Похожие презентации:
Italiya Respublikasi
1.
Бисмиллаҳир Роҳманир РоҳиймASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method
2.
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм27-§. Italiya Respublikasi
3.
4.
Maydoni: 302,1 ming km2Aholisi (2020): 60,3mln
Poytaxti: Rim
5.
Geografik o‘rni va davlat tuzilishiItaliya Respublikasi
Yevropaning
janubida, O‘rta
dengiz bo‘ylarida
joylashgan.
Mamlakat
hududining katta
qismini Apennin
yarimoroli egallaydi.
6.
Qirg‘oqlarini Tirren, Adriatika,Ioniya va kichik Liguriya dengizlari yuvibturadi. Italiyaga O‘rta dengizdagi ikkita eng yirik orol — Sitsiliya va
Sardiniya tegishli.
Sardiniya
Sitsiliya
7.
Italiya shimolda Fransiya, Avstriya, Shveysariya va Sloveniya bilanchegaradosh. Italiyaning qo‘shnilari orasida San-Marino hamda
Vatikan «mitti» davlatlari alohida o‘ringa ega,
3
2
4
1
6
5
Fransiya
Shveysariya
Avstriya
Sloveniya
San-Marino
Vatikan
8.
chunki bu mamlakatlar har tomondan Italiya hududi bilano‘ralgan va boshqa davlatlar yoki dengiz suvlari bilan
chegaraga ega emas. Bunday geografik joylashuvga ega davlatlar anklav davlatlar deb ataladi.
SanVatikan
Marino
9.
Boshqaruv shakli — parlamentar respublika.Italiya parlamenti
Bosh
Prezident
vazir
Serjio
JorjaMattarella
Meloni
10.
Siyosiy-hududiy jihatdan Italiya 20 ta hududdan iborat unitardavlat hisoblanadi.
11.
Poytaxti — Rim shahri mamlakatning markaziy qismida, Tibrdaryosi vodiysida joylashgan.
12.
Tabiiy sharoiti va resurslari.Italiya relyefi asosan tog‘lardan iborat
(59-rasm). Mamlakatning shimolida Alp
tog‘lari joylashgan.
13.
Yevropaning eng baland tog‘ cho‘qqisi — Monblan (4807 m)Italiyaning Fransiya bilan chegarasida joylashgan.
Monblan cho‘qqisi (4807 m)
14.
Apennin yarimorolini shimoldan janubga tomon o‘rtachabalandlikdagi Apennin tog‘lari kesib o‘tgan (eng baland nuqtasi
— Korno Grande cho‘qqisi, 2914 m).
Korno-Grande
cho‘qqisi, 2914m
Korno-Grande
Apennin tog‘lari
cho‘qqisi
15.
Alp va Apennin tog‘lari o‘rtasida Padan tekisligi joylashgan. Butekislikda g‘arbdan sharqqa tomon Italiyadagi eng yirik daryo —
Po daryosi oqib o‘tadi.
Padan
Po daryosi
tekisligi
16.
Italiya seysmik va vulkanik jihatdan faol hududlardanbiri. XXI asrning o‘zida 4 ta kuchli zilzila ro‘y bergan.
17.
Mamlakatda bir nechta harakatdagi vulqon, jumladan, Etna(Yevropadagi eng baland harakatdagi vulqon), Vezuviy va
Stromboli (30-rasm) mavjud.
Etna
Vezuviy
Stromboli
18.
Italiyada turli foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, marganes, kaliy vaosh tuzi)ning konlari bor, ammo aksariyat mineral resurslarni qazib olish
hajmi katta emas va mamlakat iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondira
olmaydi.
19.
Italiyada asosan O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim hukmronlikqiladi. Yozi issiq, qishi esa iliq va yumshoq, yog‘ingarchilik
ko‘proq qish oylariga to‘g‘ri keladi.
O‘rta dengiz tipidagi
subtropik iqlim
Qish
Yoz fasli
fasli
20.
Alp tog‘lari Italiya hududini sovuq havo massalari kirib kelishidansaqlaydi hamda dengizdan esadigan shamollar yo‘lini to‘sib,
yog‘inlar tushishini kuchaytiradi.
21.
Aholisi.Italiya Yevropaning aholisi eng ko‘p beshta davlatlaridan biri. 2020-yil
ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada 60 mln kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Aholining tabiiy ko‘payishi manfiy bo‘lib, yillik hisobda –0,4% ga teng.
22.
Aholi tarkibida xorijiy migrantlarning ulushi o‘sib bormoqda.Migrantlar ichida ruminlar, albanlar hamda Shimoliy Afrikadan
ko‘chib kelgan arablar ustunlikka ega.
23.
Italiyada shahar aholisining ulushi 70% dan ortiq. Milan, Rim,Turin va Neapol mamlakatdagi eng yirik shaharlar hisoblanadi.
Milan
Rim
Turin
Neapol
24.
Davlat tili — italyan tili. Aholining diniy tarkibida katoliklaryetakchilik qiladi. Italiya katoliklar soni bo‘yicha Yevropada
birinchi o‘rinda turadi.
25.
Aholi Italiyada ancha notekis joylashgan. Bu ko‘rsatkich Podaryosi oqib o‘tadigan Padan tekisligida eng yuqori.
