Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
YORDAMCHI TEKSHIRISH USULLARI
Termodiagnostika
Profilometriya.
Stomaskapiya
Vital bo‘yash usuli
Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini aniqlash
Elektroodontometriya
Rentgenologik usul
Kariyes kavagi tishlarning bir-biriga qaragan distal va medial sathlarida joylashgan
Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili
Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
1.86M
Категория: МедицинаМедицина

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

1. Andijon Davlat Tibbiyot Instituti

Abdumannonov Saloxiddin

2.

Bolalarda rentgen
taxlil, EOD,
termodiagnostika,
allergik va
bakteriologik
tekshiruvlar.

3.

Tekshirish usullarining maqsadi bemor
kasalligining aniq tashxisini qo‘yish.
Tekshirish usullari quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: so‘rov, ko‘rik, yordamchi
tekshirish usullari, laboratoriya tekshirish
usullari.

4. YORDAMCHI TEKSHIRISH USULLARI

Yordamchi tekshirish usullari maxsus
apparatlar va moddalar yordamida amalga
oshiriladi va tashxisni aniq o‘rnatilishini
ta’minlaydi.

5.

Yordamchi tekshirish usullariga
Rentgenologik usul, Ortopantomografiya,
Tomografiya, Elektroodontometriya,
Termodiagnostika, Profilometriya,
Stomaskapiya, Vital bo‘yash usuli, Og‘iz
bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini aniqlash,
Laboratoriyada tekshirish usullari,

6. Termodiagnostika

Tishning termik ta’sirlardan ta’sirlanishi.
Ta’sirlovchi sifatida issiq yoki sovuq
suvdan foydalaniladi.
Tekshirishni o‘tkazishdan, avval, tishni
izolyatsiya qilinadi, quritiladi va shprits
yordamida kariyes bo‘shlig‘iga issiq yoki
sovuq suv yuboriladi.

7. Profilometriya.

Profilometriya tekshirishning yangi usuli bo‘lib
oddiy uzunligi 1 mikromertdan kam
bo‘lmagan infraqizil lazerni qo‘llashga
asoslangan.
Tekshiriladigan tish lazer nurlari yordamida
qizdiriladi va natijada tishning o‘zi infraqizil
diapazonida nur tarqata boshlaydi.
Bu nurlardan 34 tibbiyot xodimi kompyuter
yordamida tishning ichki strukturasini tahlil
qilish imkoniga ega bo‘ladi.

8. Stomaskapiya

Bu usul tishlarni ulrtrabinafsha lampa
bilan tekshirishga asoslangan.
O‘zgarish bo‘lmagan emalda nur
yutilmaydi, nuqsoni bo‘lgan emal sohasida
esa nurning yutilishi kuzatiladi.

9. Vital bo‘yash usuli

Bu usul emalning butunligini aniqlashga
asoslangan.
Vital bo‘yash usulini o‘tkazish uchun
tekshirilayotgan tishning yuzasi karashlardan
tozalanadi, quritiladi va tish yuzasiga 3
daqiqaga metilen ko‘kning 2–3% suvli
eritmasiga botirilgan tampon qo‘yiladi.
Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng tampon
olib tashlanadi, tish yuzasi suv bilan yuviladi
va emalning bo‘yalish darajasi aniqlanadi.
Emalning demineralizatsiya bo‘lgan qismi och
ko‘kdan to‘q zangori ranggacha bo‘yaladi.

10. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini aniqlash

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik indeksini aniqlash
kasallikni kelib chiqishi va kechishida muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hozirgi kunda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik
indeksini aniqlashning ko‘pgina usullari
mavjud.
Fedorov-Voldkin usulini o‘tkazish uchun 6 ta
kesish tishlarning vestibulyar yuzasiga yo‘did
kaliy eritmasi surtiladi.
Tishlarni bo‘yalish darajasiga qarab 5 balli
shkala asosida baholanadi.

11.

• Indeksni quyidagi formula yordamida
hisoblab chiqariladi
TKI = 6 ta tishning ko‘rsatkichlari /6
• tishning butun yuzasi bo‘yalsa – 5 ball;
• 3/4 qismi bo‘yalsa – 4 ball;
• 1/2 qismi bo‘yalsa – 3 ball;
• 1/4qismi bo‘yalsa – 2 ball;
• Bo‘yalmasa – 1 ball.
3 va undan ortiq ball bo‘lsa og‘iz bo‘shlig‘i
gigiyenik holati qoniqarsiz, 0 ball bo‘lsa
qoniqarli hisoblanadi

12.

13.

Laboratoriyada tekshirish usullariga
sitologiya, bakteriologik, biopsiya,
immunobiologik tekshirish usuli, bioximik
usul, qonning klinik analizlari va boshqalar
kiradi.

