Похожие презентации:
10-Mavzu bo'yicha taqdimot
1.
Mavzu Somoniylar va Qoraxoniylar davlati.REJA:
1. Somoniylar davlatining tashkil topishi. Davlat boshqaruvi.
2. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot, davlatining
inqirozi
3. Qoraxoniylar davlati
2.
Somoniylar davri tarixshunosligiSomoniylar sulolasi va davlati tarixiga oid manbalar orasida Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning
(959-y. vafoti) «Tarixi Buxoro», Abu Ja’far Muhammad Jarir at-Tabariyning (839-923) «Tarix arrasul val muluk» («Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi»), Ibn al-Asirning (1160- 1234) «Аl komil fit
tarix» («Mufassal tarix») kabi asarlari yuqori darajada o‘rin tutadi. Shuningdek, IX-X asrlar tarixi
bo‘yicha XI asr tarixchisi Abu Said Gardiziyning «Zayn ul axbor», Hamidulloh Qazviniyning (XIIIXIV asrlar) «Tarixi guzida» nomli asarlarida umumiy ma'lumotlar uchraydi.
Abu Abdulloh Xorazmiyning «Mafotih al-ulum» nomli qomusiy asarida ham yaxshi yoritilgan. Arab
geografi va sayyohlaridan Ibn Xo’rdodbeh (X asr), Qudama (X asr), Ibn Ro‘sta (X asr), al-Yaqubiy
(IX asr), Ibn al-Faqih (IX-X asr), al-Mas’udiy (X asr), Abuzayd Balxiy (850-934), al-Istahriy (X asr),
Ibn Xavqal (X asr). Al-Muqaddasiy (X asr), keyinchalik as-Sam’oniy (1113-1197), Yoqut Hamaviy
(1178-1229) larning asar va yozishmalarida ham mavzuga oid ko‘plab materiallarni uchratish
mumkin.
3.
Somoniylar davlatining tashkil topishiIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi yuzaga
keldi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda - Balx yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning
avlodlari asos solishadi. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot al-Ma’mun Xuroson noibi bo'lgan
davrda uning xizmatiga o‘tib, tez orada e’tiborga tushadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda
nevaralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Asadning
o‘g‘illari 819-yilda turli vilovatlarga noib etib tayinlanadi.
Dastavval, Asadning katta o‘gli Nuh ukalari mulkiarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat
bаrpо etish harakatini boshladi. Nuhning nomidan tangalar zarb etilishi yuqoridagi fikrning tasdig‘i
bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga Nuh Movarounnahrni ko'chmanchilardan himoya qilishga
ham harakat qilgan. Chunonchi, 839-840-yillarda u Isfijobga yurish qilib, u yerda mustahkam
mudofaa devorini barpo etgan. Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib,
asta-sekin Movarounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar
Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko‘rsata olishmadi.
4.
SOMONIYLAR DAVLATIXalifa Ma’mun tomonidan Movarounnaxrga xokim
kilib tayinlangan Somonxudot nabiralari:
Nuh ibn Asad (820-842 yy) - Samarqand hokimi
Ahmad ibn Asad (820-865 yy) - Farg‘ona hokimi
Yahyo ibn Asad (820-856 yy) - Choch va Ustrushona
hokimi
Ilyos ibn Asad – Hirot hokim
5.
865-yilda Ahmad vafot etgach, sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasr tan olinadi.Keyinchalik, Ahmadning o‘g‘li Nasr Samarqandni qolga oldi. Shosh va Ustrushona Ahmadning
boshqa o‘g‘li Yaqub tasarrufiga o‘tgan. Shu tariqa Movarounnahrning katta qismi Ahmadning
o‘g‘illari qo'lida jamlandi. Ilyos vafotidan so‘ng (866-y.) esa Hirot Somoniylar hukmidan chiqib
ketgan. 873-yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn
Tohir egallab olib, ushbu hududlarga soliqlar soldi.
