Похожие презентации:
7-mavzu
1.
7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikningshakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining
rivojlanishi.
2.
Reja1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining
shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslari.
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish
mexanizmi.
3. Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining
shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari
va yo‘nalishlari.
4. Sanoat,
avtomobilsozlik
sohasining
rivojlanishi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
5. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya
qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi
chora-tadbirlar. Makroiqtisodiy barqarorlik tomon yo‘l
olinishi.
3. Bozor iqtisodiyoti nima?
• Bozor iqtisodiyoti buerkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot
boʻlib resurslarga xususiy
mulkchilik, iqtisodiy
faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va
uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan
foydalanish bilan tavsiflanadi.
4.
Bozor munosabatlariga o‘tishBirinchi Prezident Islom Karimovningning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 4-yanvardagi o‘n
ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari IX sessiyasida so‘zlagan
dasturiy nutqida hamda 1992-yil avgust oyida nashr etiligan
“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida
O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li belgilab berilgan.
Besh tamoyilga asoslangan
“o‘zbek modeli”ning mazmuni
va mohiyati 1993-yilda nashr
etilgan “O‘zbekiston – bozor
munosabatlariga o‘tishning
o‘ziga xos yo‘li” asarida
asoslab berildi.
5. 1993-yil O’zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurilishi va bozor munosabatlariga o’tishning “besh tamoyili” e’lon qilindi
Birinchidan - iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdanustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari
davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi
Ikkinchidan - davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh
islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar
jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi
yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan - Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni
qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan
qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin.
To‘rtinchidan - bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga
oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida
mas’ul bo‘lishidir.
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
6.
Bozor munosabatlariga o‘tishninghuquqiy asoslarining yaratilishi.
1994-yil 23-sentabrda “Yer osti
boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
2002-yil 13-dekabrda yangi tahrirda
qabul qilingan.
7.
8.
9.
10.
11.
Bozor munosabatlariga o‘tishninghuquqiy asoslarining yaratilishi.
12.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga
yo‘naltirilgan 500 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi.
Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi
qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar
to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning
faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi
to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati
to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul
qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga
qo‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni
cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik
protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz
tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
13.
Qirqib olinadigan bir martalik kuponO‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet
rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992-yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash
va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993yilning 15-noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib – 22-noyabrgacha gazeta qog‘ozida
chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal
qilgan.
14.
So‘m-kupon davriO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov
vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993-yil 12-noyabrdagi №550-sonli
qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z
vaqtida ta’minlash maqsadida 1961-1992-yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993-yil 15noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida
O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan
Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50,
100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Buyuk
Britaniyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.
So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada
bo‘lib,
1994-yilning
1-iyulidan
boshlab O‘zbekistonning milliy
valutasi
–
so‘m
muomalaga
kiritilganidan so‘ng ham, 1994yilning 1-avgustiga qadar amal
qilgan.
15.
So‘mning muomalaga kiritilishiO‘zbekistonning amaldagi milliy valutasi so‘m – O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993-yil 3sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi PF870-sonli farmoniga binoan, 1994-yilning 1-iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000
nisbatda muomalaga kiritilgan.
16.
So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100
tiyinga maydalangan. So‘m muomalaga kiritilgan kunda valuta birjasida 1 AQSh
dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan.
100 $ x 7 = 700
100 $ x 12 815= 1 281 500
1 281 500/700=1831
17.
1) Bir so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2020-yil 1-martiga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami 120
x 62 mm.
Banknotaning orqa
tomonidagi naqshli
ramka ichida pushtiyashil fon bilan
Toshkent shahrida
joylashgan Alisher
Navoiy nomidagi
Davlat Akademik katta
teatri binosining fasad
qismi va maydonidagi
favvora tasvirlangan.
Foto: Markaziy bank
18.
2) Uch so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2020-yil 1-martiga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami 120
x 62 mm.