14.

Sitologiya. Sitologiya usuli hujayra
elementlarini o‘rganishga asoslangan.
Stomatologiyada sitologik tekshirish usuli
uchun qirindi, punksiya mahsulotlaridan
foydalaniladi. Sitologiya usuli yordamida
o‘sma kasalliklari, tuberkulyoz yazvalari, og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklarini
aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Biopsiya. Patologik o‘zgargan to‘qimalarni
sitologik tekshirishdan o‘tkazish. Skalpel va
maxsus asboblar yordamida patologik
o‘zgargan qismdan 5–6 mm to‘qima kesib
olinadi va gistologik tuzilishni mikroskop
ostida tekshiriladi.

15.

Immunobiologik tekshirish usuli. Og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq pardasining ba’zi kasalliklari tashxisini aniqlash
uchun imunobiologik tekshirish usulidan foydalaniladi.
Masalan zaxm, brutsellyoz kasalliklarini aniqlashda
muhim o‘rin tutadi.
Bakteriologik tekshirish usuli. Bu usul kasallikni
keltirib chiqargan mikrob va zamburug‘lar turini
aniqlash hamda ularni sezuvchanlik darajasini
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Sezuvchanligi yuqori
bo‘lgan dori vositalaridan foydalanish kasallikni tez
davolanishiga zamin bo‘ladi.
Bioximiya usuli. Bu usulda qon va peshobning
tarkibida qand borligi aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari tez-tez
qaytalaydigan bemorlarda, qandli diabet kasalligi bor
yo‘qligini aniqlashda yordam beradi.

16. Elektroodontometriya

Elektroodontometriya usuli tish pulpasi va
parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan
javob reaksiyasiga asoslangan. Bu tekshirish
usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, UVN1) yordamida amalga oshiriladi.
Sog‘lom tishlar 2–6 mkA da,
chuqur kariyes 20–40 mkA da,
pulpaning faqat toj qismida yallig‘lanishi 60
mkA da og‘riqli reaksiya bilan javob beradi.

17.

18.

EOD da og‘riqli reaksiya 100 mkA dan
katta bo‘lsa, pulpaning toj va ildiz qismlari
nobud bo‘lganligidan, hamda periodont
to‘qimasida patologik o‘zgarish bo‘lishi
mumkinligidan dalolat beradi.
Elektroodontometriya solishtirma tashxis
o‘tkazish uchun tavsiya etiladi.

19.

Qo’shimcha tekshirish usullariga
elektrodontodiagnostika kiradi (EOD).
Bolalar yoshida EODtishlar rivojlanish davrlariga
bog’liq holda o’zgarib turadi.
EOD tish pulpasi va uni o’rab turuvchi to’qimalar hola
ti haqida to’liq ma’lumot beradi.
Pulpani normal va patologik holatdagi elektr sezuvcha
nligi aniqlangan .
Sog’lom tishlar 26 mkA tok kuchi sezuvchanligiga ega.
Elektr qo’zg’aluvchanligining 20-40 mkA gacha
pasayishi pulpada patologik jarayon borligini bildir
adi. 60mkA gacha pasayishi toj pulpasi nekrozlang
anini ko’r-satadi.
Agar ildiz pulpasi ham nekrozlansa, u holda tish 100
mkA va undan yuqori tok kuchini sezadi. Periodontdagi yaqqol morfologik o’zgarishlarda
tish 200mkA dan yuqori bo’lgan tok kuchini sezadi.

20. Rentgenologik usul

Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi.
Rentgenografiyaning tashqi, og‘iz ichi, panaram,
ortopantomografiya, tomografiya usullari
mavjud. Rentgenologik usul yordamida yashirin
kariyes bo‘shliqlari (qoplama ostidagi, aproksimal
yuzalardagi), ildizlar holati (ildiz uchining
so‘rilishi, shakllanishi, yallig‘lanishi), ildizlar
yo‘nalishi va ildiz kanallarining holati
(o‘tuvchanligi, plombalanish darajasi), ildiz uchi
to‘qimalarining holati (alveola o‘siq distruksiyasi),
yumshoq to‘qimalardagi yot jinslar, o‘sma
kasalliklari, tish-jag‘ sohasi jarohatlari aniqlanadi.

21.

22.

Stomatologiyada ko’pincha og’iz ichi yaqin fokusli kontakt rentgenografiyadan foydalaniladi.
Rengenografiya vrachga ildiz kanallarini davola
shda (rentgen tasviri bo’yicha ularning yo’nalishi
,to’lish darajasi,o’tuvchanligi) tish atrofi to’kimalariholatini bilishda,suyak to’qimasi va strukturalarida patologik jarayonlarni aniqlashda ka
tta yordam beradi.
Usulning mohiyati shuki rentgen nurlari teksh
iriluvchi qism zichligiga bog’liq ravishda to’qim
alarda kam yoki ko’p darajada tutib qolinadi.
Tish emali zich soya beradi, dentin va
sement esa kamroq zich soya beradi.

