90.82K
Категория: ФинансыФинансы

Pulning nazariyalari

1.

PULNING NAZARIYALARI

2.

Reja:
1. Pulning metallilik nazariyasi.
2.
Pulning
nominallik
nazariyasi.
3.
Pulning
miqdoriylik
nazariyasi.
4. Zamonaviy
monetarizm
nazariyasi.

3.

Pulning metallilik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda
turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy
qarashlarning jamlanmasi bo‘lib, ular pul sifatida faqat
oltin va kumushni ko‘rdilar va ular jamiyat boyligining
manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda
fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya
sifatida
shakllantirildi.
Keyinchalik
angliyalik
iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld,
Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust;
Italiyada
G.Skaruffi,
F.Galiyani
tomonidan
rivojlantirildi.

4.

Pulning
metallilik
nazariyasi
merkantilizm g‘oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo
tarixidagi
birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga
bo‘linadi:
Ilk merkantilistlar.
So‘nggi merkantilistlar.

5.

Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan
g‘oyani ilgari suradilar.
Ularning fikriga ko‘ra
oltin va kumush o‘z tabiatiga ko‘ra pul hisoblanadi.
Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush
zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul
balansi - deganda
oltin
va
kumushning har doim mamlakatga kirib kelish
miqdori
ularni
mamlakatdan
chiqib
ketish
miqdoridan katta bo‘lishi tushiniladi.
Ilk merkantilistlar
davlat
proteksionizm
siyosatini qo‘llash shart deb hisoblaydilar. Ular
aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni
chiqib ketishini to‘sqinlik qilishi zarur.

6.

So‘nggi merkantilistlar pulning asosiy
funksiyasi bu jamg‘arish funksiyasi deb
hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan
XVII asr oxiriga qadar
Yevropada so‘nggi
merkantilistlarning qarashlari hukmron g‘oyaga
aylandi.
So‘nggi merkantilistlarning eng taniqli
vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk
merkantalistlardan farqli ravishda pulning
muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida
emas balki mamlakat ichidagi tovarlar
va
pullarning harakatiga ta’siridadir degan xulosaga
keldi.

7.

T.Men
birinchi
bolib
metallilik
nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik
quyidagilardan iborat:
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga
ega bo‘lganda tovarlarni import qilish
mumkin.
Agar mamlakat uchun foydali bo‘lsa,
oltin
va
kumushni
xalqaro
savdoni
rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi,
savdo esa pulni ko‘paytiradi. Tomas Men
birinchi bo‘lib umumiy savdo balansi degan
tushunchani kiritgan.

8.

So‘nggi merkantilistlar umumiy savdo balansi
g‘oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo
balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan
bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin
va
kumush
tangalarni
yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot
ko‘rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish
xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o‘tishi bilan o‘z
vaznining bir qismini yo‘qotadi, natijada ayirboshlash
munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII
asrga kelib metal tangalarning yemirilishi isbotlandi.
Shuningdek, birinchi jahon urushi ta’sirida Yevropada oltin
standarti bekor bo‘ldi.

9.

Dastlab merkantilistlar Adam Smit
va Jorj Styuard tomonidan qattiq
tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning
fikriga ko‘ra pul jamiyatning boyligi
emas, balki shartli hisob birligidir.
Pullar
baho
masshtabi
sifatida
ayirboshlash munosabatlarini ifoda
etadi.
Taniqli
iqtisodchi
olimlar
P.Samuyelson, J.Key
metal pullar
muomalasini inkor etganlar.

10.

2.Pulning nominallik nazariyasi.
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari
bo‘lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va
Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu
nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga
eng katta hissa qo‘shgan olim G.Knapp. 1905- yilda
Knappning pulning davlat nazariyasi nomli kitobi
nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII
asrda paydo bo‘lgan. Ushbu nazariya namoyondalari
pulning tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki
pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas. Pulning
qiymati unga qo‘yilgan nominali bilan belgilanadi. Ular
metal pullar yemirilish xususiyatiga ega ekanligini
takidlashdi va qog‘oz pullar to‘lov vositasi sifatida
moslashuvchan va qulay, ayirboshlash vositasi ekanligini
etirof etishdi.

11.

Knapp pulning nominallilik nazariyasini
rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.
Pulni davlat yaratadi;
Pulning asosiy funksiyasi bu to‘lov vositasi
funksiyasidir;
Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
Pulning xarid qobilyati davlatning qonun
hujjatlari bilan belgilanadi;
Keyns pulning nominallilik nazariyasi
tarafdori
bo‘lgan.
Keyns
aytadiki
qog‘oz
pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib
chiqarishi Knappning buyuk g‘alabasidir.

12.

Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon
bo‘ladi.
Pul barcha tovarlar qiymatini o‘zida
ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
Pul
mustaqil
almashinuv
xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham
erkin
harakatlana
oladi. (talabalarga
stipendiya, oylik
maoshlar,
soliqlar,
bankdan kredit olish)
Pul buyumlashgan mehnatning tashqi
o‘lchovi.

13.

Buyumlashgan
mehnatning
ichki
o‘lchovi mehnat asosida o‘lchanadi.
Nominalistlar baho masshtabi deganda
milliy pulning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan
qog‘oz pullar muomalasini afzal ekanligini
etirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir
valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi
davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd
pullar Markaziy bankning aktivlari bilan
ta’minlanadi.

14.

3. Pulning miqdoriylik nazariyasi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati
shundaki muomalada pul miqdorining oshishi
tovarlar bahosining va pulning qiymatini o‘zgarishiga
sabab bo‘luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va
birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko‘plab oltin
va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan
Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush
oqib keldi. Bu esa Gʻarbiy Yevropada tovarlar
bahosining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Shu
bog‘liqlikni birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Jan
Boden aniqladi.

