4-Mavzu: Borliq FALSAFASI (ontologiya)
Reja:
Uygʻonish davri
Yangi davr mexanikasi
BORLIQ VA YO’QLIK DIALEKTIKASI
Substrat va substansiya
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotganini illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol
MATERIYA - moddiy obyektlarni birlashtiruvchi borliqning moddiy shakli bo‘lib, u olamdagi barcha moddiy obyektlarni, butun
Materiyaning uch tarkibiy darajasi
MAKON
VAQT
Makon va vaqtga nisbatan yondashuv
10.63M

4-Mavzu Ma'ruza Falsafa

1. 4-Mavzu: Borliq FALSAFASI (ontologiya)

2. Reja:

1. Borliq tushunchasining
mohiyatiga oid falsafiy va
tabiiy ilmiy konsepsiyalar.
3. Borliqda substrat,
substansiya va materiyaning
o‘zaro aloqasi.
4. Makon va vaqtning
substansional, relatsion, dinamik
va statik konsepsiyalari.
2. Falsafa tarixida borliq
haqidagi
qarashlar dialektikasi. Borliq
shakllarining tasnifi.
5. Makon va vaqtning topologik va
metrik xossalari.

3.

«Ontologiya»
atamasi
(yunoncha ontos – borliq, logos – so‘z,
ta’limot), “borliq haqidagi ta’limot”
degan
ma’noni
anglatadi,
ilmiy
kategoriya sifatida falsafada XVII asrdan
beri qo‘llanilmoqda.
“Borliq - tushunishni talab
qiladigan va tushunish asosida yuzaga
chiqadigan, shakllanadigan narsa. Borliq
— bu predmetlarning ko’rinishi yoki
shakllaridan biri emas, predmetlar
sinfining umumiy tushunchasi ham
emas, borliq — bu mavjudlikning
borlig’idir. Borliq - bu borliqni
anglashda
nima
kutilayotgan
va
tushunilayotgan
bo‘lsa,
o‘shaning
o’zidir”.

4.

Borliq – bu real mavjud, o’z ichiga barcha jismlarni oladigan,
barqaror, mustaqil, doimiy, cheksiz substansiyadir.
Borliq kategoriyasining mazmunini ochib beradigan qoidalar:
- Atrof olam, predmetlar, hodisalar real mavjud bo’ladi, u (olam) bor;
- Atrof olam rivojlanadi, ichki sababga ega bo’ladi, harakat manbai
o’zida;
- Materiya va ruh – yagona, lekin shu bilan birga qarama-qarshi
mohiyatlar, real mavjud.
Substansiya – o’z mavjudligi uchun
o’zidan boshqa hech narsaga ehtiyoj sezmaydigan
mustaqil borliq.
4

5.

Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga
aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham
yo’qlikdir. Bu ma’noda yo’qlik cheksizlik, mangulik bilan bir.
Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak,
borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir.
Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir.
Yo’qlikni esa hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi.
5

6.

“Yo‘qlik” tushuncha sifatida
KENG TOR

7.

Маvjudlik

borliqning
hozirgi
paytda namoyon bo’lib turgan qismi.
Reallik esa, mavjudlikning hammaga
ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan
qismi.
Borliq
o’ziga
reallikni
ham,
mavjudlikni ham qamrab oladi.
7

8.

Borliqqa munosabatning xilma-xilligi
Mifologiyaning
bosh maqsadi
Falsafaning
bosh maqsadi
“borliqni kim yaratgani”
haqida gapirib berish
“borliqning nimaligi,
u qayerdan paydo bo’lgani
va qayerga yo’qolishi”ni
oqilona tushuntirish
8

9.

Faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish
zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya
sifatidagi “borliq” nima?
bu atama nimaga nisbatan
tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy
ma’no yuklanadi?

10.

