5.22M
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

1.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKADEMIK YOZUV
21
TAQDIMOT NUTQI
MAVZU
O‘ZBEK VA RUS
TILLARI
KAFEDRASI
A K A D E M I K YO Z U V 1
1

2.

Reja:
Taqdimot nutqi ommaviy nutqning bir turi sifatida
Taqdimot turlari
Taqdimot tamoyillari
Multimediali taqdimot
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
2

3.

Taqdimot nutqi
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv
nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga
oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin
jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,: - og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi
o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan
(avtomatik) jarayondir.
A K A D E M I K YO Z U V 1
3

4.

Taqdimot
Taqdimot - har qanday ma’lumotni muayyan
shaxslar doirasiga yetkazish vazifasini hal qiluvchi
maqsadli aloqa jarayoni. Taqdimot quyidagicha
amalga oshirilishi mumkin:
Inson tomonidan yordamchi vositalarsiz;
inson ishtirokisiz texnik vositalar yordamida
(masalan, videoko‘rsatuv);
inson tomonidan yordamchi texnik vositalardan
foydalangan holda.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
4

5.

Taqdimot
“Taqdimot” so‘zi hayotimizga mustahkam kirdi.
Yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, kompaniya,
bank, ularning filiali yoki firmani ochish bugungi
kunda taqdimotsiz (lot. praesentatio-vakillik) o‘tmaydi.
Bu tashkilotning shaxsiy imidjini, uning rivojlanish
istiqbollarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan
original janr (voqea). Matn ko‘rinishidagi taqdimot
reklama varaqalari, xatlar yoki bukletlar shaklida
yuboriladi.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
5

6.

Og‘zaki adabiy tilning ko‘rinishlari:
1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi.
(Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar,
targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik
xarakterdagi nutq).
3. Radio va televideniye nutqi (tili).
(Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar,
muxbirlar nutqi).
4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik
asar tili. Dialogik xarakterga ega).
A K A D E M I K YO Z U V 1
6

7.

Taqdimot nutqi
Taqdimot nutqi oldindan tayyorlanadi, lekin jamoatchilik oldida
o‘qilmaydi. “Agar xohlasangiz, nutqingizni yozishingiz mumkin,
ammo yozuvlarni faqat iqtibos keltirish uchun ishlatishga harakat
qiling, garchi ular matnda darhol topilmasa ham. Agar nutqingiz
albatta ko‘zingiz oldida bo‘lishi kerak bo‘lsa, uni deyarli yodda qolishi
uchun ko‘p marta o‘qing”- deb yozadi: E. Post o‘zining mashhur
“Etiket” kitobida.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
7

8.

Multimediali taqdimot
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot
taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli
hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slaydshou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan,
videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika
tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin.
Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa
shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan
boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan
shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi
faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
A K A D E M I K YO Z U V 1
8

9.

Taqdimotni umumiy bezash
usulini tanlash
Slaydlarning umumiy
o‘lchamlarini tanlash;
Yangi slayd va uning
tarkibiy qismlarini
qo‘shish;
Slaydlarning mazmuniy
o‘lchamlarini tanlash;
Slaydlarni ko‘rsatishda
tovushli animatsiya
jihatlarini tanlash.
A K A D E M I K YO Z U V 1
9

10.

Slayd – bu mantiqiy avtonom axborot tuzilishi
(visual materiallar birligi – maxsus rasm), monitor
ekranida, qog‘oz varag‘ida yoki bitta kompozitsiya
shaklidagi rangli plyonka varag‘ida taqdim
etiladigan turli xil obyektlarni o‘z ichiga oladi.
Slayd tarkibida turli obyektlar bo‘lishi mumkin.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
10

11.

Og‘zaki taqdimot
Og‘zaki taqdimot — tashkilotchilarning
chiqishlaridan (ko‘pincha slaydlar, jadvallar,
tovarlar namoyishi bilan birga) iborat rasmiy
va yig'ilganlarning erkin muloqotini ifodalovchi
norasmiy qismlarni o‘z ichiga olgan.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
11

12.

