Похожие презентации:
Avtotransport_korxonalarida_auditning_maqsadi_va_vazifalari_tXVg4Xm
1.
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETIBOSHQA TARMOQLARDA AUDIT FANIDAN
TAQDIMOT
Mavzu: Avtotransport korxonalarida auditning maqsadi va vazifalari
Bajardi:
2.
REJA:1. Transport tashkilotlarida auditning maqsadi, vazifalari va axborot
manbalar
2. Transport tashkilotlarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va ichki
nazoratni baholash
3. Mavzu bo`yicha xulosa
3.
1. Transport tashkilotlarida auditning maqsadi, vazifalari vaaxborot manbalar
Respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda transport tarmog‘i
muhim ahamiyatga ega. Bu tarmoq o‘z ichiga temiryo‘l, havo yo‘llari,
daryo, dengiz, yerosti va yer usti yo‘llari transportlarini oladi.
Respublikamizning geografik o‘rni, tabiiy-iqlimiy sharoiti, dunyoning
boshqa mamlakatlari bilan bog‘lovchi daryo va dengiz yo‘llarining
yo‘qligi, shuningdek, boshqa obyektiv va subyektiv sharoitlar sababli
mamlakatimiz transport tarmog‘ida avtotransport o‘ziga xos o‘rin
egallaydi. Jumladan, respublikamizda tashilayotgan yuk hajmining 85
foizi, yo‘lovchi tashish hajmining 96 foizi aynan avtotransportga to‘g‘ri
keladi. Bu esa avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar xalq
xo‘jaligida katta ahamiyat kasb etishini, shuningdek, ularni buxgalteriya
hisobining muhim subyektlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
4.
Auditor transport tashkilotlarining faoliyatini tekshirayotganda ularni turli belgilaribo‘yicha tasniflaydi. Bunga mulkiy shakli, tashkiliy-huquqiy maqomi, ta’sischilar
tarkibi, faoliyat yuritish doirasi, ixtisoslashganligi, xodimlar soni va tanlangan soliq
rejimi kiradi.
Transport tashkilotlarida auditning ob'ektlari sifatida asosiy va asosiy bo‘lmagan
faoliyat turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayonlar va operatsiyalar, faoliyat turlarining
olib borilishini ta’minlovchi aktivlar, aktivlarni tashkil topish manbalari, shuningdek,
erishilgan moliyaviy natijalar hisoblanadi. Auditning ushbu ob'ektlari transport
tashkilotlarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, barcha korxonalardagi
kabi umumiy jihatlarga ham ega.
5.
Respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq,transport tashkilotlarining faoliyati asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat
turlariga bo‘linadi. Asosiy faoliyatiga transport yordamida bajarilgan
ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar kiradi, asosiy bo‘lmagan faoliyat esa
moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi transport tashkilotlarida bajarilayotgan
ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar yalpi ichki mahsulotda sezilarli
ahamiyatga ega. Shu bois, ularda shu faoliyat natijalari bilan bog‘liq
xarajatlar va kutilayotgan daromadlar birlamchi hujjatlar orqali uzluksiz
rasmiylashtiriladi hamda nazorat qilish buxgalteriya hisobi orqali tartibga
solinadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida turli hisobotlar
tuziladi.
Ta'li
tamoy
tas
6.
Transport tashkilotlarida yuritilayotgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va ulargaasoslangan hisobotlar amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq
amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar auditorlik tashkilotlari tomonidan vaqti-vaqti
bilan tekshiriladi, bu esa auditning xalqaro standartlariga muvofiq ravishda tartibga
solinadi.
Auditning asosiy maqsadi – transport tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq xo‘jalik
operatsiyalarining birlamchi hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirilganligini,
mavjud moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish holatini,
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning
buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilganligini, moliyaviy natijalar to‘g‘ri
aniqlanganligini hamda tuzilgan moliyaviy hisobotlarning amaldagi qonuniyme’yoriy hujjatlar talablariga mosligini tekshirishdan iborat.