Qadimgi Yunon olimlarining
fikricha BORLIQ
Fales
SUV
Anaksimandr
APEYRON
Anaksimen
HAVO
Ksenofan
YER va SUV
Parmenid birinchi bo‘lib borliqni
kategoriya sifatida tavsifladi va
maxsus falsafiy tahlil predmetiga
aylantirdi
Geraklit
OLOV
Pifagor
“hamma narsa
sondir”
Demokrit va Levkipp
ATOM
Platon
G‘OYA

11. Uygʻonish davri

BORLIQ
unga xos boʻlgan
ruh tomonidan
harakatga
keltiriladi

12. Yangi davr mexanikasi

BORLIQ
tashqi kuch
taʼsir harakatga
keladi

13.

Forobiyning fikricha
“VUJUDI VOJIB”
barcha mavjud yoki
paydo bo‘lishi mumkin
bo‘lgan narsalarning
birinchi sababi
“VUJUDI MUMKIN”
esa doimo o‘zgarishda,
ziddiyatli munosabatlarda
bo‘lib, unda barcha narsalar
oddiydan murakkabga,
tartibsizlikdan tartiblilikka
qarab harakat qiladi
Ibn Sino fikricha borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Ollohdir.
Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan
qidirish noo‘rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma-xil
jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi

14.

Abu Nasr Forobiy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat
deb hisoblagan:
6-sabab
modda (al-modda)
5-sabab
shakl (as-surat);
4-sabab
jon (an-nafs);
3-sabab
faol aql (al-aql al-faol);
2-sabab
(sababi - soniy) - samoviy jismlar
borlig'i;
1-ilk sabab
(sababi-avval) - xudo;

15. BORLIQ VA YO’QLIK DIALEKTIKASI

Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik aloqa mavjud.
Yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa,
Ong o’zligini yo’qotgan holatda «yo’qlik» atamasi ishlatiladi.
O’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir.
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo’ladi,
U faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi.
Borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni uning butun
rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo’lish shakllari
bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi.
15

16. Substrat va substansiya

• Lotincha
to’shama, negiz
ma’nosini
angatadi
substrat
substrat
• Borliqning eng
quyi va asosiy
qatlami sifatida
tushuniladi
• Muayyan vujudga
kelish jarayonining
o’ziga xos
xususiyatini
ifodalaydi
substrat

17.

• Turli moddalarning hosil bo’lish va
o’zgarish jarayonlarida o’zining
barqaror holatini saqlab qoluvchi
atomlar kimyoviy jarayonlarning
substrati sifatida namoyon bo’ladi
• Muayyan fizik
jarayonlarning subtrati
sifatida elementar
zarralar va fundamental
o’zaro ta’sirlar amal
qiladi
• Elementar “hayot birlig” sifatida
nuklein kislotalar va oqsil
moddalarning molekulalari
bilologik jarayonlar substrati
hisoblanadi
fizika
kimyo
biologiya
jamiyat
• Barcha ijtimoiy o’zgarishlar
zamirida maqsadga muvofiq
faoliyati mavjud bo’lgan inson
ijtimoiy hayot substrati
hisoblanadi

18.

Substansiya(lot:mohiyat,asos)ning o‘ziga xos xususiyatlari
o‘z-o‘zini belgilash
o‘z-o‘zining
sababchisi
hisoblanadi, uni
yaratib va yo‘q qilib
bo‘lmaydi
Universallik
hech narsaga bog‘liq
bo‘lmagan, barqaror,
o‘zgarmas va mutlaq
birinchi negizni
ifodalaydi
yagonalik
birinchi
negizning
yagonaligini
nazarda
tutadi
yaxlitlik
kauzallik
mohiyat va
mavjudlikning
birligini
ko‘rsatadi
barcha
hodisalarning
umumiy sababiy
bog‘liqligini o‘z
ichiga oladi

19.

