311.12K
AI

2-mavzu_Kelajak_soati_[1]

1.

2-mashg‘ulot
“KELAJAK SOATLARI” SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA PEDAGOGNING ROLI
“Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” g‘oyasi asosida yosh
avlodda “Men o‘zbekistonlikman” degan faxr tuyg‘usini shakllantirish.
www.britishcouncil.org
1

2.

XUSH KELIBSIZ, YETAKCHI O‘QITUVCHILAR!
“Kelajak soatlari” samaradorligini
oshirishda pedagogning roli
www.britishcouncil.org
2

3.

2-mashg‘ulot. Kutilayotgan natija
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar:
- “Kelajak soati” darslarini BMAR (Bilish–Munosabat–Amal–Refleksiya) modeli asosida
rejalashtiradilar;
- O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, dars mazmuni va metodlarini
moslashtiradilar;
- Amaliy mashqlar (kub o‘yini, Dunyo kafesi, ssenariy loyihalash) orqali o‘z sinfi uchun dars
ssenariylari yaratadilar;
- Ota-onalar va hamjamiyat bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish strategiyalarini ishlab chiqadilar.
www.britishcouncil.org
2

4.

M AS H G ‘ U L O T R E J AS I
Kun tartibi
1
Kirish
Diqqatni jalb qilish va mavjud tushunchalarni aniqlash
2
Asosiy qism
Nazariy taqdimot va amaliy blok (5 faoliyat)
3
Shirinlik
Viktorina, refleksiya va yakuniy fikrlar
4
Yakuniy sintez
Kun savoliga qaytish va keyingi qadamlarni belgilash
www.britishcouncil.org
4

5.

Asosiy savol (kun savoli)
Pedagog “Kelajak soati” darslarini BMAR modeli asosida qanday
tashkil etib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va fuqarolik mas’uliyatini
shakllantirishi mumkin?
www.britishcouncil.org
5

6.

KIRISH
Diqqatni jalb qilish va tushunchalarni aniqlash
MUAMMOLI SAVOL
BMAR KLASTERI
“Nega ba’zi darslar o‘quvchilarni
zeriktiradi, boshqalari esa harakatga
undaydi?” — e’tiborni jalb qilish uchun
beriladi.
Kun mavzusi yuzasidan mavjud
tushunchalarni aniqlash uchun “BMAR”
klasteri tuziladi.
www.britishcouncil.org
6

7.

K I R I S H F AO L I Y AT I
Bosqichlar
1
Salomlashish
2
MO‘ ishtirokchilarni samimiy kutib
oladi va trening qoidalarini qisqacha
eslatadi.
3
Klaster
“BMAR” so‘zi atrofida mavjud bilim
va tajribalar klaster shaklida yig‘iladi.
www.britishcouncil.org
Muammoli savol
“Nega ba’zi darslar o‘quvchilarni
zeriktiradi, boshqalari esa harakatga
undaydi?”
4
Maqsad bilan tanishtirish
Kutilayotgan natijalar va kun tartibi
taqdim etiladi.
7

8.

AS O S I Y Q I S M
Nazariy taqdimot va amaliy blok
NAZARIY QISM
AMALIY BLOK — 5 FAOLIYAT
Taqdimot: maqsad, vazifalar, BMAR
modeli, yosh bosqichlari, hamkorlik.
Kub o‘yini, Dunyo kafesi, ssenariy
loyihalash, gallereya, taqdimot.
www.britishcouncil.org
8

9.

K I R I S H — M AQ S AD I
“Kelajak soatlari”ning maqsadi
“Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans sari” g‘oyasi asosida yosh avlodda “Men
o‘zbekistonlikman” degan faxr tuyg‘usini, xalqqa muhabbat va Vatanga sadoqat fazilatlarini
shakllantirish; o‘quvchilarda Vatanga muhabbat va daxldorlik, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, huquqiy va raqamli
madaniyat, mustaqil fikrlash hamda kelajakka mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat.
Vatanga sadoqat
www.britishcouncil.org
Huquqiy-raqamli
madaniyat
Mustaqil fikrlash
Kelajakka
mas’uliyat
9

10.