Banknotaning
o‘rtasida sarg‘ish fon
bilan Buxoro
shahridagi
“Chashmayi Ayub”
tarixiy-me’moriy
yodgorligi
tasvirlangan.
19.
3) Besh so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib, 2020yil 1-martiga qadar
muomalada bo‘lgan.
O‘lchami 142 x 69 mm.
Banknotaning markaziy
qismida Buxoro
shahridagi “Minorai
Kalon” yodgorligining
me’moriy lavhasi tasviri
ustida ko‘k rangda
O‘zbekiston gerbi
joylashgan. Uning ikkala
tomonida geometrik
shakldagi bezaklar ichida
ko‘k-oq rangdagi ikkita
“Semurg‘” qushi
tasvirlangan.
20.
4) O‘n so‘m qiymatidagibanknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib, 2020yil 1-martiga qadar
muomalada bo‘lgan.
O‘lchami 142 x 69 mm.
Banknotaning orqa
tomonida Samarqand
shahridagi tarixiyme’moriy yodgorlik “Temuriylar maqbarasi”
(“Go‘ri amir”) aks
ettirilgan.
21.
5) 25 so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2020-yil 1-martiga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami 142
x 69 mm. Banknota
orqa tomonida
Samarqand shahridagi
“Shohi Zinda”
me’moriy yodgorligi
tasvirlangan.
22.
6) 50 so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2019-yil 1-iyuliga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami
142 x 69 mm.
Banknotaning orqa
tomonida Samarqand
shahridagi
“Registon” tarixiyme’moriy ansambli
tasvirlangan.
23.
7) Yuz so‘mqiymatidagi
banknota. 1994-yil
chiqarilgan bo‘lib, 2019yil 1-iyuliga qadar
muomalada bo‘lgan.
O‘lchami 142 x 69 mm.
Banknotaning orqa
tomonida Toshkent
shahridagi “Xalqlar
do‘stligi” saroyi aks
ettirilgan.
24.
1994-yilda muomalaga kiritilgan 100so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar
Germaniyaning «Giesecke & Devrient»
firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda
YeI valutasi – yevro ham chop etiladi).
1997-yili muomalaga kiritilgan 200
so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha
kupyuralar Toshkentdagi «Davlat belgisi»
davlat ishlab chiqarish birlashmasida
bosilmoqda.
Birlashma
O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki huzuridagi
«Davlat belgisi» 1992-yilda tashkil
etilgan va 2019-yilda O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining «Davlat
belgisi» davlat unitar korxonasi etib qayta
tashkil etildi.
25.
8) Ikki yuz so‘mqiymatidagi
banknota. 1997-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2020-yil 1-iyuliga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami 144
x 78 mm. Banknota
orqa tomonida
Samarqand shahridagi
“Sherdor”
madrasasining
peshtoqidan asos qilib
olingan quyosh
ko‘tarib ketayotgan
sher tasviri bor.
26.
9) Besh yuz so‘mqiymatidagi
banknota. 1999-yil
chiqarilgan bo‘lib,
2020-yil 1-iyuliga
qadar muomalada
bo‘lgan. O‘lchami 144
x 78 mm. Banknot
orqa tomonida ot
minib turgan Amir
Temurning haykali
tasvirlangan.
27.
10) Ming so‘mqiymatidagi
banknota. 1999-yil
chiqarilgan bo‘lib,
hozirda muomalada.
O‘lchami 144 x 78
mm. Banknota orqa
tomonining
markazida
Temuriylar tarixi
muzeyi binosi
tasvirlangan.
28.
11) Ikki ming so‘mlikbanknota. 2021-yil 14-iyunidan
chiqarilgan bo‘lib, o‘lchami 142 x 69
millimetr banknotaning o‘ng tarafidagi
och fonda qadimgi “Buyuk ipak yo‘li”
karvon yo‘lining ramzi sifatida tuya va
“2000” raqami ko‘rinishida suv belgilari
joylashgan. Banknota old tomoni chap
qismida dastlab miloddan avvalgi I asrda
qad ko‘targan, eramizning IX–X
asrlarida qayta qurilgan (hozirgi
qiyofasi, asosan, XVI asrda shakllangan)
Buxoro arkining ko‘rinishi tasvirlangan.