Turli falsafiy ta’limotlarda dunyoning birligi va uning kelib
chiqishiga nisbatan yondashuvlar
MONIZM- «monizm» (yunon. monos
– bitta, yagona) Dunyo narsalar va
hodisalar rang-barangligi bir
substansiyadan iborat.
MATERIALISTIK MONIZM
Monizm-dunyo yagona va uzviy, u azaldan
moddiy, dunyoning birligi zamirida ayni
shu moddiylik yotadi
IDEALISTIK MONIZM
materiya har qanday borliqning boqiy
mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi
asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsa
DUALIZM. (lot. dualis – ikki
yoqlama) Birinchi asos sifatida
ikkita substansiya olingan
falsafiy yondashuv (DEKART)
MODDIY
MA’NAVIY
PLYURALIZM
«Plyuralizm» (lot. –
ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p
sonlik) dunyoning
negizida ikkita emas,
balki undan ko‘proq
mohiyat borligini tan
oluvchi
ta’limot.(Leybnes
monadalari)

20.

BORLIQNING ASOSIY SHAKLLARI:
Tabiat borlig’i– tabiat va atrof
olamdagi moddiy (masofa, massa,
hajm, zichlikka ega bo‘lgan) jismlar,
narsalar, hodisalarning mavjudligi
Ma’naviy borliq– idealning mustaqil reallik
sifatida individuallashgan ruhiy borliq va
ob’ektivlashgan (individdan tashqaridagi)
ruhiy borliq ko‘rinishida mavjudligi
Ijtimoiy borliq – insonning
jamiyatda borligi va jamiyatning
borligi (hayotning mavjudligi,
rivojlanishi)
Inson borlig‘i – insonning moddiy va
ruhiy (ideal) birligi sifatida mavjudligi,
insonning o‘z-o‘zicha borligi va uning
moddiy dunyoda borligi
VIRTUAL BORLIQ - texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydo
bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi. Virtual
(lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) – narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga
qarama-qarshi o‘laroq, obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi.

21.

Virtual borliq
“Virtual borliq” atamasi
muomalaga
amerikalik
kinematografchilar
tomonidan kiritilgan. Ular
muayyan sabablarga ko‘ra
tabiiy yo‘l bilan amalga
oshirib
bo‘lmaydigan
xayoliy
imkoniyatlarni
belgili-grafik
shaklda
sun’iy amalga oshirish
mumkinligi
haqidagi
kinolentani shu nom bilan
chiqarganlar.
“Virtual borliq” atamasi 1970
yillarning oxirida Massachuset
texnologiya institutida Jeron
Lener
tomonidan
o‘ylab
topilgan. U 1984 yilda
dunyoda birinchi virtual borliq
firmasini tashkil etdi. Bu
atama
kompyuterda
yaratiladigan
muhitda
insonning
mavjudligi
g‘oyasini ifoda etadi.

22. Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotganini illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol

texnologiya.
Bunda obyektiv borliqni tabiiy
sezgi organlari yordamida idrok etish
o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter
grafikasi va ovoz vositasida sun’iy
yaratilgan
kompyuter
axboroti
egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q
narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi
va hidini his qilish mumkin emas.
Shunga qaramay, u mavjud va inson bu
xayoliy olamga kirib, uni nafaqat
kuzatadi va boshdan kechiradi, balki
unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham
ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil
harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi.
Inson tomonidan yaratilganidan keyin u
inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom
etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi,
mazkur ongning mazmuniga – bilimlar,
emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa
unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy
faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda.
Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish
jarayonida virtual borliq texnologiyasi
ayniqsa qo‘l kelmoqda. Kompyuter dizayni
va uning ajralmas hamrohi – kompyuter
ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar,
avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini
sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga
birlashtirildi.
22

23. MATERIYA - moddiy obyektlarni birlashtiruvchi borliqning moddiy shakli bo‘lib, u olamdagi barcha moddiy obyektlarni, butun

obyektiv reallikni ifoda
etuvchi
eng
umumiy
tushunchadir

24. Materiyaning uch tarkibiy darajasi

MIKRODUNYO
«...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydigan atomlar
va elementar zarralar dunyosi
A
MAKRODUNYO
B
barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar
dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan
komplekslari, organizmlar, organizmlarning
hamjamiyatlari ham kiradi)
C
MEGADUNYO
koinot dunyosi (sayyoralar,
yulduzlar komplekslari,
galaktikalar, megagalaktikalar)

25.