Ba’zan
taqdimotlar
ko‘plab
jurnalistlarning taklif qilgan holda
matbuot
anjumani
shaklida
o‘tkaziladi. Tashkilotchilarning nutqi
yoki matbuot anjumani taqdimotning
rasmiy qismini ifodalaydi.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
12

13.

Kurs ishi yoki diplom ishini himoya qilishdan
maqsad - imtihon komissiyasini talabaning
kerakli bilim, ko‘nikma va malakaga ega
bo‘lganligiga, malakaga ega bo‘lishni talab
qiladigan sohada atamalar, usullar va uslublarni
egallaganligiga ishonch hosil qilish. Umuman
aytganda, g‘oyalar, odamlar, mahsulotlar,
materiallar va xizmatlarni taqdim etish har doim
taqdimotdir.
A K A D E M I K YO Z U V 1
13

14.

Taqdimot nutqi - ommaviy nutqning bir turi. Har
qanday ommaviy nutq kabi, u muayyan tamoyillarga
asoslanadi. Ushbu tamoyillar quyidagilar:
Qisqalik tamoyili. Odatda taqdimot nutqi 10-15 daqiqa
ma’ruza qilish uchun tuziladi. Boshqa tomondan,
nutqning asosiy mavzusini ochib berish uchun nutqning
hajmi yetarli bo'lishi kerak.
Ketma-ketlik tamoyili. Nutqning barcha mikromavzulari
asosiy mavzuga bo‘ysunishi kerak. Nutqning barcha
qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
14

15.

Kuchaytirish tamoyili. Nutqning ta’siri boshidan
oxirigacha kuchayishi kerak.
Natijaviylik tamoyili. Nutq tinglovchilarga taklif qilingan
xulosani, harakatga chaqiruvni, tavsiyalarni o‘z ichiga
olishi kerak. Xulosa yoki chaqiriq kuchli, unutilmas
og‘zaki ta’rif bilan shakllantirish kerak.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
15

16.

Maqsadga erishish tamoyili. Nutq aniq mantiqqa bo‘ysunishi
kerak. Ma’ruzachining o‘zi va uning ortida tinglovchilar nutqning
yo‘nalishini, uning mantiqiy strukturasini zanjirga mos kelishini
tushunishlari kerak:
Muammo - > mavzu - > tezis - > dalillar.
A K A D E M I K YO Z U V 1
16

17.

Interfaol taqdimot
Interfaol taqdimot
foydalanuvchi bilan kompyuter
muloqotidir. Foydalanuvchi o‘zi
uchun muhim bo‘lgan materialni
qabul qiladi va sichqonchani yoki
tugmachalarni bosib, kerakli
obyektni ekranda tanlaydi.
A K A D E M I K YO Z U V 1
Barcha interfaol taqdimot dasturlari
hodisalarni nazorat qiladi,ya’ni
muayyan voqea sodir bo‘lganda
(tugmani bosib, kursorni ekran
obyektiga joylashtirish va h.k.),
dastur tegishli harakatni amalga
oshiradi.
17

18.

Ssenariy bo‘yicha taqdimot slaydlar
bilan berilgan an’anaviy taqdimot bo‘lib,
u rangli grafikalar va animatsiyalarni
namoyish qilish
vositasi bilan to‘ldirilib, videoni katta
ekranga yoki monitorga olib chiqadi.
Unda namoyish paytida namoyish
jarayonida o‘zgarishlar kiritish
imkoniyati mavjud.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
18

19.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.N. Jiyanova, O. Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2019. 221 b.
2. Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston», 2013, 250 b.
3. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.:
“Fan”, 1992, 254 b.
4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISODMOLIYA”, 2006.
5. М. Ахмедова. Нутқ маданияти ва профессионал нотиқлик. ТАТУ, 2017, 114б.
6.М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий
қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.
7.X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.
8. M.Abdurahmanova. O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma. Ish yuritish tili va uslubi.
T., 2018.
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
19

20.

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
O‘ZBEK VA RUS
TILLARI
KAFEDRASI
A K A D E M I KYOZUV
YO Z U V 1
AKADEMIK
English     Русский Правила