23.

Tishni rengologik surati orkali tish qattiq t
o’qimasi holati va tish atrof to’qimasi
holati haqida so’z yuritish mumkin.
Stomatologik kasalliklar profilaktikasi
kasallikni keltirib chikaruvchi sabablar
va rivojlanishiga olib keluvchi sharoitlarni
bartaraf qilish,

24.

25.

Kariyes xastaligida kariyes kovagi rentgen
tasvirida dumaloq, oval yoki noto`g`ri
shakldagi qattiq to`qimaning
siyraklashgan yoki uning (toj qismining)
chet sohalaridagi anatomik chegarasining
buzilganligi kabi o`zgarishlar sifatida
namoyon bo`ladi.
Kovak chegaralari tekis bo`lmaydi. Bu xol
ayniqsa tishlarning kontakt yuzalaridagi
karioz kovaklarning rentgen tasvirida
yaqqol ko`rinadi.

26.

Odatda ko`z va asboblar yordamida
aniqlanishi mushkul bo`lgan yashirin
kovaklarni tekshirish maqsadida (kariyes
kovak plomba ostida, toj yoki ildizlar
sohasida, kontakt yuzalarida bo`lsa),
rentgen nuridan foydalaniladi

27.

28. Kariyes kavagi tishlarning bir-biriga qaragan distal va medial sathlarida joylashgan

29.

6| tishda kariyes
kavagining namoyon
bo`lishi. Shu tishning
medial (oldingi) ildizi
sohasida granulematoz
periodontit.

30.

Olingan rentgen tasviri kariyes
jarayonining qay darajada chuqur
kechayotganligini ko`rsatadi. Kariyes
xastaligining dog`li davrini rentgen
tasvirida odatda aniqlab bo`lmaydi. Yuza
kariyes jarayoni tish qattiq to`qimasining
chetida joylashgan taqdirda, jarohat
zonasi aniqrok ko`rinadi. O`rta va chuqur
kechuvchi kariyesda emal va dentin
to`qimasida hosil bo`lgan yemirilish aniq
va ravshan ko`rinadi.

31.

32.

Plomba ostidagi ikkilamchi kariyes kovagi
aniq ravshan (negativda qoraygan dog`,
pozitivda rangsiz 198 oqish) bo`shliq
sifatida aks etadi. Aynan shunga
o`xshash tasvirni plomba ostiga
ajratuvchi vosita sifatida qo`yilgan
tagliklar ham hosil qiladi. Ular odatda
rentgen nurini qaytarish xususiyatiga ega
bo`lmaydi (kalmetsin, suvli dentin va x.
k.) Lekin ikkilamchi kariyes hosil qilgan
bo`shliqning chegaralari notekis, o`ydim
chuqur bo`lishi patologik jarayondan
darak beradi.

33. Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili

Surunkali kechadigan pulьpa yallig`lanishida rentgen
tasvirida periodont to`qimasida periodontit
xastaligiga xos bo`lgan o`zgarishlarni ko`rish
mumkin. Periodont to`qimasining notekisligi, bir
muncha kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik
pulьpit va surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit
uchun xosdir. Biroq, ko`p ildizli tishlar (molyar)
ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq
to`qima strukturasidagi buzilish (destruktsiya),
siyraklashish, yemirilish faqat granulyatsiyalanuvchi
surunkali periodontitdan darak beradi. Yuqorida zikr
etilganlardan (pulьpitga davo) bizga ma’lumki, pulьpa
yallig`lanishida davo usullari sut tishlari ildizlarining
so`rilish yoki shakllanish holatini hisobga olgan holda
tanlanadi. Ildizlarning u yoki bu holatini esa faqat
rentgen tasviriga qarab aniqlanadi.

34.

Tish pulpasida kechayotgan distrofik
o`zgarishlar pulьpa va ildiz bo`shlig`i
devorlarida dentikllarning hosil bo`lishi bilan
bog`liqdir. Rentgen tasvirida hosil bo`lgan
dentikllar och rangli pulьpa bo`shliqlarida
qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks
etadi. (57- rasm). Ba’zan hosil bo`lgan qattiq
strukturali dentikllar pulьpa bo`shlig`ida
joylashgan nerv tolalarini siqib, nevralgiyaga
xos og`riqlarni paydo qiladi. Xastalikni
to`g`ri aniqlashda bizga faqat rentgen
tasvirigina yordam beradi. Kamdan - kam
hollarda rentgen tasvirida, ba’zan dentin
to`qimasining ideopatik (favqulodda kuchli)
so`rilish hollari ham uchraydi.

