxonalari bilan ishlab chiqarish aloqalari
bo‘lishini, ya’ni kooperativlashish larini talab qiladi. Ammo
bunday ishlab chiqarishni transportsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Shu sababli mashinasozlik tarmoqlarini joylashtirishda qulay
transport magistrallarining mavjudligi, albatta, hisobga olinadi.

7.

8.

Mashinasozlik korxonalari uchun malakali ishchi va ilmiy-
texnik mutaxassislar yetarli bo‘lishi kerak. Shu sababli
mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda iste’molchining
yaqinligi va metallurgiya bazasi ham hisobga olinadi.
Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar vositasida,
yuqori malakali mehnat evaziga yaratiladi. O‘rta hisobda har bir
mashinaning tannarxi unga sarflangan xomashyo - metall
tannarxidan yuzlab marta ortiq bo‘ladi.

9.

10.

Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda metall ishlatmaydi. Agar bir dona mashinani yasash uchun
ko‘p metall (yoki boshqa material ko‘p) kerak bo‘lsa, bunday mashinasozlikni ko‘p metall yoki ko‘p material talab
qiluvchi mashinasozlik deyiladi. Kon va metallurgiya asbob- uskunalari, temiryo‘l vagonlarini ishlab chiqarish bunga
misol bo‘ladi.
Shunday qilib, sarf qilinadigan material va malakali mehnat miqdori, xomashyo hamda tayyor mashinalarni
tashish sharoiti mashinasozlik zavodlarini: a) transport magistrallari; b) malakali kadrlar; d) iste’molchilar; e) yirik
metallurgiya korxonalari mavjud yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab beradi.

11.

12.

O‘zbekiston
iqtisodiyoti uchun an'anaviy ixtisosli sohalar
hisoblangan paxta, pilla, kanop yetishtirish va ularni qayta
ishlash qo‘l mehnatini ko‘p talab qiladi. Shu sababli qishloq
xo‘jaligining ixtisoslashgan sohalarini mexanizatsiyalashni
ta’minlovchi, ya’ni yer haydash, ekin ekish va ishlov berish,
hosilni yig‘ib olish hamda tayyor xomashyoni qayta ishlashda
qo‘llanadigan mashina va asboblar ishlab chiqaradigan qishloq
mashinasozligi tarmoqlari vujudga keldi.
Toshkentdagi «Toshqishloqmash», «O‘zbekqishloqmash» va
Chirchiqdagi «Chirchiqqishloqmash» kabi zavodlar qishloq
xo‘jaligi mashinasozligining asosiy korxonalaridir.

13.

14.

15.

Bu
zavodlar paxtachilik uchun traktor seyalkalari,
kultivatorlar, g‘o‘zapoya yuladigan, ko‘rak teradigan va
chuviydigan, o‘g‘it aralashtiradigan, qishloq xo‘jaligi
zararkunandalarini yo‘qotishda zaharli moddalarni purkaydigan
mashinalar ishlab chiqaradi. 1994-yilda O‘zbek-Isroil qo‘shma
korxonasida paxta teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi.
Suv omborlari, kanallar qurilishi va ularni loyqadan
tozalashda, suvni yuqoriga ko‘tarishda, umuman, irrigatsiyada
qo‘llaniladigan mashinalar ishlab chiqaruvchi irrigatsiya
mashinasozligi ham agrosanoat majmuasi ehtiyojiga ko‘ra
vujudga keldi. Irrigatsiya mashinasozligining markazi Andijon
viloyati hisoblanadi.

16.

17.

Paxtachilik rivojlangani sayin traktorlarga, paxta
tashiydigan mashina va mexanizmlarga ehtiyoj
orta bordi. Shuning uchun Toshkent traktor
zavodi - TTZda universal traktorlar, paxtani qopqanorsiz tashishga mo‘ljallangan ag‘darma
tirkamalar ishlab chiqarila boshlandi.

18.

19.

Andijon, Samarqand va Kattaqo‘rg‘onda paxta
tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab
chiqaruvchi mashinasozlik zavodlari joylashgan. Milliy
iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida mashina va
mexanizmlar ko‘plab qo‘llanilayotganidan ularga ehtiyot qismlar
yetkazib beradigan hamda sozlaydigan korxonalar deyarli barcha
viloyatlarda barpo etilgan. Samarqanddagi «Paxtamash» zavodi
ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonalarning eng yirigidir.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilikda qo‘llaniladigan
mashina
va
moslamalar
«O‘rta
Osiyoqishloqmash»
birlashmasida ishlab chiqarilmoqda.
Toshkent,

20.

O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab
elektrotexnika sanoati alohida tarmoq tarzida
shakllandi. O‘ndan ortiq elektrotexnika
zavodlari ishladi. EHM ishlab chiqaradigan
«Algoritm» zavodiga asos solindi. EHM uchun
mikroelek- tronika elementlari, mikrosxemalar,
masofadan turib boshqarish sistemalari va
boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan
«Zenit» zavodi ishga tushirildi.

21.

22.

Hozirgi vaqtda mashinasozlik
tarmoqlarida 100 mingga yaqin kishi
mehnat qilmoqda.

23.

To‘qimachilik sanoatining yuksalishi xomashyogagina bog‘liq bo‘lmay
uni zamonaviy to‘quv dastgohlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlashga
ham bog‘liqdir. Bunday jihozlarni «O‘zbekto‘qimachilikmash»
birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma korxonalari Toshkent,
Qo‘qon, Jizzax shaharlarida joylashgan.

24.

Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi 1941yilda tashkil topgan
Chirchiq shahridagi «O‘zbekkimyomash» zavodi dastavval kimyo,
mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz sanoati korxonalari uchun uskunajihoz ishlab chiqarar edi. Hozirda kimyo uskunalari,
turbokompressorlar, ventilatorlar, nasoslar ishlab chiqarmoqda.
Toshkent «Kompressor» zavodida qo‘shma kompressor
stansiyalar ishlab chiqariladi. Namanganda esa neft va gaz
quduqlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi.

25.

26.

Kommunal xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida
Samarqand liftsozlik zavodi ishlamoqda. Zavodda
yo‘lovchi va yuk liftlari, yog‘ochga ishlov
beradigan stanoklar ishlab chiqariladi

27.

Topshiriqlar
1. Mavzuni o`qish
2. Yozuvsiz xaritadan mashinasozlik
bo`yab kelish (shartli belgisi bilan
birga)
3. globuslarni yozish
4. 40-rasmni chizib kelish
5. savol-javob
English     Русский Правила