“Xonatlas” fonida tushirilgan
O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k
chiziqlar bilan “Buyuk ipak yo‘li”ning
karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
Yuqori chap qismida Buxoro shahrining
ramzi hisoblangan “ikki o‘rkachli tuya”
tasviri mavjud. Banknota orqa tomonida
miloddan avvalgi IV–III asrlarda
qadimgi karvon yo‘li o‘tgan Poykend
shahrining xarobalari tasvirlangan. O‘ng
qismida Buxoro viloyati hududidagi
“Varaxsha” arxeologiya
yodgorliklaridan topilgan VIII asrga
taalluqli devoriy ganchkor bezak tasviri
hamda miloddan avvalgi III ming yillik
davriga tegishli ro‘zg‘or idishi aks
etgan.
29.
12) Besh ming so‘mqiymatidagi
banknota. 2013-yil 1iyulidan chiqarilgan
bo‘lib, hozirda
muomalada. O‘lchami
144 x 78 mm.
Banknotaning
markazida Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi
me’moriy binosi, bino
gumbazining tepasida
O‘zbekistonning rangli
bayrog‘i tasvirlangan.
30.
Besh ming so‘mlikbanknota. 2021-yil
26-avgustidan
chiqarilgan bo‘lib,
o‘lchami 142 x 69
millimetr. “Xonatlas”
fonida tushirilgan
O‘zbekiston xaritasi
chizmasida ko‘k rang
bilan “Buyuk Ipak
yo‘li”ning karvon
yo‘llari yo‘nalishi
ko‘rsatilgan. Yuqori
qismida esa Samarqand
shahrining ramzi
hisoblangan “qanotli
qoplon” tasviri mavjud.
31.
13) O‘ng ming so‘mqiymatidagi
banknota. 2017-yil
10-martidan
chiqarilgan bo‘lib,
hali ham
muomalada.
O‘lchami 144 x 78
mm. Banknotaning
markazida Senat
me’moriy binosi
tasvirlangan.
32.
O‘n ming so‘mlikbanknota. 2021-yil 26-
avgustidan
chiqarilgan bo‘lib, o‘lchami
147 x 69 millimetr. Uning old
tomoni chap qismida
Toshkent shahridagi
Ko‘kaldosh madrasasi
tasvirlangan. Yuqori
qismidagi O‘zbekiston
xaritasi chizmasida och
chiziqlar bilan “Buyuk Ipak
yo‘li”ning karvon yo‘llari
yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
Banknota orqa tomonida
Toshkent shahridagi
Shoshtepa arxeologiya
yodgorligi tasvirlangan. O‘ng
qismida Toshkentning
qadimiy hunarmandchilik
namunalari bo‘lgan X-XII
asrlarga tegishli sopol lagan
hamda X asrga tegishli
ro‘zg‘or idishi tasviri aks
ettirilgan.
33.
14) 20 ming so‘mlik banknota. 2021-yil 14iyunidan chiqarilgan bo‘lib, o‘lchami 147 x69 millimetr. Banknotaning o‘ng tarafida och
fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi
bo‘lgan tuya va “20000” raqami ko‘rinishida
suv belgilari joylashgan. Banknota old
tomoni chap qismida hozirgi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida
miloddan avvalgi IV asrda qurilgan, XX
asrning 30-yillarida topilgan
“Qo‘yqirilgan qal’a” me’moriy yodgorligi
tasvirlangan. Yuqori qismdagi O‘zbekiston
xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan
“Buyuk ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari
yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Yuqori chap
qismidagi Qoraqalpog‘iston xalqining
kashtachilik matolarida qo‘llaniladigan naqsh
bezagi tasviri mavjud. Banknota orqa
tomonida miloddan avvalgi IV asrga tegishli
bo‘lgan, Sulton Uvays tog‘laridan janubiy
sharqqa qarab ketgan balandliklar tepasida
joylashgan “Jonbos qal’a arxeologiya
yodgorligi” tasvirlangan. O‘ng qismida
miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Orol–
Kaspiy dengizi oralig‘ida yashagan xalqlarga
tegishli sopol idish hamda miloddan avvalgi I
asrga tegishli qadimiy aholi tomonidan
zardushtlik marosimlarida foydalanilgan tuya
ko‘rinishidagi artefakt aks etgan.
