Похожие презентации:
Hayvonlar patofiziologiyasi fani maqsadi va vaziyfalari, nozologiya
1.
1-mavzu. HAYVONLAR PATOFIZIOLOGIYASI FANIMAQSADI VA VAZIYFALARI, NOZOLOGIYA
Reja:
1. Fanning maqsadi,vaziyfasi va boshqa fanlar bilan ózaro boǵlikligi.Patologik
reaksiya,patologik jarayon va patologik holatlar haqida tushuncha
2.Kasalliklarga ta’rif, turlari, kechishi,organizimdagi hayotiy jarayonlarni qayta
tiklash -reanimatsiya.
2.
• Asosiy adabiyotlar:• 1.S.I.Lyutinskiy, V.S.Stepin Patologicheskaya fiziologiya selskoxozyaystvennix
jivotnix, Moskva, izd Kolos, 2001 god.
• 2.D.E.Eshimov, R.F.Ro‘ziqulov “Hayvonlar patofiziologiyasi fanidan amaliy –
laboratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanma. Toshkent. O‘zbekiston faylosuflari
milliy jamiyati 2007 yil
3.
4.
• 1.Kasallik to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan beri insonlarni qiziqtirib,ularni e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Ibtidoiy jamoa tuzimida ilm, ma’rifat
rivojlanmaganligi
va
odamlar
tabiatdagi
hodisalarni
kelib
chiqishini
bilmaganliklari sababli, ular faqat ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘zga ko‘rinmaydigan
narsalar haqida fikr yurgizar edi. SHuning uchun ham, organizmni tabiatda
uchraydigan afsonaviy narsalardan ya’ni tuproqdan, havodan, suvdan, yog‘ochdan
(metaldan), olovdan tashkil topgan deb tushintirganlar.
5.
• Gippokrat kuzatuvchi, kasallikga qiziquvchi, sayohatchi vrach bo‘lib,hamisha qishloqma - qishloq yurib kasallar ustida ko‘plab kuzatishlar
olib borib, ko‘p kasalliklarni belgilarini, turli xususiyatlarini,
oqimlarini, oqibatlarini o‘rganib, o‘nlab asarlar yozib qoldirgan.
Kasalliklar kelib chiqishida tashqi muhitning o‘rnini, tozalikga katta
e’tibor berib, ko‘p kasalliklarni aniqlash, davolash usullarini ishlab
chiqqan. Vrachlik qonuniyatlarini ishlab chiqqan, meditsinada tibbiyotda Gippokrat qasamyodi bor. Gippokrat ta’limoti bir necha
asrlardan beri va hozir ham to‘g‘ri ekanligi tasdiqlanib, uning asarlari
o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q.
6.
• CH.Darvinningevalyusion
kashfiyotlar
«Organik
nazariyasi»
olamning
yaratildi.
patologiyada
Bu
yangi
morfologik – anatomik oqimni keltirib
chiqarib,
sohasida
kasalliklarni
tushintirish
7.
• R.Virxovning hujayralar patologiyasi to‘g‘risidaginazariyasi yuzaga keladi. Bu nazariyaning
tarafdorlari kasalliklar faqat hujayrada kelib chiqadi
degan g‘oyani ilgari surib, kasalliklarni faqat
hujayralardan qidirishni tavsiya qilib, hujayra
kasalliklarini qidirish avj olib ketdi. Natijada
hujayrada uchraydigan ko‘p o‘zgarishlar yozib
chiqildi va bu nazariya o‘sha davrning ilg‘or
nazariyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
8.
• 2.Kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida bir qancha klassifikatsiyalar tasniflar bor.• a) Turli xil kasalliklarning chaqiruvchi sabablarini inobatga olib, ikkiga bo‘lib o‘rganiladi:
• 1.Yuqumli yoki infeksion va parazitar kasalliklarga, ularni har xil mikroorganizmlar:
bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, riketsiyalar, amyobalar va turli xil parazitlar,
gelmintlar, hasharotlar chaqiradi. Masalan: kuydirgi tuberkulyoz, brutsellyoz,
salmonellyoz kasalliklarini bakteriyalar chaqirsa, gripp, oqsil, viruslar tomonidan,
gelmintozlar va propilazmozlar parazitar kasalliklarga kiradi.
