853.03K
Категория: БиологияБиология

Lipidlar

1.

Lipidlar

2.

Lipidlar (yunoncha:lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan
yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida lipidlar muhim ahamiyatga
ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib,
hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir
koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo
kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qat-nashadi.
Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv
qochiruvchi himoya va termoizolyasiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli
organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat.
Koʻpchilik lipidlar yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir.
Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lipidlar bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy Lipidlar yogʻ
kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan
iborat.

3.

Bularga yegʻlar (triglitseridlar va boshqa tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari
va yogʻ spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki
atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari
(fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan
iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin
(glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik Lipidlar
sirt faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ
gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar
(adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi,
soʻngra oksidlanadi. Koʻpchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks
murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi.

4.

5.

Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni
davolashda hamda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi (yana qarang Yogʻ).
Yogʻ ikki turdagi qismdan iborat: glitserin asosi va uchta yogʻ kislotasi dumchasi.
Glitserin uchta gidroksil (OH) guruhi boʻlgan kichik organik molekuladir, yogʻ kislotasi
boʻlsa karboksil guruhiga birikkan uzun uglevodorod zanjiridan iborat. Odatda yogʻ
kislotasi 12-18 ta ugleroddan tarkib topadi, ammo baʼzilarida bor-yoʻgʻi 4 ta yoki 36
tagacha uglerod boʻlishi mumkin.

6.

Yogʻ ikki turdagi qismdan iborat: glitserin asosi va uchta yogʻ kislotasi dumchasi.
Glitserin uchta gidroksil (OH) guruhi boʻlgan kichik organik molekuladir, yogʻ kislotasi
boʻlsa karboksil guruhiga birikkan uzun uglevodorod zanjiridan iborat. Odatda yogʻ
kislotasi 12-18 ta ugleroddan tarkib topadi, ammo baʼzilarida bor-yoʻgʻi 4 ta yoki 36
tagacha uglerod boʻlishi mumkin.
Yogʻ molekulalari triatsilglitserinlar yoki shifokorlar tilida triglitseridlar deb ham ataladi.
Inson tanasida triglitseridlar asosan adipotsit deb nomlanuvchi maxsus yogʻ
hujayralarida saqlanadi. Adipotsitlar adipoz toʻqimalarini hosil qiladi\[^1\]. Koʻplab yogʻ
kislotalari yogʻ molekulalarida uchrasa, ularning baʼzilari tanada erkin ham uchraydi va
ularga lipidning bir turi sifatida qaraladi.

7.

Toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari
Yuqoridagi misolda koʻrsatilganidek, triglitserid yogʻ kislotasining uchta dumchasi birbiriga oʻxshamaydi. Yogʻ kislotasi zanjirlari uzunligi, shuningdek,
ularning toʻyinmaganlik darajasiga koʻra farq qiladi.
Uglevodorod zanjiridagi qoʻshni uglerodlar faqatgina oddiy bogʻlarni hosil qilgan boʻlsa,
yogʻ kislotasi toʻyingan deb aytiladi. (Yogʻ kislotalari vodorodga toʻyinadi, toʻyingan
yogʻda iloji boricha koʻproq vodorod atomlari uglerod skeletiga birikadi.)
Uglevodorod zanjirida qoʻshbogʻ boʻlsa, yogʻ kislotasi toʻyinmagan hisoblanadi, chunki
endi unda vodorodlar soni kam boʻladi. Yogʻ kislotasida faqat bitta qoʻshbogʻ boʻlsa,
u mono-toʻyinmagan; bir nechta qoʻshbogʻ boʻlganda esa u politoʻyinmagan deyiladi.

8.

9.