7.
Bundan tashqari, hisob xodimlari transport vositalarining ish faoliyatini son va sifat jihatdan ifodalovchiko‘rsatkichlarni doimiy nazorat va tahlil qilish, natijalarni tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish
maqsadida rahbariyatga va boshqa foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish kabi vazifalarni
bajarishlari lozim.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib, auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda quyidagi vazifalar bajarilishi zarur:
• Transport vositalarining holati va harakatini birlamchi hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilganligini,
shuningdek, ular asosida transport vositalarining analitik va sintetik hisobining to‘g‘ri yuritilishini
tekshirish;
• Transport vositalarining ish faoliyatini bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar
hamda daromadlarni hisobot davrlari bo‘yicha hisobga olish, ularni tasdiqlovchi hujjatlarning o‘z vaqtida
va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish;
8.
• Transport vositalarini ekspluatatsiya qilishga doir xarajatlarning tizimli hisobga olinganligini,hisob ma’lumotlari asosida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxini to‘g‘ri
aniqlash;
• Transport vositalari faoliyatini uzluksiz ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari
(yoqilg‘i, yog‘lash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) holati hamda harakatiga doir birlamchi
hujjatlar, moddiy hisobotlar va hisob registrlarining to‘g‘ri tuzilganligini ta’minlash;
• Transport yordamida naqdsiz pulga bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobkitoblarning barcha buyurtmachilar bo‘yicha to‘g‘ri olib borilganligini tekshirish.
- Ko‘rsatilgan transport xizmatlaridan olingan naqd pul tushumlarining korxona kassasiga kirim
qilinishi, naqd pul hisobidan haydovchilar tomonidan avtomobil yoqilg‘ilarining xarid qilinishi, pul
mablag‘larining bank muassasalariga topshirilishi to‘g‘riligini va o‘z vaqtida hujjatlashtirilganligini
tekshirish;
• Ish haqi, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga
oshirilganligini nazorat qilish;
• Transport yordamida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha moliyaviy natijalar
ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri shakllantirilganligini, ularning buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarida
amaldagi qonunchilik me’yorlariga mosligini tekshirish.
9.
Auditor O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil va Daryo Transporti Agentligi tomonidantransport tashkilotiga yuk tashish va yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
uchun berilgan litsenziya bilan tanishadi.
Avtotransportda yuk tashish va yo‘lovchi tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, ular bilan
shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlari va yakka tartibdagi tadbirkorlardan maxsus
kvalifikatsion talablarga javob berishni taqozo etadi. Auditor me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Transport tashkilotlari faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda auditor ularning hisob
siyosati bilan tanishadi. Hisob siyosatida boshqa turdagi korxonalar singari tanlab olingan
buxgalteriya hisobi obyektlarini tan olish mezonlari, ularning hisobini yuritishga asos bo‘luvchi
hujjatlar tizimi, ishchi schotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishini tashkil qilish,
tovar moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali va hisobni yuritishga doir boshqa
tartib-qoidalar o‘z ifodasini topganligiga e’tibor qaratadi.
Ta'li
tamoy
tas
10.
