Mikroorganizmlarda xivchinlarning joylashish sxemasi
1.66M
Категория: БиологияБиология

Bakteriyalarning morfologiyasi va sistematikasi. 3 - ma`ruza

1.

3 - MA`RUZA
Bakteriyalarning morfologiyasi va
sistematikasi
Reja :
Bakteriyalarni tashqi ko`rinishi
Bakteriya hujayrasining tuzilishi
Bakteriyalarning harakatchanligi
Bakteriyalarning ko`payishi
Bakteriyalarning spora hosil qilishi
Bakteriyalar sistematikasi

2.

Bakteriyalarni tashqi ko`rinishi
1-mikrokokklar;
2-diplokokklar;
3-tetrokokklar;
4-streptokokklar;
5-stafilokokklar;
6-sartsinalar;
7-bakteriyalar;
8-batsillalar;
9-streptobakteriyalar;
10-streptobatsillalar;
11-vibrionlar;
12-spiroxetalar;
13-spirillalar.

3.

Bakteriya hujayrasining tuzilishi
Bakterial hujayraning
sxematik tuzilishi
1-kapsula;
2-hujayra devori;
3-tsitoplazmatik membrana;
4-tsitoplazma;
5-nukleoid;
6-mezosomalar;
7-tilokoidlar;
8-vakuola;
9-xivchinlar;
10-glikogen donachalari;
11-ribosomalar;
12-volyutin donachalari.

4.

Bakteriyalarning harakatchanligi
Bakteriyalar orasida harakat qiluvchi va harakat qilmaydigan turlari
mavjud. Ko`pincha bakteriyalar xivchinlar yordamida harakat qiladilar. Faqat
spiroxetalar tanalarining bukilishi yordamida harakat qiladilar. Xivchinlar
tsitoplazmadan ip shaklida o`sib chiqqan o`simta bo`lib, qalinligi 0,02-0,05
, ammo uzunligi hujayraga nisbatan ancha uzun, ba`zan 10 va undan
ko`proq marta uzunroq bo`ladi.
Ko`pchiligining uzunligi 5-9
bo`lsa, ba`zilarining uzunligi 30
ga etadi. Xivchinlarning 98 %
qisqartiruvchi oqsil - flagellindan
tuzilgan bo`ladi.
SHarsimon bakteriyalari
harakatsizdir. Faqat siydik
sartsinalarida xivchinlar bo`lib, ular
harakat qiladi. Tayoqchasimon
bakteriyalar orasida harakatchan va
harakatsiz turlari uchraydi.
Bakteriyalar harakati

5.

• Xivchinlarning soni va hujayra yuzasida joylashishiga qarab
bakteriyalarni:
• - monotrixlar, bakteriyaning bir uchida bir dona xivchini bo`lsa (xolera
vibrioni);
Amfitrix xivchinli E.сoli
bakteriyasi
Peritrix xivchinli bacteriyalar
- bipolyar monotrix, tayoqchaning ikkala uchida bittadan
xivchin joylashsa;
- lofotrix, tayoqchaning bir uchida bir dasta xivchinlar bo`lsa
va amfitrix, ikkala uchida ham bir dastadan xivchinlari bo`lsa
(Bacillus fluorescens);
- peritrixlar, butun tanasi xivchinlar bilan qoplangan
tayoqchalarga aytiladi (E. coli).
Lofotrix xifchinli
bakteriyalar

6. Mikroorganizmlarda xivchinlarning joylashish sxemasi

1-monotrix;
2-lofotrix;
3-amfitrix;
4-peritrix

7.

Bakteriyalarning ko`payishi
Umuman bakteriyalar ikkiga bo`linish yo`li bilan ko`payadilar.
Bunda ko`pincha hujayraning o`rtasidan to`siq hosil bo`lib, uni
ikkiga bo`lib, yangi ikkita hujayra barpo etadi.
Kokklar diametri bo`ylab har xil yo`nalishda bo`linishi mumkin.
Tayoqchasimon va buralgan bakteriyalar esa, ko`ndalangiga
bo`linadi. Ularda to`siq, asosan hujayra markazida bo`lib,
hujayrani teng bo`laklarga - qiz hujayralaga ajratadi. Ammo
ba`zan to`siq markazdan boshqa joylarda bino bo`lsa, biri
kichik, ikkinchisi kattaroq qiz hujayralar hosil bo`lib, kelajakda
ular ona hujayra kattaligigacha o`sadilar.

