Похожие презентации:
2-mavzu Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik tarixi (2)
1. Ish yuritish tili va uslubi.Hujjatchilik tarixi haqida.
1. Ish yuritishning shakllanish tarixi haqida.2. Turkiy rasmiy uslub, uning kelib chiqishi
va yuksalishi.
3. Turkiy rasmiy uslubga xos hujjatlarga
misollar.
2.
Kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bujamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi
muayyan muhim holatlarni muntazam va
qat’iy qayd etib berishga ehtiyoj sezganlar.
Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki,
ilk, ibtidoiy hujjatlar vujudga kelgan.
3.
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shohiXammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan
ham qadimroq shox Ur-Nammu (miloddan avvalgi 21122094yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning
mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining
nechog’lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini
ko’rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti,
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarning almashina borishi,
aniqrog’i, kishilar orasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
munosabatlarning takomillasha borishi barobarida
hujjatlar ham takomil topib borgan.
4.
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarurbo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi
axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash
vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning
nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko’rsatuvchi
rasmiylashtirilgan
ish
qog’ozi,
yoki
kimsaning
kimligini,
mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi
(pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.).
Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni
yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ish yuritish - bu korxonalarning o’z funksiya va vazifalarini bajarish
davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari
majmuasidir. Bu jarayon xujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini
o’z ichiga oladi.
5.
Ishlabchiqarishni
boshqarishda
foydalaniladigan
axborotlarning eng muhim shakli- bu yozma axborot ,
ya’ni hujjatdir. hujjatli axborot ishlab chiqarishni
boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi.
Hujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funktsiyasi
muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish
xodimlari u yoki bu tarzda xujjatli axborotni qayta
ishlashda band bo’ladilar. Mutaxassislarning anchagina
qismi
(biznes
rejani
tuzuvchilar,
iqtisodchilar,
buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va
hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy
mazmunini tashkil etadi. Bugungi kunda fanga
tariximizning turli davrlarida o’rxun-enasoy, sug’d, eski
uyg’ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’plab
hujjatlar, umuman yozma manbalar ma’lum.
6.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga
yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar
mazmunan xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif, farmoyish,
bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o’rinda To’xtamishxonning
1393-yilda polyak qiroli Yagayloga yo’llagan yorlig’i,
Temur Qutlug’ning 1397-yildagi yorlig’i, Boburning otasi
Umarshayx Mirzoning marg’ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli
shaxsga 1469-yilda bergan yorlig’i, Toshkent hokimi
Yunusxo’janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga-Rossiya
podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va
boshqalarni eslab o’tish mumkin.
7.
Mazkur davr yorliqlarida o’ziga xos lisoniy qolipshakllangan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy
tarkibiy qismlarga ega bo’lgan. Masalan, eslab
o’tilgan yorliqlarning birinchisi - “To’xtamish
so’zim Yagaylaga” deb, ikkinchisi - “Temur
Qutlug’ so’zum” deb, uchinchisi esa -“Sultan
Umarshayx Baxodur so’zim” deb boshlangan.
Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek,
albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy
ko’rsatilgan.
8.
XIX asrda Qo’qon xonligidagi keng tarqalganhujjatlardan biri “patta”lardir. Pattada ma’lum
kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, don
yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi
ma’lumot aks ettirilgan. Patta matnlarida ham
o’ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip
turg’unlashgan. Umuman, o’tmish hujjatlaridagi
muayyan turg’un tarkib va nutqiy qolip o’zbek
(turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy
takomil mahsuli ekanligining dalilidir.
9.
O’zbekiston Respublikasida ham hujjatlarni rivojlanishiga etarlie’tibor berilmoqda. O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi
1924-yilning 31-dekabrida 48-raqamli muhim bir qaror qabul qildi.
Bu qarorning nomi quyidagicha ifodalangan: “Ishlarni o’zbek tilida
yurgizish ham O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi
huzurida markaziy erlashtirish hay’ati va mahallalarida muzofot
erlashtirish hay’atlari tuzilish(i) to’g’risida”. Ushbu qaror, unda
ta’kidlanishicha, sho’ro idoralarining ishlarini mahaliy xalqqa
yaqinlashtirish va ishchi-dehqonlarni sho’ro tuzilish ishiga
aralashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.
Bu qarorni joriy qilish yuzasidan, tabiiyki, muayyan ishlar amalga
oshirila boshladi, xususan, maxsus ish qog’ozlari tayyorlandi. Lekin
1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor
rasman susayib borgan. O’sha murakkab tarixiy jarayon, xalqlarning
milliy o’zliklarini anglashlaridan hokimiyatning dahshatli darajadagi
qo’rquvi, bu qo’rquv hukmron bo’lgan qatag’on davrining achchiq
samarasi bugun hech kimga sir emas.
10.