Transport tashkilotlari faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda axborot ta’minot manbalari quyidagilardan iborat:• Transport tashkilotlarini nizomi;
• Biznes-reja ma’lumotlari;
• Transport tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlari;
• Transport tashkilotlari faoliyatini hisobga oluvchi hisob registrlari, shakllari, jurnal orderlar, qaydnomalar va hisobvaraqlar;
• Mehnat hisoboti 1T shakli;
• Tovar-transport yuk xati (TTYu);
• Shahar ichidagi va shahar atrofidagi yuk tashish 1-t shakli;
• Shaharlararo yo‘llarda yuk tashish 2-tm shakli;
• Xalqaro yo‘llarda yuk tashish SMR shakli;
• Yo‘l varaqasi (4-s (ishbay) shakli; 4-p (vaqtbay) shakli; 4-m (shaharlararo) shakli; 1 (xalqaro) shakli);
• Neft mahsulotini suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni tarqatish limit kitobchasi;
• Limit kitobchasi – iste’molchi tomonidan olinadigan neft mahsulotlari va gaz miqdorlari me’yorini aks ettiruvchi kitob;
• Reyestr – neft mahsulotlari va gazni olish uchun rasmiylashtirilgan tarqatish vedomostlarini ro‘yxatga olish hujjati;
• Tarqatish vedomosti – mahsulot yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasida neft mahsulotlari va gazni olish uchun rasmiylashtiriladigan hujjat;
• Yagona tovar-transport yuk xati – tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib o‘tish jarayonida hisobini yuritish, kirim qilish, omborxona operatsiyalarini va
buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan, barcha aralash tashish
ishtirokchilari uchun yagona bo‘lgan tashish hujjati.
11.
Transport tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tarkibiga quyidagilarkiradi:
• O‘zbekiston Respublikasining 25.02.2021-yildagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni (yangi
tahriri) O‘RQ-677-son;
• Auditning xalqaro standartlari to‘plami (Xalqaro audit va ishonch bildirish standartlari Kengashi
(XAIBSK)ning veb-sayti www.iaasb.org);
• O‘zbekiston Respublikasining 13.04.2016-yildagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni
(yangi tahrir), O‘RQ-404-son;
• Buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari to‘plami;
• O‘zbekiston Respublikasining 09.08.2021-yildagi “Transport to‘g‘risida”gi qonuni, O‘RQ-706son.
12.
2. Transport tashkilotlarida auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va ichki nazoratnibaholash
Auditorlik tekshiruvini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun nazorat usullari va metodologiyasini
to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek, ilg‘or tajribalardan foydalanish zarur. Har bir auditorlik
tekshiruvining vaqti cheklangan bo‘lgani uchun auditor uchun uning maqsadini aniq
belgilash, tekshiriladigan obyekti xatosiz o‘rganish, o‘z harakatlarini oqilona rejalashtirish,
samarali auditorlik amallarini qo‘llash va xolisona auditorlik xulosalarini rasmiylashtirish
uchun zarur dalillarni yig‘ish muhimdir. Aniq auditorlik tekshiruvlari maqsadlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun audit o‘tkazishning asosiy bosqichlarini izchillik bilan
bajarish lozim.
Auditorlik tekshiruviga tayyorgarlik amaldagi qonunchilikka asoslanib, mijozlar bilan
shartnoma shartlarini o‘rganish va uni rejalashtirish orqali amalga oshiriladi.
13.
Tekshiruvni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish uchun auditor oldidaturgan ishlarning kelishilgan aniq rejasini tuzishi zarur. Bu reja quyidagi
elementlarni o‘z ichiga olishi kerak:
• Tekshiriladigan axborotlar hajmini belgilash, tekshiruv vaqtini aniqlash va
tekshiruv uchun jalb qilingan auditorlar ishchi guruhi tarkibini belgilash;
• Auditorlik amallari ro‘yxatini tuzish va ularni qo‘llash uslubiyotini
belgilash;
• Mijoz nazorati uchun tanlab olingan usullarni qo‘llash imkoniyatini aniqlash
maqsadida taqdim etilgan axborotlar tarkibini belgilash.
14.
300-son AXS74 ga asosan, auditni rejalashtirish audit kelishuvi uchun audit umumiy strategiyasinibelgilash va audit rejasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Adekvat rejalashtirish audit maqsadlariga
bir necha yo‘nalishlarda erishishga yordam beradi, jumladan:
• Auditning muhim sohalariga lozim darajada e’tibor qaratilishini kafolatlash;
• Auditorlarga potensial muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal qilishda yordam berish;
• Auditor kelishuvi samarali bajarilishini ta’minlash uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va bajarilishini
boshqarish;
• Kutilayotgan risklarga javoban tegishli choralar ko‘rish uchun zaruriy qobiliyat va bilimga ega
bo‘lgan kelishuv jamoasi ishtirokchilarini tanlashda va ularning ishlarini taqsimlashda ehtiyotkorlik
bilan yondashish.
