“STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI”
4.23M
Категория: МатематикаМатематика

Statistika fanining predmeti va uslubi

1. “STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI”

2.

Reja
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
2. Statistika fanining predmeti va usullari
3. Statistika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari

3.

Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib,
barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy
munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va
takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar
qadimgi Hindiston, Hitoy, Misr va boshqa davlatlarda
yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan.

4.

Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat
yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri
borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib
borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta
yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi.
Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u
faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni
amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan
dalolat beradi.

5.

Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida
shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan
vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va
Jon Graunt (1620-1674) bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning
«otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Evropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (17961874) hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axenvall (17191772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A.
Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.

6.

Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog
F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-1936), V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini
qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737),
D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (18351893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov
(1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.

7.

Statsitika deganda quyidagi faoliyat turlari tushaniladi:
statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi,
umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;
statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi.
statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari o’rtasida eng ko’p
tarqalgan ta’rif);
statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish)
metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.
Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va
hodisalardir.
English     Русский Правила