K I R I S H — V AZ I F AL AR I
“Kelajak soatlari”ning asosiy vazifalari
1
3
Vatanga sadoqat
O‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy
g‘urur va fuqarolik daxldorligini
shakllantirish
Ilm-ma’rifat
2
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga,
tarixiy xotiraga hurmatni kuchaytirish
4
Ilm-ma’rifat, kitobxonlik, mehnat va
kasbga qiziqishni rivojlantirish
5
Mustaqil fikrlash
O‘quvchilarni mustaqil, tanqidiy va
ijodiy fikrlashga yo‘naltirish
7
Ijtimoiy faollik
Qadriyatlarga hurmat
Huquqiy madaniyat
Huquqiy madaniyat va xavfsiz xulqatvor ko‘nikmalarini shakllantirish
6
Raqamli xavfsizlik
Raqamli muhitda xavfsiz va
mas’uliyatli harakat qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish
Muloqot, hamkorlik, tashabbuskorlik
va ijtimoiy faollikni oshirish
www.britishcouncil.org
10

11.

AS O S I Y Q I S M — N AZ AR I Y AS O S
4 soatlik “Bilish – Munosabat – Amal – Refleksiya” modeli
1
2
3
4
Bilish
Munosabat
Amal
Refleksiya
Savol, hikoya,
rasm, video,
kuzatish orqali
mavzuni anglash
va tushunchalarni
aniqlash.
Oila va
tengdoshlar bilan
fikr almashish, turli
nuqtai nazarlarni
tinglash va
bildirish.
Muammoli
vaziyatni yechish,
ijodiy topshiriq,
loyiha yoki
volontyorlik
faoliyatida ishtirok.
Natijani taqdim
etish, o‘z faoliyatini
baholash, keyingi
qadamni belgilash.
www.britishcouncil.org
›
›
›
11

12.

AS O S I Y Q I S M — Y O S H B O S Q I C HL AR I
Mazmun bosqichlar bo‘yicha uzviy chuqurlashtiriladi
1
2
3
4
MTT
1–4-sinf
5–8-sinf
9–11-sinf
Tarbiya va
madaniyat
Madaniyat va
qadriyat
Qadriyat va
ijtimoiylashuv
Ijtimoiylashuv va
fuqarolik
mas’uliyati
›
›
›
“Kelajak soati” mazmuni bosqichlar bo‘yicha izchil kengaytirilib boriladi — har bir keyingi bosqich
avvalgisining ustiga qurilib, oddiy tarbiyadan boshlab yakuniy fuqarolik mas’uliyatigacha
rivojlanadi.
www.britishcouncil.org
12

13.

AS O S I Y Q I S M — M O S L AS H T I R I S H
Yosh xususiyatlarini hisobga olib loyihalash
MTT
5–8
3–7 yosh
O‘yin va amaliy faoliyat orqali
xavfsiz xulq-atvor, oilaga hurmat
asoslari.
11–14 yosh
Muhokama, keys, loyiha orqali
mustaqil fikrlash va hamkorlik.
www.britishcouncil.org
1–4
9–11
7–10 yosh
Hikoya, rasm, kuzatish orqali
qadriyatlarni bilish va sodda
izohlash.
15–17 yosh
Tadqiqot, taqdimot, volontyorlik
orqali fuqarolik va kasbiy mas’uliyat.
13

14.

AS O S I Y Q I S M — T AS H K I L I Y J I H AT L AR
O‘tkazish vaqti va davomiyligi
Dushanba
45 daq.
Har haftaning birinchi darsi sifatida
o‘tkaziladi
1 akademik soat davomida tashkil etiladi
“Kelajak soati” darslari har haftaning dushanba kuni, birinchi dars sifatida o‘tkaziladi. Darsning
davomiyligi — 1 akademik soat, ya’ni 45 daqiqani tashkil etadi.
www.britishcouncil.org
14

15.

