Похожие презентации:
10-sinf. Geografiya. Jahon mamlakatlarining urbanizatsiyasi
1.
11-§. Jahonmamlakatlarining
urbanizatsiyasi
2.
• Qishloq va shaharlar aholi punktlarining ikkiasosiy ko‘rinishi hisoblanadi. Ma’lumki,
shahar deb aholisining asosiy qismi qishloq
xo‘jaligidan boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan
aholi punktlariga aytiladi. Hozirgi davrda
shaharlar har bir davlatning asosiy ishlab
chiqarish, boshqaruv, transport markazlariga
aylanib qolganligi hech kimga sir emas.
Aynan shaharlar aholining madaniy hordiq
chiqarishini ta’minlab beruvchi manzilgohlar
hisoblanadi.
3.
4.
• Ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi,ayniqsa, sanoat inqilobining yuz berishi, olis,
chekka hududlargacha yetib borish imkonini
beruvchi transport yo‘llarining barpo etilishi
jahonda shaharlar sonining keskin ortishiga olib
keldi. Shaharga xos hayot tarzi esa ko‘plab
insonlarni o‘ziga jalb qilib, ularni shaharga
ko‘chib kelishga undamoqda. Natijada jahonda
urbanizatsiya jarayoni tez sur’atlarda
rivojlanmoqda.
5.
6.
• Urbanizatsiya– (lotincha «urb» –«shahar»)– shaharlar, shahar
aholisining soni va salmog‘ining
o‘sishi, shahar turmush tarzining
tarqalish jarayoni.
7.
8.
• Urbanizatsiya darajasi, odatda, jami aholitarkibida shahar aholisining salmog‘i bilan
o‘lchanadi. Agar 1800-yilda Yer yuzi aholisining
3 % i shaharlarda istiqomat qilgan bo‘lsa, oradan
yuz yil o‘tib, mazkur ko‘rsatkich 14 % ga yetdi.
2000-yilga kelib jahonda urbanizatsiya darajasi
47 % ni tashkil qildi. 2018-yil holatiga ko‘ra,
dunyo bo‘yicha urbanizatsiyaning o‘rtacha
ko‘rsatkichi 55 % ga teng bo‘ldi.
9.
10.
• Urbanizatsiya darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahondavlatlarini uch toifaga ajratish mumkin:
• 1. Shahar aholisining ulushi 75 % dan yuqori bo‘lgan
yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar
(masalan, AQSH, Yaponiya, Belgiya va b.);
• 2. Shahar aholisining ulushi 50 % dan 75 % gacha
bo‘lgan o‘rtacha darajada urbanizatsiyalashgan
davlatlar (masalan, JAR, Peru, Xitoy va b.);
• 3. Shahar aholisining ulushi 50 % dan kam
bo‘lgan past darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar
(masalan, Misr, Bangladesh, Moldova va b.)
11.
12.
• Mintaqalar orasida eng yuqori urbanizatsiya darajasiShimoliy Amerikaga tegishli (82 %). Bu ko‘rsatkich
Lotin Amerikasida 81 %, Yevropada 74 %,
Avstraliya va Okeaniyada 68 %, Osiyoda 50 %,
Afrikada 43 % ni tashkil etadi (11-rasm). Jahonning
barcha mintaqalarida urbanizatsiya darajasi davriy
ravishda o‘sib bormoqda. Yevropa, Shimoliy Amerika,
Avstraliya va Okeaniya hududlarida mazkur
ko‘rsatkichning o‘zgarishi nisbatan sekin yuz bermoqda.
Osiyo va Afrikada esa aholining tabiiy o‘sishi yuqoriligi,
qishloqlardan shaharlarga faol aholi migratsiyasi ta’sirida
urbanizatsiya darajasi tez ortib bormoqda.
13.
14.
Jahon mintaqalarida urbanizatsiyadarajasining o`zgarishi
15.
16.
• Lekin rivojlanayotgan davlatlarda shaharaholisi soni ortishi soxta urbanizatsiya
ko‘rinishida ham kechadi. Soxta
urbanizatsiya natijasida yirik shaharlar
atrofida zaruriy infratuzilma elementlariga
ega bo‘lmagan, qishloqlardan ko‘chib kelgan
aholi tomonidan tartibsiz ravishda bunyod
etilgan manzilgohlar shakllanadi (12-rasm).
Bunday manzilgohlar maydoni ayniqsa
Braziliya va Hindistondagi yirik
shaharlarda ancha katta
17.
18.
Soxta urbanizatsiya ko`rinishlari19.
• Urbanizatsiya jarayoni natijasida nafaqatshaharlar va shahar aholisi soni ortadi,
balki shahar manzilgohlari maydoni ham
kengayishi yuz beradi. Natijada shahar
aglomeratsiyalari va megalopolislar
vujudga keladi.
20.
21.
• Shahar aglomeratsiyasi – turli kattalikdagishaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish,
ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi
hisoblanadi. Mavjud aglomeratsiyalar bir
markazli va ko‘p markazli bo‘lishi mumkin.
22.
23.
• Megalopolis (yunoncha megalu –«katta», polis – «shahar»)deb
yirik shaharlar va shahar
aglomeratsiyalarining bir-biriga
qo‘shilib ketishiga aytiladi.
Megalopolislarni bir qancha
shahar aglomeratsiyalarining
yig‘indisi deb ham atash
mumkin. Hozirgi vaqtda
jahonda 6 ta to‘liq shakllangan
megalopolis mavjud (8-jadval)
24.
25.
Jahonda to`liq shakllanganmegalopolislar
26.
Topshiriqlar•1. Mavzuni o`qish
•2. Kitobdan topshiriqlarni
bajarish
•3. Muhim ma’lumotlarni
yozish