1.91M
Категория: ИсторияИстория

1918 – 1939 yillarda SSSR

1.

1918 – 1939yillarda SSSR
10-sinf Jahon tarixi fani darsligi
asosida 7-8-mavzu

2.

1917-yil noyabrda Vladimir
Lenin boshchiligida
bolsheviklar hukumati
– Xalq komissarlari soveti
tuzilgandan so‘ng Rossiyaning
boshqa hududlarida ham
sovet hokimiyatini o‘rnatish
boshlandi.
Vladimir Lenin

3.

1918-yil martida BrestLitovsk shahrida
Germaniya bilan sulh
tuzildi.
Sulh natijasida bolsheviklar vaqtincha nafasni
rostlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Rossiya 56
mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan va
Qora dengiz flotidan ayrildi, Germaniyaga katta
kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi.

4.

Fuqarolar urushi.
Ko‘pchilik tarixchilar
Rossiyada Fuqarolar urushi
1917-yil oktabrda
bolsheviklar hokimiyatga
kelishi bilan boshlandi va
1922-yil kuzda Uzoq
Sharqda «Oq
gvardiya»ning tor-mor
qilinishi bilan
yakunlandi, deb hisoblaydi.
Bolsheviklar hokimiyatga
kelgandan so‘ng boshlangan
tartibsizliklar fuqarolar urushiga
olib keldi.

5.

1918 – 1922-yillari Sovetlar respublikasida
iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – «harbiy
kommunizm» siyosati o‘rnatildi.
U fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun
mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning
favqulodda tizimi edi

6.

SSSRning tashkil topishi.
1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri
SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini
o‘zi belgilash tamoyilidan kelib chiqib, barcha respublikalar
federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar.

7.

Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya
imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik
Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi.

8.

Yangi iqtisodiy siyosat.
1921-yili sovet
davlati
kuchli iqtisodiy va
siyosiy inqirozni
boshidan kechirdi.
Mamlakat vayron bo‘lgan, sanoat ishlab chiqarishi
keskin pasayib ketgan edi. Yuz bergan dahshatli
qurg‘oqchilik Ukraina, Kuban va butun Volgabo‘yini
qamrab oldi.

9.

Bu hududlarda ocharchilik boshlanib,
sovetlarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi.
Mashhur norveg
sayyohi Fritof Nansen
ochlarga amaliy
yordam
ko‘rsatishni tashkil
qilganlardan biri
bo‘ldi.
Fritof Nansen.

10.

1924-yili Vladimir Lenin
vafot etgandan so‘ng
davlatda Iosif Stalin va
uning safdoshlari asosiy rol
o‘ynay boshladi.
Iosif Stalin
Ular NEP o‘z rolini bajarib bo‘ldi, deb hisobladi va
1927 – 1929-yillarda asta-sekin uni bekor qilish
boshlandi.

11.

Industrlashtirish.
SSSRda industrlashtirish og‘ir
mehnat evaziga amalga
oshirilgan.
1920-yillar oxiri –
1930-yillar boshida
amalga oshirilgan
eng muhim tadbir
mamlakatni
industrlashtirish
bo‘ldi.

12.

Kollektivlashtirish.
1928 – 1933-yillari
SSSRda
kollektivlashtirish
deb nom olgan
siyosat amalga
oshirildi.
Buning natijasida qishloqdagi o‘ziga to‘q dehqonlar,
yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi,
ko‘pchiligi quloq sifatida qamaldi, surgun qilindi,
qatl etildi.

13.

Madaniy inqilob.
Savodsizlikni tugatish,
yangi tipdagi sovet
maktablari tizimini
yaratish, xalq ziyolilari
kadrlarini tayyorlash,,
xalqning turmush
madaniyatini oshirish
tarixda «madaniy
inqilob» nomini oldi.
Savodsizlikni tugatish maktablaridan
birida dars jarayoni.

14.

Tashqi siyosat.
1920-yillarda sovetlar
tashqi siyosatining
asosiy vazifasi yangi
hokimiyatning xalqaro
miqyosda tan
olinishiga erishish
bo‘ldi.
1930-yillari jahonda yuz berayotgan jarayonlar SSSR
xavfsizligiga katta tahdid solayotgan edi. 1931–1932yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib olib, ikki davlat
o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirdi.

15.

1922-yili imzolangan
Rapallo shartnomasidan
so‘ng Sovet Ittifoqi bilan
Germaniya o‘rtasidagi
munosabatlar
yaxshilanib bordi.
Natijada 1939-yil 23-avgust kuni Moskvada SSSR va
Germaniya o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik
to‘g‘risidagi shartnoma (Molotov – Ribbentrop pakti)
imzolandi.

16.

Shartnomaga ilova qilingan maxfiy protokolda
SSSRning geostrategik manfaatlari chegarasi
aniqlandi.

17.

Savol va topshiriqlar
1. 1917-yili Rossiyada bolsheviklar hokimiyatining
o‘rnatilishiga mamlakatda vujudga kelgan qanday
iqtisodiy va siyosiy holatlar sabab bo‘ldi?
2. SSSRdagi industrlashtirish va kollektivlashtirish
siyosatlarining maqsadi nimadan iborat edi? Ular
qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Madaniy inqilob nima maqsadlarni o‘z oldiga
qo‘ydi va qanday natijalarga erishildi?
4. 1930-yillari sovetlar olib borgan tashqi
siyosatning tajovuzkor jihatlari nimalarda namoyon
bo‘ladi?
English     Русский Правила