• 2.Yuqumsiz kasalliklarga har xil mexanik, fizik, ximik sabablar ta’sirida chaqiriladigan
kasalliklar kirib, ularga: ichki yuqumsiz, xirurgik, akusherlik va ginekologik hamda
boshqa kasalliklar kiradi. Masalan: yallig‘lanishlar, sinishlar, avitaminozlar va turli
organlar kasalliklari shular jumlasidandir.
9.
• b).Kasalliklar hayvonlarning yoshiga qarab quyidagicha klassifikatsiyalanadi:• 1.Yosh hayvonlar kasalliklari solmanellyozlar, paratif, avitaminozlar, yuqori nafas
yo‘llarining kasalliklari va boshqalar.
• 2.Qarri hayvonlar kasalliklari: arteriosklerozlar, o‘sma, gipertoniya, atrofiya va boshqalar.
• 3.Organ sistema kasalliklari quyidagicha klassifikasiyalanadi: qon, qon aylanish yoki
yurak - tomirlar, nafas, oshqozon ichak, ayiruv, endokrin, nerv va boshqa sistemasining
kasalliklarga bo‘lib o‘rganiladi.
• 4.Kasalliklar kechishiga qarab klassifikatsiyalanadi: o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va surinkali
kechuvchi kasalliklarga bo‘lib o‘rganaladi.
10.
• Kasallik turli kasalliklarda turlicha kechib, odatda ko‘pchilik kasalliklar tezlik bilan,ba’zilari birdan barcha belgilarini ro‘yobga chiqarib kechadi. Odatda kasalliklarni
rivojlanish muddatiga, qo‘zg‘atuvchi kuchi bog‘liq ravishda uch xilda kechadi:
1O‘tkir oqimli kasalliklar – bir necha daqiqadan, soatdan to bir necha haftagacha:
Masalan: infeksion va parazitar kasalliklar.
2.O‘rtacha o‘tkir oqimli kasalliklar-bir necha haftadan to bir necha oygacha.
• Surinkali oqimli kasalliklar – bir necha oylab, yillab cho‘zilib, bularga ko‘pchilik
yuqumsiz va yuqumli kasalliklar kiradi.
11.
• Kasalliklar organizmda rivojlanayotganda bir necha davrlarda kechadi.• a). Inkubatsion yoki yashirin yoki latent davr, kasallik chaqiruvchi sababni organizmga
tushganidan to kasallikni birinchi belgisi kelib chiqqungacha ketgan vaqtga aytiladi. Bu
davr bir necha daqiqalardan to bir necha soatlargacha, haftalargacha, oylargacha va hatto
yillargacha cho‘zilishi mumkin. Tuberkulyoz, brusellyoz, ichki yuqumsiz kasalliklar va
boshqalar.
• b). Prodromal yoki kasalliklardan habar beruvchi davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, bu davrda kasalliklar uchun umumiy belgilar namoyon bo‘ladi. Masalan: tana
haroratini oshishi, ishtahani pasayishi, yurak ishini, nafas olishni tezlashib ketishi va
boshqalar.
• v). Kasalliklarning avj olgan davri – kasalliklarni klinik belgilarini rivojlangan davrida
muayyan kasalliklarga xos belgilar ko‘zga yaqqol tashalandi.
• g). Kasalliklarning oqibati – ikki xil bo‘lib, kasallikdan hayvon yo tuzaladi, yoki kasal
hayvon o‘ladi.
12.
• Kasalliklardan organizmni to‘la tuzalishiga – sanogenez deyiladi. Kasallik oqibati ikkixil bo‘ladi:
• a). Kasallikdan organizm tuzaladi.
• b). Kasallik o‘lim bilan tugaydi.
• 3.Tuzalish ikki xil bo‘ladi:
• a). Kasallikdan organizm to‘liq tuzaladi.