34.
15) Ellik ming so‘mqiymatidagi
banknota. 2017-yil
22-avgustidan
chiqarilgan bo‘lib, hali
ham muomalada.
O‘lchami 144 x 78
mm. Banknota old
tomonida Mustaqillik
maydonidagi
“Ezgulik” arkasi
tepasidagi parvozga
shaylangan laylaklar,
markazida esa
“Anjumanlar saroyi”
me’moriy binosi
tasvirlangan.
35.
Ellik ming so‘m qiymatidagibanknota. 2021-yil 22-dekabridan
chiqarilgan. Yuqori qismidagi
O‘zbekiston xaritasi chizmasida och
chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”
karvon yo‘llari yo‘nalishi
ko‘rsatilgan.Yuqori chap qismida
Surxondaryo viloyati Sopollitepa
arxeologiya yodgorligi topilmasi
bo‘lgan “naqshinkor tamg‘a” tasviri
mavjud. Orqa tomonida I-VII asrlarga
tegishli bo‘lgan Surxondaryo viloyati
hududidagi qadimiy yodgorlik –
“Fayoztepa arxeologiya yodgorligi”
tasvirlangan. Markaziy qismida
tinchlik ramzi bo‘lgan “uchayotgan
kabutar” tasviri mavjud. O‘ng
qismida Surxondaryo viloyati
Sopollitepa arxeologiya yodgorligi
topilmasi bo‘lgan miloddan avvalgi
XVII-XV asrlarga tegishli ikki xil
ko‘rinishdagi sopol idishlar tasviri
aks ettirilgan.
36.
16) Yuz ming so‘mqiymatidagi
banknota. 2019-yil
25-fevralidan
chiqarilgan bo‘lib,
hali ham muomalada.
O‘lchami 144 x 78
mm. Banknota old
tomonida Mirzo
Ulug‘bek haykali,
haykalning o‘ng
tomonida ko‘p
funksiyali usturlob
astronomik asbobi
tasviri joylashgan.
37.
Yuz ming so‘mlik banknota. 2021yil 22-dekabridan chiqarilgan.O‘lchami 152 x 69 mm. Banknota old
tomoni chap qismida Xorazm
viloyatining Xiva shahrida joylashgan
“Ichan Qal’a” tarixiy muzeyi
tasvirlangan. Yuqori qismidagi
O‘zbekiston xaritasi chizmasida och
chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”
karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
Yuqori chap qismida “Ichan Qal’a”
tarixiy muzeyi markazida joylashgan
minora tasviri mavjud. Orqa tomonida
III-IV asrlarga tegishli bo‘lgan qadimiy
Xorazm davlatining poytaxti vazifasini
bajargan qal’a — “Ankaqal’a
arxeologiya yodgorligi” tasvirlangan.
O‘ng qismida Xorazm viloyati
arxeologiya yodgorligi topilmasi
bo‘lgan X asrga tegishli sopol idish va
miloddan avvalgi I asrga tegishli
kumush tanga tasviri aks ettirilgan.
38.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziybankining 200 000 so‘mlik
banknotasi
2022-yilning 15-iyulidan
boshlab chiqarildi. Banknotlar mavzusi
“Buyuk ipak yo‘li” va davlatimiz
hududida joylashgan Farg‘ona
vodiysining qadimiy tarixiga
bag‘ishlangan.
