Похожие презентации:
Shoqambarov Isroil TDSI stomatologiya fakulteti
1.
Shoqambarov IsroilTDSI stomatologiya
fakulteti
415 A guruh
2.
O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishlar tinchlik va harbiyharakatlar davrida yuzaga keladi. Tinchlik davridagi
jarohatlar ovchilikda foydalaniladigan o‘q otuv qurollari va
o‘qlari bilan yetkaziladi. Harbiy harakatlar davrida yuzjag‘ sohasida turli jarohatlar uchraydi. Ular bitta yoki bir
necha jarohatlovchi omillar ta’sirida yuzaga keladi. Jarohat
og‘irligi ishlatilgan qurol toifasi, o‘q dorisi va uning otilish
masofasiga bog‘liq. Ov miltiqlari uch xil bo‘ladi: silliq stvolli
– sochma o‘q bilan otadigan; narezkali – karabin, shtuser 5
mmdan – 14,66 mmgacha bo‘lgan (har xil kalibrdagi o‘qlarni
otuvchi); kombinatsiyalangan sochma hamda yoriladigan
o‘qlarni otuvchi. Ov miltiqlaridan otilgan o‘qning uchish
tezligi 550-1000 m/s bo‘lib, bunday o‘q yuqori kinetik kuch
bilan zarba beradi.
3.
O‘q otuv qurollaridan jarohatlanishning o‘ziga xosxususiyatlarini bilish uchun shifokor qurol turlari
haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchi jahon urushida harbiylarda to‘pponcha
(pistolet), soyli miltiq (vintovka), karabin, avtomat,
pulemetlar bo‘lgan. Ularga 19 xil o‘qlar tayyorlangan.
O‘qlarning oddiy, og‘ir, zirhteshar, yondiruvchi, iz
qoldiruvchi, portlovchi, fosfor bilan o‘qlangan va
boshqa turdagilari mavjud. O‘qlarning vazni 5,55 g.
dan to 12,8 g.gacha bo‘lib, ularning kinetik
energiyasi 273-402 kg/m ga teng. Tankka qarshi o‘q
otuvchi miltiqning kalibri 7,9 mm bo‘lib, zarba berish
kuchi 998 kg/m ga teng.
4.
5.
6.
– suyaklarning jarohat turlari: noto‘liq sinish (darz ketish,teshilish, chetining uchib ketishi); to‘liq sinish ( ko‘ndalang,
bo‘ylama, qiya qoqilgan, katta bo‘lakli, kichik bo‘lakli,
parchalangan, nuqsonli);
– jarohat kanalining yo‘nalishi bo‘yicha: segmentar, yalab
o‘tuvchi, diametral ko‘pchib ketadigan.
– jarohat xarakteri: bitta snaryad zarbidan – bitta soha bilan
chegaralangan; aralash, ko‘p sohalar jarohatlangan.
– bosh va bo‘yinga nisbatan teshib kirmaydigan, teshib
kiruvchi (burun bo‘shlig‘iga, burun yondosh bo‘shliqlariga,
halqumga, kekirdakka, qizilo‘ngachga, traxeyaga, ayni bir
vaqtda, bir necha bo‘shliqqa);
– yuz a’zolariga nisbatan: til, qattiq va yumshoq tanglayning
so‘lak bezlari, qon va nerv tomirlarining jarohatlarisiz va
ularning jarohati bilan;
7.
– tishlarning jarohatlari: sinishlar – qisman (pulpaochilmasdan) va to‘liq (pulpa ochilib);
– chegaradagi soha va a’zolarga nisbatan: pastki jag‘ning
chakka bo‘g‘ini, ko‘z, eshituv a’zolari, bo‘yin, kalla suyagi,
bosh miya, umurtqa pog‘onasi va boshqa jarohatlari bilan
yoki bunday jarohatlarisiz;
– boshqa sohalar jarohatiga nisbatan: qo‘llar, oyoqlar,
ko‘krak qafasi, qorin, tos a’zolari va boshqalarning jarohati
bilan yoki bunday jarohatlarsiz;
– jarohat og‘irligi bo‘yicha: yengil, o‘rta, og‘ir,
terminal. Yarador yuqorida keltirilgan tartibda ko‘zdan
kechirilsa, to‘la ma’lumotga ega bo‘lib, yordam ko‘rsatish
tartibi va hajmi tez aniqlanadi. O‘q otuv qurollaridan
olingan jarohatlarning tasnifi B.D. Kabakov va
hammualliflari tomonidan (1973) ishlab chiqilgan
8.