AS O S I Y Q I S M — T AS H K I L I Y J I H AT L AR
Oylik ishlar ketma-ketligi — 4 haftalik bosqich
1
Kontent taqdim etiladi
2
Mavzu bo‘yicha asosiy kontent
(video, ma’ruza, hikoya)
o‘quvchilarga taqdim etiladi.
3
O‘quvchi kontenti
O‘quvchilar mavzu bo‘yicha kontent
(rasm, videorolik yoki she’r) tayyorlab
kelishadi.
www.britishcouncil.org
Oila munosabati
O‘quvchilar orqali oila a’zolarining
mavzuga munosabati bilib olinadi.
4
Insho yoki esse
Mavzu yuzasidan o‘quvchilar insho
yoki esse yozadilar.
15

16.

AS O S I Y Q I S M — K O G N I TI V R I V O J LAN I S H
O‘zini anglash va ichki motivatsiyani shakllantirish
Individual suhbat va mentorlik
Reflektiv kundalik / portfolio
Qiziqish va qobiliyatni aniqlash
Individual rivojlanish yo‘l xaritasi
Avtonomiya
Malakalilik hissi
Aloqadorlik
Gamifikatsiya, ijobiy fikr-mulohaza
O‘ZINI ANGLASH VA
MAQSAD QO‘YISH
ICHKI MOTIVATSIYANI
SHAKLLANTIRISH
www.britishcouncil.org
16

17.

AS O S I Y Q I S M — K O M P E TE N S I Y AL AR
XXI asr kompetensiyalari va global fuqarolik qadriyatlari
Tanqidiy fikrlash
Ijodkorlik
Hamkorlik
Muloqot
Raqamli savodxonlik
Moslashuvchanlik
XXI ASR
KOMPETENSIYALARI
Inson huquqlari
Ijtimoiy adolat
Madaniyatlararo
muloqot
Tinchlik
Bag‘rikenglik
Ekologik
mas’uliyat
GLOBAL FUQAROLIK
VA BARQAROR
RIVOJLANISH
www.britishcouncil.org
Vatanparvarlik
17

18.

AS O S I Y Q I S M — H AM K O R L I K
Ota-onalar, hamjamiyat va mutaxassislar bilan hamkorlik
OTA-ONALAR
Farzand rivojlanishi haqida muntazam muloqot, birgalikdagi
kuzatuv. Har chorakda kamida bir marta oila a’zolari darsga
taklif qilinadi.
Mahalla, jamoat tashkilotlari va ko‘ngillilar resurslarini jalb
MAHALLIY HAMJAMIYAT qilish. “Oila-mahalla-maktab” hamkorligi asosida
uchrashuvlar.
SOHA MUTAXASSISLARI
www.britishcouncil.org
Turli kasb vakillarini darsga taklif etish, ustoz-shogird
amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
18

19.

AM AL I Y B L O K
Amaliy mashg‘ulotlar bloki — 5 faoliyat
1
2
3
4
5
“Kelajak soati”
kubigi o‘yini
“Dunyo
kafesi” metodi
(4 stol)
Amaliy
ssenariy
loyihalash
Galereya
aylanishi
Taqdimot va
fikr-mulohaza
10 daq.
15 daq.
15 daq.
10 daq.
10 daq.
Jami: 60 daqiqa - amaliy blok nazariy qismdan so‘ng, kichik guruhlarda o‘tkaziladi
www.britishcouncil.org
19

20.

F AO L I Y AT 1 • 1 0 D AQ I Q A
“Kelajak soati” kubigi o‘yini
1
1-qirra: Bilish
2
Bu bosqichda pedagog nima qiladi?
3
3-qirra: Amal
O‘quvchi bilan qanday muloqot
o‘rnatasiz?
4
Qanday amaliy topshiriq berasiz?
5
5-qirra: Motivatsiya
Ichki motivatsiyani qanday oshirasiz?
www.britishcouncil.org
2-qirra: Munosabat
4-qirra: Refleksiya
Qanday savol bilan yakunlaysiz?
6
6-qirra: Hamkorlik
Oila bilan qanday hamkorlik qilasiz?
20

21.