Hajmi 152 x 69 mm.
Banknotning o‘ng tomonida qadimiy
“Buyuk ipak yo‘li” ramzi va “200 000”
nominalidagi tuya ko‘rinishidagi
mahalliy suv belgisi mavjud.
Banknotning old tomonida , chap
tomonida Farg'ona viloyati Qo'qon
shahrida joylashgan “XUDOYORXON
O'RDASI” me'moriy yodgorligi
joylashgan.
39.
Banknotning orqa tomonida qadimgiFarg‘ona davlatining poytaxti bo‘lgan
miloddan avvalgi 3-asrga oid
“AXSIKENT ARXEOLOGIYA
YODGORLIGI” qadimiy arxeologik
yodgorligi tasvirlangan.
Markazda mashhur Quva anori ramzi
sifatida “anor” tasviri joylashgan. U turli
burchaklarda harakat va rang o'zgarishi
effektini yaratadigan "Spark live"
zamonaviy maxsus himoya elementidan
foydalanadi.O‘ng tomonida Farg‘ona
vodiysidan arxeologik topilmalar bo‘lgan,
miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid
sopol idishlar va ikki boshli ilon
shaklidagi qadimiy tumor joylashgan.
40.
Tanga so‘mlarSo‘m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog‘oz pullar muomalada ko‘proq ushlab turilishi
uchun tanga ko‘rinishidagi so‘mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997-yilda ilk marta 1, 5 va 10
so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko‘rinishdagi tanga so‘mlar 1998, 1999-yillarda ham ishlab
chiqarilgan. 2000- va 2001-yillarda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni
o‘zgartirilgan.
41.
Esdalik tangalariNikel bilan qoplangan po‘latdan Jaloliddin
Manguberdi tavalludining 800 yilligiga atab 25 so‘mlik
(1999), Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga atab 50 so‘mlik
(2002), Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab ikki xil 100
so‘mlik (2009), O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga
atab 500 so‘mlik (2011) esdalik tangalari katta tirajda
chiqarilgan va real muomalaga ham kiritilgan.
2001 yilda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilliga atab 100
so‘mlik jez tanga chiqarilgan; Tilla qoplangan qimmatbaho
bo‘lmagan metallardan ishlab chiqarilgan tangalar: 1994 Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan 1
so‘mlik tanga; 1994-O‘zbekiston Mustaqilligining 3 yilligiga
bag‘ishlangan 10 so‘mlik tanga; 1999 yilda chiqarilgan
«Buyuk siymolar» seriyasidagi kumush tangalar (1999):
Ularning barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100
so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999
sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan. Tangalarda
Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy,
Muso al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Amir Temur,
Alisher Navoiy siymolari tasvirlangan. «O‘zbekiston
mustaqilligiga 10 yil» seriyasidagi kumush tangalar (2001).
Tilla qoplangan kumush tangalar 1996-yilda - 50 so‘mlik
Mustaqillikning 5 yilligiga atab, 100 so‘mlik pul Amir
Temurning 660 yilligiga atab chiqarilgan. 999 sifatdagi, 31,1
gramm sof oltindan 1997-yilda ishlab chiqarilgan cheklangan
seriyadagi 100 so‘mlik tanga Amir Temurga atalgan.
42.
21.10.20245 750 000
so’m
11 500 000
so’m
23 001 000
so’m
57 502 000
so’m
43.
21.10.202444.
45.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari1-sentabr holatiga 39,15 mlrd dollarni tashkil etdi.
46.
O‘zbekiston yalpi ichkimahsuloti (YAIM) 2022-yilda
5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln
so‘mni (80,4 mlrd dollarga
yaqin) tashkil etdi. Aholi jon
boshiga YAIM hajmi esa 2255
dollargacha oshdi.
O‘zbekiston
iqtisodiyoti
2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1, 19
kvadrillion
so‘mni
(101,6
milliard dollar) (70-o‘rin) tashkil
etdi. Aholi jon boshiga yalpi
ichki mahsulot hajmi 34,04
million so‘mga (2666 dollar)
(139-o‘rin) o‘sdi (2024).