• b). Kasallikdan organizm chala tuzaladi.
13.
• O‘lim – mortis, morbi – organizmda to‘xtovsiz kechayotgan assimilyasiya vadissimilyasiya jarayonining to‘xtashi va yurak ishini hamda nafas olishning to‘xtashi
bilan xarakterlanadi.
• O‘lim kelib chiqishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
• 1.Tabiiy yoki fiziologik o‘lim.
• 2.Kasalliklar oqibatida yoki patologik holatdan hosil bo‘ladigan o‘lim.
• O‘lim hosil bo‘lishini tushintiradigan ta’limotni tanatogenez deb aytiladi. O‘lim hosil
bo‘lishi bir necha davrlarda kechadi va terminal holat deyiladi, ular quyidagilar:
• 1.Agoniya-o‘lim oldi talvasasi: (peripoganal va oganal davrdan iborat).
• 2.Klinik o‘lim.
• 3.Biologik o‘lim
14.
• O‘lim hosil bo‘lishi natijasida murdada quyidagi o‘zgarishlar hosil bo‘ladi:• 1.Gavda soviydi – algar mortis birinchi kunlari 10 dan pasayib, ikkinchi kuni 0,20
soviydi. Albatta bu o‘zgarishlar atrof muhit o‘zgarishlariga bog‘liqdir.
• 2.Tanada dog‘lar paydo bo‘lishi - livoris mortis hayvon qaysi tomoni bilan yotgan
bo‘lsa, o‘sha tomonida ko‘proq dog‘ paydo bo‘ladi va junsiz, pigmentlanmagan
joylarda yaxshi ko‘rinadi.
• 3.Gavda qotadi – rigor mortis kolloid moddalarning qotishi. Qotish 8-10 soatdan
keyin boshlanib, boshdan oyoqa qarab boradi.
• 4.Gavdaning chirishi – matseratsiya yoki autoliz organizmdagi chirituvchi va
tashqi muhitdan tushgan mikroorganizmlar ta’sirida hosil bo‘lib murdadan sassiq
hid kela boshlaydi. Agarda gavdada shu bakteriyalar bo‘lmasa gavda mumlanib
qoladi.
15.
• Veterinariya vrachlarining asosiy vazifasi turli kasalliklarning oldini olish va davolashdir.Umummiy profilaktika deb turli xil yo‘llar, usullar va choralar yordamida kasalliklarning
oldini olish tadbirlari tushinilib, bu tadbirlar murakkab xo‘jalik, tashkiliy va veterinariya sanitariya tadbirlaridan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir 5 ga yani:
• 1.Tashqi muhitni sog‘lomlashtirish ishlari, buni uchun madaniy o‘tloqlar yaratish, zagon
sistemasiga o‘tish, o‘tloqlarni almashlab turish, o‘tloqlarda uchraydigan zaharli
o‘simliklardan, har xil ziyon keltiruvchi buyumlardan tozalash kerak. O‘tloqlarni,
molxonalarni dezinfeksiya va mexanik tozalash kerak.
• 2.Kasalliklarni yashirin kechish davrlarini turli usullar yordamida, doimiy tekshirishlar
bilan aniqlab turib, tegishli choralar ko‘rish ya’ni rentgen apparatlari yordamida, allergik
usullar bilan, qonni tekshirishda bakteriologik, serologik, bioximik, radiaktiv izotoplar va
boshqa usullardan foydalaniladi. Yiliga ikki marta bahor va kuzda dispanserizatsiya
o‘tkazilishi shart:
• Qolgan 3 tasi talabalarga,,,,,,,,
16.
• Umumiy davolash prinsiplari:• 1.Kasalliklarni sabablariga qarshi davolash. Antibiotik, gormon, vitamin va boshqalardan
foydalanish:
• 2.Kasalliklarni patogeneziga qarshi davolash:
• 3.Kasalliklarni simptomiga qarshi: ich o‘tish, taxikardiya, isitma, yo‘tal va boshqalarga
qarshi davolash:
• 4.O‘rnini to‘ldirish yo‘li bilan davolash.