Materiya ko‘rinishlari
Notirik tabiat
Tirik tabiat
Ijtimoiy ko‘rinish
01
notirik tabiat ko‘rinishida
(jonsiz jismlar, minerallar,
moddalar);
02
tirik tabiat ko‘rinishida (tirik
organizmlar, jonli xujayralar, viruslar,
bakteriyalar, o‘simliklar, qushlar,
hayvonlar);
03
ijtimoiy ko‘rinishda (odamlar –
jamiyat a’zolari)

26.

MATERIYA TUZILISHI HAQIDAGI TABIIY-ILMIY
TASAVVURLAR
Gravitatsion
(kvantlar-gravitonlar)
Elektromagnit
(kvantlar - fotonlar)
MAYDON
Yadro
(kvantlar - mezonlar)
Elektron-pozitronli
(kvant elektronlar, pozitronlar)

27.

Materiya mavjudligining
asosiy shakllari
Dunyo muqarrar
tarzda faqat
makon va vaqtda
mavjud
MAKON,
VAQT VA
HARAKAT
Materiya mavjudligining
atributlari
Materiya kabi,
mustaqil holda
mavjud bo‘la
olmaydi

28. MAKON

Makon narsalarning
ko‘lamini, o‘zaro
joylashish tartibini,
uzlukli yoki
uzluksizligini ifodalaydi
MAKON

29.

Makonning ko‘p o‘lchovliligi
Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli,
kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro
ta’sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi
tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch
o‘lchovliligi va vaqtning bir o‘lchovliligi (u
o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy
jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan
biri sifatida talqin qiladi va bizning
Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga
dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va
vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi.
Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay
o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega
bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

30.

Makonning uch o‘lchovliligi
Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy
jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning
cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch
o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishliligi, orqaga
qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari
sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada
ko‘radigan obyektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka – uch
o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega. Makonning har
qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Ammo
makonning uch o‘lchovliligi faylasuflar uchun amalda
jumboq bo‘lib qolmoqda. Ular uchun bu asoslashga
urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida
qabul qilinadi. Makonning uch o‘lchovliligini ta’riflab
bergan
Aristotel
pifagorchilarning
g‘oyalari
yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch
o‘lchov eng mukammal va tugallangan bo‘lib, aynan 3
soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.

31. VAQT

vaqt hodisalarning
ketma-ketligi,
jarayonlarning
davomiyligini ifodalaydi
VAQT

32.

VAQT TARTIBI VA
YO‘NALISHI
O‘TMISH
HOZIR
KELAJAK

33. Makon va vaqtga nisbatan yondashuv

Substansional
konsepsiya
tarafdorlari
fikricha,
fazo
narsalar
joylashgan idish, bo’shliq, o’ziga narsalarni
sig’diruvchi substansiya. Hamma narsa fazo
ichiga joylashtirilgan. Hech narsasi yo’q,
ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi
mumkin. Hamma narsa fazo ichiga
joylashtirilgan. Hech narsa yo’q, ya’ni
narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi
mumkin. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni
tasavvur etaylik. Nyuton fizikasiga ko’ra,
soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo’sh
qoladi, shu substansional konsepsiyadagi
fazodir.
Relyatsion konsepsiya tarafdorlari
esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega
deyishadi. Hech narsasiz fazoning
bo’lishi mumkin emas. Relyativistik
fizika asoschisi A.Enshteynga ko’ra,
soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma
ham yo’qoladi. Bu relyatsion
konsepsiyadagi fazodir.
33

34.

Makon va vaqtning metrik xossalari
Joy
Joy makon
chegarasi va u
qamrab
oluvchi
muayyan
hajmning birligi
O‘rin
Davomlilik
Lahza
Bir joyning
boshqa
joylarga
nisbatan
koordinatsiyasi
obyekt mavjudligining
davomiyligi va
saqlanishidir.
U voqea-hodisalarning
sinxroniya yoki
diaxroniya
munosabatlari bilan
tavsiflanishi mumkin
davomlilikning
parchalab
bo‘lmaydigan atomi,
davomlilik kvanti.
Davomlilik
chegaraga solingan
lahzalar majmui

35.