47.
48.
49.
Prezidentimiz 2030 yilga borib YaIMni 160 emas, bemalol200 mlrd dollargacha olib chiqishimiz, aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan YaIMni 4000 dollar emas, 5000 dollardan ham
ko‘proq miqdorga olib chiqish imkoniyatlarimiz borligini
ko‘rsatib berdilar. Prezidentimiz tomonidan 2025 yildagi davlat
budjetini shakllantirish va uning ijrosini ta’minlashda
tejamkorlik va barqarorlikka rioya etish, eng asosiysi, davlat
budjeti taqchilligini 3 foizgacha tushirish, inflatsiya darajasini 7
foizdan oshirmaslik vazifasi qo‘yildi. Inflatsiya 2026 yilda 5-6
foiz darajasida saqlanishi va 2027 yildan boshlab 5 foiz va undan
past bo‘lishi kutilyapti. O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 2024
yilda 6 foizlik o‘sish kuzatilib, YaIM hajmi 111 mlrd dollarga
yetishi bir-biriga nomutanosib ko‘rinadi. Yil yakuniga qadar
YaIM 111 mlrd dollar deb olganda, 2030 yilga borib 200 mlrd
dollarlik YaIMga ega bo‘lish uchun YaIM yiliga taxminan 10,3
foizdan o‘sishi kerak.
50.
51.
2023-yilda o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 9foizga qadrsizlandi. Bunga qisman Rossiya rublining
(mamlakatning tashqi savdo bo‘yicha asosiy hamkori valyutasi)
AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanishi sabab bo‘lgan.
2023-yilda import o‘sishi tezlashgani va mehnat
migrantlarining pul o‘tkazmalari hajmi qisqargani (oxirgisi
rublning qadrsizlanishi bilan bog‘liq) sababli joriy hisob taqchilligi
bo‘yicha holat yomonlashdi.
O‘zbekistondan gaz eksporti ichki iste’molning o‘sishi
fonida ikki barobar qisqardi. 2023-yilda mamlakat birinchi
marotaba Rossiyadan gaz import qilishni boshladi.
52.
Aholi84 607 016 (2024)
YAIM •4,591,1 trillion dollar
Aholi jon •$ 67,245
boshiga
YAIM
Davlat
qarzi
•YAIMning 63,6%
(2024)
•2,459 trillion evro
(2024)
O‘zbekiston davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2024-yilda
37 foiz (37 milliard dollar oshiq), 2025-yilda 37,4 foiz, 2026-yilda 37,9 foiz
atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2024-yilda O‘zbekiston yalpi
ichki mahsuloti hajmi 100 milliard dollardan, 2025-yilda 125 milliard
dollardan, 2026-yilda 140 milliard dollardan ortishi taxmin qilingan.
Qonunchilikda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizlik
yuqori chegarasi belgilangan.
53.
54.
Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilganmustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz tomonidan ham, xalqaro
maydonda ham taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb qabul qilindi.
O‘zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos
qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari,
eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki
davrlarda kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish
uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun
hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991-yil 18-noyabrdagi
O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini
o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga
bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus
dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
O’Z B E K I S TO N TAR I X I
55.
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994-yildabarpo etilgan O‘zbekiston – Isroil «O‘zIsmash» qo‘shma korxonasida paxta
terish mashinalarining go-rizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat
jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil
ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda
Asaka shahrida «Uz-DAEWOOavto» zavodi barpo etildi va
«Damas», «Tico», «Nexia» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64.9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda
58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «UzDAEWOO»
zavodida 1999-2003-yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli
avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil
ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» zavodi 10 yil
(1996-2006-yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198
609 tasi xorijga eksport qilindi.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab
chiqardi. 2022-yil 29-dekabrda “O‘zavtosanoat” (60 foiz ulush) va BYD
Europe BV (Niderlandiya, 40 foiz) qo‘shma korxonasi “ BYD Uzbekistan
Factory”ni tashkil etdi.