F AO L I Y AT 2 • 4 0 D AQ I Q A
“Dunyo kafesi” metodi — 4 stol, 4 mavzu
1
1-stol — O‘zini angla
2
“Stol egasi” qoladi, mehmon guruhlar
8–10 daqiqada almashadi.
3
3-stol — Yosh xususiyat
“Stol egasi” qoladi, mehmon guruhlar
8–10 daqiqada almashadi.
www.britishcouncil.org
2-stol — Motivatsiya
“Stol egasi” qoladi, mehmon guruhlar
8–10 daqiqada almashadi.
4
4-stol — Hamkorlik
“Stol egasi” qoladi, mehmon guruhlar
8–10 daqiqada almashadi.
21

22.

F AO L I Y AT 2 — D AV O M I
Har bir stolning muhokama savoli
1
1-stol — “O‘zini angla”
2
O‘quvchi mentorlik suhbatida o‘z
qiziqishi va maqsadini qanday
aniqlaydi? Konkret misol toping.
3
3-stol — “Kim uchun?”
Berilgan yosh guruhi (MTT/1–4/5–
8/9–11) uchun eng samarali bitta
metodni tanlang va asoslang.
www.britishcouncil.org
2-stol — “Nega harakat qilaman?”
Avtonomiya, malakalilik va
aloqadorlik ustunlaridan qaysi biri
sizning sinfingizda ko‘proq
yetishmaydi?
4
4-stol — “Kim bilan?”
Ota-ona, hamjamiyat va
mutaxassislardan qay birini birinchi
jalb etasiz? Nega aynan u?
22

23.

F AO L I Y AT 3 • 1 5 D AQ I Q A
Amaliy ssenariy loyihalashni tashkil etish
1
Mavzu tanlash
2
Guruh 9 ta tarbiyaviy yo‘nalishdan
birini yoki o‘z sinfiga mos mavzuni
tanlaydi.
3
“Muvofiqlik nazorati”
Ssenariy BMAR (Bilish-MunosabatAmal-Refleksiya) modeliga mosligini
tekshiradi.
www.britishcouncil.org
Jalb etiluvchi shaxslar
Qaysi mehmon (mutaxassis, ota-ona,
mentor) darsga taklif etilishini
belgilaydi.
4
Yakunlash
30 daqiqalik qisqa ssenariy varag‘ini
to‘ldirib, guruh nomidan taqdimotga
tayyorlaydi.
23

24.

F AO L I Y AT 4 • 1 0 D AQ I Q A
Galereya aylanishi (Gallery Walk)
1
Ishlarni osish
2
Guruhlar tayyorlagan ssenariy
varaqlarini devorga osadilar.
3
Stiker qoldirish
Yashil stiker — “yoqdi”, sariq stiker —
“taklif/g‘oya”.
YASHIL STIKER — “Yoqdi”
www.britishcouncil.org
Aylanib chiqish
Har bir ishtirokchi barcha ishlarni
aylanib ko‘rib chiqadi.
4
Natijalarni chiqarish
Eng ko‘p yashil stiker olgan 2–3 ish
umumiy taqdim etiladi.
SARIQ STIKER — “Taklif / g‘oya”
24

25.

F AO L I Y AT 5 • 1 0 D AQ I Q A
Taqdimot va fikr-mulohaza
QISQA TAQDIMOT
“2 YULDUZ, 1 ISTAK” TEXNIKASI
1–2 guruh o‘z ssenariysini 2 daqiqada
taqdim etadi.
2 YULDUZ — taqdimotning yaxshi
tomonlari.
Tinglovchilar 2 ta savol yoki taklif
bildiradilar.
1 ISTAK — takomillashtirish g‘oyasi.
Yozma yoki og‘zaki shaklda amalga
oshiriladi.
Metodik xulosa: trener taqdimotlar asosida asosiy metodik xulosalarni umumlashtiradi va eng
yaxshi g‘oyalarni ta’kidlaydi.
www.britishcouncil.org
25

26.

