269.97K
Категория: ПедагогикаПедагогика

Bolalar davomatini qayt etish daftari

1.

2.

REJA:
1.Bolalar davomatini qayt etish
2.Davomatni qayt etish daftari
3.

3.

Bolalar davomatini qayd etish daftari yosh guruhlarida
bolalar qatnovini har kuni soat 9.00 dan kechiktirmay
belgilab boriladi va kelgan bolalarning umumiy soni
chiqarib qo‘yiladi. Oy yakunida ro‘yxatdagi bolalar kelgan,
kelmagan kunlarining umumiy soni chiqariladi va natijalar
umumlashtiriladi. Tahlilda ro‘yxat bo‘yicha bolalar soni,
ushbu oy davomida kelgan va umuman kelmagan
bolalarning aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola
kuni bajarilishi aniqlanadi. Umumiy bolalar kuni va bola
kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi.
Tahlil qilgan tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira
tomonidan bolalar sonining haqqoniyligini tasdiqlab imzo
qo‘yiladi. Tashkilot rahbari oy davomida yuritilgan
davomat va tahlilni nazoratdan o‘tkazib, imzo va muhr
qo‘yadi.

4.

Filtr daftari: Tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqtida har
bir bolaning ota- onasi bilan bola salomatligi haqida
qisqacha suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan
o‘tkazadi. Filtr daftarida tana harorati, teri tozaligi, bosh
tozaligi(pedikulyozga tekshiruv) va ota-onadan olingan
so‘rovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr nazorati
ota-ona oldida o‘tkaziladi.
Bola uch kun kelmagan taqdirda filtr nazoratini
tashkilotning tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilishi va
ota-onadan bolaning muassasaga kelmaganlik sababini
tasdiqlovchi tegishli hududiy davolash tashkiloti
tomonidan berilgan maxsus shakldagi tibbiy
ma’lumotnoma taqdim etilishi talab etiladi. Filtr daftari
tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan
imzolangan bo‘lishi kerak.

5.

Patronaj daftari: har bir yosh guruhida tarbiyachi tomonidan oyma-oy
yuritiladi. Bola tashkilotga kelmagan kunlarning uchinchi kuni
tarbiyachi oilaga tashrif buyurib (yoki telefon orqali), bolaning
tashkilotga kelmaslik sababini aniqlaydi. Bola uzoq muddat kelmagan
taqdirda, kelmagan kunlarning yettinchi kuni ikkinchi patronaj va o‘n
to‘rtinchi kuni uchinchi patronajning o‘tkazilishi va har bir patronaj
qilingan kunning sanasi hamda kelmaslik sababi yozib borilishi lozim.
Uch kun va undan ortiq tashkilotga qatnamagan bolaning tashkilotga
kelgan kuni maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimi(shifokori
yoki hamshirasi) tomonidan kelmagan kunlar uchun taqdim etilgan
tibbiy ma’lumotnoma asosida nazoratdan o‘tkazib, qabul qilishnishi
va patronaj daftariga imzo qo‘yiladi. Bola keyingi oy ham tashkilotga
kelmagan holatda tarbiyachi ushbu bolani yana belgilangan tartibda
patronaj daftariga ro‘yxatga oladi. Patronaj daftari tikilgan,
sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi
kerak.

6.

11-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr
va ota-onalar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari birbiriga uzviy bogʻliq boʻlib,
ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi huj
jatlar hisoblanadi. Daftarda otaonalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar u
mumiy bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar
alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning
har biriga 11-02 raqami qoʻyiladi.
Daftarlarning yuritilish tartibi ommaviy turdagi MTT tarbi
yachilari tomonidan yuritilishiga
oʻxshab tuziladi (05-03ga qaralsin).

7.

11-03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari:
Pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yuritilib,
bir-birlarini toʻldirishga qaratilgan boʻlib, rejalashtirilgan ishlar hamkorlikda amalga
oshiriladi.
Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgach
a
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” davlat
oʻquv
dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 27 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan
o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi
yarmida
bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir.
Ushbu hujjat pedagoglarning umumiy guruhdagi ishlar va kundalik faoliyatlar (rejim
momentlari) boʻyicha hamkorlik rejasi hisoblanadi. Har bir KTIMTT ustavi, kun tartib
i,
guruh ixtisoslashuvi (tiflo, surdo va boshqalar) asosida hamkorlik ishlarini
rejalashtiradi.
Ushbu hujjat tarbiyachi va defektolog tomonidan toʻldiriladi.

8.

2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan
pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari,
“Ish daftari”, shuningdek, bolajonlar uchun oʻzbek ertaklari
va sheʼrlari toʻplamlari ham nashr ettirildi.
Xususan, nashr etilayotgan metodik adabiyotlar va
qoʻllanmalar soni quyidagicha:
– Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari
(tabel, filtr patronaj) – 48 811 ta;
– Pedagoglar uchun “Ish daftari” komplekt 5 kitobdan
iborat – 6149 ta;
– Panoramali ertaklar (komplekt 6 kitobdan iborat) – 6 149
ta;
– Pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar – 25 000 ta
(rus va oʻzbek tillarda);
– Musiqa pedagoglar uchun qoʻllanma – 6149 ta.

9.

Xususan, kichik guruh bolalari uchun taʼlimiy,
rangli-bezakli badiiy “Qizil gul” kitobi bosmadan
chiqqan. “Oq gul” kitobi esa oʻrta guruh bolalari
uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlimiy, rangli-bezakli
badiiy asarlar toʻplami hisoblanadi. Shuningdek,
hozirda “Sariq gul” kitobini katta guruh bolalari
sevib mutolaa qilishmoqda. Maktabga tayyorlov
guruhi bolalari “Moviy gul” kitobidan
foydalanishmoqda. Natijada bolalarda kitobga
boʻlgan qiziqish ortib, kelgusidan kitobxonlik
darajasi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
English     Русский Правила