Toʻyinmagan yogʻ kislotalaridagi qoʻshbogʻlar boshqa turdagi qoʻshbogʻlar
singari sis yoki trans konfiguratsiyasida mavjud boʻlishi mumkin. Sis konfiguratsiyasida
bogʻ hosil qilgan ikkita vodorod bir tomonda, trans konfiguratsiyada esa qarama-qarshi
tomonda joylashadi (quyida koʻrsatilgan). Sis qoʻshbogʻ yogʻ kislotasida burchakli
strukturani hosil qiladi va bu yogʻlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan xususiyatdir.
Toʻyingan yogʻ kislotalari dumchalari toʻgʻri chiziq shaklida boʻladi, shuning uchun
toʻyingan dumchali yogʻ molekulalari bir-biriga zich joylashadi. Ushbu zich joylashish
xona haroratida (nisbatan yuqori erish haroratiga ega boʻlganda) yogʻlar qattiq boʻlishini
taʼminlaydi. Misol uchun, sariyogʻda yogʻning katta qismi toʻyingan boʻladi\[^2\].

10.

Transyogʻlar
Shu joyda bir narsa eʼtibordan chetda qolganini sezgan boʻlsangiz
kerak. Trans yogʻlar yoki yogʻ kislotasi dumchalaridagi trans qoʻshbogʻli toʻyinmagan
yogʻlar haqida toʻxtalib oʻtmadik. Trans yogʻlar aslida tabiatda juda kam uchraydi,
ammo qisman gidrirlash yoʻli bilan sanoat jarayonlarida osongina ishlab chiqariladi.
Ushbu jarayonda vodorod gazi (asosan sis-toʻyinmagan yogʻlaridan tarkib topgan)
moylardan oʻtkaziladi va qoʻshbogʻlarning baʼzilarini oddiy bogʻlarga aylantiradi. Qisman
gidrirlashdan maqsad yogʻlarga xona haroratida qattiq holda boʻlish kabi toʻyingan
yogʻlarga xos baʼzi xossalarni berishdir, ammo kutilmagan tarzda sis qoʻshbogʻlarining
baʼzilari oʻz konfiguratsiyasini oʻzgartirib, trans qoʻshbogʻga aylanadi. Transtoʻyinmagan yogʻ kislotalari yanada zichroq joylashadi va xona haroratida ham qattiq
boʻladi. Misol uchun, margarinning ayrim turlari katta miqdorda trans yogʻlardan tarkib
topgan.

11.

12.

Omega yogʻ kislotalari
Yogʻ kislotalarining eslatib oʻtishga arziydigan yana bir sinfi omega-3 va omega-6 yogʻ
kislotalarini oʻz ichiga oladi. Omega-3 va omega-6 yogʻ kislotalarining uch xil turi
mavjud, ammo bularning barchasi ikkita muhim shakldan hosil boʻladi: linolen kislotasi
omega-6 uchun va alfa-linolen kislotasi omega-3 uchun.
Inson tanasi bu molekulalar (va ularning hosilalari)ga muhtoj, ammo alfa linolen
kislotasini ham, linolen kislotasini ham sintezlay olmaydi. Shunga koʻra alfa-linolen
kislotasi va linolen kislotalari muhim yogʻ kislotalari sifatida tasniflanadi va
ratsionimizdan oʻrin olishi juda muhim. Losos kabi baʼzi baliq turlari, chia va zigʻir donlari
omega-3 yogʻ kislotasining manbaidir.

13.

Yogʻlarning ahamiyati
Yogʻlar juda zararli deb aytiladi va bu toʻgʻri. Chunki juda koʻp miqdorda qovurilgan va
boshqa “yogʻli” taomlarni tanovul qilish ortiqcha vazn paydo boʻlishiga va sogʻligʻimiz
bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻladi. Shu bilan birga, yogʻlar tana uchun kerakli va
bir qancha muhim vazifalarni ham bajaradi.
Misol uchun, bir qancha vitaminlar yogʻda eruvchandir, yaʼni bu vitaminlar tanada yaxshi
soʻrilishi uchun yogʻ molekulalari bilan bogʻlanadi. Shuningdek, yogʻlar energiyani uzoq
vaqt mobaynida saqlab beradi, ular uglevodlarga nisbatan ikki baravar koʻproq energiya
saqlaydi, shu bilan birga, tana uchun izolyatsiyani ham taʼminlaydi.
Boshqa barcha yirik biologik molekulalar singari, muayyan miqdordagi yogʻlar
tanamizning (va boshqa organizmlarning jismlarini) toʻgʻri ishlashi uchun zarurdir.
English     Русский Правила