22.67M
Категория: ГеографияГеография

Koreya Respublikasi

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
43-§. Koreya Respublikasi

3.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• “Matnni to'ldiring” usuli
• Tushirib qoldirilgan so‘z va raqamlarni qo‘yib
matnni tiklang.
• Xitoyda sanoatning ... tarmoqlari yuqori
darajada rivojlangan bo‘lib, u sanoat
mahsulotlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish
bo‘yicha dunyoda ... yoki ... o‘rinlarda turadi.
Xitoyda yiliga ... tonnaga yaqin ko‘mir qazib
chiqarilmoqda. Xitoy 2012-yildan buyon elektr
energiyasini ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra
jahonda ... o‘rinni egallamoqda.

4.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• 2019-yil mamlakatda ... kW·h dan ziyod elektr
energiyasi ishlab chiqarildi (jahonda ishlab
chiqarilgan elektr energiyasining ...idan ortiq qismi).
... sanoati Xitoyda ayniqsa tez rivojlanmoqda.
Dunyodagi jami ekin maydonlarining ...iga ega
bo‘lib turib, insoniyatning ... idan ko‘proq qismini
tashkil etadigan aholisini Xitoy o‘z resurslari hisobiga
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay
olayotganligi ... mehnat unumdorligining yuqoriligini
aks ettiradi.

5.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• 2019-yil mamlakatda ... kW·h dan ziyod elektr
energiyasi ishlab chiqarildi (jahonda ishlab
chiqarilgan elektr energiyasining ...idan ortiq qismi).
... sanoati Xitoyda ayniqsa tez rivojlanmoqda.
Dunyodagi jami ekin maydonlarining ...iga ega
bo‘lib turib, insoniyatning ... idan ko‘proq qismini
tashkil etadigan aholisini Xitoy o‘z resurslari hisobiga
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay
olayotganligi ... mehnat unumdorligining yuqoriligini
aks ettiradi.

6.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• “Blits so‘rov” usuli
• Quyidagi savollarga tezkor javob bering.
• 1. Xitoy YIM hajmi bo‘yicha jahonda nechanchi
o‘rinda turadi?
• 2. Xitoyda IESlar ishlatadigan yoqilg‘ining
qancha qismi ko‘mirdan iborat?
• 3. Xitoyda sanoatning qaysi tarmoqlari yetakchi
hisoblanadi?
• 4. Xitoy hududi qanday iqtisodiy rayonlarga
ajratiladi?

7.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• 5. Xitoyda so‘nggi yillarda qanday elektr
stansiyalarni ko‘paytirishga katta e’tibor
berilmoqda?

8.

Atamalar va savollar

9.

Maydoni: 100,2 ming km²
Aholisi (2020): 51,8 mln
Poytaxti: Seul

10.

Koreya Respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya
yarimorolining janubiy qismida joylashgan.

11.

Qirg‘oqlari sharqda Yapon dengizi (Koreyada Sharqiy
dengiz deb ataladi), g‘arbda Sariq dengiz (Koreyada
G‘arbiy dengiz deb nomlanadi), janubda Koreya bo‘g‘izi
va Sharqiy Xitoy dengizi (Koreyada Janubiy dengiz deb
ataladi) suvlari bilan yuviladi,
Sariq dengiz
Yapon dengizi
Sharqiy Xitoy dengizi
Koreya bo‘g‘izi

12.

shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR)
bilan chegaradosh. Koreya Respublikasiga 3 000 taga
yaqin orollar tegishli bo‘lib, ulardan eng yirigi – Chedjudo
oroli hisoblanadi.
Chegara
Chedjudo oroli

13.

Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi.
“Chxonvade” (Moviy uy)
Koreya Milliy Assambleyasi
Koreya Respublikasi prezidenti
Yun Sok Yol

14.

Mamlakat poytaxti — Seul shahri (104-rasm).
Ma’muriy-hududiy jihatdan 9 ta provinsiya,
provinsiyaga tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida
maqomga ega 1 ta shaharga bo‘lingan unitar davlat
hisoblanadi.
Poytaxti – Seul shahri

15.

Tabiiy sharoiti va resurslari.
Sharqiy Koreya tog‘lari
Koreya Respublikasi qadimgi platformada joylashgan
bo‘lib, relyefi asosan kuchli parchlangan o‘rtacha
balandlikdagi tog‘lardan iborat (105-rasm).

16.

Relyefining tog‘liligi hisobiga mamlakatda
dehqonchilikka yaroqli yerlar ko‘p emas va bu
holat koreyaliklarni yerdan intensiv ravishda
foydalanishga undaydi.

17.

Ko‘mir, volfram, temir, rux, qo‘rg‘oshin, oltin
konlari bor, lekin zaxiralari nisbatan kam
bo‘lgani tufayli mamlakat turli xomashyolarga
bo‘lgan ehtiyojini import hisobiga qondiradi.
ko‘mir
volfram
temir
rux
qo‘rg‘oshin
oltin

18.

Iqlimi asosan mo‘tadil bo‘lib, musson shamollari
ta’sirida shakllanadi. Yozi issiq va nam bo‘lib, uzoq
davom etadi, qishi esa uncha sovuq emas, lekin
quruq.
Mo‘tadil-musson
Subtropik-musson
yoz
qish

19.

Daryolari sersuv, energetik imkoniyatlarga boy. Eng
yirik daryolari — Naktongan va Xangan.
Naktongan
Xangan

20.

Katta maydonni o‘rmonlar egallagan.
Aralash ignabargli
o‘rmon
Subtropik o‘rmon

21.

Aholisi.
Koreya Respublikasi aksariyat Osiyo mamlakatlaridan
aholisi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan farqlanadi
(oxirgi yillarda deyarli 0 ga tenglashdi). Tug‘ilish va tabiiy
ko‘payishning pastligi aholining yosh tarkibiga ta’sir
ko‘rsatmoqda.

22.

2020-yil holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi tarkibida 14
yoshgacha bo‘lgan bolalarning ulushi 12%, 65 yosh va
undan kattalarning ulushi esa 16% ni tashkil qilgan.
Bunday vaziyat mamlakatda ishchi kuchi bilan
ta’minlanganlik hamda pensiya tizimining barqarorligi
bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda.

23.

Koreya Respublikasi yuqori urbanizatsiyalashgan davlat bo‘lib, aholisining 80% idan
katta qismi shaharlarda istiqomat qiladi.

24.

Eng yirik shaharlari qatoriga, Seuldan tashqari,
Pusan, Tegu, Inchxon, Kvanchju va Tedjon
kiradi.
Seul
Pusan
Tegu
Inchxon
Kvanchju
Tedjon

25.

Koreya Respublikasi aholisining etnik tarkibi jihatidan
bir millatli davlat hisoblanadi. Jami aholisining deyarli
99% ini koreyaliklar tashkil qiladi. Keng tarqalgan dinlar
xristianlik va buddizmdir.

26.

Koreya Respublikasida aholi zichligining o‘rtacha
ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lib, 1 km2 maydonga 500
kishidan ko‘proq aholi to‘g‘ri keladi. Mamlakatning
relyefi nisbatan tekis bo‘lgan g‘arbiy va janubiy
dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi juda yuqori
darajada.

27.

Iqtisodiyoti.
Pul birligi - Von
Koreya Respublikasi 1980yillardan boshlab ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishda
ulkan yutuqlarga erishdi.
Bu o‘sish ayniqsa sanoat
sohasida ko‘zga
tashlanadi, shuning uchun
ham Koreya Respublikasi
yangi industrial
(sanoatlashgan)
mamlakatlar guruhiga
kiritiladi.

28.

Sanoatning eng muhim tarmoqlari avtomobilsozlik,
kemasozlik, elektrotexnika, elektronika, atom
energetikasi, metallurgiya, kimyo va neftkimyo,
yengil sanoat hisoblanadi (107-rasm).
avtomobilsozlik
kemasozlik
elektrotexnika
elektronika
atom energetikasi
metallurgiya
kimyo va neft-kimyo
yengil sanoat

29.

Xususan, kemalarni ishlab chiqarish bo‘yicha
mamlakat jahonda birinchi o‘rinda turadi,

30.

cho‘yan, rux, qo‘rg‘oshinni eritish, Yengil
avtomobillar, polimer mahsulotlarini ishlab
chiqarish bo‘yicha dunyoning birinchi
beshtaligiga kiradi.

31.

Koreya Respublikasi “Samsung Electronics”,
“Hyundai”, “Posco” va boshqa dunyoga
mashhur transmilliy korporatsiyalarning
mavjudligi bilan ajralib turadi.

32.

Koreyaning taniqli kompaniyalari

33.

Dehqonchiligida sholichilik, sabzavotchilik,
mevachilik va uzumchilik muhim ahamiyatga ega.

34.

Chorvachiligida sut-go‘sht, qoramolchiligi va
cho‘chqachilik rivojlangan.

35.

Koreya Respublikasi eksport hajmi bo‘yicha
jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari
qatoriga kiradi.

36.

Koreya Respublikasi O‘zbekiston uchun ham
muhim savdo hamkori hisoblanadi.

37.

Koreya Respublikasi 2020-yil yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo
aylanmasi bo‘yicha O‘zbekistonning savdo hamkorlari
orasida Xitoy, Rossiya va Qozog‘istondan keyingi 4-o‘rinni
egallagan. O‘zbekistonda Koreya Respublikasi kapitali
ishtirokida 900 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

38.

Turizm va madaniyat
Chxandokkun saroyi
Kyonbokkun saroyi
Chejudo oroli
Xvason qal’asi

39.

Turizm va madaniyat

40.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• “Diqqatni jamlang!” mashqi
• Koreya Respublikasiga quyidagi reja asosida
ta’rif bering.

41.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• “Farqini top” o‘yini
• Quyidagilar orasidan Koreya Respublikasiga tegishli
bo‘lmagan ma’lumotlarni ajrating.
• 1. Hududining katta qismini o‘rmonlar egallagan.
• 2. Baliq ovlash hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni
egallaydi.
• 3. Konfutsiylik dini eng keng tarqalgan.
• 4. Yuqori urbanizatsiyalashgan davlat.
• 5. Eksport hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta
mamlakatlari qatoriga kiradi.

42.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
• 5. Eksport hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta
mamlakatlari qatoriga kiradi.
• 6. Asosiy hududida issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi.
• 7. G‘arbiy va janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi
zichligi juda yuqori.
• 8. 47 ta prefekturaga bo‘linadigan unitar davlat.
• 9. 1 km2 maydonga 500 kishidan ko‘proq aholi
to‘g‘ri keladi.
• 10. “Samsung Elektronics”, “Hyundai”, “Posco” va
boshqa dunyoga mashhur transmilliy
korporatsiyalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. .

43.

44.

45.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva
– Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi, 2022 @edurtm_uz
• www.uzedu.online
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko –
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
• www.eduportal.uz
• J. A. Ismatov, M. M. Hojiyeva, F. M. Rahimov, N. I. Safarova,
A. M. Tashkentov – Geografiya: 10-sinf o‘qituvchilari uchun
metodik qo‘llanma — Toshkent: Respublika ta’lim markazi,
2022 @edurtm_uz
• www.wikipedia.org

46.

© Internet manbalari:
www.wikipedia.org
www.сезоны-года.рф
www.worldatlas.com
www.sciencephoto.com
www.energybusiness.com
www.miningnewspro.com
www.mining.com
www.crugroup.com
www.businessnews.com.au
www.webmandry.com
www.greysuitcase.net
www.koreaherald.com

47.

© Internet manbalari:
www.dreamsite.com
www.philbinphoto.com
www.worldatlas.com
www.neferjournal.livejournal.com
www.bbc.com
www.reddit.com
www.vesselfinder.com
www.elco-burners.com
www.businesskorea.co.kr
www.technicaltextile.net
www.tradewindsnews.com
www.kedglobal.com

48.

© Internet manbalari:
www.wacker.com
www.koreabizwire.com
www.onedaykorea.com
www.wwwsanddata.org
www.wwwsanddata.org
www.mininnovation.uz
www.oz.sputniknews.uz
www.istockphoto.com
www.freepik.com
www.uzedu.online
@edurtm_uz

49.

© Qambarov Alimbek
Rossiya o‘qituvchilari tajribasidan qisman foydalanildi.
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi.
• Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
https://t.me/geography_method
English     Русский Правила