O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlarning klinikmanzarasi O‘q otuv qurollaridan olingan jarohatlar har xil va
qaytarib bo‘l-mas shaklda bo‘ladi. Nuqtadek yaradan
majaqlangan yuzning katta qismi o‘pi-rib uzilgan jarohat
bo‘lishi mumkin. Yara ichida qon quyqasi, majaqlangan
to‘qimalar, tishlar, jag‘ suyagi va parchalaridan tashqari,
tuproq, kiyim par-chalari, sochlar, shisha siniqlari, toshlar,
yog‘och parchalari, ovqat qoldiqlari va boshqa narsalar
qo‘shilib uchraydi. To‘qimada o‘qning o‘tgan yo‘li (kanali)
zarbaning kuchiga, uning uchish tezligi, vazni va shakliga
bog‘liq. O‘qli yaralar – yuz yumshoq to‘qimalarining titilib
uzilishi, su-yaklarning o‘q tekkan joyda parchalanib sinishi,
o‘qli jarohatlarda suyaklar sinishining xilma-xilligi, notipikligi,
bo‘laklarning o‘q o‘tgan yo‘nalishda siljishi bilan kechadi.
Ammo snaryad tezligi tovush tezligidan past (330 m/s dan
kam) bo‘lsa, yoki uchish tezligi so‘ngan holda suyakka urilsa,
suyak «zaif» sohalarda sinishi mumkin va bunday sinish
mexanik sinish kabi kechadi.
9.
O‘q teshib o‘tgan yaralar ancha og‘ir hisoblanadi. Ular, odatda,bitta yara bo‘lib, o‘q yoki oskolkaning to‘qimaga kirish va
chiqish teshigi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda, bunday
jarohatni yuqori tezlikda uchuvchi snaryad yuzaga keltiradi.
Snaryadning kinetik energiyasi kanchalik katta bo‘lsa, u
energiyani to‘qimaga shuncha ko‘p berib, shikastlanish ham
shuncha og‘ir bo‘ladi. Snaryad kirgan joyda kichkina kirish
teshigi ochiladi. Chiqish teshigi esa o‘n baravar katta bo‘ladi.
Snaryad o‘tgan yo‘l atrofidagi to‘qimalar keng maydonda titilib,
parchalanib ketadi, shuning hisobiga ko‘p miqdorda jonsiz
to‘qima bo‘laklari, yumshoq to‘qima va suyak nuqsonlari hosil
bo‘ladi. Yaraning kirish teshigi quloq oldida, boshning sochli
qismida, bo‘yinda, yelkada, ko‘krak yoki belda bo‘lib, shu
sohalardan o‘q og‘iz bo‘shlig‘iga chiqqan, tupurib tashlangan,
yutib yuborilgan yoki aspiratsiya qilingan holatlar bo‘lgan
10.
Pastki jag‘ shoxi va burchagining jarohatlari9,6%ni tashkil qilgan. Bu sohada, odatda,
chaynov mushagi, quloq oldi so‘lak bezi nayi,
parenximasi va yuz nervi jarohatlari uchraydi.
Mazkur soha to‘qimalarining infeksiyaga
chidamliligi pastligi tufayli, ularda tezda
yallig‘lanish jarayoni avj oladi. O‘q titib o‘tgan
to‘qimalardan yiring tarqalib, chuqur
cho‘ntaklar hosil qiladi. Yaraga so‘lak oqib,
oqma hosil bo‘ladi. Pirovardida, bo‘g‘im
tashqarisida kontraktura rivojlanadi.
11.
jarohatlari. Lablarning jarohati 4% ni tashkil qilganbo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, bunda yara chetlari qochib, katta bo‘lib,
ko‘rinadi. Tezda shish hosil bo‘ladi. Og‘izni germetik
yuma olmaydi. So‘lak doim oqib, terining
bichilishiga olib keladi. Yaradorning gapirishi va
ovqat qabul qilishi qiyinlashadi. O‘z vaqtida yordam
ko‘rsatilsa, boshqa sohalardan ko‘ra labdagi jarohat
tez va kam asorat bilan bitadi.
Pastki jag‘ osti sohasi jarohati (1,4%) deyarli
hamisha yiringli yallig‘lanish jarayoni bilan kechgan
va atrofdagi sohalarga tarqalgan. Bu sohada yuz
arteriyasi, vena, halqum, kekirdak va jag‘ osti so‘lak
bezining jarohatlari kuzatilgan.
12.
13.
O‘qli jarohatlarning bitishidagi o‘ziga xosxususiyatlar. Otuv qurollaridan hosil bo‘lgan
yaraning bitish davri uch bosqichdan iborat.
(Kuzin M.N., 1973):
– yallig‘lanish bosqichi (tomirlardagi
o‘zgarishlar va yaraning tozalanishi); –
regeneratsiya (tiklanish) bosqichi
(granulyatsiyali to‘qimaning hosil bo‘lishi va
yetilishi);
– epitelizatsiya va chandiqning
reorganizatsiya bosqichi.