Aytish lozimki, yaqin o’tmishimizda kam miqdordagi hujjatlar o’zbektilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o’zbekcha deb aytish
ancha qiyin. Yaqin-yaqinlargacha “Berildi ushbu spravkani
falonchiyevga shul haqdakim, haqiqatan ham bu o’rtoq shul joyda
yashab turadi” qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andoza olish tufayli
tamoyilga ma’lumotnomalar yozib kelindi. Umuman, o’zbek
hujjatchiligining boy va uzoq tariximizning ilk bosqichlaridan ibtido
olgan an’anasi mavjud bo’lsa-da, Oktyabr inqilobidan keyin
jumhuriyatimizda hujjatchilik bevosita o’zbek tili negizida
rivojlantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo’nalish nusxa ko’chirishdan
iborat bo’lib qoldi. Ana shuning va boshqa bir qancha omillarning
oqibati natijasida o’zbek tilining rasmiy ish uslubi deyarli takomil
topmadi. O’zbek tiliga davlat maqomi berilgan bugungi kunda o’zbek
tilida mukammal hujjatchilikni yaratish eng dolzarb vazifadir.
11.
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili rasmiy uslubiningtaraqqiyot yo‘li uzoq o‘tmishga ega. Bu teran ildizlar
o‘zbek davlatchilik tarixi bilan uzviy bog‘liq; hujjatchilik
ishi – davlatchilik tarixi bilan izma-iz yuradi. Har bir davlat
o‘z hududida ish yuritish qog‘ozlari hamda boshqaruv
ishlari, qolaversa, mamlakatlar
bilan
bo‘ladigan
diplomatik aloqalarni o‘zining ona tilida bo‘lishini
istaydi. Ayni holat uning mustaqilligini ko‘rsatuvchi
muhim belgilardan biridir. O‘zbek davlatchiligi tarixida
hujjatchilik ishlarining ko‘proq turkiy tilda va otabobolardan qolgan qadimgi turkiy yozuvlarda olib
borilganligining sababi ham ana shunda. Ushbu siyosiy,
tarixiy va lingvistik jarayonlar turkiy rasmiy uslubning
to‘la-to‘kis, mukammal bir qolipda shakllanishi va
ravnaqiga keng yo‘l ochib bergan.
12.
Bugunga qadar turkologiyada yaratilgan hujjatlartadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda rasmiy matnning nomi
va turiga til hodisasi sifatida qaralmagan.
Turkiy tildagi hujjatlarning janri, ularning tuzilishi,
atamalar tizimi, qolipli birikmalari, matn komponentlari,
hujjatlarni
rasmiylash-tirishning
yo‘l-yo‘riqlarini
o‘rganishga ehtiyoj katta. Fanda turkiy rasmiy
uslubning yuzaga kelishi, uning takomil bosqichlari,
o‘tmish
devon-mahkama idoralari
va
notarial
munosabatlarda amalda bo‘lgan rasmiy qog‘ozlarning
turlari va qo‘llanish doirasi, hujjatlarning tarkibi,
ularda til birliklarning tanlanish masalasi o‘rganilgan
emas.
13.
Rasmiy uslubning tarixi yozma yodgorliklardaqo‘llangan matn bilan bog‘liq atamalarning
lug‘aviy ma’nosida ham o‘z izini qoldirgan.
Masalan, eng eski turkiy yozma yodgorliklarda
bitim degan so‘z uchraydi. Bitim so‘zi biti- “yoz-”
fe’lidan yasalgan bo‘lib, kelib chiqishiga ko‘ra,
yozma hujjatlar asosidagi kelishuvni bildiradi.
Demak, bitim so‘zining qadimiyligi kishilar yoki
jamoalar o‘rtasidagi yozma kelishuvning, uning
huquqiyligini ta’minlaydigan ana shu hujjat
turining eskiligiga dalolat qiladi.
14.
Rasmiy yozmalar o‘zining maqsadi, darajasi, huquqiymavqei nuqtai nazaridan turlarga bo‘linadi. Bunday
hujjatlar tuzilishi, matn komponentlariga ko‘ra o‘zaro
farqlanib turadi. Masalan, yorliqlarni olaylik. Ularni
tuzilishiga ko‘ra kirish, asosiy va yakun qismiga ajratish
mumkin.
Kirish qismi, ko‘pincha uch komponentdan tuziladi.
Birinchisi – unvon. Unvon bitig(söz)ning kimga tegishliligi
(kim tomonidan yozdirilayotganligi)ning qaydi, uning kim
tomonidan
yozilayotganligini
dalillovchi
yorliqdir.
Masalan, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning 1393-yili
polyak qiroli Yag‘ayliga yo‘llagan yorlig‘i Toxtamïš sözüm
Yağaylağa, Temur Qutlug‘ning 1397-yili bitilgan yorlig‘i
esa Temür Qutluğ sözüm deb boshlangan.
15.
O‘tmishdan narsani yoki yerni ishlovga olish uchun berilgan tilxatlarham etib kelgan. Bunday tilxatlarning matn komponenti yorliqlardan
ajralib turadi. Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa yoki
tushumidan ulush olish sharti bilan ishlovga olingan yer uchun
yozilgan rasmiy hujjatlar (tilxatlar), odatda, o‘sha narsa nasiyaga
olingan sanani qayd etish bilan boshlanadi. Muhim belgilaridan biri,
tilxatlarda (odatda, uning oxirida) tilxat berayotgan kishi, hatto xatni
yozgan kotib, guvohlar ham qayd etiladi.
Ortig‘i bilan qaytarish evaziga olingan narsa uchun yozilgan
tilxatlarning boshlamasi uchta komponentdan tuzilgan bo‘ladi: 1)
qarzga olinayotgan sana; 2) sabab: qarz oluvchiga qanday shart
asosida kerak bo‘lgan narsa; 3) oqibat: kimdan va qancha narsa
olinganligi.