Bundan g‘azablangan xalq ommasi
Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. 874-yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini
talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga oila a’zolaridan birini noib etib
yuborishni iltimos qilishadi. Nasr Buxoroga tadbirli va zehnli inisi Ismoil ibn Ahmadni (849-907)
hokim etib jo‘natadi. Nasr tabiiyki, Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Avvalboshda Somoniylar
Tohiriylarga tobe sulola bo‘lib hisoblangan bo‘lsa, IX asr 60-70-yillaridan Somoniylar
Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat barpo etishni maqsad qilib qo‘yishdi. Og‘ir soliqlar,
ko‘chmanchilar hujumi, xalifalik hukmronligidan charchagan aholining turli qatlamlari
markazlashgan mustaqil davlat barpo etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashardi. Buxoro Somoniylar
sulolasi hukmi ostiga o'tishi bilan xonadon boshlig‘i Nasr (865-892) xalifa Mu’tamiddan (870-892)
875-yili butun Movarounnahrni boshqarishga yorliq olishga muvaffaq bo‘ldi.
6.
Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigansoliqni yubormay qo‘ydi. Natijada 886-yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv sodir bo‘lib,
unda Ismoil yengildi va vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. 888-yildagi ikkinchi jangda Ismoil
Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. Garchi bu kurashda Nasr yengilsa-da, uning
sulola boshlig‘i sifatidagi mavqeyi saqlab qolindi. Nasr o‘limiga qadar bu holat davom etdi. 892yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movarounnahrning to‘laqonli hukmdori bo‘lib
qoldi. Poytaxt tez orada Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893-yilda
ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib, dastlab Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga
muvaffaq bo‘ldi. O'sha yili Ismoil Ustrushonani butkul o‘z davlatiga qo‘shib olib, uning hukmdori
Sayr ibn Abdullohni mahv etdi.
Bag‘dod xalifasi al-Mu’tazid (892-902-yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan sarosimaga
tushib, 898-yili Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib, uning o‘rniga safforiy Amr ibn Laysni
hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Movarounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgach,
Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortadi. 900-yil bahorida Balx yonida Ismoil Safforiylar
qo‘shinlarini tor-mor etadi. Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning qator sharqiy
va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soladi
7.
907-yilda Ismoil Somoniy vafot etib, taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egallaydi. Ahmad uzoqvaqt hukmronlik qilmaydi. Uning davrida davlatni idora etishda arab tilining qayta tiklanishi,
boshqaruvdagi ba’zi salbiy holatlar ko‘pgina mahalliy zodogonlar va turk g‘ulomlarining
noroziligini uyg‘otadi. Natijada, u 914-yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8
yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad o‘tiradi. U balog‘atga yetgunga qadar davlat ishlarini bosh vazir Abu
Abdulloh Jayhoniy (914-918) hamda al-Balamiy (918-938) kabi ma’rifatli vazirlar boshqarishadi.
914-yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olon 918-yilda bostiradi. Ko‘p
o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘taradi. 922-yilda esa Ilyos
ibn Is’hoq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining
qudratiga ta’sir ko'rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshlaydi.
Mamlakatda yuzaga kelgan norozilik va inqiroz holatini oldini ololmasligiga ko‘zi yetgan Nasr II
o‘g‘li Nuh ibn Nasr foydasiga taxtdan voz kechdi. Nuh hukmronligi davrida (943-954) Somoniylar
davlatining inqirozi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. 942- yilda xiroj solig‘i aholidan ikki marotaba
yig‘ib olindi. Qo'shinga vaqtida maosh to‘ lay olmaslik esa harbiylar orasida norozilik kayfiyatining
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xalq noroziligidan foydalangan Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad
Xuroson noibi Abu Ali Chag‘oniy yordamida 947-yili Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq
bo‘ldi.
8.
Abu Ali Chag‘oniy Xurosonga qaytgach, Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkorqarindoshlarini qattiq jazoladi. Somoniylar hukmdori Abu Ali Chag‘oniy bilan esa kelishishga
majbur bo'ldi. Uni avval Chag‘oniyon, 952-yili Xuroson hokimi etib tayinladi. Abdulmalik I
hukmronligi davrida (954-961) ichki nizo va parokandalik kuchayib, turkiy gvardiya boshlig‘i
Alpteginning hokimiyat boshqaruvidagi o‘rni o‘sib ketdi. Alptegin vazir Abu Ali Balamiy bilan
birga butun hokimiyatni qo‘lida mujassam qilib оldi. Lekiri keyinchalik Mansur I (Mansur ibn Nuh)
(961-976) davrida uning hukmronlik darajasi cheklana boshlandi. Marv va Balx yonida bo'lgan
to‘qnashuvlardan so‘ng Alptegin janubga qarab уо‘l oldi. Tez orada G‘azna va uning yon-atroflarini
egallab, o‘z davlatini barpo etmoqchi bo‘ldi. Uning hukmronligi bor-yo‘g‘i ikki yilga bordi.