56.
2023-yilning to‘rtinchi choragidaBYD elektr transport vositalarini
sotish bo‘yicha Tesladan o‘zib ketdi
va dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
(BYD sotuvi 526 409 donaga yetdi,
Tesla sotuvi esa 484 507 donani
tashkil etdi). 2023-yilda BYD ning
umumiy avtomobil savdosi 3,02
million donani tashkil etdi, bu o'tgan
yilning shu davriga nisbatan 62,3
foizga o'sdi, shundan elektromobillar
savdosi 1,57 million donani tashkil
etdi.
2024-yil
yanvar
oyida
BYD O‘zbekistonda elektromobillar
ni yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi.
2024-yil
mart
oyida
Braziliyaning Salvador shahrida
yiliga 150 ming avtomobil ishlab
chiqarish quvvatiga ega BYD yig'ish
zavodi ish boshladi.
57.
•2006-yil fevral oyi – B100. o‘rniga Damas B150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi•2005-yil oktabr oyi – 500 000 - nchi avtomobilining chiqarilishi.
•2004-yil dekabr oyi – dvigatelning hajmi 1,0 litr va avtomatik uzatmalar qutisi bo‘lgan Matiz Best
avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2004-yil iyun oyi - sifati, yetakchiligi, ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalari uchun “International
Quality Summit - New York” xalqaro sovrinning qo‘lga kiritilishi.
•2003-yil aprel oyi - sifat tizimining ISO: 9001:2000 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan
sertifikatlanishi.
•2003-yil avgust oyi - Lacetti avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
•2003-yil mart oyi – Matiz avtomobili Rossiya Federatsiyasi bozorida«Yil avtomobili »nomiga sazovor
bo'ldi.
•2002-yil avgust oyi –DOHC dvigateli bilan avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2001-yil avgust oyi - Matiz avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2001-yil may oyi – 250 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
•1999-yil dekabr oyi - sifat tizimining ISO: 9001:1998 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan
sertifikatlanishi.
•1996-yil iyun oyi – Tico va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
•1996-yil mart oyi – Damas avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•1994-yil iyun oyi - Asaka shahrida zavod qurilshining boshlanishi.
•1993-yil mart oyi - «UzDEUavto» QK ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi.
•1992-yil iyun oyi – Birinchi prezident I. Karimovning Koreyaga tashrifi va Daewoo Motor ga tashrif
buyurishi.
58.
•2015-yil dekabr oyi - GBJ bilan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.•2014-yil mart oyi - Chevrolet Orlando avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2014-yil yanvar oyi –Pitnak shahrida «GM O‘zbekistan» filialining ochilishi.
•2013-yil noyabr oyi – Lacetti II (Gentra) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2012-yil sentabr oyi - Chevrolet Cobalt avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
•2012-yil mart oyi – Chevrolet Malibu avtomobilini. yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi
•2011-yil sentabr oyi – yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
•2011-yil aprel oyi – 1 500 000-chi avtomobilining ishlab chiqarilishi.
•2011-yil aprel oyi – Spark avtomobili «Shahar avtomobillari» nominatsiyasida «Rossiyada 2011 yil
uchun yilning eng yaxshi avtomobili» bo‘ldi.
•2010-yil avgust oyi – Spark avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
•2008-yil noyabr oyi – bir millioninchi avtomobilining chiqarilishi.
•2008-yil noyabr oyi – Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
•2008-yil iyun oyi –Nexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2008-yil mart oyi – «GM O‘zbekistan» qo‘shma korxonasining tuzilishi.
•2007-yil dekabr oyi – EURO III motorlari bo‘lgan Nexia va Matiz avtomobillarini ishlab chiqarish
boshlanishi.