Shuningdek, mamlakat
janubidagi dengizbo‘yi
hududlarida ham aholi
zichligi yuqori. Tog‘li
hududlarda hamda
Sardiniya orolida esa aholi
nisbatan siyrak joylashgan
(61-rasm).
26.
Iqtisodiyoti.Italiya Yevropadagi “Katta yettilik” guruhiga kiradigan 4 ta davlatdan
biridir. Biroq mamlakat turli qismlarining iqtisodiy rivojlanganligida
katta farqlar kuzatiladi.
27.
Italiyaning eng yirik va rivojlangan iqtisodiy markazlari uningshimolida joylashgan (Milan va Turin aglomeratsiyalari). Janubiy
hududlari esa qoloq agrar iqtisodiyot bilan ajralib turadi.
Pul birligi - Yevro
28.
Italiya sanoatining yetakchi tarmoqlari sifatida mashinasozlik(ayniqsa, avtomobilsozlik va maishiy texnika ishlab chiqarish),
kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ajralib turadi.
maishiy texnika
avtomobilsozlik
Yengil
kimyo
sanoat
maishiy
texnika
oziq-ovqat
29.
EksportiLamborjini
Ferrari
avtomobili
avtomobili
muzlatgich
jun
velosiped
gazlamalari
motosikl
kiyim-kechak
tomat
zaytun
poyabzal
moyi
pishloq
konservalar
Mamlakat yengil
avtomobil, mototsikl,
muzlatkich, velosiped,
jun gazlamalari, kiyimkechak, poyabzal,
zaytun moyi, pishloq,
vino, meva va tomat
konservalari kabi
mahsulotlarning
jahondagi eng ko‘zga
ko‘ringaneksportchilari
dan biridir.
30.
ImportiAmmo Italiyada yoqilg‘i resurslari va metall rudalarining kam miqdorda
qazib olinishi hisobiga energiya manbalari va sanoat xomashyosining ko‘p
turlari boshqa davlatlardan keltiriladi.
31.
Shuningdek, Italiya jahondagi elektr energiyani eng ko‘phajmda import qiluvchi davlatlardan biridir.
32.
Qishloq xo‘jaligi.limon
mandarin
uzum
kivi
Pomidor
Zaytun
zaytun
Qishloq xo‘jaligi
ko‘proq subtropik
dehqonchilikka
ixtisoslashgan.
Italiya Yevropa va
jahon miqyosida
sitrus mevalari,
uzum, pomidor va
zaytun yetishtirish
bo‘yicha ajralib
turadi (62-rasm).
33.
TurizmMilliy
iqtisodiyotining
eng daromadli
tarmoqlaridan
biri xalqaro
turizm
hisoblanadi.
Italiyaga yiliga
o‘rtacha
hisobda 50 mln
xorijiy sayyoh
tashrif buyuradi.
34.
Turizmning bunday keng miqyosda rivojlanishiga mamlakatning iqlimsharoiti, tabiatining go‘zalligi va juda boy madaniy merosi sababdir.
35.
Italiyaning Rim, Milan, Neapol, Venetsiya, Florensiya, Genuya, Parma, Piza,Verona va boshqa shaharlari chin ma’noda “osmon ostidagi muzeylar”
sifatida butun dunyoda mashhur.
Milan
Florensiya
Rim
Neapol
Piza
Venetsiya
Verona
Parma
Genuya
36.
YUNESKO tomonidan tuzilgan Butunjahon meros obyektlariro‘yxatiga aynan Italiyadagi tabiiy va tarixiy-madaniy
yodgorliklar eng ko‘p miqdorda kiritilgan (63-rasm).
37.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Jadval to`ldirish
• 3. Davlat bayrog`ini chizib kelish
• 4. 59-rasmni chizib kelish
38.
SavollarBoshqaruv shaklini to`liq yozing
Chegaradosh davlatlarini yozing
Qirg`oqlarini yuvib turuvchi dengiz, qo`ltig`, okean, bo`g`iz
Relyef (tog`, tekislik)
Iqlimi
Eng yirik daryolar
Aholisi soni
Din
eng yirik shaharlari
qishloq xo‘jaligining tayanch tarmoqlari
sanoatining yetakchi tarmoqlari
Foydali qazilma konlari
javobi
39.
© Foydalanilgan adabiyotlar:• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva–
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Respublika ta’lim markazi, 2022
• @edurtm_uz
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko –
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik,
Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
40.
© Internet manbalari:www.wikipedia.org
www.yaklass.ru
www.energy.economictimes.indiatimes.com
www.mindat.org
www.udobren.ru
www.webmandry.com
www.discount-house.ru
www.lorenaylennox.com
www.obrazovaka.ru
www.dreamsite.com
www.geomap.com.ua
www.en.numista.com
www.matchplat.com
www.cis.it
41.
© Internet manbalari:www.tomatonews.com
www.reuters.com
www.arabnews.com
www.moneycontrol.com
www.hausdorf.ru
www.tessutidelarte.com
www.italialiving.com
www.fashionista.com
www.delallo.com
www.italiatut.com
www.gastronom.ru
www.skidka02.ru
www.tadviser.ru
42.
© Qambarov AlimbekXatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method
География