G‘aznada Sabuktegin hokim sifatida rasman Somoniylarga qaramlini saqlab turdi. Soliqlarning yil
sayin ko‘payib borishi, zodagonlarning o'zaro janjallari, noiblarning markazga bo‘ysunmay qo‘yishi
va saroyda bo‘layotgan taxt uchun kurashlar Somoniylar davlatini zaiflashtirib yuboradi. Bu
kurashlar ayniqsa Amir Nuh II (976-997-yy.) hukrmonligi davrida keskin tus oladi. Ichki nizolar
oqibatida Nuh II Yettisuv va Qoshg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga
qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi.
9.
Somoniylar sulolasi (819-1005-yy.)Ahmad ibn Asad - Farg‘ona hokimi (819-865-yy.)
Nasr ibn Ahmad - avval Samarqand hokimi, so'ngra Movarounnahr hokimi (865-892-yy.)
Ismoil ibn Ahmad (Ismoil Somoniy) (874-892-yy. - Buxoro, 892-900-yy. - Movarounnahr hokimi)
900-907-yy. - Movarounnahr va Xuroson hukmdori.
Ahmad ibn Ismoil (907-914-yy.)
Nasr ibn Ahmad (Nasr II) (914-943-yy.)
Nuh ibn Nasr (943-954-yy.)
Abdulmalik II (954-961-yy.)
Mansur I (Mansur ibn Nuh) (961-976-yy.)
Nuh II (Nuh ibn Mansur) (976-997-yy.)
Mansur II (997-999-yy.)
Abdulmalik II (999-yy.)
Abu Ibrohim Ismoil al-Muntasir (tanaffus bilan 1000-1005-yy.)
10.
10 ta devonVakil – saroydagi
xo‘jalik ishlari
boshlig‘i
Sohibi horis - oliy
hukmdor
hukmlarining
ijrochisi va
nazoratchisi
Amir somoniylarning oliy
hukmdori,
cheklanmagan
hokimiyatga ega
bo‘lgan
Bosh hojib – davlat
idoralari xavfsizligi
boshlig‘i
dasturxonchi, eshikog‘asi, sharbatdor
va boshqa
xizmatchilar
11.
1. Bosh vazir devoni –“xo‘ja buzurg”2. Moliya ishlari devoni-“mustaufiy devon”
3. Davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni -“Devon Amir-al-mulk” yoki “al-rasai”
4. Soqchilar boshlig‘i devoni –“Sohib ash-shurat”
5. Xat-xabarlar mutassadisi –“sohib al-borid”
6. Saroy ish boshqaruvchisi–“mushrif”
7. Davlat mulklari devoni
8. "Muxtasiba” devoni –bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshilarning og‘irligini, bozordagi
mollarning narxi, sifatini nazorat qilgan
9. “Vaqf”lar devoni
10. Qozilik ishlari devoni-“qozi az-ziya”
12.
Yer egaligi turlariMulki sultoniy –shaxsan amirga tegishli yer-suv, tegirmon, do‘konlar. Bu mulkni
qishloq chorikorlari ijaraga olganlar.
Yer egaligining to‘ma (umrbod berilgan yer), iqto’ (merosiy) turlari bo‘lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli mulk: hukmdor tabaqa xonadoni, dehqon zodagonlarga,
sayyidlar, sipoh-solor, badavlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan.
Vaqf mulklari: diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk. Bu mulkni muassasa
mutavallisi boshqargan.
Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi yerlar.
13.
Somoniylar davrida hunarmadchilik va savdoSomoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqalgan.
Shahar aholisining ko'p qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashhur bo'lishgan. Manbalarda qayd
qilinishicha, Movarounnahrda, ayniqsa to‘qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan. Buxoroning Zandana,
Samarqanddagi Vadar va Surxondaryodagi Darzangi to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina
Movarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron va Hindistonda ham ma’lum bo‘lgan. Xususan,
Narshaxiyning yozishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta bo‘lgan.
