284.93K

Презентация (1)

1.

MERKANTILIZMNING ZAMONAVIY
TAHLILLARI
SAIDOVA MADINA

2.

ILK MERKANTILIZM
Merkantilizm ta‘limoting yagona asoschisi yo’q. Merkantilistik
g’oyalar XVI-XVIII asrlarda ko’p sonli yozuvchilar asarlarida
ifodasini topgan ularning aksariyati savdogarlar bo’lib bojxona
bojlari, soliqlar, ish haqi to’g’risidagi fikrlarini bayon etishgan.
Ayrim manbalarda 1764 yilga qadar Angliyada merkantilizmga
oid 2377 ta asar hisobga olingan.

3.

• Angliyada va Gollandiyada yozishmalarning aksariyat
qismi savdogarlar tomonidan amalga oshirilgani bois
<<markentilizm>> atamasi kelib chiqqan. Fransiyada
merkantilizm «kolbertizm» Germaniyada esa
«Kameralizm» nomi bilan mashhur.

4.

• KAMERALIZM – mustaqillikka, o’zini-o’zi ta’minlashga erishish,
umumiy, ma’naviy farovonlikka erishish uchun moddiy shart
sharoitlar yaratish maqsadida davlat ichida pul mablag’larini
to’plashga qaratilgan siyosat.

5.

Kameralizm haqida F. L. Fon Sekkendorf birinchi marta
1656 yilda o’zining mashhur «Germaniya knyazlik
davlati» asarida yozgan

6.

«QIROLLIKDA PULLARNING KO’PLIGI TOVARLARNING
QIMMATLASHUVIGA OLIB KELADI BU DAVLAT FAROVONLIGI
SAVDO HAJMIGA BEVOSITA TESKARI TASIR QILADI»
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII
asring ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Asosiy vakillaridan biri ingliz TOMAS MAN hisoblanadi.

7.

ZAMONAVIY TAHLILARI
J.M Keyns o’zining « …umumiy nazariyasi»ning
merkantilistlarga bag’ishlangan «Merkantilistlar
hagida» deb atalgan gismida ularni igtisodiy
rivojlanishga lib keladigan chora-tadbirlar hagida
tushunchaga ega bo’lgan igtisodchilar sifatida
ta’rifladi. Lekin klassik igtisodchilar 1776-yildan
Keyns davrigacha merkantilistik adabiyotlarni
ahamiyatsiz, deb hisobladilar.

8.

Merkantilizmga nisbatan bildirilgan munosabatni qayd etib o’tishimiz kerak.
Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning namoyandalari ilgari surgan
g’oyalari asosida emas, balki ularning manfaatlari asosida
baholashadi.Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tilda «manfaat qidiruvchilar»
deb atalgan. Ular foyda ko’rish maqsadida davlatni ishga solib o’zlari uchun
imtiyozlar yaratganlar

9.

Umuman olganda ular davlatni monopollik I mtiyoziga sazovor bo’lgan
savdogar deb bilib, bu bilan monopol-savdogarlik asosida tovarlarga
balandroq narx o’rnatish imkoniyatini olishgan.Iqtisodiyot nazariyasi
tarixchilari merkantilizmni o’rganib, 1660-1776-yillar oralig’ida igtisodiy tahlil
ham miqdoran ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar .

10.

Bu ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodchilar
sodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetganligidadir.Sxolastlarning
axloqiy tahlili o’rnini sabab va natija tahlillarining egallashi natijasida
savdo o’rnini egallagani merkantilistlarning yutug’idir.
Merkantilistlar davlatning igtisodiyotga aralashuvi tasodifiy Bo’Imasligi,
balki shu orqali talab va taklif gonunlari kabi asosiy bozor igtisodiy
haqigatlari yuzaga chigaradi deb tushungan.

11.

Masalan, muvozanat narxidan past narx davlat tarafidan defitsitni keltirib
chiqarishini yaxshi tushinishgan. Keyingimerkantilistlar iqtisodiy
faoliyatni rag’batlantirishda igtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez
go’llay boshladilar.Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa ularning
egoistik harakatlarini o’zgartira olmaydi deb hisoblaganlar.

12.

Siyosatchilar insonning bu hususiyatini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilib, bu
xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlar
sifatida shakllantirdilar. Keyingi Merkantilistlar o’zlaridan oldingi g’oyadoshlari yo’l
go’ygan xato vakamchiliklarini anglab yetganligini ko’ramiz.Ular, masalan, pul boylik
o’Ichovi emasligini,barcha davlatlar bir vaqtning o’zida ijobiy savdo balansiga ega
bo’lishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo
balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali
bo’lishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik
keltirishi mumkinligini tushunishgan.

13.

Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni
tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko’pgina adabiyotlarda klassik liberalizm
g’oyalari boshlanayotgan edi.
A.Smit merkantilistlar tushuna olmagan tushunchalarni anglab yetdi va
boylikning asosiy manbayi bu mehnat ekanligini anglab yetdi. Merkantilistlar
fikricha, shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud
deb hisoblashgan.

14.

• Shuning uchun ularning fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi
tomon yo‘naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg‘unlik
borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan
kelib chiqadi deb hisoblashgan. Hatto laissez-faire g‘oyasini qo‘llagan keyingi
merkantilistlar ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun bozor mexanizmi
haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lishmagan. Shunday bo‘lsada, A. Smit o‘z
tahlilini rivojlantirishda keyingi merkantilistlar adabiyotlaridan keng
foydalangan.

15.

•E‘TIBORINGIZ
UCHUN RAXMAT!
English     Русский Правила