•2007-yil oktabr oyi – Tacuma, Epica va Captiva avtomobillarini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
•2007-yil iyul oyi – 750 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
•2007-yil may oyi – O‘zbekistan Respublikasining hukumati va GM Daewoo Auto&Technology
kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
59.
•2021-yil - Xorazm viloyati Pitnak shahridagi filialida yangi press tsexining ochilishi•2021 yil. - Ozarbayjonda Gadjigabul shahrida Chevrolet brendi ostidagi avtomobillari yig'uvi yo‘lga qo‘yildi
•2020 yil. - Asakadagi “GM Uzbekistan” zavodi "General Motors" tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi
•2020 yil. - Qozog'istonda Kostanay shahrida General Motors standartlariga muvofiq Chevrolet brendi ostida avtomobilari yig'uvi
boshlandi
•2020 yil. - “UzAuto Motors”AJ zavodlarida yil davomida rekord miqdordagi avtomobil ishlab chiqarildi – 280 ming dona
•2019 yil. - Qozog'istonda Almata shahrida Ravon Nexia R3 avtomobilining rasmiy taqdimoti
•2019 yil. - Trade-In tizimi orqali eski avtomobilni yangisiga qoʻshimcha toʻlov bilan almashtirish imkonini beruvchi “UzAuto Motors
Service Trade-In Center” servis va savdo markazi ochildi.
•2019 yil. - Korxona milliy brend sifatida shakllantirilib, “UzAuto Motors” AJ deb nomlandi
•2018 yil. - "GM Uzbekistan" AJ O‘zbekistonda birinchi onlayn avtomobil xarid qilish platformasi – “UzAuto Savdo” ishga tushirdi
•2018 yil. - Asakadagi “GM Uzbekistan” zavodi "General Motors" tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi
•2018 yil. - 3 000 000-avtomobil ishlab chiqarildi
•2018 yil. - Korxona MXAS- avtomobillar va texnologiyalar ko'rgazmasida qatnashdi
•2018 yil - SKD usulida Tracker modeli ishlab chiqarishi boshlandi
•2018 yil dekabr oyi - Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi
•2018 yil dekabr oyi - Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etildi
•2018 yil may oyi - GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilingaligini belgilab
beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi
•2017 yil may oyi - Qozog‘istondagi Kustanay shahrida T250 avtomobilini yig‘ishning boshlanishi
•2017 yil may oyi - Uzaytirilgan yuk bo‘limli Labo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
•2017 yil aprel oyi - Yangi, ikkinchi avlod Malibu avtomobilini ishlab chiqarishga tushirish
•2016 yil dekabr oyi - Cobalt eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
•2016 yil noyabr oyi - J200 va M300 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
•2016 yil avgust-sentabr oyi - Moskva xalqaro avtosalonida ishtirok etish.
•2016 yil iyul oyi - T250 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
•2016 yil iyun oyi – Neksiya (T250) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2016 yil may oyi - Neksiya (T250) avtomobilining taqdimoti.
•2016 yil aprel oyi - Captiva (SORP) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
•2015 yil oktabr oyi - Moskva shahrida Ravon brendining taqdimoti.
•2015 yil iyul oyi - Labo tijorat avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
60.
Umumiy maydoni / Ishlab chiqarishmaydoni - Asaka : 72ga / 192 ming kv. m.;
Xorazm: 35 ga / 20 ming kv. m.; Toshkent: 5 ga
/ 13 ming kv. m.
Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi),
Asaka shahrida joylashgan.
Filiali: Xorazm viloyati, Pitnak shahri.
«UZAUTO MOTORS» AJ, Asaka shahri 330 ming avtomobil.
«UZAUTO MOTORS» AJ filiali, – 80
ming avtomobil;
«UZAUTO MOTORS» AJ xodimlari soni
2024-yil 1-iyul holatiga ko'ra 15 854 kishidan
ortiqni tashkil etadi.
61.
2030-yilgacha yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 1 mlngayetkaziladi. Bu “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yilga
mo‘ljallangan tadbirlar rejasiga kiritilgan. Hujjatda shuningdek: