Похожие презентации:
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi
1.
Mavzu:O’ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLARNINGAMALGA OSHIRILISHI, BOZOR MUNOSABATLARINING
SHAKLLANISHI.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi.
3. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni
O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari.
4. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi,
bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq
tizimidagi islohotlar.
2.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uningyo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari: Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati
hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi.
Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida
tirikchilik ne‘matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, ular
taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o’zaro
iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy
asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatadi. Ayni paytda,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta‘sir etadi.
Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi
manbaini tashkil qiladi.
Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida
turli ne‘mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o’zaro iqtisodiy munosabatlarga
kirishadilar.
3.
O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e‘tiborga sazovordir.
Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar — aholini ijtimoiy himoya qilish uchun
yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda
yaxshilangani va buning natijasida onalar o’limi 2 barobardan ko’proq, bolalar o’limi 3 barobar
kamaygani, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning
o’rtacha umr ko’rishi 75 yoshga etganini mamnuniyat bilan ta‘kidlasak arziydi.
2008-2010 yillarda, ya‘ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur‘atlari sezilarli
ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O’zbekistonda yalpi ichki
mahsulotning o’sish sur‘atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda
bu ko’rsatkich 8,5 foizga etishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo’lishi
belgilab berilayotgani ko’pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda kata qiziqish
uyg’otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko’payib borayotgani
jiddiy xavotir tug’dirayotgan bir paytda O’zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10
foizidan oshmaydi, davlat budjeti esa so’nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda1.
4.
Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov:«Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»1, - deb ta‘kidlagan.
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ―O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo’lida‖ asari 1995 yilda chop etilgan, 269 betdan iborat bo’lib, asar 2 qismdan tashkil
topgan:
1. Iqtisodiy islohotlar birinchi
bosqichning yakunlari va
aboqlari qismida birinchidan,
tisodiy islohatlar strategiyasi
va yo’lini shakllantirish
mexanizm;
2.Iqtisodiy islohatlar
huquqiy negizini barpo
etish;
6.Narxlarni
erkinlashtirish, bozor
infratuzilmasini
rivojlantirish,
7.Tashqi iqtisodiy
faoliyatni erkinlashtirish
va jahon iqtisodiyotiga
qo’shilish;
3.Davlat mulkini
xususiylashtrish, ko’p
ukladli iqtisodiyotni
shakllantirish;
8.Ijtimoiy kafolatni
ta‘minlash;
4.Qishloq xo’jaligida
agroislohotlarni
shakllantirish;
5.Institutsional
o’zgarishlarni,
ma‘muriy-buyruqbozlik
tizimini tugatish;
9.Xalqning ma‘naviyruhiy tiklanishi;
10.Iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikni ta‘minlash
masalasi bayon etilgan.
5.
Mamlakatimizda mulkchilik munosabatlari 2 yo’lbilan amalga oshirildi:
1) Mulkdorlar sinfini shakllantirish, ya‘ni
bunda davlat mulki bosqichma-bosqich
xususiylashtirilib berildi.
2) Qimmatli qog’ozlar bozorini yaratish
orqali amalga oshirildi.
6.
Birinchi bosqichda1) Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining huquqiy asoslari
yuzaga keldi, 300dan ko’proq qonun va qarorlar qabul qilinganligi asarda aytib
o’tilgan.
2) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda dastlab
mayda mulklar davlat tasarrufidan chiqarildi.
3) Chet el sarmoyalari O’zbekiston
iqtisodiyotiga jalb qilish yo’lga qo’yildi.
7.
SHu bilan birga bozoriqtisodiyotining 3
ta mezonlari, qadriyatlari
yuzaga keldi:
Ma‘naviyatda esa
a) tadbirkorlik;
a) ziyoli mavqei
oshdi;
b) ishbilarmonlik;
b) ma‘rifat nuri;
v) tijorat.
v) ijodkor so’zi
qadrlana
boshladi.
8.
Asosiy vazifa:davlat mulkini xususiylashtirishsohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish: bunda
a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko’p ukladli
iqtisodiyotni rahbatlantirish. Agar birinchi bosqichda
mayda mulklar xususiylashtirilgan bo’lsa (19911994 yillarda), endigi vazifa o’rta mulklarni
xususiylashtirish aytildi.
Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib
ketishiga barham berish va makroiqtisodiy
barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka
erishishdan iborat. Bu rivojlanish ichki
qonuniyatlarga ham bog‗liqligi aytildi.
Iqtisodiy islohotlar ikkinchi
bosqichning vazifalari va
ustuvor Yo’nalishlari qismida
Prezidentimiz 4 ta muhim
ustuvor vazifani belgilab berdi:
Muhim vazifa – Milliy valyuta – so‗mni yanada
mustaxkamlashdan iborat. Milliy valyuta –
mamlakat hududida barcha tovar va xizmatlar uchun
narxlarni ifodalash vazifasini o‗tovchi va qonuniy
himoyalangan yagona to‗lov vositasidir…
Strategik vazifa – Iqtisodiyot strukturasini tubdan
o’zgartirish: xom ashyo etkazib berishdan tayyor
mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va
raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari
darajasiga etkazish.
9.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatqurishning
asosiy tamoyillari
• iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki
qonunlarga muvofiq rivojlanmog'i kerak:
• davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi
va amalga oshiradi:
• bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq
tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
• bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya
qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish;
• bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich
amalga oshirilmog'i zarur.
10.
Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlattasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirish. Bu bilan davlat
monopoliyasi tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga
asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab
chiqarish samaradorligi oshdi.
Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish
O'zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy
xizmat,
savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash
korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari
vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.
Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21
yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk
manfaatlarini
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori
asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,,
korxonalar
aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish,
xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi.
11.
O'zbekistondamashinasozlik
sanoatini,
ayniqsa,
avtomobilsozlik sanoatini rivojlandi. O'zbekiston bilan
Janubiy Koreya o'rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko'shma
korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarila
boshlandi. 1993 yili GFR bilan O'zbekiston o'rtasida
shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi
Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994
yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili
«O'zavtosanoat»
uyushmasi
bilan
Turkiyaning
«Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib,
1999 yildan Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus
zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi.
12.
Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;
Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi;
Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal
qilib,oila pudrati asosida tashqil etish;
Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga
chek usulida haq to'lashni tashqil etish;
Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq
taqsimlash;
Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza
qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash;
Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega;
Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida
nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish.
13.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shmaShtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan
boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va
moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy
inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik
kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada
tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab
mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin
pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib
chiqardi.
Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi,
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining
barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada
mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud
ekanini ta’kidlash joiz.
14.
Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotningnafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil
ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib
bordi. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar
o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p. Eng muhimi, xorijiy
investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi
davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy
investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish
borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi
navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan,
bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta
ahamiyat berildi. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish
ko‘zda tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini
moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million
AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi
15.
Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarningbo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari
ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoldi
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish
bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini
belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo’ldi.
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli
ularning ishini tubdan qayta tashkil etishga erishildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga
oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi
turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda
maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash,
shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va
farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratildi