1.50M

3

1.

Somoniylar davridan Temuriylar davrigacha
bo‘lgan davr tangalari.
Tuzuvchi: t.f.f.d. (PhD) S. Boymirzayev

2.

Reja:
1.
IX – XIII asrlarda O‘rta Osiyo tangalari
2.
Chig‘atoy ulusi tangalari
3.
Amir Temur va Temuriylar davri tangalari

3.

O‘rta Osiyoda arablardan mustaqil Tohiriylar sulolasi (821873) va Somoniylar sulolasi (874-999) davrida ko‘plab
kumush dirhamlar va mis fuluslar zarb qilingan.
Somoniylar IX-X asrlarda turli vaznli kumush dirhamlar zarb
etdilar.
XI-XIII asrlar Markaziy Osiyoda savdoda turli davlatlar zarb
qilgan tangalar ishlatilgan. O‘rta Osiyoning janubiy
hududlarida G‘aznaviylar va Saljuqiylar tangalari ishlatilar edi.
O‘zbekiston hududida X-XII asrlarda muomalada bo‘lgan
tangalar asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan
tangalar tashkil etadi.
Mahmud G‘aznaviy Hindistonga yurishi natijasida ko‘plab
kumush zahiralaridan foydalanib tangalar zarb etgan.

4.

Xorun ar Rashid, madinat as salyam,
hijriy 192 y dirham

5.

G‘arbiy Qoraxoniylar tomonidan Movarounnahrda 1102 yilda
Muhammad ibn Sulaymon Arslonxon taxtga kelgach,
Farg‘ona, Buxoro va Samarqand shaharlari zarbxonalarida
o‘zining mis fuluslarni zarb etdi.
Samarqandda zarb qilingan tangalarida faqat “xoqon” so‘zlari
bitilgan. Samarqandda 512 yilda zarb qilingan tangalarda
“Sulton Muhammad al xoqon al adl ala ad davul” so‘zlari
keltirilgan.

6.

Saljuqiylar davlati
Markaziy Osiyo hududida X-XI asrlarda hukm surgan
saljuqiylar kumush tangalari nihoyatda kam uchraydi.
Masalan, janubiy Turkmanistondan 1884-1946
yilarda 6 dona saljuqiylar kumush tangasi topilgan.
1960 yilda Munchoqtepa yodgorligidan kumush
tangalar xazinasida Sulton Sanjar kumush dinori katta
ahamiyatga ega. Xazina umumiy og‘irligi 85 gr.
keladigan tangalar va siniq tangalardan iborat. Ushbu
kumush tangalar Marv, Balx va Hirotda Sulton Sanjar
nomi bilan zarb etilgan.

7.

Xorazmshohlar tangalari
Xorazmda Anushtaginlar sulolasi vakillari Muhammad ibn Takash davrida
muntazam ravishda tangalar zarb qilingan. Sulton nafaqat Xorazmda balki
Samarqand, Buxoro, O‘zgan, Marv shaharlarida mis, kumush, oltin
tangalar zarb qildirgan. Xorazmshoh Muhammad ibn Takash zarb ettirgan
tangalar Markaziy Osiyoning barcha hududlaridan topilgan.

8.

Xorazmshoh Alouddin Takash. Niso,
vazni 2,46 gr.

9.

Muhammad ibn Tekeshning oltin dinorlari Balx shahrida (hozirgi
Afg‘onistonning shimolida) zarb qilingan bo‘lib, og‘irligi massasi
7,7 g. ya’ni, sezilarli darajada oshdi, chunki uning hukmronligi
davrida Xorazmshohlar davlati iqtisodiyotining jadal rivojlanishi
kuzatildi, keyinchalik mo‘g‘ullar istilosi natijasida ahvol yana
juda yomonlashdi. Dinordagi yozuvlar hukmdor nomiga
moslashtirilgan taxminan bir xil ma’noga ega.
Muhammad ibn Tekeshning yana bir oltin dinorlarida xalifa Abul
-Abbos al - Nosirning ismi tilga olinadi, dumaloq legendasida
Qur’ondan parcha bor

10.

Mo‘g‘ullar bosqinida Xorazm shaharlari katta zarar ko‘rgan
bo‘lsa-da, dastlabki yillarda madaniy saviyasi ancha pasayib
ketgan bo‘lsa-da, umuman mahalliy tanga zarb qilish an’anasi
saqlanib qolganligini 1226 yilgi dinor misolida ko‘rishimiz
mumkin. Uning shakli oddiy doiradan farq qiladi, lekin nashr
sifati yaxshi, arab alifbosida yozilgan Chingizxon nomini o‘qish
imkonini beradi. Katta ehtimol bilan, bu partiyani ishlab chiqarish
uchun past navli oltin ishlatilgan, bu urushdan vayron bo‘lgan
mintaqa uchun ajablanarli emas. Dinor og‘irligi 6,4 g. Bo‘lib,
G‘azna shahrida zarb qilingan.