35.

Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi
(rezorbtsiya), tish kovagining ichki qismidan
boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik
tadqiqotlar tish pulьpasida bunday paytda
qo`shuvchi to`qima elementlarining
ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy
bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil
bo`lganligini va uning atrofini odontoblast
hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi.
So`rab - surishtirilganda ayrim hollarda
xastalangan tish bir paytlar kuchli mexanik
ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin.

36. Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili

Ma’lumki, periodont to`qimasi yallig`lanishining
ayniqsa surunkali kechadigan turlarida uni o`rab
turgan atrof to`qimalar (alveolyar suyak
to`sig`i, suyak pardasi, tsement va dentin) ham
jarohatlanadi. Bunday qattiq to`qimalarda sodir
bo`ladigan o`zgarishlar panoram rentgen
tasvirida yaqqol namoyon bo`ladi. O`tkir
cho`qqi periodont yallig`lanishida klinik
belgilarning kuchli namoyon bo`lishiga
qaramasdan rentgen tasvirida periodont
to`qimasida 199 deyarli o`zgarish kuzatilmaydi

37.

Ayrim hollarda cho`qqi teshigi atrofidagina periodont
tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali
granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni
o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin,
alьveola suyagi, g`ovak suyak) kuchli yemirilish
jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o`zining
silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil
bo`ladi va jimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida
tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont to`qimasi
(me’yordagi holati)ning buzilganligini, alьveola
kompakt suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz
cho`qqisini o`rab turuvchi suyak to`qimasining
notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi
oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur
o`tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi.

38.

Granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun
suyak to`qimasining notekis yemirilishi
o`ziga xos xususiyatdir. Shu bilan
birgalikda tsement va dentinning
yemirilishi oqibatida ildiz relьyefining
o`zgarishi, ayrim hollarda esa ildizning
qisqarishi hollarini ko`rish mumkin. Shy
bilan birgalikda bolalarda ko`pgnna
hollarda yiring yo`li ham tasvirdan o`rin
opishi mumkin. Bundan tashqari ko`p
ildizli sut tishlarida ildizlar orasidagi suyak
to`qimasining yemirilib siyraklashuvi
(osteoporoz) bolalar yoshida xususiy xol
hisoblanadi.

39.

Surunkali granulematoz periodontit
xastaligida ildiz cho`qqisida oddiy tish
granulemasi yoki murakkab kistali
granulema hosil bo`lishi xususiy xoldir.
Tish ildizi sohasida bunday
granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil
bo`lishi, atrof suyak to`qimasining tekis
dumaloq shakldagi, chegaralari aniq
ko`rinuvchi jarohatli yemirilishiga sabab
bo`ladi.

40.

Rentgen tasvirida tish ildizining cho`qqi
qismida dumaloq yoki oval shaklidagi,
chegarasi aniq ko`rinuvchi suyak
to`qimasining yemirilgan o`chog`i paydo
bo`lgani kuzatiladi.

41.

V surunkali periodontit.
Tishlar ildizlari orasidagi
suyak to`qimasining
siyraklashuvi.(osteoporoz
). Ortopantomogramma.

42.

Bu xil suyak jaroxati sohasida suyak
to`qimasining po`stloq (kortikal) plastinkasi
yemirilgan bo`ladi. Negativ tasvirda bunday
jarohat sohasi 200 qoramtir, pozitiv tasvirda
esa sog`lom to`qimadan oqish tusi bilan
ajralib turadi. Surunkali fibroz periodont
yallig`lanishida periodont to`qimasida
chandiqli fibroz qo`shuvchi to`qima vujudga
keladi. Bunday hollarda periodont tirqishi
kengayib, ildiz cho`qqisida yoki butun ildiz
sathi buylab tsement to`qimasining
qalinlashuvi (gipertsementoz) qayd etiladi.

43.

Rentgen tasvirida periodont tirqishining
kengayganligi ildiz cho`qqi qismida,
ayniqsa ravshan ko`rinadi. Shu bilan bir
qatorda ildiz cho`qqisining birmuncha
qalinlashuvi va deformatsiyasini ko`rish
mumkin.

44.

IV-V tishlar surunkali
periodontiti. Panoram
rentgenogramma.
|4 5 6 tishlar kariyesi. |4 5
tishlarning ildizlari sohasida
granulyomalar.

45.

|1 fibrozli periodontit; |2
granulyatsiyalanuvchi
periodontit.
English     Русский Правила