15.

J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi
metal tangalarni yemirilishi bilan izohlanar edi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda
Angliyada J.Lokk va D.Yum; Fransiyada Monteske
rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog‘òz pullarga
nisbatan qo‘llashning mumkinligini asoslab berishdi.
Klassik
iqtisodchi
D.Rekardo pulning
miqdoriylik
nazariyasini
tarafdori. Rekardo
qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu
nazariyaga ko‘ra metal pullarning qiymati ularni
ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari
bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo
o‘zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki
ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul
miqdoriga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.

16.

Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini
ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko‘ra
miqdoriylik
nazariyasining
eng
katta
xatosi
shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning
muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning
qiymat o‘lchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl
Marksning
fikricha
pulning
miqdoriylik
nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar
muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega
bo‘lmaydilar deganlaridadir.
Marksning
fikriga
ko‘ra muomalaga
kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa
bahoga ega bo‘ladi. Pullar qiymati va tovarlarning
bahosiga
bog‘liq ravishda tovarlarning bahosi
shakllanadi.

17.

Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari
bilan K.Marks o‘rtasidagi
munozara quyidagida
namoyon bo‘ladi.
Marks aytadiki: tovarlar
bahosining
oshishi
muomaladagi pul miqdorining ko‘payishiga olib keladi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari
aytadiki: muomaladagi
pul
miqdorining
ko‘pligi
tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda
pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga
aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil
ko‘rinishi paydo bo‘ldi.
Transaksion ( I.Fisher yaratdi)
Kembridj.

18.

1911-yilda Irving Fisherning mashhur
“Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan
chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv
tenglamasi o‘z ifodasini topdi.
MV=PQ
M-muomaladagi pul massasi
V- pulning aylanish tezligi
P –tovarlarning o‘rtacha bahosi
Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori

19.

P=MV/Q
Fisherning xulosasiga ko‘ra tovarning
bahosi muomaladagi pul miqdoriga va
pulning
aylanish
tezligiga
to‘g‘ri
proporsional. Bunda Q va V o‘zgarmasdir.
Bu
ikkala
komponent
o‘zgarmas
bo‘lganligi sababli shunday xulosa kelib
chiqadi. Tovarlar bahosining o‘zgarishi
muomaladagi
pullarning
o‘zgarishiga
bog‘liq.

20.

Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu
nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o‘laroq Marshal
va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular
asosiy e’tiborini xo‘jalik subektlarining kassa qoldiqlarini
o‘zgarishiga qaratdilar.
M =KPY
K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo‘jalik
yurituvchi subèktlarning pul shaklidagi nominal daromadiga
qarab o‘rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar
aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday
xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish
tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real
kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan
xarajatlar nisbatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli muomaladagi
pul miqdorining o‘zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning
o‘zgarishiga bog‘liq.

21.

Kembridj variantida
kassa
qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil
varianti keltiriladi:
-pulning qulay to‘lov vositasi.
-ko‘zda tutilmagan
holatlar
munosabati
bilan
nominal
daromadning
bir
qismini
pulda
saqlash.

22.

4.Zamonaviy monetarizm nazariyasi.
AQSHning Chikago Universiteti professori
Xalqaro Nobel mukofoti sohibi Fridmen XX
asrning 70-yillarida yaratdi. II jahon urushidan
keyin
AQSHda
J.M.Keynsning pul kredit
konsyepsiyasinining qabul qilinishi AQSH
iqtisodiyotini 1960- yillarga qadar inqirozsiz
rivojlantirish imkonini berdi.
60- yillarga kelib Keynsning konsyepsiyasi
AQSHda ishlamay qoldi. Ya’ni past va
barqaror foiz stavkalari sharoitida ishsizlik
darajasi oshib ketdi. Inflyatsiyaning yillik
darajasi 10 % ga yetdi.

23.

Maydonga M.Fridmen chiqdi. U aytadiki:
AQSHdagi hozirgi inqiroz holati pullar taklifining
keskin ko‘payganligi bilan bog‘liq. Shuning uchun
pul massasining o‘sish sur’atlarini nazorat ostiga
olishimiz kerak. U taklif qildi. Pul massasining
o‘sishi 3-5 % darajasida bo‘lishi kerak. Agar pul
massasining yillik o‘sish massasi 3 % dan ortiq
bo‘lsa, bu pul massasining o‘sish suràtini
sekinlashishiga olib keldi. Agar pul massasining
yillik o‘sishi 5 % dan yuqori bo‘lsa mamlakatda
Inflyatsiya kuchayadi. Fridmen ushbu taklifini
amaliyotda qabul qilinishi AQSHda Inflyatsiya
yillik darajasini bir yil ichida 10 % dan 5 % ga
tushirish imkonini berdi.

24.

1978 - yillarda AQSH kongressi AQSH federal
zaxira tizimiga M2 yoki M3 agregatlarini nazorat
qilish vazifasini yukladi. Hozirgi kunda AQSH
markaziy banki M3, O‘zekiston M2 pul agregatini
nazorat qiladi.
Fridmen Markaziy bankning pullar taklifini
tartibga solish imkoniyatiga qattiq ishonadi. U aytadiki,
mamlakat bank tizimidagi ortiqcha pullarni Markaziy
bankning ochiq bozor siyosati orqali olib qo‘yish
mumkin.
Fridmen
tijorat
banklarining
kredit
ekspansiyasini jilovlash kerak degan g‘oyani ilgari
surgan. Uning fikricha banklar iqtisodiyotni haddan
tashqari ko‘p miqdorda kreditlab yuborishi mumkin, shu
sababli Fridmen tijorat banklarining depozitlariga 100 %
li majburiy zaxira qo‘llash taklifini bergan.
English     Русский Правила