• Kelishuv jamoasi ishtirokchilarining ishini yo‘lga qo‘yish va nazorat qilish, shuningdek, ularning
ishini tekshirishni osonlashtirish;
• Zarur hollarda, komponentlarning auditorlari va ekspertlar tomonidan bajarilayotgan ishni
muvofiqlashtirishga yordam berish.
15.
Auditor joriy audit kelishuvining dastlabki bosqichida quyidagi harakatlarnibajarishi lozim:
• Mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish va muayyan audit kelishuvini davom
ettirish uchun talab etiladigan tartib-taomillarni bajarish, shuningdek, axloqiy
talablarga muvofiqlikni, shu jumladan mustaqillikni baholash;
• Kelishuv shartlarini tushunish faktini aniqlash.
16.
Auditor audit ko‘lami, uni bajarish muddatlari va yo‘nalishini belgilaydigan hamda audit rejasiniishlab chiqishda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladigan audit umumiy strategiyasini belgilashi lozim. Audit
umumiy strategiyasini belgilashda auditor quyidagi harakatlarni bajarishi zarur:
• Kelishuvning ko‘lamini belgilaydigan xususiyatlarini aniqlash;
• Auditni o‘tkazish muddatlarini va zaruriy axborot almashinuvi xususiyatini rejalashtirish uchun
kelishuv bo‘yicha taqdim etiladigan hisobotlarning maqsadlarini aniqlash;
• Auditorning professional mulohazasiga ko‘ra, kelishuv jamoasining kuch-g‘ayratini yo‘naltirish
uchun ahamiyatli hisoblanadigan omillarni ko‘rib chiqish;
• Kelishuv bo‘yicha bajarilgan boshlang‘ich ish natijalarini ko‘rib chiqish va zarur hollarda, kelishuv
partnyori tadbirkorlik subyekti uchun boshqa kelishuvlarni bajarish jarayonida olingan bilimlarning
audit uchun o‘rinli yoki o‘rinli emasligini aniqlash;
• Kelishuvni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslar xususiyati, hajmi va ulardan foydalanish
muddatlarini aniqlash.
17.
Auditor quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi audit rejasini ishlab chiqishi lozim:• Rejalashtirilgan riskni baholash tartib-taomillarining xususiyati, bajarish muddatlari va
ko‘lami;
• Taqdimnomalar darajasida rejalashtirilgan keyingi auditorlik tartib-taomillarining
xususiyati, bajarish muddatlari va ko‘lami;
• Kelishuv AXS talablari bilan mos kelishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan boshqa
rejalashtirilgan auditorlik tartib-taomillari.
18.
XULOSAAvtotransport korxonalarida auditning maqsadi va vazifalari, asosan, korxonaning
moliyaviy va operativ faoliyatini samarali baholash, ichki nazorat tizimini kuchaytirish
hamda resurslardan foydalanishni optimallashtirishga qaratilgan. Audit jarayonida
korxonaning moliyaviy hisobotlari, transport vositalarining holati, ularning texnik xizmat
ko‘rsatish va ta'mirlash jarayonlari, shuningdek, ishchi kuchi va boshqa resurslardan
foydalanish samaradorligi o‘rganiladi.
Auditorlar, shuningdek, avtotransport korxonalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari va normativlarga muvofiqligini tekshirish orqali korxonaning huquqiy jihatdan
to‘g‘ri faoliyat yuritishini ta'minlashga yordam beradi. Audit jarayonida aniqlangan
kamchiliklar va muammolar asosida tavsiyalar berish, kelgusida xatoliklarni oldini olish
va korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
19.
E`TIBORINGIZ UCHUNRAXMAT