Похожие презентации:
Adabiyotshunoslikka kirish
1.
Adabiyotshunoslikka kirish2.
“Biz xalqni nomi bilan emas, balkimadaniyati, ma’naviyati, orqali bilamiz,
tarixining tag-tomirigacha nazar
tashlaymiz”.
I.A.Karimov
3. 2008 yil 1-5 may kunlari Qashqadaryo viloyati kitob tumanida O’zbekiston Madaniyati va San’ati Forumi jamg’armasining “Asrlar
sadosi” deb nomlangan xalqaro folklor – etnografik jamoalar festivalibo’lib o’tdi. “Sayxun yig’itlari” “Eng zo’r original yo’nalish”
nominasiyasi bo’yicha faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
4.
Mamlakatimizda shujumladan,viloyatimizda kechayotgan
milliy o’zlikni anglash va ma’naviy
hurlikni his etish jarayoni har bir kishida
o’z ota-bobolari yaratgan madaniy
merosni bilish, milliy qadriyatlardan
bahramand bo’lish hamda shu
an’analardan kelib chiqqan holda
bunyodkorlik va yaratuvchanlik g’oyasini
o’z hayotining mazmuni qilib belgilash
ehtiyojini yuzaga keltirdi.
5.
-Bu esa xalq ijodiyotini o’rganish, targ’ib etish vabu yo’nalishda izlanuvchi mutaxassislar
zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. Xalq og’zaki
ijodiyoti asarlari milliy qadriyatlarimizning
qadimiy, ardoqli va bir avlod badiiy tafakkurining
sarchashmasidan quvvat olib, yangilanib
boradigan navqiron qatlami sanaladi.
– Shu bois ham xalqimiz o’z fol’klorini hamisha
ko’z qorachig’iday asrab-avaylab,
takomillashtirib, badiiy jihatdan sayqallantirib
keladi.
6. Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “folklor-etnografik jamoalarining” Respublika ko’rik festivali. 2007
yil7.
Fol’klor asarlari bilan viloyatda o’ziningmunosib o’rniga ega bo’lgan “Sayxun
yigitlari” fol’klor – etnografik ansambli
Guliston tumani madaniyat uyi qoshida
1992 yilda tashkil etilgan. Ushbu jamoa
To’xtaniyoz Tojiyev, Mamaraim
Xaqnazarov, Abduvali O’rolov, Ravshan
Ziyoyev, Dushanboy Sultonov, Akbar
O’sarov va boshqalarning harakatlari
bilan tashkil etildi.
8.
1993-yili “Sayxun yigitlari” fol’kloretnografik jamoasi viloyatda bo’lib o’tganfol’klor-etnografik ansambllarining ko’riktanlovida faxrli I-o’rinni qo’lga kiritdi.
1994 yilda esa “Chashma-94”
Respublika fol’klor-etnografik
jamoalarining an’anaviy ko’rik-tanlovida
faol ishtirok etib, faxrli II-o’rinni egalladi.
9.
Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan 1999 yil“XALQ JAMOASI” unvoni berildi.
2005 yil 16-19 may kunlari Surxondaryo
viloyati Boysun shahrida bo’lib o’tgan
“Boysun bahori” xalqaro fol’klor-etnografik
ansambllari hamda
“HALQ BAXSHILARI VA OQINLARI”
an’anaviy festivalida qatnashib,laureat bo’ldi.
Jamoa “YUNESKO” tomonidan ta’sis etilgan
qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
10.
Ansambl repertuari“Sayxun yigitlari” fol’klor-etnografik
ansambli repertuarida bugungi kunda
unitilib borilayotgan urf-odatlar,
marosimlarni o’zida mujassam etgan
milliy kuy va qo’shiqlari, aytishuvlari,
xalq ijodiyotining musiqa, teatr, raqs
san’ati va fol’klor kabi boshqa turlari
o’rin olgan
11.
12.
“Choy” qo’shig’iErta tongda choyxo’rlik, axay, do’st,
O’zbeklarga xos odat, axay, do’st.
Choy ichgan yoshu - qari, axay, do’st
Yurar sog’u-salomat, axay, do’st
Choyda xislat ko’p bo’lar, axay do’st,
Ichganlar maza qilar, axay, do’st
Pamil choy ham, ko’k choy ham, axay do’st
Tashnaliging qondirar, axay do’st
Bir qaytarsang loy bo’lur
Ikkinchisi moy bo’lur
Uch qaytarsang choy bo’lur
Ichganlar rohat qilur
Choyni qilmasang kanda, axay, do’st
Dard qolmaydi badanda, axay, do’st
Choy ichilgan davrada, axay do’st
Gurkurar kulgu- xanda, axay do’st
13. “To’sh keldi”
To’sh keldi-yo, to’sh keldiButun ilik go’sht keldi.
Yangasini ko’nglin olay
Tovoq to’la osh keldi.
To’shni o’zim bo’layin
Hammaning og’zi teksin
Tez orada sizga ham
Kuyovlik nasib qilsin
Xo iligini kim eydi
Kim sindirsa shu eydi
Talabgoring kelib qol
Siyagini sindirib iligini qoqib ol.
14. “OSHIQ O’YIN”
Tokchada turar qoshiqKo’limda ikki qoshiq
Yo gardkam deb tashlaymiz
Oshiq o’yin boshlaymiz
Yo gardkam, yo gardkam
Yo gard kam xo, yo gardkam
Sovringa zar to’n bo’lsin,
G’olibni ko’ngli to’lsin
Oshig’ing tikka tursin
G’oliblar qaddin ursin
Yo gardkam, yo gardkam
Yo gard kam xo, yo gardkam
15. “KINNA” QO’SHIG’I
Darding o’zim olayin,Yaxshilab kinna solayin
Bobong qo’li engildir,
Sog’lom bo’lishing tayin
Bir kosa kul keltiring
Narzga pul keltiring
Burda noni tug’raymiz
Tugunchakka o’raymiz
Nayzalab chiqaraymi
Chiqmasang senga lanat
Chiqarsam menga rahmat
Yo’l kirna chiqsin badbaxt
Suq kirna chiqsin badbaxt
Mushukka bor, kuchukka bor
Meshpolvonda nima bor
16. “Xay yor - yor aylansin”
Bahor keldi bog’imga xay yor- yor aylansinSovg’a salomi bilan xay yor-yor aylansin
Qadami xalqqa yoqsin xay yor-yor aylansin
Qut baraka yil bilan xay yor-yor aylansin
Yomg’ir - yomg’ir ko’p bo’lsin xay yor-yor aylansin
Qurg’oqchilik yo’q bo’lsin xay yor-yor aylansin
Elimiz xirmonida xosilimiz mo’l bo’lsin
Xay yor-yor aylansin, xay yor – yor aylansin
Sirdaryoning yo’lida xay yor- yor aylansin
Xosildorlik mo’l bo’lsin xay yor-yor aylansin
Elimiz xirmonida xosilimiz mol bo’lsin
Xay yor-yor aylansin, hay yor-yor aylansin