Makon va vaqtning
topologik xossalari
vaqt tartibi
makon va vaqtning
bog‘liqligi
sifat ko‘rsatkichlari
makon va vaqtning
uzluksizligi
vaqtning
o‘lchamliligi
vaqt yo‘nalishi

36.

Makon va vaqtga
oid konsepsiyalar
Dinamik
konsepsiya
Statik
konsepsiya
Vaqt jarayonlarining, shu jumladan
vaqt oqimining obyektiv borligʻini,
yaʼni oʻtmish, hozir va kelajak
voqealari oʻrtasida real fizik farqlar
mavjudligini tan oladi.
Obyektiv vaqt jarayonlari
mavjudligini inkor etmagan holda,
vaqtning oʻtmish, hozir va kelajakka
boʻlinishini rad etadi.

37.

Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan
bogʻliq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy
olamning cheksiz va chegarasizligi eʼtirof etiladi.
Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi
(ekstensiv) shakllar mavjudligi koʻplab falsafiy
adabiyotlarda qayd etilgan.
Olamning
chekliligi va
cheksizligi
Cheksizlik – amaldagi
qonunlarga
boʻysunmaydigan, ularni
aksioma tarzida qoʻllab
boʻlmaydigan, qism butunga
teng boʻlib qoluvchi
borliqdir
Cheklilik
Cheklilik – narsalar
jarayon va hodisalarning
muayyanliligini va
obyektning mavjudlik
chegarasini qayd etuvchi
tavsifni ifodalash uchun
moʻljallangan falsafiy
kategoriya
Cheksizlik ∞

38.

kstensiv
Ekstensiv cheksizlik
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U
mazkur obyekt doirasidan tashqarida, “katta”
dunyoda kuzatiladi va obyektdan tashqaridagi
cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda obyekt
xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar
bilan oʻzaro taʼsirlar tizimiga bogʻliqligi
muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik
mavjud boʻlib, u bilish qaratilgan
yoʻnalishdan kelib chiqib, intensiv yoki
ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv
va intensiv cheksizlik – haqiqiy
cheksizlikning oʻziga xos proyeksiyalaridir.
Ularni geometrik shaklning koordinatalar
oʻqidagi proyeksiyalariga oʻxshatish mumkin.
Intensiv cheksizlik
Intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan
qamrab olinadi. Intensiv cheksizlikning
mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega
boʻlmagan, mutlaqo elementar obyektlar
yoʻqligini koʻrsatadi. Intensiv cheksizlik
mikrozarralarni oʻrganish jarayonida
materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz
boʻlinishi sifatida qaralishi mumkin emas.
Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi
ular ancha murakkab tabiatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Intensi

39.

Hozirgi zamon falsafasida “harakat”
tushunchasi
“Keng” maʼnoda umuman har qanday
oʻzgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin
qilinadi. Harakatni umuman oʻzgarish sifatida
tushunish harakat turlarining butun rangbarangligini uning muayyan bir turiga
bogʻlash toʻgʻri emasligi haqida ogohlantiradi
va harakat shakllarining umumiy xususiyati
va bir-biriga aylanish qobiliyatiga ishora
qiladi. “Umuman oʻzgarish” deganda, bizning
ular haqidagi fikr-mulohazalarimizdan qatʼiy
nazar, obyektiv mavjud boʻlgan barcha
oʻzgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi.

40.

HARAKAT SHAKLLARI
noorganik va organik
tabiatdagi turli kimyoviy
reaksiyalarni, kimyoviy sintez
jarayonlarini o‘z ichiga oladi
Kimyoviy
C
jonli organizmlarda yuz
beruvchi rang-barang biologik
jarayonlar; - organik hayotni
qamrab oladi. Ular tabiat
sohasidagi asosiy shakllar
hisoblanadi
Mexanik
D
turli jismlarning makonda bir
joydan boshqa joyga
ko‘chishi: mayda zarralar
harakati, katta jismlar, shu
jumladan kosmik obektlar
harakati, materiya
harakatining mexanik shakli
boshqa har qanday shaklga
kiruvchi eng sodda shakl
sifatida namoyon bo‘ladi
Biologik
E
Fizik
B
elektromagnetizm,
gravitatsiya, issiqlik, yorug‘lik,
ovoz, moddalar agregat
holatining o‘zgarishini, fizika
o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik,
elektr kuchini qamrab oladi
ijtimoiy o‘zgarishlarni,
shuningdek fikrlash
jarayonlarini qamrab oladi
A
Ijtimoiy

41.