S H I R I N LI K
Baholash, refleksiya va yakuniy fikrlar
BAHOLASH MEZONLARI Baholash mezonlari va metodik eslatma bilan tanishish.
VIKTORINA VA
REFLEKSIYA
“Pedagogning roli” viktorinasi va “3-2-1” refleksiya
texnikasi.
YAKUN
Xulosa va yakuniy fikrlarni umumlashtirish.
www.britishcouncil.org
26

27.

S H I R I N LI K
Viktorina va refleksiyani o‘tkazish
“PEDAGOGNING ROLI” VIKTORINASI
“3-2-1” REFLEKSIYA TEXNIKASI
Kahoot yoki og‘zaki 5–6 ta savol
tayyorlanadi. Har savol “BMAR modeli”,
motivatsiya yoki yosh bosqichlariga oid.
Guruhlar ball to‘plab, reyting jadvalida
ko‘rinadi. G‘olib guruh e’lon qilinadi.
3 — bugun o‘rgangan narsangiz.
2 — amalda qo‘llamoqchi bo‘lgan g‘oya.
1 — hamon savol tug‘dirayotgan mavzu.
www.britishcouncil.org
27

28.

S H I R I N LI K — R E F L E K S I Y A
Fikrlash uchun ozuqa…
1
Farazlarni aniqlash
2
O‘z taxminlaringizni savol orqali
tekshiring.
3
Voqea-hodisalarni talqin qilish
Sinfdagi vaziyatlarni BMAR nuqtai
nazaridan tushunting.
www.britishcouncil.org
Dalillarni tahlil qilish
Kuzatilgan natijalarni aniq dalillar
bilan solishtiring.
4
Kelajakni rejalashtirish
Keyingi darslar uchun aniq amaliy
qadam belgilang.
28

29.

AM AL I Y B L O K — Y AK U N
Baholash mezonlari
1
BMAR modeliga muvofiqlik
2
Ssenariy Bilish-Munosabat-AmalRefleksiya bosqichlarini o‘z ichiga
oladi.
3
Amaliyotga tatbiq etilishi
Taklif etilgan faoliyat real darsda
bajarish mumkin bo‘lgan darajada
aniq.
www.britishcouncil.org
Yosh guruhiga moslik
Metod va til tanlangan yosh
bosqichiga (MTT/1–4/5–8/9–11) mos
keladi.
4
Faollik va ishtirok
Guruh a’zolari barcha bosqichda faol
va teng ishtirok etadi.
29

30.

AM AL I Y B L O K — T R E N E R G A
Metodik eslatma
1
Trener fasilitator rolini bajaradi - tayyor javob bermaydi, mustaqil xulosaga yo‘naltiradi.
2
Har 15–20 daqiqada faoliyat turi almashadi: tinglash → harakat → muhokama →
yozma ish.
3
Har bir interfaol faoliyatdan so‘ng qisqa debrifing o‘tkaziladi.
4
Guruhlar tarkibi jins, ta’lim yo‘nalishi va tajriba bo‘yicha aralash shakllantiriladi.
www.britishcouncil.org
30

31.

Xulosa
Pedagog - o‘quvchining kelajagini boshqaruvchi emas, balki unga
hamroh bo‘luvchi, ichki motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, yosh
xususiyatlarini hisobga oluvchi va oila-hamjamiyat bilan hamkorlikda
ishlaydigan ustozdir.
www.britishcouncil.org
31

32.

S H I R I N LI K — Y AK U N
Yakuniy fikrlar…
1
Fikr o‘zgarishi:
“Men … fikrda edim / Endi …
fikrdaman” — mashg‘ulotdan oldingi
va keyingi tasavvuringizni bir gapda
yozing.
3
2
Mening keyingi qadamim …
O‘z sinfingizda birinchi bo‘lib qanday
amaliy qadam qo‘yasiz?
Asosiy savolga qayting:
Bugungi kun savolini yana bir bor
o‘qing va javobingizni UKR jurnaliga
yozing.
www.britishcouncil.org
32

33.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
www.britishcouncil.org
33
English     Русский Правила