11.

Mo‘g‘ullar imperiyasi parchalanganidan keyin bir qancha
mustaqil davlatlar, jumladan, Chig‘atoy ulusi tashkil topdi.
Ko‘rsatilgan dirham shu davlat tarkibiga kirgan Koson (hozirgi
O‘zbekiston) shahrida zarb qilingan. Islom hali ulusning rasmiy
diniga aylanmagan bo‘lsa-da, tangada Alloh va Muhammad
(C.A.) payg‘ambar ismlari keltirilshgan. XIV-asr o‘rtalariga kelib
davlat parchalanib ketdi.
Dirham (kumush), og‘irligi: taxminan 4 g, zarb vaqti: 1325 yil.

12.

Chig‘atoy ulusi tangalari
Kebekxon davrida kumush suvi yuritilgan avvalgi
mis dirhamlarni ishlatish man qilinib, shu davrdan
e’tiboran yagona namuna bo‘yicha, og‘irligi 1,4
grammga yaqin bo‘gan kumush dinorlar chiqarila
boshlandi. Kebek nomi bilan yangi katta dirhamlar
Buxoro va Samarqandda zarb qilindi.

13.

Kebek dirhami. Avers, revers

14.

Ma’sudbek tangalari. 1252 yil Munkaxonning O‘rta Osiyodagi
hukmronligi davrida Mahmud Yalavoch (Chingizxon va
xorazmshoh Muhammad elchisi xorazmlik savdogar)ning o‘g‘li
Ma’sudbek Markaziy Osiyo hududida savdoni rivojlantirib,
doimiy ravishda Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘tror, Damashq
zarbxonalarida dinorlar (60 % ni sof oltin tashkil etgan) zarb
qildi. Ammo dinorlar turli kattaliklarda bo‘lgani uchun savdo
vaqtida ularni kichik bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri kelardi.
Ma’sudbek o‘tkazgan pul islohoti o‘zini oqladi. Bu davrda oltin
dinorlar bilan birga kumush dirham (kumush suvi yuritilgan mis
dirham)larni Samarqand va Buxorodan tashqari Xo‘jand va
O‘tror shaharlarida zarb etila boshlandi.

15.

Ma’sudbek dirhami. Avers
revers

16.

Amir Temur va temuriylar
davri
Davlatning boshida bosh hukmdor – Amir Temur
turgan bo‘lsa, undan keyingi ikkinchi bo‘lib Moliya
devoni turar edi. Moliya devonining asosiy vazifalari –
davlat soliq ishlarini yuritish, qishloq xo‘jaligi ishlarini
boshqarish, davlat xazinasiga turli daromad
tushumlarini keltirish, tangalar zarb qilish va soliqlar
bilan bog‘liq qonunbuzarliklar hamda boshqa iqtisodiy
muammolar bilan shug‘ullanar edi.

17.

Davlat va xalqlar birligini bildiruvchi Amir Temur saltanati o‘zida ko‘p sonli
mis, kumush va oltin tangalarni bosib chiqaruvchi pul zarb xonalarining
mavjud bo‘lishiga sharoit yaratib berdi. Kumush tangalarning o‘zini 40 dan
oshiq tanga chiqaradigan zarbxonalar bo‘lgan.
Yagona pul siyosatini o‘tkazishda Amir Temur to‘rt muhim tamoyilga amal
qildi:
1. Pul siyosatiga, uning tomonidan davlatning iqtisodiy asosini muhim belgisi
sifatida qaralgan. Yagona pul siyosati ichki savdoni rivojlantirib, yaxlit ichki
bozor tashkil qildiki, u Amir Temur saltanatini bir butunligini ta’minladi.
2. Amir Temur pulni saltanat birligining muhim siyosiy vositasi sifatida
ishlatgan.
3. Pulga, asosiy to‘lov vositasi sifatida, Amir Temur tomonidan tashqi savdoni
rivojlantirishdag asosiy omil sifatida qaralgan.
4. Pul zarb etishda turlicha o‘zboshimchaliklarni kamaytirish zarurligi,
“pullarning buzilishi”ni istisno qilish, qaysiki haqiqiy bo‘lgan (zarb etilgan)
pullar bilan muomala qilishdan chetlashtiradi.

18.

Amir Temur va Temuriylar davlatida olinadigan asosiy soliqlar
quyidagilardan iborat edi:
Xarj - Temuriylar va ulardan keyingi davrga talluqli еr solig‘i. U olingan hosilning 3 dan 1 qismiga
teng bo‘lib, pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Sap daraxt - mevali daraxt va uzumlar uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan;
Dudi - tutun solig‘i, har bir uy yoki hovlidan o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlangan o‘tindan
foydalanganligi uchun soliq, mahsulot shaklida, keyinchalik esa pul shaklida olingan;
Avariz - favqulotda soliq, shahar yoki qishloq aholisidan urush chiqimlari va saroyda o‘tkaziladigan
bayramlarni qoplash maqsadida olingan;
Uloq - davlat xizmatidagi odamlarga beriladigan ot;
Mir xazaron - ma’lum bir joyda yashovchi aholidan shu еrdagi qo‘shinni ta’minlashda olinadigan
soliq.

19.

Amir Temur tangalari.
Amir Temur birinchi tangalarni 1372-73 yillari Chig‘atoy xonlarining andozasi bo‘yicha
zarb qilgan bo‘lsa ham, lekin 1380 yillarga kelib pul islohoti olib borilishi natijasida
yangi shakldagi tangalarni o‘z nomi bilan zarb qildirdi.

20.

Amir Temur o‘zi bevosita Chingizxon avlodidan
bo‘lmagani uchun o‘zini “Amir” deb aytadi. 1372 yildan
1388 yilga qadar qo‘g‘irchoq xon Suyurtg‘atmishxon,
uning vafotidan keyin uning o‘g‘li Mahmudxon nomidan
1388-1402 yilgacha ish yuritdi. Bu tangalarga esa Amir
Temur Mahmudxon nomi bilan birga, o‘z nomini qo‘shib
zarb qildiradi.
1402 yili Mahmudxon vafotidan keyin Amir Temur
boshqa qo‘g‘irchoq xon tutmay o‘sha Mahmudxonning
nomi bilan o‘z nomini qo‘shib zarb qilishni davom etdi.
Ushbu tangalarning aversiga La ilaha illaloh Muhammad
rasulluloh,- degan iymon kalimasi, to‘rt burchagiga to‘rt
xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali nomlarini yozdirdi.
Reversiga Suyurtg‘atmishxon yorlig‘i Amir Temur
Ko‘ragon akmanu, - deb yozilgan. Tangalarning
reversida asosan tanga chiqarilgan joyning nomi, sanasi
(so‘zlar yoki raqamlar bilan), kalima va to‘rt xalifa nomi,
uch halqa aks etgan tamg‘a ham bo‘lgan.

21.

22.

Tangalar asosan kumushdan zarb etilgan bo‘lib,
og‘irlik vazni 6 grni tashkil qilgan bo‘lsa, u tanga
deb atalgan. Tanganing to‘rtdan biriga to‘g‘ri
keladigan 1,5 grlik kumush tanga pullar esa “Amir”
so‘zidan olingan “miri” deb yuritilgan. Undan
boshqa kundalik turmushda ishlatiladigan juda ko‘p
mis chaqalar (fulus) Amir Temur nomi bilan zarb
qilingan.
Amir Temur davrida tilla tangalarining 12 turi 13971382 yillari Xorazm yurishidan so‘ng zarb etilgan.

23.

24.

Tangalar asosan kumushdan zarb etilgan bo‘lib,
og‘irlik vazni 6 grni tashkil qilgan bo‘lsa, u tanga
deb atalgan. Tanganing to‘rtdan biriga to‘g‘ri
keladigan 1,5 grlik kumush tanga pullar esa “Amir”
so‘zidan olingan “miri” deb yuritilgan. Undan
boshqa kundalik turmushda ishlatiladigan juda ko‘p
mis chaqalar (fulus) Amir Temur nomi bilan zarb
qilingan.
Amir Temur davrida tilla tangalarining 12 turi 13971382 yillari Xorazm yurishidan so‘ng zarb etilgan.

25.

1397 yildan boshlab tangalarda “taxt va davr vorisi
- Muhammad Sulton” yozuvi paydo bo‘lgan. U Amir
Temurning taxt vorisi deb e’lon qilgan, ammo 1403
yilda vafot etgan nabirasi edi.

26.

Temuriylar davri tangalari. Muhammad Sulton,
Muhammad Jahongir va Xalil Sulton tangalari. Amir
Temurning to‘rt o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi taxt vorisi Jahongir
Mirzo (1356-1376) Temur hayotligidayoq 1376 yili 20
yoshida kasal bo‘lib vafot etgan. Undan ikki o‘g‘il qolgan:
Muhammad Sulton va Pirmuhammad Sulton. (Sohibqiron
taxt vorisi etib nevaralari Muhammad Sulton va uning
vafotidan so‘ng esa Pirmuhammadni tayinlagan.)
Ikkinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzo Fors hokimi bo‘lib, u ham
Amir Temur hayotligidayoq 1394 yili Kurdistonda o‘q
tegib 38 yoshida halok bo‘lgan.
Uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzo (1366-1408), 14
yoshidan boshlab Xurosonga bo‘lgan harbiy yurishlarida
ishtirok etgan. Unga juda katta hudud, ya’ni Xuroson,
Eron, Bag‘dod, Ozarbayjon, Armaniston va Gurjistonning
hokimi bo‘lgan. U 1408 yili Tabriz yaqinidagi jangda
qaroqchi Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda o‘ldirilgan.
To‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzoni (1377-1447) Amir Temur
1396 yili Xuroson hokimi etib tayinlagan.
English     Русский Правила