Harakat
Abadiy va
yoʻq boʻlmas
Materiyadan
ajralmas va mutlaq
nisbiy
o‘tkinchi

42.

Harakat – materiyaning ajralmas xususiyati
Xususiyatlari
Materiyaning oʻzidan kelib chiqadi (undagi mavjud
qarama-qarshiliklar, ularning yagonaligi va kurashi);
Harakat turlari
Mexanik harakat
Fizik harakat
Barcha narsani oʻzida qamrab oluvchi (hamma narsa
harakatda, itariladi va tortiladi, atom hamda mayda
zarralar; tirik organizmning doimiy faoliyati davom
etadi – yurak, ovqat hazm qilish tizimining ishlashi,
fizikaviy jarayonlar davom etishi; kimyoviy elimentlar
harakatlanishi,
tirik
organizmlar
haraatlanishi,
daryolarning oqishi, tabiatda moddalarning aylanma
harakati sodir boʻlishi, jamiyat doimiy takomillashib
borishi; Yer, boshqa qoinot jismlari oʻz oʻki va Quyosh
(yulduzlar) atrofida aylanishi; galaktikalarda yulduzlar
tizimi harakatlanishi, galaktikalarning esa olamda
harakatlanishi kuzatiladi;
Kimyoviy
harakat
Biologik harakat
Harakat tiplari
Sifatiy – materiya oʻzining
oʻzgarishi, ichki tuzilishining
qayta qurilishi va yangi
moddiy obyektlar hamda
ularning sifatiy xususiyatining
vujudga kelishi
Miqdoriy –
materiya va
energiyaning
maydondagi
koʻchishi
Dinamik harakat – eski shakl doirasida
mazmunning oʻzgarishi, ilgarigi moddiy
shakllarning “potensialini ochish”
Ijtimoiy harakat
Doimiy ravishda (har doim mavjud; harakat baʼzi shakllarining oʻrniga yangilari
vujudga keladi.
Populyatsiyaviy harakat – obyekt
tuzilishining tubdan oʻzgarishi, buning
natijasida yangi obyekt vujudga keladi,
materiya bir shakldan ikkinchisiga oʻtadi.
Populyatsiyaviy harakat-oʻzgarish
evolyutsion hamda “emerjment” (hech
narsaga asoslanmagan portlash yoʻli
bilan) yoʻli bilan sodir boʻlishi mumkin

43.

HARAKAT VA TARAQQIYOTNING MUTANOSIBLIGI
Harakat – Taraqqiyot
Taraqqiyot
Harakat
Harakat-yoʻnalishi, natijasi,
xususiyatidan qatʼiy nazar
umuman har qanday oʻzgarish
Taraqqiyot oʻzida sifat oʻzgarishlarini
mujassamlashtiruvchi qaytarilmas oʻzgarishning
oʻziga xos turlari.
Taraqqiyot quyidagilar bilan
xarakterlanadi:
1. Yoʻnalishi.
2. Ketma-ketligi.
3. Vorisiyligi.
4. Takrorlanuvchi momentlari.
5. Eskining inkor qilinishi va
yangining paydo boʻlishi
6. Taraqqiyot bu - jarayon

44.

Harakat tiplari
progress
regress
Orqaga qaytmaslik va muayyan
yoʻnalishga egalik xos boʻlgan
harakat tipi rivojlanish deb ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa
strukturasining murakkablashuvi,
ular tashkil topish
darajasining yuksalishi
yuz beradi
Agar harakat teskari yoʻnalishda
–barkamolroq va rivojlanganroq
shakllardan uncha rivojlanmagan
shakllarga, murakkabdan oddiyga
qarab yuz beradi
English     Русский Правила