8.

Spiroxetalarda to`siq hujayrani ham uzunasiga, ham
ko`ndalangiga bo`lishi mumkin.
Bakteriyalarning ko`payishi, ularning turiga va o`sish
sharoitlariga bog`liqdir. O`sish sharoiti qulay bo`lsa, ya`ni
oziqaning yetarliligi, optimal namlik va temperatura, enargiya
manbai va boshqalar bo`lsa bakteriyalar ko`paya boshlaydi.
Yuqoridagi sharoitda ba`zi bakteriyalar har 5-10 soatda
ko`paysa, ba`zilari har 15-30 minutda ko`payadi.
Bir sutkada bakteriyalar
tez bo`linib, juda katta
miqdorga etadi. Shu
sababdan sut, go`sht,
baliq va boshqa oziqovqatlar bakteriyalar
ta`sirida tez ayniydi

9.

Bakteriyalarning spora hosil qilishi
Asosan tayoqchasimon bakteriyalarda - batsillalarda
spora hosil bo`ladi. Ba`zida sharsimon
bakteriyalarda spora hosil bo`lishi kuzatiladi.
Bakteriyalarning buralgan formalarida spora hosil
bo`lishi kuzatilmagan.
Spora - tinch yotgan hujayra bo`lib, uning qobig`i
vegetativ hujayraning qobig`iga nisbatan ancha
qalin va mustahkamroq bo`ladi, uning tarkibida suv
kamroq bo`lib, tashqi muhitning ta`siriga ancha
chidamliroqdir.
Bakteriyalarda faqat bitta spora hosil bo`ladi.
Shuning uchun spora hosil bo`lishi ko`payish usuli
emas, tashqi muhitga moslashib yashash uchun
kurash qobiliyatidir.

10.

Spora hosil bo`lishida sitoplazma hujayraning o`rtasiga yoki
chetiga to`planadi. Quyuqlashgan sitoplazmaning atrofida
ikki qatlamli qobiq hosil bo`ladi. Tashqi qatlam - ekzina
qalinroq bo`lib, tarkibida yog` va smola moddalari mavjudligi
sababli sporaga suv va boshqa moddalar kirishini
qiyinlashtiradi. Ichki qatlam - intina yupqa va elastik bo`lib,
bo`lajak yangi vegetativ hujayra uchun qobig`iga aylanadi.
Sporalar tashqi muhitga chidamli. Ba`zi bakteriyalarning
sporalari bir necha soat qaynatsa ham o`lmaydi hamda
kimyoviy zaharlarga chidamli bo`ladi. Spora hosil bo`lishi bir
necha soat davomida o`tadi.
Sporalar yuqori temperatura, quritish, tashqi muhitda zaharli
moddalarning ko`pligiga etarli darajada chidamli bo`ladi.
Ba`zi bakteriyalar sporalari bir necha soat qaynatilganda
ham o`lmasligi mumkin. Sterilizatsiya qilinayotgan material
avtoklavda 115–125 0S yoki Paster pechida 160–170 0S
temperaturada ma`lum vaqt ichida ushlansa sporalarning
to`liq o`lishini ta`minlaydi.

11.

Sporalarning shakli va kattaligi turlidir. Ular yumaloq,
tuxumsimon cho`ziq bo`lishi mumkin. Agar spora hujayraning
o`rtasida hosil bo`lsa - markaziy, hujayraning oxiriga yaqin
joylashsa - subteriminal va oxirida joylashsa - terminal spora
hosil bo`lishi deb nomlanadi. Ba`zi bakteriyalar sporasining
diametri hujayraning diametridan kattaroq bo`ladi. Bunday spora
hujayraning o`rtasida joylashsa - klostridial, chetida joylashsa plektridial spora hosil bo`lishi deyiladi, hujayralar esa klostridiya
va plektridiya deb ataladi. Sporalarning o`sish muddati bir necha
soat davom etadi. Sporalar yashash qobiliyatini saqlab turishi
yuzlab va minglab yillarga tengdir. Qulay sharoit bo`lishi bilan
sporalar vegetativ xolga o`tadi, ular yana o`sib va ko`payish
xususiyatiga ega bo`ladi. Bakteriyalarning faqat vegetativ
hujayralarigina oziq-ovqatlarni aynitadi.

