Похожие презентации:
Yotoqxonalarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va uning mohiyati
1.
Mavzu:Yotoqxonalarda
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
va uning mohiyati.
Inog'omova Munojot
2.
1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi.Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi.
Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama kamol topgan-mukammal inson shaxsini
tarbiyalashdir. O'qituvchilar jamoasi va har bir o'qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan
kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarni, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi
hamda yotoqxona sharoitlarini hisobga olgan holda talabalarni tarbiyalashning
shakl va uslublarini tanlaydi.
3.
2. Tarbiyaning hayot bilan bog'liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarningmazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi.
Tarbiyachilar talabalar tarbiyasini hayot bilan bog'lar ekanlar, ularga o'zlarida iymon-e‘tiqodni tarbiyalash imkonini
beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolroq jalb qilinadi, bu esa
shaxsning tarkib topishiga yordam beradi. Ilg'or o'qituvchilar ishida talabalar jamoasini shakllantirish asosiy vazifa,
chunki jamoada shaxsni tarbiyalash-tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi.
4.
Asoslar:1.Talablar qo'yish;
2.Faollarni tarbiyalash;
3. O'quv mehnat, ijtimoiy-siyosiy
va ommaviy-madaniy
faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish;
4.Sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish;
5.Ijobiy an‘analarni yaratish va ko'paytirish.
5.
Tarbiya usullarini tanlashda jamoaning rivojlanishdarajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti
hisoblanadi. Shuning uchun har bir tarbiyachi
tarbiyaviy ishni jamoa muvaffaqiyatning
munosabatlarini rivojlanishi darajasini aniqlashdan
boshlaydi. Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash
jarayoniga o'tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim
talabalar va umuman jamoa o'z faoliyatini mustaqil
rejalashtiradi va umuman jamoani tashkil etadi, o'ziga
va bir-biriga talablar qo'yadi va o'z-o’zini nazorat qiladi.
O’qituvchilar va talabalar jamoasi o'z niyatlari va
ishlarida birgadirlar. Jamoani
shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar
juda qiziqarlidir. Yoshlarni inoq jamoaga birlashtirgan
mohir tarbiyachi qo'lida tarbiyalangan odam baxtlidir.
6.
Talabalarning asosiy vazifasi o'qishdan iborat. Shuning uchun guruh rahbari dastavval: talabalarningo'qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o'zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini
sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat, eng muhimi ularning o'qishdagi
mo'ljallari nimalardan iborat, bu mo'ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli – talabalarni ular bilan darsda,
darsdan tashqarida, universitetda, yotoqxonada, universitetdan tashqarida o'zaro faol hamkorlik
qilish darajasida kuzatishdan iboratdir.
7.
O'qituvchi jamoaning kuchli va zaif tamoyillarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishniqo'llaydi. Lekin bunda shuni esda tutish kerakki, talaba kamchiliklarini hamma o'rtasida yorqin namoyish uni ma‘naviy halok
etishi, qalbini jarohatlashi mumkin. Shunday vaziyatlarni vujudga keltirish kerakki, ular salbiy tomonlarni emas, har bir talabada
odatdagi sharoitda boshqalardan yashiringan ijobiy tomonlarini ham ochib bersin.
8.
Guruh rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangandarajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bunda
talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish
qo'shimcha shart hisoblanadi. Bu xaqda gapirmasa ham
bo'lardi, chunki bu shart
pedagogik tamoyillardan biridir. Shu bilan birga ishni
endi boshlagan talaba, ayniqsa sinf rahbari tarbiya
usullarini emas, balki shakllarini tanlashda o'z
tarbiyalanuvchilari yoshini hisobga olishi muhimdir.
Bunda bir hil usullar talablar,
topshiriqlar va hokazolar turlicha izohlanadi. Ta‘lim
jarayonida jamoa munosabatlarini rivojlantirish
istiqbollari guruh rahbarining katta e‘tibor berishini
talab etadi. Jamoa faoliyatida ko'proq muomala qilishga
bo'lgan ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam
qondiriladi.