Ibn Xavqal va al-Muqaddasiyning qayd etishicha, Vadarda tayyorlangan yuqori sifatli gazlamalar aholining
yuqori tabaqalari orasida juda qadrlangan. Bu gazlamalardan asosan amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar
o‘zlariga liboslar tiktirishgan. Vedar gazlamasi, hatto «Xuroson parchasi» deb ham atalgan. Bundan tashqari,
gazlamalarning turli navlari Kesh, Nasaf, Dabusiya va ko‘pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.
Kulolchilik ham Somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining yuqori bosqichlariga ko‘tarilgan. Manbalarda qayd
qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binkent va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim shakli,
yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan.
Shishasozlar ustaxonalarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan Niso, Marv, Termiz, Poykand kabi
shaharlarda o‘rganilgan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib, undagi
qog‘ozlarning mahsuloti faqat O‘rta Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevropada ham mashhur bo‘lgan.
14.
O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini Arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga,Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotishgan. O‘rta
Osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga
olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta Yer dengizi bilan bog‘lovchi karvon
yo‘li ancha gavjum bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro,
Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona, Choch, Balasog‘un orqali Xitoyga olib borgan.
Xitoyga O‘rta Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman
ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga O‘rta Osiyodan quruq
mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida, JanubiSharqiy Yevropadan O‘rta Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi
Sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlaming o‘rni katta
bo‘lgan. Mazkur iqtisodiy holat rivoji keying sulolalar davrida ham asosan davom etgan.
15.
16. Davlatning tashkil topishi.
X asr o‘rtalaridaqarluqlar yag‘mo,
chigil, o‘g‘uz va boshqa
qabilalar bilan yagona
ittifoqqa birlashdilar.
Bu ulkan hududda dastavval “Xoqoniya o‘lkasi” deb
yuritilgan davlat tashkil topadi.
16
17. Mazkur davlat hukmdorlari “jabg‘u” deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini “qoraxon”, ya’ni “buyuk xon” deb ataydilar.
18. XI–XII asrlarda Xoqoniya rivoj topib kuchaygach, u “Qarluq-Qoraxoniylar” davlati nomini olgan.
19. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari “arslonxon”, “bug‘roxon” va “tavg‘achxon”
unvonlari bilan yuritilgan.Bu uchta atama oliy
darajali hukmdor ma’nosini
anglatgan.
20. Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda “qora” so‘zi bilan sifatlangan.
Shu boisdan taxtda o‘tirganArslonxon, Bug‘roxon va
Tavg‘achxonlar “qoraxon”
deya e’tirof etilgan.
21. Ular boshqargan davlat esa tarixda, keyinchalik, ramziy ravishda “Qoraxoniylar davlati” nomi bilan shuhrat topgan.
22. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi.
992-yilda Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylarMovarounnahrga hujum boshlaydilar.
23. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar.
Nuh ibn Mansurqoraxoniylarga qarshi
kurashish uchun
G‘aznadagi
noibi Sobuqteginni
yordamga chaqiradi.
24. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi.
Natijada G‘azna vaXurosonda
Sobuqtegin va o‘g‘li
Mahmudning siyosiy
hukmronligi
mustahkamlanadi.
25. Qoraxoniylar davlatining bo‘linishi.
1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustigaikki marta qo‘shin tortadilar.
Lekin Mahmud
G‘aznaviy
qoraxoniylarga zarba
berib, Xurosonni o‘z
davlati tasarrufida
saqlab qolishga
muvaffaq bo‘ladi.
26. Davlat boshqaruvi.
Qoraxoniylar davlatniviloyatlarga
bo‘lib idora qilardilar.
Ularni eloqxon yoki takin
(yoki tegin)lar
boshqarardilar.
27. Qishloq xo‘jaligidagi ahvol.
Qoraxoniylarningtazyiqi oqibatida
mulkdor dehqonlar jon
saqlash maqsadida o‘z
yerlarini tashlab
ketishga majbur
bo‘ladilar.
28. Qoraxitoylar hujumi.
Qoraxitoylar hukmdori Go‘rxon Bolasog‘un shahriniQoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan.
1141-yilda bo‘lib
o‘tgan jangda
qoraxitoylar g‘alaba
qozonadi. Oqibatda
Qoraxoniylar davlati
tugatiladi.
Финансы