10.02M
Категория: ПедагогикаПедагогика

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

1.

JISMONIY TARBIYA
NAZARIYASI VA METODIKASI
Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy
mashg‘ulotlarining tuzilishi, mazmuni va o‘tkazish
metodikasi
4-guruh talabasi Malohat Turdaliyeva

2.

REJA:
1.MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR JISMONIY TARBIYA
NAZARIYASINING MAQSADLARI.
2. MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR JISMONIY TARBIYA
NAZARIYASINING VAZIFALARI.
3. BOLALARNING KUNDALIK
HAYOTIDA JISMONIY TARBIYA
BO‘YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH.

3.

ERTALABKİ GİMNASTİKANİ O‘TKAZİSH UCHUN AVVAL
O‘RGANİLGAN MASHQLAR İCHİDAN TANLANİB,
MASHQLAR MAJMUASİ TUZİLADİ.
• Ertalabki gimnastika to‘g‘ri qad-qomatni
tarbiyalashga ta’sir etib, nafas olishni
chuqurlashtiradi, qon aylanishini
kuchaytiradi, modda almashishiga yordam
beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda
diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni
tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga
yordam beradi, emotsiya va quvonch
tuyg‘ularini uyg‘otadi.

4.

O‘rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov
guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat
uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach,
katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib,
oyoq uchlarini yoyib) turadilar. Kichik va o‘rta guruhlarda bolalar
oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni
oldini oladi.
Ertalabki gimnastika so‘ngidagi sur’atni sekinlatib yurish,
turgan holatida oyoqlarini biroz qutarib qadam tashlash, nafas olish
mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini
normal holga keltiradi.

5.

Maktabgacha yoshdagi bolalar
jismoniy tarbiya nazariyasining
maqsadlari.
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining
maqsadlari hisoblanadi:
bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga
oshirishni ta’minlash;
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash
va mustahkamlash;
umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga
moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga
tayyorligini ta’minlash.

6.

RESPUBLIKAMIZDA JISMONIY TARBIYANING MAQSAD VA
VAZIFALARI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QABUL QILGAN
"JISMONIY TARBIYA VA SPORT HAQIDA"GI QONUN TALABLARIDAN
KELIB CHIQADI. MAZKUR HUJJATDA INSONNI HAR TOMONLAMA
KAMOL TOPTIRISH O’ZINING ANIQ IFODASINI TOPGAN. JISMONIY
TARBIYA INSON JISMONIY VA MA’NAVIY KAMOLOTINING MUHIM
VOSITASIDIR, DEB BELGILAB QO’YILGAN. JISMONIY TARBIYA
TIZIMINING ASOSIY MAQSADI TA’LIMTARBIYA JARAYONINI
MUKAMMALLASH-TIRISH ORQALI YOSH AVLODNI JISMONIY
BARKAMOL, E’TIQODLI, MA’NAVIY GO’ZAL, O’Z SOG’LIGI HAQIDA
G’AMXO’RLIK QILISHNI IJTIMOIY BURCH DEB BILADIGAN KISHI
QILIB TARBIYALASHDAN IBORAT. JISMONIY TARBIYA JARAYONIDA
QUYIDAGI MUHIM VAZIFALAR HAL ETILADI:
1. SOG’LOMLASHTIRISH
2. TA’LIM VAZIFALARI
3. TARBIYAVIY VAZIFALAR

7.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash
nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan
yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini
va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi
rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus
o‘rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini
o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib
borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning
mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning
juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq
shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.

8.

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi
psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi:
organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga
keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat,
ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari,
ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu
faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola
psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning
yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga
tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy
tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va
ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga
oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab
chiqadi.

9.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy
tarbiya nazariyasining vazifalari.
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy
vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi:
harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish,
jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik,
egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash,
kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddiqomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash,
jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.

10.

Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar, suyak tizimini
rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi.
Mustahkam shakllangan harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy
kuchni tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni
olishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish
uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.
Bolalarda harakat ko‘nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu
harakatlarni o‘z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi.
Yosh guruhlarga oid harakat ko‘nikmalarining hajmi das- turda berilgan. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish
ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol
tennisi) va sport o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish
zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi,
bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab
kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o‘tirgan, turgan holatda va yurganda
qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga o‘rgatish muhim.

11.

. BOLALARNING KUNDALIK HAYOTIDA JISMONIY
TARBIYA BO‘YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH.

12.

Ta’lim-tarbiya jarayonida bunday vazifalarni amalgam oshirish bilan bir qatorada
o’quvchilarda ahloq normalarining tarkib topishiga shuningdek, estitik va mehnat tarbiyasi
vazifalarining ham bajarilishiga erishish lozim.Harakatli o’yinlarni o’tkazishda tarbiyachi
o’qituvchining tashkilotchilik va tarbiyaviy roli juda ma’sulyatlidir.
O’yinni o’rganish jarayonini shunday uyishtirish kerakki, unda bolalar o’rtoqlarcha
munosabatda bo’lishni,kolliktivchilik, vatanparvarlik, ijtimoiy foydali mehnatga to’g’ri
munosabatda bo’lishni o’rgansin. O’yinni to’g’ri tanlash va bolalar bilan to’g’ri o’tkazish juda
muhim ahamiyatga ega. Ammo o’yin turini tanlashning o’zi ham vaqt xam tarbiyaviy vazifani
bajaravermaydi.
Bundan harakatli o’yinlar tashkil qilishi va o’tkazilishining tarbiyaviy ahamiyatiga ega
bo’lishio juda muhim. O’yin rahbaribolalar kolliktivini yahshi bilgan har biro’tkaziladigan
o’yinning mazmun va qonunlari bilan mufassal tanishgan, o’qitish jarayonida esa yuksak
pedaghogik mahoratni namoyish qila olgan tadbirdagina har bir o’yinning ta’lim –tarbiya
nuqtai-nazardan to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin.

13.

Yakunlovchi qismi
Mashg‘ulotning o‘yindan so‘nggi yakunlovchi qismi
tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o‘z
ichiga oladi. U umumiy qo‘zg‘aluvchan ishga yordam
beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish
mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi hollarda
yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli
o‘yin bilan almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni
almashtiruvchi o‘yin so‘nggida mashg‘ulotga yakun
yasaladi.
Yakunlovchi qism:
kichik guruhda 2 dan 3 daqiqagacha,
o‘rta va katta guruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha
bo‘ladi.

14.

BUTUN
MASHG‘ULOTNİNG
DAVOMİYLİGİ:
KİCHİK GURUHLARDA
15-20 DAQİQA;
O‘RTA GURUHLARDA
20-25 DAQİQANİ;
KATTA GURUHLARDA
30-35 DAQİQANİ
TASHKİL ETADİ.
English     Русский Правила