12.

Bakteriyalar sistematikasi
Bakteriyalar morfologiyasi judda oddiy bo`lgani sababli hamda ba`zi
xususiyatlari o`zgaruvchanligi tufayli ularning sistematikasi ancha
murakkab.
Mikroorganizmlarning ko`pgina klassifikatsiyasi bo`lib, bizda asosan
ikkitasi keng tarqalgan:
1) Amerikalik mikrobiologlarning Berdji tahriri ostidagi klassifikatsiyasi
(1924 y.);
2) rus olimi N.A. Krasilnikov klassifikatsiyasi (1949 y.).
Masalan, Berdji hamma bakteriyalarni 4 bo`limga bo`ladi:
- Gracilicutes – Gram – , hujayra devori yupqa;
- Firmicutes – Gram + , hujayra devori qalin;
- Tenericutes, mustahkam hujayra devoriga ega emas;
- Mendosicutes, defekt hujayra devori bo`lgan (qadimgi arxebakteriyalar).
N.A. Krasilnikov esa hamma mikroorganizmlarni ikki guruhga ajratadi:
- Schizophyceae – xlorofill hosil qiluvchilar;
- Schizomyceae – xlorofilsizlar, o`z navbatida u 4 sinfga:
1. Actinomycetes - aktinomitsetlar; 2. Eubacteriae - chin bakteriyalar;
3. Myxobacteriae - miksobakteriyalar; 4. Spirochaetae - spiroxetalarga
bo`linadi. Har bir sinf qator, oila, turkum, turga bo`linadi.

13.

Masalan, Berdji hamma bakteriyalarni 4 bo`limga bo`ladi:
- Gracilicutes – Gram – , hujayra devori yupqa;
- Firmicutes – Gram + , hujayra devori qalin;
- Tenericutes, mustahkam hujayra devoriga ega emas;
- Mendosicutes, defekt hujayra devori bo`lgan (qadimgi
arxebakteriyalar).
N.A. Krasilnikov esa hamma mikroorganizmlarni ikki guruhga
ajratadi:
- Schizophyceae – xlorofill hosil qiluvchilar;
- Schizomyceae – xlorofilsizlar, o`z navbatida u 4 sinfga: 1.
Actinomycetes - aktinomitsetlar; 2. Eubacteriae - chin
bakteriyalar; 3. Myxobacteriae - miksobakteriyalar; 4.
Spirochaetae - spiroxetalarga bo`linadi. Har bir sinf qator, oila,
turkum, turga bo`linadi.

14.

Mikroorganizm nomi asosiy binar nomenklatura
hisoblangan, turkum va tur nomlari bilan lotin tilida
ataladi. Masalan, ichak tayoqchasi– Escherichia (E.)
coli, sut kislotali streptokokk – Streptococcus lactis,
sibirь yazvasi batsillasi – Bacillus anthracis deb
nomlanadi. Nomdagi birinchi so`z bakteriyaning
morfologik xususiyatini anglatsa, ikkinchisi - uning
fiziologik xususiyatini anglatadi. Birinchi so`z turkumni
bildirib, yozma harfda yozilsa, ikkinchisi turni bildirib
bosma harfda yoziladi.
Escherichia (E.) coli
Mikrobiologiyada maxsus terminlar keng qo`llaniladi – bular kultura, shtamm,
klon.
Kultura – bu oziqa muhitidagi, ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgan bakteriyalar
yig`indisi. Kulьtura toza (bir turdagi mikroorganizmlar yig`indisi) va aralash (ikki
yoki undan ko`p bo`lgan mikroorganizmlar yig`indisi) bo`lishi mumkin.
Shtamm – bu turli joylardan yoki bir joyning o`zidan olingan bir turga mansub
mikroorganizmlar yig`indisi. Masalan, turli joylardan ajratib olinsa yoki biror
xususiyati bilan asosiy turdan farq qilsa, shtamm deyiladi.
Klon – bu bitta hujayra naslidan tarqalgan mikroorganizmlar yig`indisi.
English     Русский Правила